Shunaqa odam bo’lmanglar, iltimos.
Birinchidan, Abduqodirda hammasi yaxshi, Xudoga shukur. Agar sport formasi yomon bo’lganida Gvardiola ikki dunyoda ham uni asosiy tarkibda tushirmasdi. Chunki Pep siz va bizdan ko’ra, futbolni yaxshi tushunadi.
Ikkinchidan, mabodo kimnidir ishlari orqaga ketayotganini ko’rsangiz, hatto u eng katta dushmaningiz bo’lsa ham, Allohdan unga yaxshilik tilang, sizdan hech narsa ketmaydi. Bu sizning kuchli insonligingizni ko’rsatadi. Mayda inson bo’lmang. Faqat yomonlik ko’ruvchi va yomonlik tilovchi inson ham bo’lmang.
Abduqodir esa hech kimning dushmani emas, uni umringizda bir marta ham ko’rmagan bo’lsangiz kerak. Bunaqa payti, mabodo uning ishlari orqaga ketayapti, deb o’ylasangiz, unda Allohdan uning ishlari yaxshi bo’lishini tilab qo’yavering, o’lib qolmaysiz.
🔘 @xushnudbekuz