🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyaning navbatdagi majlisini
o‘tkazdik.So‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi: qonunchilik takomillashdi, jabrlanganlarni himoya qilish mexanizmlari ishlab chiqildi. O‘zbekiston tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan muvaffaqiyatli model sifatida e’tirof etilmoqda.
Biroq, ayrim hollarda fuqarolarimizning mehnat huquqlari buzilishi, bolalar va ayollar odam savdosi qurboni bo‘lishi holatlari uchramoqda. Har bir jabrlangan yurtdoshimiz uchun adolatni ta’minlash — bizning asosiy vazifamiz. Muammolarni ochiq muhokama qilish va ularning sabablarini aniqlab, bartaraf etishda davlat organlari, jamoatchilik va ijtimoiy tashkilotlarning faol ishtirok etishi muhim.
Yig‘ilish yakunida ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, kelgusi vazifalarni belgilab oldik.
@tanzilanarbaeva