🏆 Do‘stlik uchrashuvi: Surxon murabbiylari – Surxon afsonalari 21:12!
Ilhom Rajabovdan nona-trik! 💥
Bugun klubning mashg‘ulot maydonlaridan birida 6x6 formatida qiziqarli do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Surxon" murabbiylar shtabi va klub afsonalari ishtirok etdi. O‘yinning do‘stona maqomiga qaramay, maydondagi kurash rasmiy o‘yinlarnikidan kam bo‘lmadi
🔹 Murabbiylar tarkibi:
Rustambek Qurbonboev (sport direktori), Ilhom Rajabov (analitik murabbiy), Ravshan Teshaboev va Timur Sharipov (ma'murlar), Elyor Uzakov (litsenziyalash bo‘yicha menejer)
🔹 Afsonalar tarkibi:
Orif Onorov, Baxriddin Vahobov, Jasur Xudoyqulov, Akmal Hasanov, Roman Xaliullin, Jurabek Ruziyev, Islom Safarov.
🧠 O‘yinning qahramoni Ilhom Rajabov bo‘ldi, u nona-trik – 9 ta gol urdi! Bu bilan u yana bir bor ko‘rsatdiki, tahlil – bu nafaqat raqamlar, balki haqiqiy futbol sezgisi hamdir!
📊 Yakuniy hisob – 21:12, g‘alaba murabbiylar tomonida
🔸 Murabbiylar gollari:
Rajabov – 9, Teshaboev – 4, Qurbonboev – 3, Uzakov – 3, Sharipov – 2
🔸 Afsonalar gollari:
Onorov – 5, Vahobov – 4, Xaliullin – 2, Hasanov – 1
⚽️ Haqiqiy futbol bayrami va a’lo kayfiyat!