#xorij_xabarlari
▶️ AQSHning 12 ta shtati Tramp bojlariga qarshi sudga murojaat qildi
Da’voga Nyu-York, Arizona, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Men, Minnesota, Nevada, Nyu-Meksiko, Oregon va Vermontdan demokrat bosh prokurorlar qo‘shildi.
Ular “noqonuniy tariflar”ga qarshi chiqqan va “prezident konstitutsiyaviy tartibga putur yetkazdi va Amerika iqtisodiyotiga tartibsizlik olib keldi”, deb hisoblaydi.
______
▶️ Hindiston Pokiston bilan asosiy chegara punktini yopib, suv oqimini to‘sdi
Kashmirdagi teraktdan so‘ng Attari nazorat-o‘tkazish punkti yopildi. 1960-yilgi Ind daryosi suvlaridan foydalanish bo‘yicha bitim darhol to‘xtatildi.
Pokiston fuqarolari uchun SAARC doirasidagi vizasiz kirish tartibi bekor qilindi. Ilgari berilgan barcha SPES vizalari nollashtiriladi. Pokiston fuqarolari mamlakatni 48 soat ichida tark etishi kerak. Bundan tashqari pokistonlik harbiy maslahatchilar Hindistondan chiqarib yuboriladi
______
▶️ Kaspiy dengizi sathi eng past darajaga pasaydi
Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirining o‘rinbosari Bolat Bekniyoz parlamentning quyi palatasi – Majlisda Kaspiy dengizining sathi tarixiy minimal darajada pasayib ketganini bildirdi.
______
▶️ Rim Papasi dafn marosimida Trampdan Zelenskiygacha dunyo yetakchilari ishtirok etadi
Papa Fransisk 100 yildan buyon Vatikandan tashqarida dafn etiladigan birinchi Papa bo‘ladi. Uning vasiyatiga ko‘ra, u tuproqqa, oddiy, bezaksiz dafn etiladi, tobutiga esa faqat "Franciscus" deb lotin tilida yoziladi.
______
▶️ Xalqaro jinoiy sud qisqa vaqt ichida mutlaqo foydasiz tuzilmaga aylanib qoldi — Medvedev
Uning ta’kidlashicha, sud davlat rahbarlari, jumladan, Putinga nisbatan orderlar chiqarish orqali ma’nosizlikning eng yuqori cho‘qqisiga yetgan.
Medvedevga ko‘ra, sudning amaldagi mexanizmi xalqaro huquq normalarini buzadi va bunday yondashuv suveren davlat — Rossiya uchun mutlaqo maqbul emas.
______
▶️ Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chjye In poraxo‘rlikda ayblandi
U sobiq kuyoviga aviakompaniyaga ishga joylashishga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.
Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️
Samarqand.uz📱
Web-sayt | 📱
Instagram | 📱
Facebook | 📱
You Tube