Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
IL
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Eng oxirgisi...

Bir suhbatga taklif etishsa, yoʻq dema, chunki bunisi hayotingdagi eng yaxshi suhbat boʻlishi mumkin.

Yaxshi joydan ishga taklif boʻlsa, yoʻq dema, chunki bu jamiki takliflarning eng yaxshisi boʻlishi mumkin.

Bir inson doʻst boʻlaylik desa, yoʻq dema. Chunki u jamiki doʻstlarning eng yaxshisi boʻlishi mumkin.

Bir inson yor boʻlishni taklif etsa, rad etishga shoshilma, chunki u jamiki yorlarning eng yaxshisi boʻlishi mumkin.

Yaqinlaring bilan diydorlashganda ularni avayla, mehringni izhor qilib tur, chunki bu diydorlarning eng soʻnggisi boʻlishi mumkin.

Ochiq eshiklarni hadeb yopaverma, chunki bu eshik qayta ochilmasligi mumkin.

Munosabatlarga beeʼtibor boʻlma, chunki ular uzilsa, qayta bog'lanmasligi mumkin.

© Ilhomjon
04/24/2025, 18:04
t.me/ilhomjon_boborahimov/294 Permalink
"Biz 20 yil keyingi Yaponiya kelajagini hal qilyapmiz."

Ikki yilcha avval, ustozimdan II jahon urushida boʻlgan ajib voqealardan biri haqida eshitgan edim. Shu haqida so'zlamoqchiman.

1945-yil. Yoz. Yaponiya urushda qaqshatqich magʻlubiyatga uchrayotgan paytlar. Atrof, hamma yoqda, dushman askarlari Yaponiyaning kulini koʻkka sovurishmoqda.

Faqatgina bir panada, pastqam imoratda bir ustoz bolalarga dars bermoqda.

Oʻquvchilardan biri: "Ustoz dushman askarlari yurtimizni vayron qilishmoqda. Odamlarni o'ldirishnoqda. Nega biz bu yerda oʻtiribmiz. Dushmanga qarshi qurol olib, jang qilsak boʻlmaydimi?"

Meni hayratga solgan ustozning javobi:

"Yaponiyaning bugungi taqdiri ancha avval, begona davralarda hal boʻlib boʻlgan. Sen bilan men qoʻlimizga qurol olib, jang qilsak ham, baribir bu jangda magʻlub boʻlamiz. Natijaga taʼsir qilmaymiz. Lekin hozir shu yerda, sen bilan men, bilim olib, yurtimizning 20 yildan keyingi taqdirini hal qilyapmiz. Toki sen ilm olishda sustkashlikka yoʻl qoʻymas ekansan, Yaponiya kelajagi buyuk boʻladi. Hozirgi tanazzuldan xalos boʻladi. Aksincha, hozirgiday chalg'ishlar koʻp boʻlar ekan, Yaponiya mag'lubligicha qolaveradi."


Bizchi? Oʻzbekistonning 20 yil keyingi taqdirini qanday hal qilyapmiz?

© Ilhomjon
04/23/2025, 06:02
t.me/ilhomjon_boborahimov/293 Permalink
100
Qargʻami yo chumchuq?

Bugun farzandga nisbatan ayrim ota-onalar qilayotgan eng katta xatolardan biri haqida soʻz ochmoqchiman.

Koʻp ota-onalar til bilsin deb, hali umuman rus tili haqida tushunchasi yoʻq farzandlarini maktabdagi ilk qadamini rus sinflarda boshlashmoqda. Oradan bir-ikki yil oʻtgach, farzandi tilni oʻzlashtira olmagach, uni oʻzbek sinfiga oʻtkazishga qaror qilishmoqda. 2- yo 3-sinfga oʻtgan bola na rus tilini qoyillata olmaydi va na oʻzbek tilida ravon oʻqib ketolmaydi.

Turklarda bir yaxshi masal bor:

Qargʻa chumchuqning chaqqonligiga havas qilib, uning harakatlariga taqlid qilibdi. Oradan ancha vaqt oʻtibdi, ammo qancha urinmasin, u chumchuqday chaqqon boʻla olmabdi. Hafsalasi pir boʻlgan qargʻa, "eng yaxshisi oʻzimning harakatim ekan" deb oʻz holiga qaytmoqchi boʻlibdi. Qarasaki, u oʻz harakatlarini ham unutayozgan ekan.

Tahlillarga koʻra, rus tilini oʻrganish uchun 2200 soat doimiy shugʻullanish talab etiladi. Kuniga oʻrtacha 4 soatdan shugʻullanilgan holatda, yillik 200 oʻquv kunlari miqdorida, taxminan 3-4 yil vaqt talab etiladi. Farzandning eng muhim poydevori quriladigan, muhim hayotiy bilimlar oʻrganiladigan va koʻnikmalar shakllantiriladigan bir vaqtda, bolalar bor eʼtiborini til oʻrgatishga qaratishsa, muhim bilimlar ikkinchi darajali holatga aylanib qoladi. Yakunda esa, oʻquvchi rus tilini oʻrtacha taqriban 3-4 bahoga biladigan, bilimsiz bolaga aylanadi.

Shu boisdan, farzandni til oʻrganishini istagan ota-ona farzandiga bu tilni, 4-5 yoshidan boshlab oʻrgatishsa, maktabga chiqqanda qiynalmaydi, asosiy bilimlarni oʻrganish vaqtida til oʻrganib, bu bilimlardan mosuvo qolmaydi.

Bolalarimizga yo maktabdan oldingi yoshligidan til oʻrgataylik, yoki milliy sinflarda oʻqitib, qoʻshimcha toʻgaraklarda, sekinlik bilan yo'naltiraylik. Ammo aslo, na qargʻa va na chumchuqqa aylantirmaylik.

© Ilhomjon
04/22/2025, 06:04
t.me/ilhomjon_boborahimov/292 Permalink
Kecha 17 yoshlilar oʻrtasida Osiyo chempionati final bosqichini tomosha qildim.

Oʻyin Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston, hakamlar jamoasi va muxlislar.

Oʻyindan olgan xulosalarim:

Saudiya Arabistonini butun stadion toʻla muxlislar qoʻllab quvvatladi.

Hakamlar ham bu jamoaga yon bosishdi.

Birinchi boʻlimdayoq Oʻzbekistonning 2 nafar futbolchisiga hakam qizil kartochka berib, maydondan chetlashtirdi.

Oʻyin Saudiyada, butun stadion toʻla muxlislar Saudiya tarafda, Oʻzbekistonning 2 nafar futbolchisi maydondan haydalgan, oʻyinchilar nisbati 11:9. Yana 2 nafar futbolchimiz sariq olgan. Hakam ularga yon bosayotganday vaziyat.

Oʻyinchilar bor yoʻgʻi 17 yoshda. Juda murakkab vaziyat, xuddiki omad Oʻzbekistondan yuz o'girganday edi.

Lekin, inson uchun qiyin vaziyatlarda oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik juda muhim ekan.

Va, albatta, jamoaviylik ruhiyatining kuchini bugun chinakam his qildim.

Bizning yigitlar, qanchalik qiyin boʻlmasin, bir jon-u bir tan boʻlib, harakat qilishdi. Hujumchilar himoyada, himoyachilar esa oʻrni kelganda hujumda oʻynashdi. Bir-birlarini rostakam qoʻllab quvvatlashdi. Natijada, ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston yigitlari raqib darvozasini 2 bor ishgʻol etishdi.

Saudiya Arabistoni esa, qanchalik qo'llab-quvvatlash boʻlmasin, hamma ular tarafda turmasin, baribir zaifliklari oshkor koʻrindi. Jamoada kuchli liderlar yoʻqligi hamda butun jamoada mustaqil qarorlar qilish darajasi oʻta past ekanligi yaqqol namoyon boʻldi. Hech bir jamoa aʼzosi dadillik bilan vaziyatni qoʻlga olishni istamadi. Natijada, ular bitta ham gol ura olishmadi va chempionlikni raqiblariga boy berishdi.

Tushunganim shuki, saudiyaliklar oʻzlarining komfort zonasiga qattiq oʻrnashib olgandilar.

Gʻalaba uchun eng muhim narsa, oʻyinga jiddiy jismoniy tayyorgarlik koʻrish oʻrniga, hakamni oʻzlariga ogʻdirish, chempionatni oʻzlarida oʻtkazish, stadionni muxlislar bilan toʻldirish kabi yutish uchun ikkilamchi boʻlgan vaziyatlar bilan band boʻlishgan.

Yigitlardan keyin men uchun bolalarda masʼuliyat olish uchun katta bo'lishni kutish shart emasligi haqidagi fikrlarim yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi. Biz bolalarimizni komfort sharoitga solavermasdan, ularga hamma narsalarni muhayyo qilavermasdan, murakkab vaziyatlarga ham solib turishimiz kerak. Shunda, ular sharoitdan kelib chiqib, masʼuliyatni oʻrganishadi. Muhim qarorlar qilishni boshlashadi va shu bilan hayotga katta qadamni tashlashadi.

©Ilhomjon
04/21/2025, 06:03
t.me/ilhomjon_boborahimov/290 Permalink
04/21/2025, 05:59
t.me/ilhomjon_boborahimov/289 Permalink
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria