Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
UZ
«Oʻzagrosugʻurta» AJ
https://t.me/uzagrosugurta_aj
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

«Oʻzagrosugʻurta» AJ rasmiy kanali ☎️ 71 203-20-22, 1186 📍 100000, Toshkent sh., M.Ulug‘bek t., Y. G‘ulomov ko‘chasi, 1-uy 🌐 www.agros.uz, Instagram: uzagrosugurta Facebook: agrosugurtauz Youtube: @uzagrosugurtajsc39

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 48 results
“O‘zagrosug‘urta” AJ – xalqaro e’tirof sari yo‘lda

“O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari AQShning Boston shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Risk Live Boston 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar. Mazkur tadbir moliyaviy barqarorlik va risklarni boshqarish sohasidagi 200 dan ortiq yetakchi mutaxassislarni, jumladan JPMorgan Chase, BlackRock, Deutsche Bank, Mizuho kabi dunyo moliya gigantlari vakillarini bir joyga jamladi.

Tashrif davomida kompaniya vakillari A.M. Best agentligi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. A.M. Best – 1899-yilda AQShda tashkil etilgan, sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi eng qadimiy va nufuzli xalqaro reyting agentligi hisoblanadi. Ushbu agentlik sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va kreditga layoqatliligini baholashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning reytinglari butun dunyo bo‘ylab investorlar va tartibga soluvchi organlar uchun asosiy ishonch mezoni sifatida xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan xalqaro reyting olish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejalari, kompaniyaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, xavflarni boshqarish tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligi muhokama qilindi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va Osiyo sug‘urta bozorlariga oid tahliliy ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

A.M. Best bilan uchrashuv “O‘zagrosug‘urta” AJning global moliya bozorlariga integratsiyalashuvi va xalqaro imidjini mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Sayt|Taplink
04/21/2025, 07:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2507
“O‘zagrosug‘urta” AJ — barqarorlik va ishonch ramzi: Moody’s buni e’tirof etdi.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri sifatida, dunyodagi eng nufuzli reyting agentliklaridan biri — Moody’s Investors Service tomonidan “Ba3” darajasida uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik reytingiga sazovor bo‘ldi. Reyting prognozi — “barqaror”.
Moody’s tomonidan e’lon qilingan hisobotda qayd etilishicha, “Ba3” reytingi kompaniyaning quyidagi asosiy ustunliklarini aks ettiradi:
O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi mustahkam pozitsiyasi;
Kapital bazasining ishonchliligi va zaxiralarining yetarliligi;
Sug‘urta portfelining diversifikatsiyalanganligi;
Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash, bu esa qo‘shimcha moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
Ushbu yutuq kompaniyaning barqaror rivojlanayotganligini yana bir bor tasdiqladi. “O‘zagrosug‘urta” AJ “Axbor-Reyting” agentligi tomonidan “uzA++” reytingiga ega bo‘lib, unga “barqaror” prognozi berilgan. Shuningdek, kompaniya sifat menedjmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatga ham ega.
Bu jamiyatning korporativ boshqaruvdagi shaffoflikka rioya qilayotganini, hamda milliy va xalqaro miqyosda ishonchli hamkor sifatidagi maqomini mustahkamlab borayotganini ko‘rsatadi.
Moody’s Ratings AQSH tomonidan berilgan ushbu xalqaro kredit reytingi “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlariga xorijiy investorlar va mahalliy mijozlar ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Sayt|Taplink
04/14/2025, 07:19
t.me/uzagrosugurta_aj/2506
“Oʻzagrosugʻurta” AJ Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti direktori lavozimiga munosib nomzodlarni jalb qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Lavozim majburiyatlari, nomzodlarga quyiladigan talablar, tanlov bosqichi, ishtirok etish shartlari haqida bu erda tanishishingiz mumkin.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Sayt|Taplink
04/09/2025, 14:14
t.me/uzagrosugurta_aj/2505
Rasmiy munosabat

2025-yilning 19-mart sanasida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida (Жамоат назорати t. me/JAMOAT_NAZORATI sahifasida) jurnalist Elyorbek Tadjibayevning “O‘zagrosug‘urta” AJ haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatuvchi video materiali joylashtirilgani sababli, biz aniqlik kiritish va noto‘g‘ri xabarlarni rad etishni joiz deb bildik. (Ma’lumot bugungi kunda t. me/JAMOAT_NAZORATI sahifasidan jurnalist tomonidan o‘chirib tashlangan, ammo obunachilar tomonidan ko‘chirib olingan, yuborilgan videolar ijtimoiy tarmoqda Jamiyat haqida yolg‘on ma’lumot tarqalishiga va Jamiatning chet ellik hamkorlari va mijozlari oldidagi obro‘siga putur yetishiga, moliya bozoridagi huquq va manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda).
Shuni ta’kidlash kerakki, yong‘in sodir bo‘lganda Jamiyat tomonidan rasmiylashtirilgan sug‘urta polisi amal qilish muddati tugagan bo‘lgan. Sug‘urta to‘lovlari faqat shartnomada ko‘rsatilgan shartlar doirasida amalga oshirilishi mumkin va voqea sodir bo‘lgan paytda sug‘urta javobgarligi amalda bo‘lmagan. Biz bunday vaziyatlarni boshdan kechirish qanchalik qiyinligini tushunamiz va har bir mijozga maslahat berishga tayyormiz.
Biz barcha mijozlarimiz va obunachilarimizni tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri call-markazga murojaat qilishga va ishonchsiz manbalardan qochishga chaqiramiz.
Xizmatlarimiz bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha rasmiy ma’lumot va tushuntirishlar uchun bizning aloqa markazimizga (1186) hamda filiallarimizga murojaat qiling.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
04/02/2025, 08:46
t.me/uzagrosugurta_aj/2504
03/27/2025, 16:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2501
“Sug‘urtaning mohiyati va afzalliklari”

O‘zagrosug‘urta kompaniyasi xodimlari uchun “Sug‘urtaning mohiyati va afzalliklari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida sug‘urta bozoriga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar, sohadagi va kompaniyadagi yangiliklar muhokama qilindi.

Mutaxassislar mijozlarning imkoniyat va ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilgan yangi sug‘urta turlarining afzalliklari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, tajribali xodimlar yangi sug‘urta xizmatlari haqidagi fikr-mulohazalarini bildirib, amaliyotda joriy etish uchun takliflar o‘rtaga tashlandi.

Seminar xodimlar uchun nafaqat sohaviy bilimlarni mustahkamlash, balki sug‘urta bozoridagi yangi tendensiyalarni o‘rganish imkonini ham yaratdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
03/27/2025, 16:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2502
03/27/2025, 16:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2500
Qadrli do‘stlar!

Nafosat va go‘zallik ramzi bo‘lgan – Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!

Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!
Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

Hurmat bilan, “O‘zagrosug‘urta” АJ jamoasi! 😊
03/21/2025, 07:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2499
03/20/2025, 14:55
t.me/uzagrosugurta_aj/2494
03/20/2025, 14:55
t.me/uzagrosugurta_aj/2497
03/20/2025, 14:55
t.me/uzagrosugurta_aj/2496
Bahor kirib kelishi va yorqin Navro'z bayrami arafasida "O'zagrosug'urta" aksiyadorlik jamiyatida hashar o'tkazildi!

Jamiyatning Respublika bo'ylab 14 ta filiali ham jamoat joylarini tozalash, hududlarni ko'kalamzorlashtirish va barcha shahar aholisi uchun toza va qulay muhit yaratishda ishtirok etdi. Bu shunchaki hashar emas - bu mamlakatimizning porloq kelajagiga qo'shilgan hissadir!

Barcha xodimlarga faol ishtiroki va mas'uliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz!
03/20/2025, 14:55
t.me/uzagrosugurta_aj/2498
03/20/2025, 14:55
t.me/uzagrosugurta_aj/2495
🚀 “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun raqobatdoshlikni boshqarish bo‘yicha seminar tashkil etildi 🚀

Bugungi kunda xizmat ko‘rsatuvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardoshlikni saqlab qolish muvaffaqiyatli biznes yuritishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun “Raqobatdoshlikni boshqarish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. 📊💡

Tadbir davomida mutaxassislar raqobatbardoshlik tushunchasi, uning darajalari va unga ta’sir etuvchi omillar haqida tushuntirish berishdi. Mahalliy bozor sharoitidan kelib chiqqan holda, amaliy misollar asosida muhim strategiyalar muhokama qilindi.

Seminarda, shuningdek, viloyat filiallari uchun raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

💬 Tadbir yakunida jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar bilan jonli munozara olib borishdi.

Teleg
ram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
03/14/2025, 09:26
t.me/uzagrosugurta_aj/2493
03/14/2025, 09:26
t.me/uzagrosugurta_aj/2492
03/14/2025, 09:26
t.me/uzagrosugurta_aj/2491
Korrupsiya – islohotlar yoʼlidagi eng katta toʼsiq!

Joriy yilning 5-mart sanasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, muhim vazifalar belgilab berildi.

2025-yil 11-mart kuni «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xodimlarning mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ravishda ishlar olib borilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Har bir fuqaroni undan ogoh etish, bu boradagi tushunchalarini yanada oshirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator sohalarda amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlar aytildi. Jumladan raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish korrupsiyaviy holatlarni yo‘qotishga sabab bo‘layotganligi misollar orqali keltirib berildi.

Shuningdek, «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati tizimida ham sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish va onlayn rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan, shu bilan bir qatorda to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilingani taʼkidlandi. Bu esa korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 24/7 ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan. «O‘zagrosug‘urta» АJ xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha fuqarolar 71 203-20-23 yoki 1186 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘z navbatida, yig‘ilishda Prezidentimizning Milliy Kengash yig‘ilishida bildirgan takliflari korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘qotishda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab o‘tildi.
03/11/2025, 15:32
t.me/uzagrosugurta_aj/2490
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2484
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2485
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2487
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2488
Kutilmagan holatlardan himoyalaning: eng muhim 5 sug‘urta turi
Kundalik hayotda – uyda, ish joyida yoki yo‘lda ketayotganingizda kutilmagan holatlar yuz berishi mumkin. Bunday vaziyatlar sog‘liqqa yoki mol-mulkka zarar yetkazishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun moliyaviy xavflardan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan 5 ta asosiy sug‘urta turini tavsiya qilamiz.
1️⃣ Mulk sug‘urtasi
2️⃣ Avtosug‘urta (OSAGO)
3️⃣ Baxtsiz hodisalardan sug‘urta
4️⃣ Oilaviy baxtsiz hodisalardan sug‘urta
5️⃣ Tadbirkorlik mulki sug‘urtasi

O‘zagrosug‘urta – Yillar davomida oqlangan ishonch!

Защитите себя и близких от непредвиденных ситуаций: 5 самых важных видов страхования
В повседневной жизни - дома, на работе или в пути - могут возникнуть непредвиденные ситуации. Такие обстоятельства могут нанести ущерб здоровью или имуществу. Поэтому мы рекомендуем 5 основных видов страхования, необходимых для защиты от финансовых рисков.
1️⃣ Страхование имущества
2️⃣ Автострахование (ОСАГО)
3️⃣ Страхование от несчастных случаев
4️⃣ Семейное страхование от несчастных случаев
5️⃣ Страхование имущества предпринимателей

Узагросугурта – Доверие оправданное годами!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2489
03/11/2025, 15:01
t.me/uzagrosugurta_aj/2486
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan siz aziz ayollar uchun maxsus chegirma!

8 martdan 31 martga qadar agros.uz sayti orqali rasmiylashtirilgan quyidagi onlayn polislar uchun 10% chegirma taqdim etiladi:

✅ KASKO plyus
✅ Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish
✅ Sportchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish
✅ Homilador ayollar va ularning homilasini sugʻurta qilish
✅ Mehmonxonada istiqomat qiluvchi shaxslarni kompleks sugʻurta qilish

O‘zagrosug‘urta – Yillar davomida oqlangan ishonch!

В честь Международного женского дня мы подготовили для вас, дорогие женщины, специальную скидку!

С 8 марта по 31 марта при оформлении онлайн полисов на сайте agros.uz действует скидка 10% на следующие виды страхования:

✅ КАСКО Плюс
✅ Добровольное страхование от несчастных случаев
✅ Добровольное страхование спортсменов от несчастных случаев
✅ Страхование беременных женщин и их плодов
✅ Комплексное страхование проживающих в гостиницах

Узагросугурта – Доверие оправданное годами!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
03/07/2025, 10:28
t.me/uzagrosugurta_aj/2476
03/07/2025, 10:28
t.me/uzagrosugurta_aj/2475
03/03/2025, 13:17
t.me/uzagrosugurta_aj/2473
Avtomobilingiz uchun KASKO kerak!

Avtomobilingiz uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ishonchli sug‘urta himoyasi kerak. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining KASKO sug‘urtasi – eng to‘g‘ri tanlov!

Biz sevimli avtomobilingizni quyidagi xavf-xatarlardan himoya qilamiz:

✅ O‘g‘irlik va talon-torojlik

✅ Bosqinchilik

✅ Yo‘l-transport hodisalari (YTH)

✅ Jismlarning urilishi va to‘qnashuvlar

✅ Sel va suv toshqini

✅ Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar

Sug‘urta polisini agros.uz sayti orqali tez va qulay rasmiylashtiring.

📞 Batafsil ma’lumot uchun 1186 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

“O‘zagrosug‘urta” – ishonchli himoya kafolati!
03/03/2025, 13:17
t.me/uzagrosugurta_aj/2474
03/03/2025, 13:17
t.me/uzagrosugurta_aj/2470
03/03/2025, 13:17
t.me/uzagrosugurta_aj/2472
03/03/2025, 13:17
t.me/uzagrosugurta_aj/2471
Sug‘urta sohasida nafaqat polislarni sotish, balki doimiy ravishda o‘sish, rivojlanish, yangi mahsulotlarni tushunish va mijozlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirish muhimdir. Shuning uchun kompaniyamizda haftalik o‘quv-seminar ishning ajralmas qismidir!

Bu galgi o‘quv-seminarimiz Jamiyatning Moliya departamenti mas'ul xodimlari tomonidan "Jamiyatning 2024-yil faoliyati yakunlari bo‘yicha erishilgan moliyaviy ko‘rsatkichlari" mavzusida o‘tkazildi. Xodimlar yil sarhisobini tahlil qilib, o‘rganib, pul oqimlari va sug‘urta zahiralari haqida bilim va ko’nikmalarini oshirishdi.

Tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.


Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink
03/03/2025, 08:51
t.me/uzagrosugurta_aj/2469
03/03/2025, 08:51
t.me/uzagrosugurta_aj/2468
Mulkingiz uchun ishonchli himoya!

Siz uy, kvartira yoki dachangizga mablag‘, kuch va qalbingizni sarflagansiz.
Agar bir lahzada yong‘in, suv toshqini yoki o‘g‘irlik tufayli xavf ostida qolsa-chi?

Mulk sug‘urtasi – ertangi kunga ishonchingiz garovi!

✅ Sug‘urta polisi sizga nima beradi?
🔹 Yong‘in, suv toshqini va tabiiy ofatlardan himoya
🔹 O‘g‘irlik yoki vandalizm natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya
🔹 Siz va oilangiz uchun moliyaviy xavfsizlik

Ishni ortga surmang – bugunoq mulkingizni himoya qiling!

📞 1186
📱 @uzagrosugur
ta_aj
🌍 Batafsil ma’lumot: agros.uz

"O‘zagrosug‘urta" AJ – yillar davomida oqlangan ishonch!

Надежная защита вашего имущества!

Вы вложили деньги, силы и душу в свой дом, квартиру или дачу?
А что, если в один момент они окажутся под угрозой из-за пожара, затопления или кражи?

Страхование имущества – это ваша уверенность в завтрашнем дне!

✅ Что дает полис страхования?
🔹 Защита от пожара, затопления, стихийных бедствий
🔹 Компенсация ущерба при краже или вандализме
🔹 Финансовая безопасность для вас и вашей семьи

Не откладывайте на потом – защитите свое имущество уже сегодня!

📞 1186
📱 @uzagr
osugurta_aj
🌍 Подробности на сайте: agros.uz

"Узагросугурта" АО – надёжность, проверенная временем!
02/26/2025, 10:28
t.me/uzagrosugurta_aj/2467
02/26/2025, 10:27
t.me/uzagrosugurta_aj/2466
02/26/2025, 10:27
t.me/uzagrosugurta_aj/2465
Bugun “Oʻzagrosugʻurta” AJ tashkil etilganligiga 28 yil toʻldi.

Yangilanish va raqamlashtirishda izchil faoliyat olib borayotgan kompaniyamiz ushbu sana munosabati bilan xalqchil va ommabop boʻlgan 3-toifadan iborat “KASKO plyus” sugʻurta turini aholiga taqdim etadi.

Kompaniyaning yutuqlari soʻnggi yillar davomida amalga oshirgan ishlari va mijozlar ishonchining yaqqol samarasidir.

Shu fursatdan foydalanib har bir mijoz va hamkorlarimizga bizga boʻlgan ishonchi uchun chuqur minnatdorligimizni bildiramiz!

Batafsil maʻlumot: agros.uz
Qisqa raqam: 1186
02/25/2025, 10:04
t.me/uzagrosugurta_aj/2464
2025 yil 20 fevral kuni “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasida 2023-2026 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishi yuzasidan hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024 yil 21 dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomi asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 yil oktyabrdan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davr uchun bajargan ishlari yuzasidan hisoboti va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.
Muzokaralarda kasaba uyushmasi qo‘mitasining ish faoliyati qoniqarli deb baholandi. Saylangan kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari o‘z dublyorlarini tanladilar.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/21/2025, 14:36
t.me/uzagrosugurta_aj/2463
02/21/2025, 14:36
t.me/uzagrosugurta_aj/2462
02/21/2025, 14:36
t.me/uzagrosugurta_aj/2461
02/21/2025, 14:36
t.me/uzagrosugurta_aj/2460
“O‘zagrosug‘urta” onlayn sug‘urtani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi

2025-yil 15-fevral kuni Toshkentda Markaziy Osiyoda marketing sohasidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri – “Tashkent Marketing Forum 2025” bo‘lib o‘tdi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib, mamlakat marketing sohasi uchun muhim voqealardan biri sifatida e’tirof etildi.
Tadbir doirasida eng yaxshi brendlar – “Digital Marketing Awards” va eng ta’sirchan blogerlar – “Influencer Awards” mukofotlari topshirildi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimida “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati “2024-yilda O‘zbekistonda onlayn sug‘urtani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofotiga loyiq deb topildi.
Forum davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari kompaniyaning innovatsion sug‘urta xizmatlari, mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar va sohadagi zamonaviy tendensiyalar haqida ma’lumot berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, sug‘urtaga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham taqdim etildi.
E’tiborlisi, “O‘zagrosug‘urta” O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish jarayonini boshlagan kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, 26 dan ortiq sug‘urta xizmatlari va mahsulotlari vaqt va joy cheklovlarisiz, onlayn tarzda taqdim etilmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/17/2025, 12:28
t.me/uzagrosugurta_aj/2459
02/17/2025, 12:27
t.me/uzagrosugurta_aj/2458
02/17/2025, 12:27
t.me/uzagrosugurta_aj/2457
Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 542-yilligi
Bugun buyuk sarkarda, shoir va davlat arbobi, Boburiylar sulolasining asoschisi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi nishonlanmoqda.
1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan Bobur yoshligidan ilm-fan va harbiy san’atga qiziqqan. 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirib, butun hayoti davomida davlat boshqaruvi va harbiy yurishlar bilan shug‘ullangan. U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solib, mintaqada madaniyat va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan.
Uning eng mashhur asari — "Boburnoma" o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniyati va tabiati haqida bebaho ma’lumotlar bergan. Shuningdek, u o‘zbek adabiyoti va she’riyatida ham muhim o‘rin egallaydi.
Boburning tarixiy va adabiy merosi hanuz o‘rganilmoqda va qadrlanmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/14/2025, 08:46
t.me/uzagrosugurta_aj/2456
🔥 "Faol sug‘urta agenti" tanlovi muddati uzaytirildi! 🔥

📢 Diqqat! "O‘zagrosug‘urta" AJ tomonidan jismoniy sug‘urta agentlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Faol sug‘urta agenti" sovrinli tanlovi muddati 2025-yil 30-aprelga qadar uzaytirildi!

🏆 Tanlov qoidalariga ko‘ra g‘oliblarni aniqlash uchun yetarlicha ishtirokchi bo‘lmagani sababli, sizga qo‘shimcha imkoniyat berildi!

💥 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin – Sharm el-Sheikh shahriga 2 kishilik sayohat vaucheri (1 dona)
🥈 2-o‘rin – Elektro velosiped (3 dona)
🥉 3-o‘rin – Artel 32" Smart TV (10 dona)

📌 Shoshiling! Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

📞 Batafsil ma’lumot: 1186

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/10/2025, 14:03
t.me/uzagrosugurta_aj/2455
🌿Alisher Navoiy - Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri🌿

📜9-fevral- Yurtimizda o‘zbek xalqining buyuk siymolaridan biri – mutafakkir, olim, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kuni sifatida keng nishonlanadi.

Alisher Navoiyni barcha davrlarda ham butun turk dunyosi tomonidan “shams ul-millat", ya’ni “millat quyoshi” deb e’zozlab kelingan.  Butun umrini turkiy til mavqeini yuksaltirish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir.

✨ Navoiy so‘zni ezgulik va bilim tarqatishning qudratli vositasi deb bilgan. Uning merosi hozirga qadar butun dunyo kitobxonlariga ilhom bag‘ishlamoqda!

📖G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.
Tele
gram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/07/2025, 12:52
t.me/uzagrosugurta_aj/2454
“O‘zagrosug‘urta” AJ  xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti ish faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, bunday holatlarni bartaraf etish bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida  bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi” Qonunini qo‘llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish choralari  to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Komlayens nazorati departamentining malakali mutaxassisi tomonidan tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida xodimlarga belgilangan cheklovlar hamda Odob-axloq komissiyasi va Jamiyatning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Seminar so‘ngida Jamiyat xodimlari tomonidan qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Website|Taplink
02/04/2025, 07:44
t.me/uzagrosugurta_aj/2453
01/24/2025, 09:07
t.me/uzagrosugurta_aj/2452
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria