Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
KI
Channel age
Created
Language
Uzbek
40.67%
ER (week)
11.05%
ERR (week)

Abdulloh ibn Muborak dedi:

- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 554 results
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
2
1
Ko'pchilikni niyatini vizuallashtiramiz

@kitob_ombori
04/26/2025, 18:31
t.me/kitob_ombori/19657
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
24
11
413
O'zbekistonliklar uchun eng sevimli bo'lgan siyratga oid kitoblardan biri "Saodat asri qissalari" haqida eshitmagan o'zbekni topish menimcha qiyin. Bu asar haqida kitob o'qishni odat qilmagan odamlar ham umrida bir marotaba bo'lsin eshitishgan. Ushbu muhtasham asar 1996-yildan "Sharq yulduzi" gazetasida tartjima qilinib qism-qism tarzida 2 yil davomida nashr etilgan.

Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936-yilda Turkiyaning Chorum tumanida tug‘ilgan. U Istanbul Oliy Islom institutini tamomlagan va uzoq yillar mobaynida Bursadagi Uludog‘ universitetining ilohiyot fakultetida professor sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu videoda "Saodat asri qissalari" kitobini yozish g'oyasi qayerdan paydo bo'lganini muallifning o'zidan eshitishingiz mumkin.

@kitob_ombori
04/26/2025, 17:54
t.me/kitob_ombori/19656
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
84
15
1.3 k
"U" bilan birgalikda qaysi kitobni o'qishni xohlar edingiz?
04/26/2025, 16:00
t.me/kitob_ombori/19655
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
112
75
2.3 k
Muhammad Yusuf tilidan
(Bitilmagan so‘nggi she’r)

VIDO

Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i,
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i,
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham.

Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir,
Gʻarbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh!

Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol!

To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos...
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan,
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos.

Aytgancha, stolim chap tortmasida,
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor.
Adashmasam, edi yurtga qasida,
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor.

Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
"Ruh o‘zin ulfati jondan tuymoqda".
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim,
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda!

To‘rt bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin.
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q,
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin!

Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi,
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi,
Taqdirim bo‘ldimi "Lolaqizg‘oldoq"!?

Jonsiz jigarimga botmoqda tikan,
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am.
Aslida, she’rlarim peshonam ekan,
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham.

O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!

Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi Muhammadning yoniga-deya.

Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham.
"Menga havo yetmas...", jon toraydimi,
Buncha hayalladi, Azroili ham.

Kelishin kutamiz endi nachora,
Bir shoir jonida intiqomi bor.
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor.

Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin,
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga.
Tegsa, tegibdida, yordami axir,
Muhammad Yusufning bitta qiziga.

Ana kelayotir, ajal pishqirib,
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni.
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib,
Aytishga ulguray Shahodatimni.

Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt,
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin.
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt:
"Nomard odamlarga ishi tushmasin!"

Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan.
Unvon berib ketay men unga, abas,
Muhammad Yusufning ayoli degan!

Ichim achiyapti Adabiyotga,
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham.
So‘zini muhrlab abadiyatga,
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham?

Bilaman, yozadi qalamin o‘pib,
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar.
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib,
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar!

Nahot o‘z-o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa,
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech!
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa,
Shogirdman demasin Muhammadga, hech!

Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol,
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men.
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol,
Ikki payg‘ambarning ismi bilan, men!

O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum,
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni.
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni! "

O‘LIM NIMA, BU HAM BITTA SAYR, ONA,
O‘GʻLING QARO YERGA KETDI XAYR, ONA..."

O‘lmasbek Samarqandiy

2017-yil, 4-may. Marhamat. Andijon

@kitob_ombori
04/26/2025, 08:57
t.me/kitob_ombori/19654
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
92
27
2.4 k
Habib bobo Murod IV davrida faqirona, darveshona yashagan, ammo ko‘ngli yuksak darajalardagi Allohning bir valiy do‘stlaridan edi. Bir kuni u hajga borish niyati bilan Erzurumdan yo‘lga chiqib, uzun va mashaqqatli yo‘lchilikdan so‘ng Istanbulga yetib keladi. O‘sha kuni karvonga kech qolib, ketolmaydi. Yo‘l yurib charchagan va chang to‘zonda kirlangan Habib bobo hammomga kirib tozalanmoqchi bo‘ldi.
Hammomga borib ichkariga kirmoqchi edi. Lekin hammomchi Habib boboni Ichkariga qo‘ymaydi.
- Uzr, bobo. Sizni ichkariga qo‘yolmayman.
- Nega qo‘ymaysan? Haqini bermaydi, deb qo‘rqasanmi?
— Yo‘q, bobo. Vazirlar ichkaridalar. Ular hech kimni kiritmasligimni buyurdilar.
– Bolam! Uzoq yo‘l yurib keldim. Bir qadam yurishga ham majolim qolmadi. Yaxshigina kir bo‘ldim. Bu kir holimda Robbimga ibodat qilishga uyalaman. Iltimos, ovoz chiqarmay tezda yuvinib chiqaman.
Hammomchi ko‘ngli bo‘sh, insofli odam edi.
— Ko‘ndirdingiz. Ho‘v ichkarida kichik xona bor. O‘sha yerga kirib tez yuvinib chiqa qoling. Pulingiz ham kerakmas. Vazirlar bilmasalar bo‘ldi.
Habib bobo sevinib, ko‘rsatilgan xonaga kirib yuvina boshladi. Shu vaqtda yana bir mushtariy hammomga cho‘milish uchun keldi. Bu gavdali, kelishgan yigit faqir holga kirib olgan Murod IV ning o‘zi edi. U o‘zining vazirlari usiz hammomda nima qilayotganlarini bilish uchun ko‘rinishini o‘zgartirib kelgan edi.
U bilan hammomchi o‘rtasida yana ayni dialog:
– Kiritolmayman...
— Kiritasan...
Oxiri iltimoslarga yo‘q deyolmaydigan insofli hammomchi unga ham Habib bobo yuvinayotgan xonani ko‘rsatdi.
- Shu kichik xonada bir qariya yuvinyapti. Sen ham u yerga kirib jimgina yuvinib chiqa qol.
Sulton Murod ham xonaga kirib yuvina boshladi. Yonidagi qariyaga qarab:
— Bu yerlik emasga o‘xshaysiz. Qayerlardan keldingiz?
Habib bobo yonidagi odamning Sultonligidan xabarsiz holda:
- Erzurumdan keldim. Hajga ketmoqchi edim. Ketolmadim.
Bobo yigitni o‘zidek bir faqir deb o‘ylaydi. Uning ustiga qarab: – Orqang ancha kir shekilli. Kel orqangni kesalab qo‘yay, dedi.
Sulton Murodga bu so‘z boshqacha ta’sir qildi. Qiladi-da! Chunki, hayotida birinchi marotaba unga, podshohligi uchun emas, inson bo‘lgani uchun, hech bir foyda ko‘zlamasdan bir yordam taklif qilinayotgan edi. Rozi bo‘ldi. Yelkasini o‘girdi. Bobo Sultonni yaxshilab orqalarini kesalab qo‘yadi. Inson yaxshilikning quli. Bunday xizmatga javoban u ham qariyaning orqasini ishqalab qo‘yay deydi. Bobo ham, mayli deydi.
Bu vaqtda vazirlar cho‘milayotgan katta bo‘limdan qo‘shiqlar ovozi, yayrab dam olayotgan shovqinli ovozlar kelar edi. Sulton Murod boboning orqasini ishqalar ekan, bobodan gap olmoqchi:
– Bobo, dunyoning ishlariga qarang. Sultonga vazir bo‘lish qanday yaxshi-a? Biz esa siz bilan bu yerda o‘g‘rilardek...
Habib bobo Sultonning gapini tugatishga ham fursat bermadi. Va asrlar osha bizgacha yetib kelgan gapini aytdi:
– O‘g‘lim, qo‘y shu Sultonga vazir bo‘lishni. Kim bo‘libdi u? Sen yaxshisi, olamlarning Sultoniga vazir bo‘l. Kerak bo‘lsa, Sulton Murod sening orqangni ishqalaydi...

Yangi kun muborak!

@kitob_ombori
04/26/2025, 06:13
t.me/kitob_ombori/19653
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
211
16
3.0 k
Yaqinda bir chatda "Agar saodat asriga borib, qaysidir bir sahoba bilan uchrashib, suhbatlashish imkoni berilganda, kimni tanlagan bo‘lardingiz?" degan mavzuda bir qiziqarli fikrlar bo‘ldi.

Mening xayolimga masalan, Ubay ibn Ka’b (r.a) keldilar. U inson xijratdan oldin Islomni qabul qilgan, Badr, Uxud va bir qancha janglarda qatnashgan, fiqhda tengsiz olimlardan biri bo‘lib, Qur’on tafsiri bo‘yicha ham ko‘zga ko‘ringan. Abu Bakr va Umarning (barchalaridan Alloh rozi bo‘sin) yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Ayniqsa, Qur’onni chiroyli o‘qishi borasida tanilib, Sayyidul al-Kurra laqabini olganlar.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuga:
– Alloh taolo menga sen uchun Qur’on o‘qib berishimni buyurdi, – dedilar.
Shunda Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu:
– Alloh taolo sizga meni nomimni zikr qildimi? – deb so‘radi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
– Ha, – deb javob berdilar.
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu:
– Olamlarning Rabbisining huzurida zikr qilindimmi? – dedi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
– Ha, – deb javob berdilar. Shu choq Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuning ko‘zlari yoshga to‘ldi (Muttafaqun alayh).

Men shu insondan Qur’on tilovatini va tafsirini eshitishni tanlagan bo‘lardim.

Juma muborak!

@kitob_ombori
04/25/2025, 08:23
t.me/kitob_ombori/19652
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
168
22
2.6 k
Oʻzim anglagan haqiqatlar

Odamlarning "sevgisiz yashay olmayman" deb aytishsa ensam qotadi. Axir yashash uchun kislorod muhimroq-ku🗽

***

Agar siz samimiylikni soxtalashtira olsangiz, deyarli barcha narsani soxtalashtirishingiz mumkin.

***

Sizning men haqimda bo'lgan tushuncha meni o'zgartirmaydi, lekin siz haqingizda bo'lgan tushunchamni o'zgartiradi.

***

Agar biz mantiqiy javob topa olmasak, ahmoqona javoblar o'ylab topishni boshlaymiz.

@kitob_ombori
04/24/2025, 20:53
t.me/kitob_ombori/19651
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Shu post bitta oʻqivorilsa 70% odam savoliga javob topadi)
04/24/2025, 20:07
t.me/kitob_ombori/19650
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
10
1
322
Odam bekor qolsa har-xil ahmoqgarchiliklar qiladi deyishadi. Biz uchun "bekorchilik" mana shu

Kitob oʻqib charchadim. Endi sizlarni gapingizni oʻqiylik
04/24/2025, 19:55
t.me/kitob_ombori/19649
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
12
yaxshisi sizga donat qilaylik)😅
04/24/2025, 18:58
t.me/kitob_ombori/19648
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Kecha donat haqida yozganimdan keyin bir qancha odam botimga tirikchilik degan saytdan profil oching, biz siz kabilarni qo'llab-quvvatlaymiz. O'zi ilmiy-ma'rifiy kontentlar kamayib ketyapti deb holi jonimga qo'yishmadi. Demak bildimki ular kanalda hali yangi. Eskilar esa https://tirikchilik.uz/kitobombori haqida allaqachon xabardorlar))
04/24/2025, 18:55
t.me/kitob_ombori/19646
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
67
8
786
-Menga boshqa tel qimang. Tamom!

-Bundan buyon siz bilan muloqot qilmog'imiz g'oyat qiyin masaladur. Shu sabab iltimos qilamanki, menga boshqa qo'ng'iroq qilmasangiz bag'oyat xursand bo'lar edim)
04/24/2025, 17:41
t.me/kitob_ombori/19645
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
129
1.3 k
Qishlagʻimizda quyosh botyapti
04/24/2025, 17:12
t.me/kitob_ombori/19644
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
155
39
3.5 k
Kinodan ta'sirlanib yig‘laydigan odamlar erta yoshda vafot etishi mumkin!

Britaniyalik olimlarning fikricha, bunday odamlarda asabiylashish darajasi yuqori bo‘lish ehtimoli bor. Shu sababli, ular stress va salbiy his-tuyg‘ularga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bu esa ularning muddatidan oldin hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, asabiylikning yuqori darajasi kishini tez-tez qo‘rquv, xavotir, tashvish va umidsizlik hislarini boshdan kechirishga majbur qiladi. Buning natijalari esa achinarli - bunday odamlarda vafot etish ehtimoli 10 foizga yuqori bo‘ladi.

Shu sabab ko'p ham asabiylashmang, ko'p ham ta'sirlanmang. Kanalimizni kuzating va uzoq umr ko'rishingizga sabab bo'luvchi postlardan bahramand bo'ling!

@kitob_ombori
04/24/2025, 15:44
t.me/kitob_ombori/19643
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
132
6
3.4 k
Ayni yomg'ir-sel mavsumida "o'qiladigan" hikoya ekan
04/24/2025, 09:59
t.me/kitob_ombori/19642
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
133
15
3.4 k
Hech oʻlim bilan toʻqnashganmisiz? Masalan men bir marta katta soyda choʻmilayotganimda suvdagi girdobga tushib choʻkib ketishimga ozgina qolgan. Ammo avvalo Xudoning xohishi va omon qolish instinkti tufayli mudhish voqea sodir boʻlmagan. Lekin oʻsha paytda nimalarni his qilganim, xayolimdan nimalar oʻtgani daqiqama-daqiqa esimda. Huddi Dostoyevskiy "Telba"da qatlga hukm qilingan kishini dor oldida oʻtgan 20 daqiqasini tasvirlab bergandek holat boʻlgan. Jek Londonning "Hayotga muhabbat" hikoyasida hayot va oʻlim oʻrtasida qolgan insonning tabiiy portreti ana shunday shaklda tasvirlangan. Bu hikoyani maktab yillarimda oʻqigan edim ammo uning falsafasi va mazmunini anglamagan ekanman. Bugun qayta oʻqib ancha narsalarni tushunib yetdim.

Hikoya voqealari Kanadaning shimolidagi kengliklarda sodir boʻladi. Bosh qahramon — ismsiz, ochlik va sovuqdan aziyat chekayotgan oltin izlovchi/sayyoh — ogʻir holatda do‘sti tomonidan tashlab ketiladi. Tirik qolish uchun yolgʻiz oʻzi kurashishga majbur bo‘ladi. U davomli ochlikda yuradi, tinka-madori qurib tinmasdan hushidan ketadi, ammo hech ham yashashga boʻlgan umididan voz kechmaydi. Hatto o‘lim soya tashlayotgan paytda ham unda yashashga bo‘lgan kuchli ishtiyoq so‘nmaydi. Aynan mana shu jihat hikoyaning asosiy falsafasi nazarimda.

Jek London hikoyani realistik va juda hayotiy uslubda yozgan. Hikoyani oʻqish mobaynida yozuvchi voqelikni tasvirlashda sodda gaplardan foydalangan ammo ta’sir kuchi anchagina zalvorli. Hikoyada tabiat tasvirlari, qahramonning psixologik holati, ochlik va sovuqdan aziyat chekayotgan tana holati o‘quvchini qattiq hayajonga soladi. Ayniqsa, bo‘ri bilan bo‘lgan kurash hayot va o‘lim o‘rtasidagi qarama-qarshilik ramzidir.
Asar orqali muallif inson qanday holatda bo‘lmasin, yashashga intilishi kerakligini uqtiradi.

Umuman olganda Jek Londonning deyarli barcha asarlarida ana shunday sodda ammo taʼsir kuchi kuchli boʻlgan realizm eng yuqori notalarda tasvirlanadi. Balki buning sababi muallif shaxsiy hayotida asarlaridagi holatlarni boshdan kechirgani sababdir...

Siz bu hikoyani oʻqiganmisiz?

@kitob_ombori
04/23/2025, 20:52
t.me/kitob_ombori/19641
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
Donat(ion) — bu tomoshabinlar yoki kuzatuvchilar tomonidan blogerga ko‘ngilli tarzda pul yuborishidir. Bu blogerning yaratgan kontentiga minnatdorchilik sifatida amalga oshiriladi.

Nega odamlar donation qiladi?

Blogerning kontenti yoqqani uchun.
Yangi kontent yaratilishiga hissa qo‘shish istagi.
Blogerni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Tanlangan kontent turining reklamasiz va mustaqil bo‘lishini xohlab.

Bizda eng faol donatchilar qayerda ekanligini bilasizlarmi?
Telegramda emasligi aniq. Facebook yoki Instagramda ham emas. Youtube? Afsus unda ham emas. Eng faol oʻzbek donation qilinadigan ijtimoy tarmoq BigoLife. U yerda siz-u bizga mashhur boʻlgan Chingiz, Tursunxon, Abdulloh tahallusli koreys bola kabi blogerlar faoliyatini choʻqqisiga chiqishgan. Har xil bemaʼni, fahshga toʻla toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda odamlar oʻshalarga katta-katta summalarda hayriya qilishadi. Nima uchun? Shu, bemaʼnilik, jinnilik, ahloqsizlik, normal odam qilishga, gapirishga uyaladigan qiliqlarni qilishlari uchun. Mana nimaga saviyasiz kontent yaratuvchilar yillar mobaynida tarakanday yashovchanligini sababi
04/23/2025, 20:05
t.me/kitob_ombori/19640
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
Ijtimoiy soʻrovnoma:

Donat siz uchun nima?
04/23/2025, 19:47
t.me/kitob_ombori/19639
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
213
41
3.5 k
Biz odamlar baxtli bo'lishga emas, balki baxtli ko'rinishga intiladigan jamiyatda yashayapmiz.

@kitob_ombori
04/23/2025, 18:47
t.me/kitob_ombori/19638
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
80
17
3.6 k
"Daho", "vunderkind" so‘zlari tilga olinganda kimning siymosi ko‘z oldingizga keladi?

"Mona Liza" rasmini chizayotgan Leonardo da Vinchimi? Yoki "Mutafakkir"(Le Penseur) haykalini yasagan Rodenmi?
Balki, zavod sexining o‘rtasida turganda miyasiga birdan mashinalarni konveyer usulida ishlab chiqarish xayoli kelgan Henri Fordnidir? Ehtimol, ilk bor yog‘ochning yonishini quvonch va hayrat bilan tomosha qilayotgan yoki g‘or devoriga yugurayotgan bug‘uning rasmini chizayotgan noma’lum, sochlari to‘zg‘igan ibtidoiy odam kelar. Buyuk ixtirochilar, olimlar, muhandislar, rassomlar ham ana shunday iste’dodlar sirasiga kiradi?!...

Biz yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar haqida quyidagicha o‘ylashga o‘rganib qolganmiz: "Ular daholar, bu esa kamdan-kam holatda uchraydi, ayniqsa hozirgi kunda". "Daho bo‘lish qismat, ular tanlanganlardir". Yoki "Kerakli joyda kerakli paytda paydo bo‘lish kerak" kabi fikrlar ham bor. Aslida bularning hech biri haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Daholar ularga hech kim ortiqcha xalaqit bermaganlari uchun daho bo‘lishgan. Bizning har birimiz esa betakrormiz. Bu balandparvoz gap emas. Tabiat nihoyatda ijodkor. Har bir inson o‘ziga xos genlar to‘plami va hech qachon boshqa birov bilan bir xilda takrorlanmaydigan qobiliyatlar yig‘indisidir. Hatto bir qorindan, bir vaqtda tug‘ilgan egizaklar ham turli xil qobiliyat va odatlarga ega. Har bir insonning shuurida faqat u namoyon eta oladigan qandaydir takrorlanmas iqtidor yashiringan.

Mana shu o‘ziga xoslik tufayli insoniyat bugungi kunda taraqqiyotga erishmoqda, rivojlanmoqda, evolyutsiyaning eng yuqori nuqtasidagi tur sifatida yashab kelmoqda.

Ba’zilarning vazifasi qiziqarli hikoyalar to‘qish. Boshqalarning vazifasi ularni ekranda gavdalantirish. Yana birining qobiliyati ixtirochilikda yoki notiqlikda.
Bu bilan har kim hayoti davomida qandaydir shoh asar yaratishi kerak, demoqchi emasman. Shunchaki hayotimiz davomida o‘zimiz sevadigan va tushunadigan ishimizni zavq bilan bajarsak haqiqiy dahoga aylanishimiz mumkin demoqchiman.

O‘zimizdagi daholikni uyg‘otish uchun hech qachon kech emas. Bilamizki, miya moslashuvchan, u yangi ma’lumotlarni qabul qilganda, u yerda yangi neyronlar paydo bo‘ladi. Agar umrimiz oxirigacha yangi bilimlarni olishda davom etsak, bu jarayon tabiiyki, butun umr davom etadi. Ya’ni har qanday yoshda o‘z ishining ustasi bo‘lish mumkin. Eng muhimi, bu qanday ish ekanligini tushunish. Bu haqiqatlarni tushunish uchun Robert Grinning "Mahorat" kitobini o'qish ayni muddao.

Rasm manbasi

@kitob_ombori
04/23/2025, 13:55
t.me/kitob_ombori/19637
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
126
25
3.4 k
Balo va musibat oriflar(donolar) uchun qandil, Alloh yo’lini tutganlar uchun tarbiya vositasi, iymonlilar uchun ayb-kamchiiklarni tuzatish yo’li va g’ofillar uchun esa o’lim xabarchisidir.

Junayd Bag’dodiy (rahimahulloh)

@kitob_ombori
04/23/2025, 11:32
t.me/kitob_ombori/19636
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
242
6
3.5 k
Metroni bitta yaxshi tarafi bor. Yo'ling uzoq bo'lsa, elektron kitob o'qiydigan qurilmangni yoqib olib, yo'l bo'yi kitob o'qib kelsang bo'ladi. Boshqa nima ham qila olarding? Hech narsa qilmasang mudroq bosadi, internetga qarasang aloqa chiqmay qoladi, o'yin o'ynayman desang o'ynash noqulay, kim bilandir gaplashib ketaman desang poyezd ovozi bunga halaqit beradi. Bugun Chorsuga kelguncha Rey Bredberining "Shamol" hamda Jek Londonning "Hayotga muhabbat" hikoyalarini tugatibman. Uyda bo'sh bo'lsam bunaqa narsalarni umuman o'qimasdim. O'qishga qiziqib bir bekat o'tib ham ketibman. Buni ham yonimdagi odam bekat nomini so'ragandan keyin angladim. Xullas, telefonga muk tushib reel ko'rib ketguncha bitta pdf kitobni olib o'qib ketinglar. Umr relslar orasida uyqu bilan o'tib ketmasin.

Ha, maqsad kitob o'qiganimni va Kindle borligini maqtanish edi))
04/23/2025, 07:03
t.me/kitob_ombori/19635
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
Repost
53
56
3.4 k
🌏23-aprel "Xalqaro Ingliz tili kuni"

Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har yili 23-aprelda nishonlanadi.
Nega aynan 23-aprelda nishonlanishiga kelsak, bu kun Ingliz adabiyotining eng taniqli nayomondasi bo‘lmish Uilyam Shekspirning tug'ilgan va vafot etgan kuni hisoblanadi. 

Ushbu kunni nishonlash taklifi 2010-yil Global kommunikatsiyalar departamenti tashabbusi bo‘lib, BMT tashkilotining oltita rasmiy tillarining har biri uchun til kunlarini belgilab berish doirasida belgilangan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining til kunlarining maqsadi ko'p tillilik va madaniy xilma-xillikni saqlab qolish hamda butun tashkilot bo'ylab oltita rasmiy tildan teng foydalanishni rag'batlantirishdan iborat.

Tashabbusga ko'ra, butun dunyo bo'ylab BMT Tashkilotining oltita rasmiy tillaridan har biriga bag'ishlangan oltita alohida kun mavjud.

Arab tili (18-dekabr)
Xitoy tili (20-aprel)
Ingliz tili (23-aprel)
Fransuz tili (20-mart)
Rus tili (6-iyun)
Ispan tili (23-aprel)

@kitob_ombori
04/23/2025, 05:35
t.me/kitob_ombori/19634
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
U haqidagi hikoyani yozaymi? O'zi ham kanaldada lekin)
Ammo haligacha Martin Idenni o'qisam U hayolimga kelaveradi. Aynan U mana shu kitobni o'qishni qayta-qayta tavsiya qilgandan so'ng kitob o'qishga qayta qiziqib qolganman. Balki U sabab kanal ham ochgandirman. A MrS K?
04/22/2025, 19:19
t.me/kitob_ombori/19633
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
299
10
3.3 k
Kelinglar, bir o'zimni tanishtirib qo'yay. Avval hech qilmagan ekanman.

Ismim Abdurahmon. Yoshim 28da. Bo'ydoqman (hozircha albatta). Hozir O'zbekistonni poytaxti Toshkentda yashayapman. Aslida dunyoni poytaxti Andijondaman (Eski shaharidan). Diplom bo'yicha ingliz tili va adabiyoti o'qituvchisiman. Ammo bu sohada hali ishlab ko'rmadim. Odamlar bilan ishlashga qiziqaman. Otam savdogar onam o'qituvchi. Kasb tanlashda esa ikkalasini ham yo'lini bitta nuqtaga birlashtirib marketingni tanlaganman. Va hozir shu sohada ishlayapman.

Kitoblarga qiziqish menimcha qonda bo'lgan. Onam tarafdan deyarli 70% qarindoshim ma'orif sohasida ishlashadi. Uyimizda esimni taniganimdan beri kitoblar bo'lgan. Yoshligimizda chiroqlar ko'p-ko'p o'chadigan qish kunlarida, shug'ullanadigan narsa yo'q o'zimni kitoblarga urardim. Shu-shu to kollejga kirguncha faol kitobxon bo'lganman. Keyin esa o'smirlik davri, har yonga shox tashlash, o'z yo'lingni topish vahokazo bu narsa bilan uncha kelishmay qo'ydim toki 2018-yilning ajoyib bir kunigacha. Aynan U meni kitoblarga qaytarmaguncha. Bu endi boshqa, katta bir hikoya.

Xo'sh, yana nima qiziq?
Nimalar qolib ketti aytilmagan?
04/22/2025, 18:55
t.me/kitob_ombori/19632
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
Diqqat, global savol: kanalda hech qanday reklamasiz qanday odamni ko'paytirish mumkin?
04/22/2025, 12:58
t.me/kitob_ombori/19631
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
123
80
3.6 k
Bu kitobni o‘qigan va amal qilgan odamga hech qachon ishonib bo‘lmaydi!

Bu qandaydir diniy yoki sehrgarlikka oid kitob emas. Yoki dunyoni yo‘q qilib yuboradigan qurolni kodlari ham yozilmagan. Qizig‘i qadimiy kitob ham emas. Agar bu xabarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak siz ham uni yozgan odam bilan zamondoshsiz. Gap kim haqida ketayotganiga qiziqqan bo‘lsangiz kerak-a?

Sizni ko‘p qiynamay ayta qolay. Bu odam AQShlik tarixchi va yozuvchi Robert Grin. Kitob nomi esa hammaga ma’lum va mashhur, o‘sha sizning hayolingizga kelgan "Hokimiyatning 48 qonuni".

Ushbu kitob orqali Robert Grin o‘quvchini hayratga soladi, ayrim holatlarda sizni juda qiziqtiradi, ajablantiradi va o‘ylashga majbur qiladi. Kitob o‘z vaqtida ko‘plab tanqid va bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, bu faqat uning mashhurligini oshirishga xizmat qildi. Kitobdagi qoidalar shafqatsiz va insoniy etikaga to‘g‘ri kelmaydigandek tuyiladi. Aslidachi?

"Hokimiyatning 48 qonuni" kitobini ilk bor o'qiganimda, xayolimga birinchi bo‘lib "bu kitob surbetlar va ikkyuzlamachilar uchun qo‘llanma ekan" degan fikr kelgan edi. Ammo kitobni hijjalab o‘qiganim sayin, uning unchalik ham jo‘n emasligi ayon bo'ldi. Ushbu kitob rahbarlar, vazirlar va amaldorlarning xatti-harakatlari zamirida nima yotganini tushunishga yordam beradi hamda ish joyidagi yoki munosabatlardagi murakkab vaziyatlarni tahlil qilishda juda foydali hisoblanadi.

Muallif asarida saroy hayotining ayyor usullarini o‘rgatsa-da, aslida o‘quvchini ogohlantiradi va real hayotdagi razilliklarni anglab yetishimizga ko‘maklashmoqchi bo‘ladi. Bu kitob nafaqat amalda yuqorilashni istaganlar uchun, balki firibgarlarning yolg‘onlariga aldanib qolishni xohlamaganlar uchun ham bebaho asar.

Agar siyosatga qiziqmasangiz-u, ammo tarixni yoqtirsangiz, kitobdan ko‘plab qiziqarli va ibratli voqealarni topishingiz mumkin. Muallif ma’lum voqealarni o‘ziga xos tarzda talqin qilib, kutilmagan xulosalar bilan o‘quvchini hayratda qoldiradi.

Qiziq fakt: Basta Rayms va Derrius Jekson kabi mashhur aktyorlar kino ishlab chiqaruvchilar bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun ushbu kitobdagi g‘oyalardan foydalanishgan. Hatto DJ Premier va Calvin Harris kitobdagi qonunlardan ilhomlanib, o‘zlariga tatuirovka ham chizdirishgan.

@kitob_ombori
04/22/2025, 10:13
t.me/kitob_ombori/19630
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Bugun o'qigan eng ajoyib hikoya shu bo'ldi:

"Uzoq vaqtdan beri orzu qilgan, uyimdan atigi 50 metr uzoqlikdagi o'sha garajni vanihoyat sotib oldim. U nomigagina qurilgan tunukali garaj emas, pishiq, barcha qurilish qonun-qoidalari asosida qurilgan. Garajda yerto‘la, charxlaydigan apparat bor va u hatto ishlaydi.

Endi mening o‘z shaxsiy uyim, butun dunyodan bekinib, bolgarka va payvandlash apparati bilan yashirinadigan qo'rg'onim bor! Bu joy mening qal’am. Mening garajim bu mening respublikam!

Garajga kirganimdan so'ng endi bu yerda mashinamni g‘ildiraklarini, qishki anjomlarni va kartoshkani ham saqlashim mumkinligini o'yladim. Bundan tashqari eski mashinam uchun juda kerakli ehtiyot qismlarni yillar davomida qanday yig‘ishimni, keyin esa bu joyni qanday ishtiyoq va xursandchilik bilan tozalashimni tasavvur qildim.

Endi rasman baxtli odamman. Meni tabriklashingiz mumkin!

Ha, aytganday, o'g'illi bo'ldim)"

@kitob_ombori
04/21/2025, 16:09
t.me/kitob_ombori/19629
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
97
11
2.1 k
ab07d76e57404559bd573e6c9c7fd8b0.mp4
Nega roman mualliflari chaykaning qichqirig‘ini romantik vibe sifatida tasvirlashadi?
Uning qichqirishini hech eshitganmisiz?
Go‘yoki shayton qo‘shiq aytayotganga o'xshaydi)

@kitob_ombori
04/21/2025, 10:58
t.me/kitob_ombori/19628
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
164
30
3.0 k
Ha va Yo'q.

"Yo'q"ni qilish oson, "Ha"ni aytish oson.
"Yo'q" - bitta narsaga yo'q. "Ha" - ming narsaga yo'q.

"Yo'q" - aniq.
"Ha" - umumiy.

"Yo'q" - tinch, lekin qiyin.
"Ha" - oson, lekin shovqin.

"Yo'q" - bu aniq asbob, jarroh skalpeli, bir nuqtaga qaratilgan lazer nuri.
"Ha" - hamma narsani beg'araz ushlaydigan to'mtoq, baliqchi to'ri.

Nimaga "yo'q" deb javob berishni bilish, nimaga "ha" deb javob berishni bilishdan muhimroq.

"Yo'q"ni biling. - @ Jason Fried

Manba

@kitob_ombori
04/21/2025, 08:10
t.me/kitob_ombori/19627
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
177
92
3.2 k
“Bir-biringizni seving.
Judolik ogohlantirishsiz keladi.
Bir-biringizdan hol-ahvol soʻrab turing.
Chunki hech kim oxirgi soʻzlashuv,
soʻngi bor diydor qachon ekanini bilmaydi.
Oʻzaro koʻngillaringizni koʻtaringlar.
Keyin afsus,
degan bilan ketganni ortga qaytarib boʻlmaydi.
Yodingizda tuting,
hayotlik chogʻida shirin soʻz aytmoq,
mayyit peshonasini oʻpmoqdan koʻra yaxshiroqdir.“

Aliy Tantoviy

@kitob_ombori
04/20/2025, 22:48
t.me/kitob_ombori/19626
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
190
3
3.1 k
Gʻalaba muborak! 🥳🥳🥳
04/20/2025, 20:03
t.me/kitob_ombori/19625
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
124
4
3.3 k
Saudiyada nimoʻlyapti?
04/20/2025, 19:36
t.me/kitob_ombori/19624
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
129
3.4 k
Kun qanday o'tdi?
04/20/2025, 17:52
t.me/kitob_ombori/19623
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
94
11
3.5 k
Hamma boshqa kanallar bilan reklama almashadi. Men esa o'zim yuritadigan kanallar bilan qilaman bu ishni))

https://t.me/addlist/hzyT7vdJGTc0NWNi
04/20/2025, 14:15
t.me/kitob_ombori/19622
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
240
14
2.9 k
25 yoshdan keyin hayot menga o'rgatgan asosiy saboqlar:

- ishga borish;
- ishxonada ishlash;
- ishdan uyga qaytish;
- uyga kelib uxlash.

va shu ketma-ketlik butun umr davom etishi🙂

@kitob_ombori
04/19/2025, 19:23
t.me/kitob_ombori/19621
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
77
2.8 k
Xatoni o'zi bilmadi deb o'ylayapsizlarmi? Balki atayin qilingandir? Kommentariya yozish uchun sabab bo'lishi kerak-ku😄
04/19/2025, 18:31
t.me/kitob_ombori/19620
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
197
16
2.8 k
Kitob boshqa hayot boshqa deb bekorga aytishmagan))

@kitob_ombori
04/19/2025, 17:59
t.me/kitob_ombori/19619
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
51
15
2.7 k
🎙 Mulkijahon
✍ Islomjon Qoʻchqorov

@kitob_ombori
04/19/2025, 16:40
t.me/kitob_ombori/19618
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
130
49
2.8 k
Shanba. Metro. Biz uchrashar kun,
Bir yilga choʻzilib ketar bir hafta.
Quyosh qoraymaydi, oqarmaydi tun,
Fursat imillaydi sen yoʻq tarafda.

Shanba. Metro. Yana uchrashdik,
Ogohlik soʻraldi har birimizdan.
Toshqin qalbimizga qoʻshilib oqdik,
Koʻz uzmay ketardik bir-birimizdan.

Tutquchga uzatgan qoʻling yetmasdi,
“Meni quch, meni quch”, derdi koʻzlaring.
Menda esa faqat jurʼat yetmasdi,
Quchmoqqa ijozat berdi koʻzlaring.

Ilk bora bagʻrimga oldim oʻsha on,
Olov nima edi sening qarshingda.
Quyoshning qizidek eding nurafshon,
Menga joy bormidi koʻngil arshingda.

... Shanba. Metro. Biz uchrashmadik,
Qaytib koʻrolmadim oydin yuzingni.
Soʻng chinga aylandi dildagi hadik,
Tunlari axtardim oydan yuzingni.

Sensiz keng shaharda yurish ham malol,
Sensiz bu vagonlar qandayin sovuq.
Hijron, bagʻringni och, meni qarshi ol,
Sadogʻing boʻsh boʻlsa, koʻksim toʻla oʻq.

Shu kech dunyoimni qorlar bosdi-da,
Qor urdim yuzimga qadring bilinib.
Jonginam, hali ham yerning ostida
Poyezd yurgan emish bagʻri tilinib.

@kitob_ombori
04/19/2025, 15:55
t.me/kitob_ombori/19617
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
94
2
3.0 k
Anjan tinchmi?🌧
04/19/2025, 11:34
t.me/kitob_ombori/19616
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
100
9
3.2 k
XVIII-XIX asr ijodkorlarini katta qismi kundalik yozishgan. Koʻpchilikka maʼlum boʻlganlaridan Lev Tolstoy, Anna Dostoyevskaya, Frans Kafka...

Ular hayotining katta qismini, kunlarini qogʻozlarga tushirib borgan. Men ham oʻsmirlik yillarimda kundalik yozishga rossa ruju qoʻygandim. Oʻsha paytlarim anchagina stressli va ziddiyatlarga toʻla oʻtgan ekan. Balki hayotni anglashni endigina boshlaganim, dunyoni faqat oq emas qora taraflari bilan tanisha boshlaganim, qiyinchilik hamda yashash uchun qattiq kurashish kerak ekanligini bilmaganim tufayli oʻsha yillarimni qiyin oʻtkazgandirman. Yana Xudo biladi.
Boya bir bundan 10 yil avval kundaligimga yozgan narsamni oʻqib ancha payt oʻylanib qoldim. 2015-yil 19-aprel, Andijon shahridagi Bobur kutubxonasida yozgan ekanman. Oʻqishga kira olmasdan, uydagilar, qarindoshlarni oldida ancha payt xijolat boʻlib yurganman. Oʻsha paytda ruhiy holatim anchagina choʻkkan, qoʻllovga muhtoj boʻlgan boʻlsam kerak. Har holda kundalikka kurashish, maqsadlar sari har qanday holatda ham intilish, qiyinchiliklarga bardoshli boʻlish va Allohga doimo shukr qilish haqidagi iqtiboslar yozilgan ekan.

Hozir daftarga xotiralarimni yozishga erinaman. Ammo yozish kerak. Shu sabab blogga yozyapman...
04/19/2025, 08:09
t.me/kitob_ombori/19615
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
138
20
3.1 k
O‘tkir Hoshimovning shunaqa ma’nodagi bir gapi bor:
"Yozuvchining ikki davri bo‘ladi. Birinchisi, nima yozsayam, chiqarishi qiyin bo‘lgan palla. Ikkinchisi, nima yozsa ham chiqarishi oson bo‘lgan palla. Odatda, birinchi davr bosib o‘tiladi, ammo ikkinchisi qiyin"
Adib bu mulohazalarni albatta, o‘z zamonasi uchun yozgan - rostan ham, har qanday yangi asar, maqolalarni biror nashrlarda chiqarish oson bo‘lmagan. Keyinroq, ma’lum bir darajadagi mashhurlikka erishgan odamda hammasi oson kechadi: oddiygina gaplar ham, katta tagma’noli fikr sifatida tildan tilga ko‘chib yurishi mumkin.
Hozir buni tushunish qiyin. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida, nafaqat iqtidorli ijodkorlar, balki hamma uchun birinchi palla deyarli yo‘q. Har kim istaganini minglab o‘quvchiga yetkazishi mumkin. Lekin, O‘tkir Hoshimov e’tibor bering, ko‘proq ikkinchi davrning xavfliroq ekanini aytmoqda. Bu sinovda ham turib bera olish hammaga ham emas.
Zero, Hasan Basriy (r.a.) shunday deydilar:

"Minbarga shoshma, agar haqli bo‘lsang, zamon olib chiqadi, agar haqli bo‘lmasang, tepkilab tushiradilar"

@kitob_ombori
04/18/2025, 20:27
t.me/kitob_ombori/19614
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
117
18
3.0 k
Karoche har kuni shunaqa qilib uyga qaytaman
04/18/2025, 19:44
t.me/kitob_ombori/19613
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Metroda yurishni boshladim. Har yonda dramatizatsiya, romantizatsiya qilsa boʻladigan voqeliklar. Metro bekatlari va vagonlari ichidagi voqealarni/odamlarni kuzatib bir nimalar yozging keladi odamni
04/18/2025, 19:30
t.me/kitob_ombori/19612
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
234
8
3.1 k
#hikoyalar

Eski telefonimni sotdim, chunki zeriktirib qo‘ygan edi, sekin ishlardi, tezda qizib ketardi, yana xotirasi ham to‘lib ketgandi. Barcha rasmlarni, ilovalarni o‘chirib tashladim, lekin zavod sozlamalariga qaytarmadim. Saytga telefonni sotish haqida e’lon qo‘ydim, ikki kundan so‘ng bir yigit singlisi uchun ekanligini aytib telefonimni sotib oldi, Telefonni sottim va bu voqeani unutib yubordim. Bir haftadan keyin telefonimga bir xabar keldi. Telefonni sotib olgan yigitdan. "Sizga kattakon rahmat. Hayotimni o‘zgartirishimga sababchi bo'ldingiz". To‘g‘risini aytsam, bu xabarni o'qib qo‘rqib ketdim, telefonimda nimani unutib qoldirgan ekanman? Ma’lum bo‘lishicha, telefon xotirasida qandaydir mo‘jiza bilan bitta video qolib ketgan. Uni bir necha yil oldin yozgan ekanman. U videoda shunchaki kameraga qarab o'zimga-o'zim gapirganman, Hamma narsa yomon bo‘lsa ham, bardosh berish kerakligi, hammasi qachondir yengillashishini aytganim esga tushdi. Bu yigit o'sha videoni tasodifan topib olganini, o‘chirib tashlamoqchi bo‘lganini, lekin oxirigacha ko‘rganini aytdi. Keyin qayta-qayta ko‘ribdi. Eng og‘ir paytda bu video unga yordam beribdi. U xabarni oxirida: "O‘sha kuni sizga nima bo‘lganini bilmayman. Lekin buni yozib olganingiz uchun rahmat", deb yozgan ekan.

@kitob_ombori
04/18/2025, 14:50
t.me/kitob_ombori/19611
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
187
9
3.0 k
#hikoyalar

"Og‘ir ish kunidan so‘ng uyga qaytayotib, kechki paytni qanday o‘tkazishni o‘ylab borardim. Kichik bir qahvaxona yonidan o‘tayotganimda, derazadan menga tabassum bilan qarab turgan qizni ko‘rib qoldim. Adashayotgan bo‘lsam kerak, u boshqa birovga qarayapti deb o‘yladim, ammo yo‘q - aynan menga qarayapti. Qiziqsinib qahvaxonaga kirdim. Ichkariga kirganimda, u shunchaki ortiqcha pechenyesi borligini va uni kim bilandir bo‘lishmoqchi ekanini aytdi. Biroz o‘tirib suhbatlashdik, ma’lum bo‘ldiki, bizda ko‘p umumiy jihatlar bor ekan. Shunday qilib, oddiy pechene ulashish istagi tufayli men o‘z sevgimni uchratdim. Atrofingdagi voqealarga ochiq bo‘lganingda, dunyo kutilmagan va yoqimli lahzalarga to‘la ekan!"

@kitob_ombori
04/18/2025, 14:42
t.me/kitob_ombori/19610
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
"Og‘ir ish kunidan so‘ng uyga qaytayotib, kechki paytni qanday o‘tkazishni o‘ylab borardim. Kichik bir qahvaxona yonidan o‘tayotganimda, derazadan menga tabassum bilan qarab turgan qizni ko‘rib qoldim. Adashayotgan bo‘lsam kerak, u boshqa birovga qarayapti deb o‘yladim, ammo yo‘q - aynan menga qarayapti. Qiziqsinib qahvaxonaga kirdim. Ichkariga kirganimda, u shunchaki ortiqcha pechenyesi borligini va uni kimilandir bo‘lishmoqchi ekanini aytdi. Biroz o‘tirib suhbatlashdik, ma’lum bo‘ldiki, bizda ko‘p umumiy jihatlar bor ekan. Shunday qilib, oddiy pechene ulashish istagi tufayli men o‘z sevgimni uchratdim. Atrofingdagi voqealarga ochiq bo‘lganingda, dunyo kutilmagan va yoqimli lahzalarga to‘la ekan!"
04/18/2025, 14:36
t.me/kitob_ombori/19609
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
9
35
Bu rasmiyatchilik uchun so'ralgan edi.
Baribir yozaman)
04/18/2025, 14:34
t.me/kitob_ombori/19608
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
403
1
2.8 k
Meni antiqa odatim bor. Qayerdadir yoki kimdandir tasodifiy hayotiy voqealarni eshitib qolsam albatta o'zim uchun yozib qo'yishga harakat qilaman. Shunaqalarni sizlarga ham ulashib turaymi?

Ha 🔥
Menga yoqmaydi 👎 (yuragim toshdan)
04/18/2025, 14:32
t.me/kitob_ombori/19607
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
179
4
2.7 k
O'yinchoq ishlab chiqarish biznesiga kirsammikin?
04/18/2025, 13:12
t.me/kitob_ombori/19606
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
126
25
3.2 k
Vijdonli insonlar qilib qo‘ygan biror tuzatib bo‘lmas xatosi yoki aybi uchun o‘zlarini qanchalik malomat qilishlarini bilamiz. Bir umr tushkunlikda yashash mumkin, ichkilikka beriladilar va hatto ba’zida hayot butunlay izdan chiqadi. Mazmun yo‘qoladi, boshqa odamga aylanadi. Yaqinlari unga “barchasini unutishni, hayot to‘xtab qolmasligini, falon falon ish qilsa, balki aybi yuvilishini” aytib taksin bermoqchi bo‘ladilar...

Din, xususan Islom hayotga mazmun berganidek, bunday holatga tushgan insonlarni ham qutqaradi – “Alloh rahmon va rahim, har qanday gunohni kechiradi” deyiladi oyat va xadislarda.

Lekin o‘sha oyatlar va xadislarga bog‘liq voqealarga, mana shu o‘gitlar ilk bor yangragan davrlarga e’tibor bersak, sahobalarning bir gunoh uchun o‘zlarini naqadar malomat qilganliklarini, yuqoridagi holatga tushib, hayotlari qanchalik izdan chiqish holatiga kelib qolganini ko‘ramiz. Qiziq, ular Alloh har qanday gunohni kechirishi mumkinligini bilmasmidilar?

Bilardilar.
Faqat buni yashash tarzlarining markaziga qo‘yib olmagandilar. “Beayb parvardigor”, “Xudoning o‘zi kechirsin-u” degan gaplarni o‘zlariga nisbatan ishlatmasdilar.

Tavbaning eng asosiy shartlaridan biri o‘sha qilib qo‘ygan gunoh uchun haqiqiy pushaymonlikdir. Mana shu pushaymonlikni his qilmay turib, vijdonimizni qiynamay turib, Allohning kechirishidan umid qilish mantiqsizlik...

Endi, o‘ylab ko‘ring, qaysi aybingiz, gunohingiz uchun haligacha vijdoningiz qiynaladi, birovga aytishga uyalasiz, o‘zingizni kechirmaysiz, boshqa takrorlamaysiz, Allohning jazosidan qo‘rqasiz? Ana o‘sha gunohingiz, inshoolloh kechirilgandir... Yana bormi boshqa?

@kitob_ombori
04/18/2025, 07:26
t.me/kitob_ombori/19605
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
217
28
3.1 k
Qanday qilib 1 yilda 100 ta kitob oʻqisa boʻladi?

@kitob_ombori
04/18/2025, 04:08
t.me/kitob_ombori/19604
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
316
1
3.1 k
post yozdim. 20 daqiqa boʻlsa ham reaksiya yoʻq, posmotr yoʻq. Hammayoq jim-jit.

Sizlarsiz telegram gʻaribxona boʻlib qolarkan doʻstlar🥹
04/17/2025, 19:42
t.me/kitob_ombori/19603
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
210
1
3.1 k
Tiriklar bormi?

WiFi ni ikki marta oʻchirib yoqibmane
04/17/2025, 19:31
t.me/kitob_ombori/19602
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
157
1
3.2 k
Kitob koʻp oʻqiyapsizlarmi yoki kinoni koʻp koʻryapsizlarmi?
04/17/2025, 17:11
t.me/kitob_ombori/19601
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
Repost
101
46
3.3 k
Таниш-билишни кўпайтир!

Социолог Грановетер ўзининг машҳур "Нозик Алоқалар Кучи" (The Strength of Weak Ties) асарида ажойиб маълумот келтиради:

Унга кўра меҳнат бозоридаги муваффақиятингиз нечта яқин дўстингиз борлигига эмас, балки умумий танишлар сонига боғлиқ экан.

Грановетер, айниқса, иш топиш, инновация қилиш ва касбий ривожланишда кучли алоқалардан (яқин дўстлар ёки оила) кўра заиф алоқалар (танишлар) муҳимроқ эканини таъкидлайди:

1-сабаб: Яқин дўстлар одатда сизга ҳамфикр ҳисобланиб, гапингиз бир жойдан чиқади. Вазиятга бошқа тарафдан қарай олмайсиз. Аксинча, узоқ танишлар эса ўзгача фикрлаш билан дунёқарашингизни кенгайтиради.

2-сабаб: Дўстлар кўп ҳолатда сиз билан бир ижтимоий табақага оид бўлади (бой, ўрта ҳол, камбағал). Танишлар эса турли қатлам вакиллари бўлгани туфайли сиз кўрмаётган имкониятларни очиб бериши мумкин.

3-сабаб: Яқин дўстлар одатда сизга яқин манзилда яшайди. Танишлар эса турли манзилдан бўлгани боис сиз учун кўприк вазифасини бажариб бериши мумкин.

4-сабаб: Танишлар кўпроқ турли касбларда ишлагани туфайли сизга янги иш ўринлари ҳақида тезроқ хабар бериши мумкин. Тадқиқотга кўра 56% ишчилар ўз ишхоналарини дўстлари эмас, узоқ танишлар орқали топгани аниқланади.

5-сабаб: Яқин дўстлар кам, танишлар эса кўплиги. Сизда 2 та дўстингиз ва 20 та танишингиз бор дейлик. 20 та танишингизни 2 тадан чин дўсти бор. Шунда сиз танишларингиз орқали 40 та одамга алоқага чиқа олишингиз мумкин.

P.s: Дўст керак эмас дейилмади. Карьерадаги муваффақият учун кўпроқ танишлар орттириш керак демоқчи эдик.

Фойдаландим: The Strenght of Weak Ties
Ўзимдан ҳам озгина қўшдим)

@Ustoz_kundaligi
04/17/2025, 07:51
t.me/kitob_ombori/19600
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
Repost
162
110
3.1 k
Никоҳ — бу ҳиссиётга берилиб, ҳар жабҳада “бахтли интиҳо” билан тугаши кутиладиган романтик ҳикоя эмас.

Никоҳ — залворли лекин муқаддас бир аҳдлашувдир.
Аввало динда муқаддас, кейин эса жамиятда эътироф этилган бир масъулиятдир.
Бу йўлни фақат қалбида масъулият туйғуси бор инсонлар босиб ўта олади.

Аёл турмушга чиққанида аёллигини йўқотмайди.
Лекин “мен!” деган кибрни тарк қилиб, сукунат ва мулойимликни танлаши керак бўлади.
Чунки оила деган масканда ўжарлик, қайсарилик осойишталикни бузади, рахбарликни талашиш эса ҳамжиҳатликни яксон қилади.

Эркак эса оила қурганида куч билан эмас, ақл ва бағрикенглик билан бош бўлиши керак.
Оилага эътиборсизлик ва масъулиятдан қочиш эмас, балки посбонлик, ғамхўрлик ва етакчилик қилиши лозим.

Итоатли аёл — қадри паст хотин, дегани эмас.
Раҳбар эркак — зўравон эр, дегани эмас.
Ҳар бирининг мўтабар ўрни бор.
Ким ўзига тегишли чегарани бузса, аввало ўз ўрнини кейи эса ўзгаларни йўқотади.

Агар сен — аёл — бағрикенгликка, сабр-бардошга ва савобга умид билан яшай олишга ҳозир бўлмасанг, турмушга чиқишга шошилма!
Агар сен — эркак — ақл билан қарор чиқара олишга, уй ичини идора қилишга, муҳофаза қилишга ҳамда аҳдингга вафо қилиб яшашга тайёр бўлмасанг — турмуш қуришга шошилма!

Никоҳ — қучоқни ёки вақтни қарши жинс вакили билан тўлдириш эмас, балки бир миссияни — табиий инсоний вазифани — адо этишдир.

Ҳар ким Холиқ олдида ўз қилган ишлари учун жавоб беради — жуфти учун эмас.

Ҳа, никоҳ шартномаси ерда имзоланади, лекин унинг оқибати — икки абадий диёрнинг бири бўлади: ё мукофот, ёки жазо.

Шунинг учун, ўз қўлинг билан никоҳ шартномасини имзолашдан аввал, ўрнингни — масъулиятингни аниқ билиб ол.
Никоҳни муҳаббат сақламайди — никоҳни аҳдга вафо сақлайди.
Бу аҳд эса, йиллар билан эмас, ниятнинг софлиги ва холислиги билан ўлчанади.

Муҳаммад Азҳарий

@IkromSharif
04/16/2025, 16:06
t.me/kitob_ombori/19599
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
122
5
3.0 k
Adabiyotda, san’atda qanaqadir o‘ziga xos daraja bordek tuyuladi, ko‘pchilik uchun tushunarsiz bo‘lgan ba’zi asarlar aslida saviyali, chuqur hisoblanadi go‘yo.
Yozuvchilar ham xalqbop emas, aynan o‘sha ma’lum qatlamni nazarda tutib, aynan o‘shalar uchun ijod qiladi, deb tushuniladi.
Ochig‘i, men bu fikrlarga qo‘shilmayman. Tili og‘ir, fikri og‘ir, xazm qilish qiyin deb hisoblaydiganimiz, o‘sha Markes ham, Tolstoy ham, Kafka ham aslida omma uchun yozishadi, imkon qadar ko‘pchilik o‘qishini istashadi. Shunchaki, ular ommani aynan o‘sha darajada bo‘lishini, o‘sha og‘ir fikrlarni qabul qila oladigan saviyaga ko‘tarilishini orzu qilishadi, menimcha.

@kitob_ombori
04/16/2025, 15:21
t.me/kitob_ombori/19598
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
91
1
1.8 k
Ikki kunlik amaliy tashrif bilan keldik.
Qayer ekanligini ashi yerliklar tushundi)
04/16/2025, 14:55
t.me/kitob_ombori/19597
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
414
51
3.5 k
- Menga biror qiziqroq detektiv kitob bersangiz.

- Zo‘ri bor. Oxirigacha qotilni topolmay qiziqib o‘qiysiz.

- Ayni shunaqasi kerak edi. Nomi nima kitobni?

- "Qotil xizmatkor"!

@kitob_ombori
04/16/2025, 11:06
t.me/kitob_ombori/19596
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
227
26
3.4 k
Birovga nasihat qilayotganingizda, avvalo, ichingizda "o‘zimchi?" deb savol bering...
Ammo nasihat eshitayotganingizda, unga "o‘zingchi?" demang.

Ko‘pincha teskarisi bo‘ladi..
04/16/2025, 10:04
t.me/kitob_ombori/19595
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
213
8
3.3 k
Meni maqtayotgan odam(lar) doimo aqlli koʻrinadi)
04/15/2025, 19:40
t.me/kitob_ombori/19594
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
231
53
3.4 k
Fotiha surasida "ihdinas sirotal mustaqiym" degan so‘zlar bor. "Bizni eng to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgin" degan ma’noni anglatadi.
E’tibor bering, bu so‘zlar har bir musulmonning tilidan har kuni bir necha marta yangraydi, namozning har bir rakatida aytiladi. E’tibor bering, bu so‘zlar iymon keltirgan, o‘zini musulmonman deb hisoblagan insonlar tomonidan takrorlanadi, takrorlanaveradi. "Axir shundoq ham musulmonman, to‘g‘ri yo‘ldamanku" emas.

Ya’ni, bizning musulmon ekanimiz, besh vaqt namoz o‘qishimiz biz uchun hali hech narsaning kafolatini bermaydi. Mana, biz yaxshi musulmonmiz, jannatning kalitini cho‘ntagimizga soldik, deb erta-yu kech boshqalarni muhokama qilib o‘tirish kerak emasligini bildiradi. Eng avval va har kuni o‘zimizga o‘zimiz hisob berish kerakligini anglashimiz, to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasligini O‘zidan so‘rashimiz lozim bo‘ladi.
Buni nafaqat Fotiha surasini tilovati o‘laroq aytishimiz, balki butun ma’nosi bilan xis qilishimiz, amallarimizda va boshqalarga bo‘lgan munosabatimizda aks ettirishimiz kerak.

Ihdinas sirotal mustaqiym

@kitob_ombori
04/15/2025, 17:32
t.me/kitob_ombori/19593
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
Mushkning (atir) xidi uning mushk ekanidan darak to‘g‘rimi? Birov uni ko‘rsatib, "mana bu mushk, xidi zo‘r" deb aytishi shart emas. Xidning o‘zi yetarli. Mo‘minni boshqalar ko‘rgandayok uni mo‘min ekani bilinishi kerak ekan. Birov bu mo‘min odam deyishi shartmas. Mo‘minni ko‘rganda boshqalar beixtiyor Islomni yodga olishlari kerak. Masalan ba’zi muxlislarni ko‘rgandayek hamma futboldan gap ochadiku beixtiyor...

@kitob_ombori
04/15/2025, 17:29
t.me/kitob_ombori/19592
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
221
18
3.2 k
Mushkning (atir) hidi uning mushk ekanidan darak to‘g‘rimi? Birov uni ko‘rsatib, "mana bu mushk, hidi zo‘r" deb aytishi shart emas. Hidning o‘zi yetarli. Mo‘minni boshqalar ko‘rgandayoq uni mo‘min ekani bilinishi kerak ekan. Birov bu mo‘min odam deyishi shartmas. Mo‘minni ko‘rganda boshqalar beixtiyor islomni yodga olishlari kerak. Masalan ba’zi odamlarni ko‘rganda hamma beixtiyor kitob/adabiyotdan gap ochadi-ku. Xuddi shunday)
04/15/2025, 13:45
t.me/kitob_ombori/19591
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
205
28
3.4 k
Izohlardagi odatiy suhbat😄
04/15/2025, 13:22
t.me/kitob_ombori/19590
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
260
15
3.3 k
Men ham ba’zida birmuncha vaqtga internetni tark etay deyman. Ammo yo‘qligim deyarli bilinmasligini bilib qolishlaridan qo‘rqaman.
04/15/2025, 08:44
t.me/kitob_ombori/19589
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
97
62
3.3 k
Kinolardagiga o‘xshash ta’sirli voqealar hayotda ham uchrab turadi. Faqat musiqa chalinmagani uchun sezmay qolamiz🙂
04/15/2025, 08:32
t.me/kitob_ombori/19588
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
84
1.6 k
Oldinda 6 soatli yoʻl. Dovonlar osha ota yurt tomon yoʻl oldik. Kitob oʻqib ketish? Yoʻq, sal emas ancha noqulay.
Suhbat? Chakki taklif emas

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6
04/14/2025, 18:33
t.me/kitob_ombori/19587
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
295
29
3.5 k
Qayerdadir o‘qigandim.
Romantika:
- Sochlaringizdagi qor parchalari marvarid misoli tovlanmoqda, azizim.

Sevgi:
- Soching qor bo‘lib ketibdi, shapkangni kiyvol, kasal bo‘lasanku, jinni...
04/14/2025, 18:05
t.me/kitob_ombori/19586
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
88
11
3.4 k
Avvallari: do'stingni kimligini ayt seni kimligingni aytib beraman, - degan gap bo'lar edi. Hozir esa bu gapni: kimlarni kuzatayotganingni ayt seni kimligingni aytib beraman - deb bemalol o'zgartirsa bo'lsa kerak.
Kayfiyatim yaxshi va bemalol bo'lganimda telegramdagi kanallarimni tartiblab chiqaman. Boya shunday qildim va 200+dan ortiq "endi ortiqcha" bo'lgan kanallardan chiqib kettim. Ko'pi sportga aloqador kanallar edi. Qolganl kanallarni ham bir qur ko'zdan kechirdim va hali ham obuna bo'lgan kanallarimni mavzusiga e'tibor qildim. Asosiy kuzatadigan kanallarim mavzusi:

- Lingvistikaga oid mutaxassislarning sahifalari;
- pedagoglarning shaxsiy bloglari;
- kitobblogerlar;
- jamoat faollari (asosan faktlar, aniq manbaalar bilan ishlaydigan tahlilchi jurnalistlar. Haypchilar emas);
- o'z sohasida mutaxassis-ekspert sanalgan odamlarning shaxsiy bloglar;
- xorijiy nufuzli nashrlar (BBC, New York Times, The Economist...)

Asosan shunaqa mavzudagi kanallarning soni ko'p ekan. Birorta san'atkor, vaynerlarni kanaliga a'zo emas ekanman. Bundan tashqari muallifli noma'lum, axborot manbaasi noaniq bo'lgan xabar tarqatadigan ammo auditoriyasi yuzminglagan kanallar ham yo'q (majburan obuna bo'lganlarimdan ham boya chiqib ketdim).

Bizni g'oyalar, axborotlar boshqaradi, ongimiznj har kuni turli xil kerak yoki nokerak infolar bilan to'ldirishadi. Miya oshqozon emaski ortiqcha narsalardan qutila olish imkoniyatiga ega bo'lsa. U faqat yutadi. Unga filtr qo'ying. Kelajangizga foyda beradigan sahifalarni va odamlarni kuzating.

Siz asosan qanday mazmundagi sahifalarni kuzatasiz? Ularning ruhiyatingiz va hayotingizga ta'siri qay darajada?
04/14/2025, 15:22
t.me/kitob_ombori/19585
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
176
87
3.5 k
Islomda ayol kishining o‘rni deganda, nafaqat chetdan baho beradiganlar, balki musulmon birodarlarimiz ham “uyda o‘tirish, bola boqish, ovqat pishirish” deyish bilan cheklanadilar.
Ammo e’tibor bering, Qur’ondagi juda ko‘p payg‘ambarlar (masalan, Nuh, Ibrohim, Yusuf, Muso, Iso..) qissalarida ayollarning voqealarning markazida bo‘lganliklarini ko‘rasiz, saodat asrida jamiyatda juda faol bo‘lgan ayollar bor. Eridan shikoyat qilib, payg‘ambarimiz (sav) ostonasiga yotib olgan ayol haqida ham, Umarga qarata “Sen kim bo‘libsanki, Alloh chegara qo‘ymagan mahrga chegara qo‘yasan” degan ayol haqida ham, hatto janglarda qatnashgan ayollar haqida ham eshitganmiz. Hazrati Oysha (r.a) ma’lum davrda siyosiy ziddiyatda asosiy figura bo‘lganlar – nohaqmidilar, yo‘qmi, boshqa masala, ammo hech kim unga “sen ayolsan, aralashmay, uyda o‘tir” degan fikrni aytmaganini ta’kidlash kerak. Butun dunyoga ustoz bo‘lgan olimlarning ham kamol topishida ularning onalari muhim ahamiyat kasb etgani haqida ham ko‘p eshitganmiz. Bir qancha mavzularda ayolning erkakdan farqli ekani haqida fikrlar keladi, ammo bu ularning teng emasligini anglatmaydi.
Keyinchalik, o‘sha musulmon mamlakatlarda ham ayolning o‘rni faqat xaramlarda “uchtama to‘rtta bo‘lib olishib chaqchaqlashadigan, o‘yin kulgi qiladigan, bola tug‘ib beradigan” darajaga tushib qolgani ko‘proq musulmonlarning aybidir.
Misol uchun, agar ayol mavzusidagi post yozilsa yoki ayol muallifning fikrlari chiqsa, uning ayol ekaniga urg‘u beradigan, munozaralardan quvishga harakat qiladigan, ayolning aynan ayollik xususiyatini markazga qo‘yadigan musulmonlarni ko‘p ko‘raman. Balki o‘sha saodat yillarida yoki yurtimizda ilm-fan taraqqiy topgan asrlardagi erkaklarning saviyasi jamiyatda ayollarning zexnini, fikrlarini qabul qila oladigan, ularni himoya qila oladigan darajada yuqori bo‘lgani uchun ayollar faol bo‘lgan, biz jamiyatda ayollarni ko‘tara oladigan salohiyatimiz yo‘qligi uchun ularni uyga qamayotgandirmiz?
Islom emasmidi, ayollarga mulk sifatida qaraladigan jamiyatda ularni ijtimoiy faol qatlam sifatida ko‘targan? Endi esa, go‘yoki, teskarisi, aynan Islom ayollarni uyga qamaydigandek xulosa chiqib qolmoqda.
Aslini olganda, bu yerda muhim bir jihat bor. Bugungi kunda ayollarning islom shartlari asosida jamiyatda faol yurishlari, qatnashishlari uchun ba’zi to‘siqlar borki, natijada ayollarning uyda o‘tirishlari bu holatda yechim sifatida yuzaga keladi. E’tibor bering, aynan yechim sifatida, targ‘ibot yoki mafkura sifatida emas. Ma’lum sharoitlarda qanday harakat qilish uchun berilgan yechim hech qachon insonlarning intilishi kerak bo‘lgan vaziyat o‘laroq namoyon bo‘lmasligi kerak, menimcha. Bu holatning “Islomning ayolga bo‘lgan munosabati” o‘laroq aks etishi esa, umuman noto‘g‘ri. Bu islomning ayolga emas, ma’lum shart sharoitlarga bo‘lgan munosabatidir.
Jamiyatda ayollarning faol bo‘lishlari borasida sharoitlar yaratish, to‘sqinliklarga barham berish haqidagi munozaralar ko‘proq bo‘lishi kerak, ayolni uyga qamash, ularni jamiyatdan chetlatish haqida emas. Axir "Niso" (Ayollar) surasida Alloh faqat bola tarbiyasi yoki ovqat pishirish haqida so‘z yuritganmidiki, Ayol deganda xayolimizga faqat shu mavzular kelsin?

@kitob_ombori
04/14/2025, 11:31
t.me/kitob_ombori/19584
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
137
19
2.8 k
Bir akamiz maslahati:

Tupoy, aqlli va dono qizlar bo‘ladi. Tupoy yoki dono qizga uylaning, aqllidan qoching.

P.S: Soʻzlarga alohida eʼtibor bering!
04/14/2025, 11:18
t.me/kitob_ombori/19583
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
199
14
3.0 k
Sen ham Odamsan, ba’zi mevalardan voz kech, va jannatga kir.
04/14/2025, 08:06
t.me/kitob_ombori/19582
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
217
27
3.3 k
Tunov kuni televizorda fohishalarni ko‘rsatishdi. Ko‘rsatishmadi, sazoyi qilishdi deyarli. Jirkanishdi. Ulardan jirkanishga chaqirishdi. Ular jamiyatimizni buzayotgan ekanlar.

Fohishalar jamiyatni buzmaydi. Aksincha, jamiyat yaxshi qizlarni buzib fohishaga aylantiradi. Bizning oldimizda ular emas, ular oldida biz aybdor.
Bir oilaning bekasi bo‘lishni, farzand ko‘rishni orzu qilmaydigan, ichida buni istamaydigan fohisha borligiga ishonmayman.
Gunoh ikki turli bo‘ladi. Xudoga nisbatan. Ham Xudo va ham bandaga nisbatan.
Birinchi turga - zino, aroq ichish, narkomanlik va hokazo.
Ikkinchi tur - zulm, o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, yolg‘onchilik. Buning javobi qattiq, chunki boshqalarga yashashga xalaqit beradi, birovning haqqini yeydi
Ikkinchi turdagi gunohlar qolib, hadeb birinchi turga yopishaverar ekanmiz, ilg‘orlashmaymiz hech qachon.
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega adabiyotimiz Asadbekni tushunish va oqlashga urinadi-yu, fohishani odam o‘rnida ko‘rmaydi?
Chunki biz fohishadan jirkanamiz, ammo bizning haqqimizni yeyayotgan Asadbekni ulug‘laymiz, hurmat qilamiz, havas qilamiz.
Pul uchun, moddiy ehtiyoj uchun tanasini sotgan - buzuq, lekin xuddi shu ishni pul to‘lab qilayotganlar - buzuq emas. Shunaqa qabul qilamiz.
Nimagadir...

@kitob_ombori
04/14/2025, 06:22
t.me/kitob_ombori/19581
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
388
86
3.5 k
Sevgi nimaligini aytib beraymi?
Boshladik. Tasavvur qiling, bugun o‘zgacha kun. Pulingizni tejab, tejab u orzu qilgan chiroyli soatni sotib olasiz bugun. Pulingiz yetadi endi.
Ish vaqtingiz 20:00 da tugaydi. Ammo doʻkon yopiladi u paytda. Sherigingizni bir kun o‘rniga tungi smenada qolish sharti bilan ko‘ndirdingiz. Soat 18 da ishdan chiqdingiz.
Do‘konga kelasiz. Odam ko‘p. Navbatga turdingiz. Kutasiz. Yarim soat. Qarasangiz pulingiz uyda qolib ketgan. Obbo. Chiqasiz. Uyga borib kelguncha do‘kon berkiladi-ku. Bu ish ertaga qolishi sira mumkin emas. Bugun o‘zgacha kun axir. Sevgilingiz xafa bo‘lsa-chi?
Magazin oldidagi kioskachiga yalina boshlaysiz - qarz berib turing, olib kelib beraman bir soatda. Nihoyat ko‘ndirdingiz. Yetarli pulni oldingiz.
Magazinga qaytasiz. Boya o‘rnim bor edi deb, baqiroq ayollar bilan urishib, soatni sotib oldingiz. Tashqarida esa sizni kioskachi kutib turibdi:
- Davay, pulni ber, deyapti.
Soatni zalogga qoʻyib uyga chopasiz. Pulni olib orqaga qaytasiz. Ne ko‘z bilan ko‘rsangiz, kioskachi ovqatlangani ketib qolibdi. Kuta boshlaysiz. Yomg‘ir yog‘a boshladi. Shalabbosiz. Telefonda quvvat tugagan.
Nihoyat kioskachi keldi, soatni oldiz. Qaytish avtobuslari tugab qolgan. Taksiga yetarli pul yoʻq. Yomg‘irda yaqin metrogacha yura boshlaysiz.
Horg‘in. Charchagan. Shalabbo. Ammo xursand. Baxtli. Shuncha voqea ham sizning kayfiyatingizni tushira olmadi. Holatingizdan jilmayasiz. Axir siz hozir uni ko‘rasiz. U xursand bo‘ladi, qolgani bir pul.
U podyezd tagida sizni kutib turgan bo‘ladi. Uyga chiqishga sabringiz chidamay qorong‘ida o‘sha sovg‘ani berasiz va aytasiz:

"Ayasi, bugun to‘yimizga 1 yil to‘ldi. Tabriklayman..."

@kitob_ombori
04/13/2025, 23:18
t.me/kitob_ombori/19580
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
256
38
3.2 k
Aslida biror-bir shaharni sevmaymiz,  o‘sha shahardagi kimnidir sevamiz!

@kitob_
ombori
04/13/2025, 22:41
t.me/kitob_ombori/19579
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
17
Odam bekorchi boʻlsa yomon. Har-xil bemaʼni narsalarni sinab koʻrgisi keladi. Oqibatini bilsa ham oʻsha ishni qilishni lozim topadi. Bekorga insan yaʼni unutuvchi emasmiz.

Shuncha aqlli gapdan soʻng isboti boʻlmasa uyat boʻlar.

P.S: meni chiroyli chizib yuboribdi lekin. Hayotda bu darajada handsome boy emasman. Qiz esa oʻzbek emasov menimcha)
04/13/2025, 20:27
t.me/kitob_ombori/19577
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
04/13/2025, 20:27
t.me/kitob_ombori/19578
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
04/13/2025, 19:09
t.me/kitob_ombori/19576
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Shunaqa tom ostida yashayman(
04/13/2025, 19:04
t.me/kitob_ombori/19575
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
1
Sezdinglarmi kanaldan odamlar kamayib qolyapti.
Sababi, izohlarda bizning savollarimizga "notoʻgʻri" javob berganlarni Sibir qilyapmiz.
Ehtiyat boʻlinoradi deb aytib qoʻyyapmanda
04/13/2025, 18:59
t.me/kitob_ombori/19574
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
1
5
Odamlarni aytishicha men umuman kitob o'qiydigan odamga o'xshamas ekanman. Unda qanaqa odamga o'xshayman???
04/13/2025, 18:32
t.me/kitob_ombori/19573
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
99
31
3.6 k
Aprel quyoshini qizg‘angan kabi
Qovog‘idan qorlar yoqqudek osmon.
Qil sig‘mas ko‘ngilga atay teginib
Qop-qora bulutlar aylanar hamon.

Dunyo aravasin tortadi arang,
Bir olam shovqinni ko‘radi baham.
Bariga qo‘l siltab, bari unutib,
G‘amgin-g‘amgin turar bunda bir odam.

Dadaxon MUHAMMADIYEV

@kitob_ombori
04/13/2025, 18:01
t.me/kitob_ombori/19572
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
Repost
75
18
1.5 k
Ҳорижда анча яшаб ватанга қайтган бир киши ёзиб қолди: "дорихона кўп экан, врачлар ҳам орқа-кетини узмай ёзиб беряпти, одамлар пала-партиш дориларни сотиб оляпти,.."

Аччиқ ҳақиқат шуки, ҳамма бало овқатланишнинг нотўғри эканида. Бунга яқин тарихимизда ижтимоий-иқтисодий аҳволимиз сабаб бўлган, деб ўйлайман. Халқимизнинг аксар қисми қийналиб яшаган. Тансиқ таом ейиш осон эмасди. Шу халқнинг қўли пул кўрди, танлаб-танламай еяпти. 96% касалликларнинг боши нотўғри овқатланиш: қон босими, қандли диабет, қон қуюлиши, юрак-ишемик касалликлари... Энди эса жабрини тортяпти. Давоси битта — парҳез ёки рўза тутиш. Бу жамият аввал касал бўлиб, кейин тўғри йўлга ўтади. Бунга вақт кетади. Ўн йилми, йигирма йилми, эллик йил...

Шундан кейин одамлар аччиқ тажрибадан тушунадики, овқат ейишнинг ҳам меъёри бор. Ўзининг танаси учун меъёрни қаттиқ ушлайди. Меъёр қатъий белгилангандан кейин касал бўлмайди. Касаллик бўлмаганидан кейин дорихоналарга эҳтиёж туғилмайди.

Бозорнинг талаб ва таклиф қонуниятини инкор этиб бўлмайди. Хулоса ўзингиздан.
04/13/2025, 08:55
t.me/kitob_ombori/19571
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
252
130
3.6 k
Ilm – bu o‘rganish emas, o‘zgarishdir.
Ishq – tanlov emas, tanlanishdir.
04/12/2025, 23:44
t.me/kitob_ombori/19570
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
100
11
3.4 k
Oxirgi marta olgan rasmingizni ulashib ketishingiz uchun post)
04/12/2025, 21:26
t.me/kitob_ombori/19569
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
95
6
3.4 k
Qaysi kitob deb o'ylaysiz?
04/12/2025, 19:14
t.me/kitob_ombori/19568
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
27
25
3.5 k
Otabekni konserti chiqibdi

https://youtu.be/cDU4VJUn1kg?si=0Y49mo4l8ATlvjd2
04/12/2025, 17:35
t.me/kitob_ombori/19567
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.8 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19562
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
62
4.0 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19564
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
61
4.0 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19565
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
62
4.0 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19566
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.8 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19563
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
171
60
3.6 k
Xitoyda aholi sonining ko‘pligi tufayli raqobat juda kuchli. Maktab ham bundan mustasno emas. Eng yaxshi universitetlarga kirib, sifatli ta’lim olish istagi (farovon kelajakka yo‘l ochish uchun) katta raqobatni keltirib chiqaradi va maktab o‘quvchilariga kuchli bosim o‘tkazadi. Hamma ulardan natijalar, g‘alabalar, yutuqlar kutadi.

Shubhasiz, bularning barchasi yosh xitoyliklarning bolaligidanoq intizomli, mehnatkash va maqsadga intiluvchan bo‘lib shakllanishiga olib keladi. Ammo ayni paytda ularni beg‘ubor bolalikdan mahrum etib, tez ulg‘ayishga va hayotda o‘z o‘rnini topishga majbur qiladi.

Bizda ham bunday raqobat asta-sekin shakllanib bormoqda. Aholi soni o‘sib bormoqda, katta oylikli ishlarga kirishga uchun talablar ham ortib bormoqda. Balki ilmda raqobat bizni rivojlantirar.

@kitob_ombori
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19557
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.7 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19559
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.8 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19561
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.7 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19560
KI
Kitoblar ombori
16 356 subscribers
60
3.7 k
04/11/2025, 21:17
t.me/kitob_ombori/19558
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria