Xabarnomalar.
Har bir dasturga kirishimizdan oldin, bizdan xabarnoma yuborish uchun ruhsat so'raydi. E'tiborimizni tortish, yangiliklardan xabardor qilish va albatta mahsulotini sotish uchun.
Plug&Play'da
Farhod aka bilan o'tirgandik, telefonimga har xil dasturlardan notification kelishni boshladi(Korzinka Go). Keyin, Farhod aka, nega o'chirib qo'ymaysiz dedilar. Man bilmasdan, sozlamalarga kirib o'chirish kerak deb yubordim))) Keyin, shundoq xabarnoma ustiga bosdilar va o'chirdilar, rostan bilmasdim)
Shu o'rinda hozirgi kunda eng qimmat boylik - E'tibor. Reels, shorts, tiktok zamonida 1 daqiqagacha bo'lgan videolarni ko'rib, inson miyasi bir narsaga e'tibor qilish darajasi juda ham pasayib ketdi. Uzun podcast yoki kino ko'rishda qiynalmayabsizmi?
Telegramda kelgan xabarnomalarni ham o'chirib qo'yganman, kerakli odamlar uchun albatta yongan. Keraksiz guruh, kanal va boshqa chatlardan kerak bo'ladigan xabarnomalarni maksimal o'chirishga harakat qilyabman va qildim.
Ha aytgancha, keraksiz kanal yoki guruhlardan chiqish kerak va qutulish kerak. Qachondir kerak bo'lib qoladi deb saqlab yurish, 99% holatda kerak bo'lmaydi. Uyda ham eslang, kerak bo'lib qoladi deb saqlab qo'yamiz. Lekin, uni keyinroq esdan ham chiqarib qo'yamiz.
E'tibor muhim! Keraksiz narsalar uchun sarflab yubormang.