Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
CA
CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿
https://t.me/canadali
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.03%
ER (week)
9.02%
ERR (week)

Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...

Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada

Xizmatlar: www.canadali.net

Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 47 results
58
8
2.0 k
Student viza chiqmay qo'ydi O'zbekistonliklarga deydiganlar uchun maxsus! 🤩😮‍💨🇨🇦

Mana yaxshi xabar. Mijozimizga "medical" ya'ni tibbiy ko'rikdan o'tish bo'yicha "zapros" keldi Kanada immigratsiya xizmati IRCC tomonidan. Bu xabar doimgiday viza chiqishida oldin keladi. Ya'ni agarda nomzodda hech qanday xavfli kasalliklar (OITS, sil ya'ni tuberklyoz, narkomaniya va psixik buzilish) aniqlanmasa demak viza berilishiga yaqin turibdi degani.

Aytgancha, tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Toshkentda maxsus xalqaro klinika mavjud. 250 dollar atrofida to'lov evaziga to'liq tibbiy tekshiruvdan o'tkazib Kanada immigratsiya xizmatiga natijasini yuborib qo'yishadi.

Barchaga omad! Shunday xabarlar boshqalarga ham kelsin.🔥

Student viza orqali Kanadaga borishda amaliy-huquqiy yordam: www.canadali.net

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/26/2025, 17:28
t.me/canadali/746
45
39
3.4 k
YouTube platformasida "Kanadaga kelishning hozirgi kundagi eng ideal varianti" mavzusida batafsil video joyladik.

Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Kirib like tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bergan bo'lardingiz. Raxmat kattakon! 🤝

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇
https://youtu.be/CNG9Df7DSwo?si=tE_QrIxsEQDLGicp
04/26/2025, 08:13
t.me/canadali/745
68
65
3.1 k
Esingizda bo'lsa Kanadaga O'zbekistonda yashab turib "doimiy yashovchi" maqomini olgan mijozlarimiz Sirdaryolik oila haqida mana bu post va mana bu videoda e'lon qilgan edik. Bugun esa ushbu viza olgan mijozlarimiz bilan qisqagina savol-javob videosini joylamoqdamiz. Intervyuning to'liq formatini tez orada YouTube kanalimga ham joylaymiz, montaj ishlari ketmoqda hozir.

Niyat qilgan bo'lsangiz sizga ham shu insonlarning yo'lini bersin. Fransuz tilini o'rganishda mustahkam sabr va ishtiyoq bilan harakatda davom eting. Biroq, hujjat ishlarini hozirdan boshlayvering, chunki til o'rganish jarayonida hujjatlarni ham tayyorlab borasiz vaqtdan yutish uchun. Bu esa sizga motivatsiya beradi va majburiyat yuklaydi tilni yanada shijoat bilan o'rganishga.

Aynan shu dastur orqali Kanadaga borishda amaliy-huquqiy yordam: www.canadali.net

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/23/2025, 07:17
t.me/canadali/744
38
11
2.0 k
Nega Kanada katta miqdordagi viza uchun berilgan arizalarni rad etdi va bu borada rasmiy statistika qanday?

Kanada hukumati 2024-yil yakuni bo'yicha deyarli 2,5 million ta viza uchun berilgan arizalarni rad etgan. Quyidagi statistika bilan tanishing.

2024-yil statistikasi:
Turist viza uchun berilgan arizalarning jami 54 foizi,
Student vizalarning jami 52 foizi,
Ishchi vizalarning jami 22 foizi u yoki bu sabab bilan rad etilgan.

Vaholanki undan oldingi yilda rad etish holatlari kamroq edi.

2023-yil statistikasi:
Turist viza uchun berilgan arizalarning jami 40 foizi,
Student vizalarning jami 38 foizi,
Ishchi vizalarning jami 23 foizi turli asoslar bilan rad etilgan.

Raqamlardan shunday xulosa chiqadiki, demak 46 foiz turist viza, 48 foiz student viza va 78 foiz ishchi viza arizalari ijobiy hal qilingan va ularga viza berilgan. Yaxshilab o’ylab qaralsa chakki natija emas bu ham aslida.

"Otkaz"lar miqdori oshishiga asosiy sabablar quyidagilar:
1) Viza olganlar soni oshishi Kanada ichida uy-joy va tibbiy xizmatlarga bo’lgan talabni keskin oshirib yubordi.
2) Turist viza bilan kelganlar qonuniy statusni o'zgartirish yo'llarini izlamay, qoidani buzib noqonuniy qolib ketishlari sodir bo'ldi.
3) Student viza bilan kelganlarning 10 foizga yaqini o’qishni tashlab yubordi va ishlashga o'tib ketdi.
4) Ba’zi sohalarda bo’sh ish o’rinlari kamaydi va yaxshi daromadli ish uchun immigrantlar va Kanada aholisi o'rtasida raqobat oshdi.

Viza berish soni kamayganining Kanada uchun salbiy taraflari:
1) Kanada uchun o’qish kontrakt to’lovlaridan, sayohat uchun sarflanadigan mablag’lardan foyda kamayadi. Chunki xalqaro talabalar mahalliy talabalarga qaraganda ko'proq kontrakt to'lab o'qishadi.
2) Ishchi yetishmovchiligi boshlanadi ba’zi sohalarda. Sababi bir yilda yuz minglab Kanadaliklar nafaqaga chiqib ketmoqda.
3) Iste'dodli chet ellik yoshlar va kadrlar kelishi kamayishi ortidan Kanada iqtisodiyotida bo'shliqlar paydo bo'ladi.

Viza berish soni kamayganining Kanada uchun ijobiy taraflari:
1) Faqat munosib nomzodlar saralab olinadi viza berishda, va natijada raqobat kamayadi viza uchun. Chunki hamma ham jur'at qilavermaydi bunday sharoitda vizaga topshirishga.
2) Ichkaridagi iqtisodiy vaziyat yaxshilanadi, chunki haddan tashqari ko'p chet ellik bosib ketmaydi mamlakatni.
3) Vizani ko’rib chiqish tezlashadi, arizalar soni ham kamayishi ortidan.

Xulosa: Bunday holat ko'plab davlatlarda yuz beradigan vaziyat. Qachondir viza berish soni oshadi, qachondir kamayadi. Talab va taklifga qarab albatta. Ayni paytda Kanadada siyosiy o'zgarishlar davri. Bosh vazir lavozimi uchun saylov jarayoni ketmoqda. Yangi keladigan hukumat immigratsiyaning mamlakat uchun nechog'li ahamiyatga ega ekanini anglab olganidan keyin hammasi yana iziga tushib ketadi deb prognoz qilinmoqda ekspertlar tomonidan. Ko'ramiz, kuzatamiz va albatta harakatda bo'lamiz.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam: www.canadali.net

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/18/2025, 07:52
t.me/canadali/743
34
35
2.3 k
Chekkaroq Kanada hududlari, ya'ni provinsial dasturlari orqali (PNP) Kanada doimiy yashovchi maqomini olish imkonini aynan qaysi nomzodlarga beryapti hozir?

Xabaringiz bo'lsa kerak, Kanadaga ball to'plash orqali kelish mumkin bo'lgan federal immigratsiya dasturi - Express Entry dan tashqari Provincial Nominee Program (PNP) dasturlari ham mavjud bo'lib, unda nomzodlarga nisbatan yengilroq talablar qo'yilgan. Ya'ni ular umumiy tanlovda ishtirok etishlari shart emas. Mahalliy talablardan kelib chiqib, ma'lum bir hududning ichki shartlarini bajarsalar bo'ldi.

Lekin bugungi kunda bu kabi programmalar o'z e'tiborlarini Kanada ichida yurgan nomzodlarga qaratmoqda. Ya'ni, asosan student viza orqali kelib shu hududda o'qishni tugatganlar yoki hududda kamida 6 oy yoki 1 yil ishlab berganlarga imtiyoz berishga qaror qilishdi. Buning asosiy sababi, allaqachon Kanadaga kelganlar mahalliy sharoitga moslashib bo'lishgani, avval kelganlar soni anchagina yetarli miqdorda bo'lib, tashqaridan biror nomzod olib kelishga ehtiyoj yo'qligi.

Undan tashqari Kanada federal hukumati bu kabi hududlarga ajratadigan kvotalar miqdori deyarli yarim baravarga kamaytirilgani ham hududlarning nomzodlarni saralab olishiga olib kelmoqda. Ayniqsa o'sha hududda ta'lim olganlar mahalliy iqtisodiyotga hissa qo'shgani, shuningdek shu hududga ko'proq bog'langani o'sha hududlarga borib o'qiganlarga katta imtiyoz beradi. Qolaversa o'qishni tugatib ishchi vizani olgandan keyin ko'plab xalqaro talabalar "doimiy yashovchi" statusini olishning osonroq usuli deb, chekkaroq hududlarga ishlash uchun ko'chib borishi ko'p uchraydi. Yoki ularning turmush o'rtoqlarida ishchi viza borligi talabalarning o'qishi davrida turmush o'rtoqlari "permanent resident" maqomiga harakat qilishga ulgurishi ham buni jozibali yo'lga aylantirmoqda.

Xo'sh, unda Kanadaga hali borishga ulgurmaganlar unda nima qilsin?

Qaysidir chekka hududga borish yoki o'sha hududdan ish taklifi olish yoxud ishlab berish talab qilinmaydigan usul - fransuz tilini bilish orqali federal dastur Express Entry da ishtirok etishlari mumkin. Bu tilni o'rganishga sabri yetmaydiganlar yoki qo'lidan kelishiga ishonmaydiganlar esa student viza usuli orqali borib, yuqoridagi usulda o'qishni tugatib, ishchi viza olib, Kanada hududida ish tajribani to'plab, istasa balli tizimda Express Entry orqali doimiy yashovchi maqomiga kurashsa yoki o'qishni tugatib ishchi vizani olib, o'sha chekkaroq hududga ko'chib borib osonroq PR olishga harakat qilsa bo'ladi. Albatta hammani vaziyati har xil va buni har kim o'ylab strategiya qilaveradi.

Chekkaroq provinsiyadan ish taklifi olish orqali birato'la doimiy yashovchi maqomini olish bundan 3-4 yil avval o'xshagan bo'lsa, hozir juda juda qiyinlashib ketgani bu fakt. Shuning uchun ham dunyoning ko'plab davlatlaridan, shu jumladan yurtdoshlarimiz ham yoki o'qishga kelib qolib ketish orqali PR olishyapti yoki fransuz tilini o'rganib to'g'ridan to'g'ri kelishmoqda doimiy yashovchi bo'lib. Agarda hali hamon Kanadaga ko'chib boraman degan kuchli xohishingiz bo'lsa, bo'layotgan o'zgarishlardan xulosa chiqarib to'g'ri xulosa va strategiya tuzish sizning oqilona qaroringizga bog'liq. Atrofga qarang, kimlar ketishyapti va kimlarda bu natija beryapti. Nazariya emas, amaliyotda o'xshagan keyslar ortidan takrorlash kerak.

Ingliz tilini bilsangiz mana bu maqolani o'qib ko'ring, bu borada ancha foydali ma'lumot berilgan:👉 www.cicnews.com

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/14/2025, 17:15
t.me/canadali/742
55
41
2.4 k
Fransuz tilini 🇫🇷🤝🇨🇦Kanadaga ketamiz deb o'rganishni boshlaganlar diqqatiga!

Qachon tilni B2 darajada o'rganib olsam keyin hujjat boshlayman deb o'ylasangiz xato qilasiz. Chunki siz tilni o'rganguncha qilinishi lozim bo'lgan tayyorgarlik ishlari bor.

Masalan 3 ta asosiy qadamni ancha oldindan tayyorlab turish kerak.

Birinchisi, moliyaviy hujjatlarni oldindan shakllantirib borish, bank hisob raqamlar, mablag' aylanmalari, daromad manbalari va xokazo. Express Entry uchun talab darajasida va xatosiz shakllantirish lozim. Kamida 6 oylik moliyaviy hujjatlar tarixi so'raladi.

Ikkinchisi, ma'lumot darajasi, ya'ni asosiy nomzod va turmush o'rtog'i bo'lsa, uning ham diplomlarini xalqaro baholatish jarayoni. Kamida 3-4 oy vaqt ketadi bunga ham.

Uchinchidan esa, ish tajribasini to'g'ri shaklda ko'rsatib bera olish. Agarda haqiqatda ishlagan yoki ishlayotgan nomzod bo'lsa uni kelajakda ko'rsatib berish muammo emas. Lekin ishlamayotganlar "o'zini o'zi band qilish" usulida ish tajribasini shakllantirib borishi talab qilinadi. Buning ham o'ziga xos tartib-qoidalari mavjud.

Fransuz tilini o'rganib olguncha aynan shu yuqoridagi 3 ta holatga oldindan tayyorlanib boriladi. Biz bilan shartnoma imzolab, ishni boshlaganlar aynan shu bosqichlarni hozirdan tayyorlab borishadi toki til darajasi yetarli bosqichga chiqquniga qadar.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/13/2025, 18:00
t.me/canadali/741
97
34
2.9 k
Hamma ham aytavermaydigan "achchiq haqiqatlar" 🇨🇦 Kanadaga kelish bo'yicha!

Immigratsion konsultantlar, turli bloggerlar va Kanadaga yuboramiz deydigan turli firmalar tomonidan aytilavermaydigan, lekin bugungi kunda oddiy haqiqat bo'lgan faktlar borki, ularni bilmagan odam "manipulyatsiya" qurboni bo'laveradi. Kanada orzusida "shirin yolg'onlar"ga aldanib qolaveradi. Keling o'sha faktlarni bilib olamiz.

1) "Kanadaga 500 mingta chet ellik immigrant kerak, Kanadaga borish osonlashdi" deb boshlanadigan eng ko'p uchraydigan yolg'onlardan biri. Haqiqat shuki, o'sha yuz minglab immigratsiya kvotalarini egasi bor allaqachon. Xo'sh ular kimlar? Kanadaga student viza yoki turmush o'rtog'iga student viza olgani sababli mamlakatga kirib kelganlar kurashadi bu raqamlar uchun.

2) "Ingliz tilini yaxshi bilsangiz, ma'lumotingiz oliy bo'lsa siz ham immigratsiya qila olasiz" deyiladigan navbatdagi cho'pchak. Hozirgi kunda faqat ingliz tilini o'zi yetmaydi immigratsiya uchun. Fransuz tilini ham o'rganish talab qilinmoqda yetarli ball yig'ishda. Chunki ingliz tilini deyarli hamma biladi, fransuz tilini esa kamchilik. Bundan tashqari, faqatgina fransuz tilini bilsam bo'ldi ekan deb ham xomhayol qilmaslik ham kerak. Boshqa talablarni ham unutmang.

3) "Chekka provinsiyalar sizni kutmoqda, ularga odam kerak va u taraflarga immigratsiya qilish ancha oson" deb takrorlanadigan aldovlardan biri. Chekka provinsiyalarning sizga ko'zi uchib turgani yo'q, agar siz qandaydir noyob mutaxassis bo'lmasangiz. Qolaversa bu chekka provinsiyalarga Kanada hududida o'qishini tugatgan studentlar ishchi vizasini olib jon-jon deb ko'chib borishyapti "doimiy yashovchi" statusini olish maqsadida. Chekka provinsiyada "permanent resident" maqomini olish uchun avvalo o'sha hududdan "job offer" ya'ni ish taklifi olish zarur. Buni esa chet eldan har mingta nomzoddan bittasi olishi mumkin xolos. Ichkarida yurganlarda esa imkoniyat osonroq, chunki ular shaxsan borib ish beruvchi bilan yuzma yuz uchrasha oladilar.

4) "Turist viza bilan borib osongina ishchi vizaga almashtirib olaverasiz" deb aytiladigan tuzoqlardan yana biri. Bu siz o'ylaganchalik oson emas, qolaversa turist viza bilan kelganlar ishchi vizaga avtomatik tarzda o'zgartirib olishiga cheklov qo'yilgan. Nasib qilib turist viza olingan taqdirda ham, ish topgandan keyin mamlakatdan chiqib ketib, keyin qayta kirish talab qilinadi alohida ishchi viza olib. O'sha ish beruvchini qo'llab quvvatlashi yordamida.

5) "Kanadaga 30 mingta ishchi viza uchun kvota ochilibdi, tezroq hujjat topshirib qoling" deb e'lon berib qolishadimi-ey. Kanada ichkarisida yurganlar ish topishi oson emasku, tashqaridan turib tayyor ishchi viza bilan kelishga yo'l bo'lsin. Bu juda kam uchraydigan holatlardan biri chet eldan ish taklifi olish, ayniqsa hozirgi kunda.

Xullas, bu haqiqatlarni Kanadaga hali bormay turib sodda insonlarni o'z xizmatlariga qiziqtirish maqsadida oshkor qilishmaydi, yoki bo'rttirib reklama qilishadi. Kanada hududidagilar esa go'yoki "Kanada orzusini" sotish va shu orqali pul ishlash bilan ovora. Har kimga insof bersin. Yaxshilab "research" ya'ni izlanish qiling, hamma narsaga shubha bilan qarang va albatta natijalarni tekshiring.

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/11/2025, 18:46
t.me/canadali/740
55
54
2.8 k
🇨🇦 🇫🇷Fransuz tili darajasini aniqlovchi TCF Canada imtihoni va sertifikat olish bo'yicha sizni qiziqtirayotgan barcha savollarga fransuz tili mutaxassislari tomonidan jonli efirda javob beriladi!

🎙️LIVE Voice Chat: TCF – Fransuz tilidagi rasmiy imtihon haqida to‘liq prezentatsiya. Jonli va interaktiv tarzda — savol-javoblar bilan!

Nimalarni bilib olasiz:
✨ TCF nima va kimlar uchun?
✨ Imtihon tarkibi, bosqichlari va baholash tizimi
✨ Qayerda topshiriladi, qanday tayyorlaniladi?
✨ B2 darajasini qisqa muddatda olish uchun qanday strategiya kerak?
✨ Eng foydali o‘quv resurslari va maslahatlar

TAVSIYA ETILADI:
✔️ TCF imtihonini rejalashtirayotganlar
✔️ Kanadaga ko‘chishni xohlovchilar
✔️ B2 sertifikati olishni maqsad qilganlar
✔️ Til o‘rganishni endi boshlaganlar

📅 Sana: 06.04.2025
🕓 Vaqt: 20:00 (Toshkent Vaqti)
📍 O‘tkaziladigan telegram manzil:
https://t.me/Francais_languee

Fransuz tilini o'rganmoqchi bo'lganlar quyidagi akkauntga murojaat qilsa bo'ladi: 🇫🇷 @Fransuz_lingua
04/05/2025, 17:52
t.me/canadali/739
64
140
2.5 k
Roppa rosa bir soat davomida 🇨🇦"Kanadaga kelishning hozirgi kundagi eng ideal varianti - Fransuz tili" mavzusida suhbat o'tkazdik va ushbu muloqotning yozib olingan varianti.

Podcast shaklida eshitib o'zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz mumkin!

Suhbatda to'xtalib o'tilgan masalalar:
1)Fransuz tilini bilish yoki o'rganish orqali Kanadaga doimiy yashashga kelish qanchalik real?
2)Jarayon qanday bo'ladi? Qanday hujjatlar kerak?
3)Qancha vaqt va xarajat ketadi?
4)Nega aynan shu yo'l qulay hozirgi kunda?
5)Tilni qanchada o'rgansa bo'ladi?
6)Qanday talablar qo'yilgan?
7)Viza olgandan keyin nima bo'ladi?
8)O'zi nega borish kerak Kanadaga?

Aytgancha, fransuz tilini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun: 🇫🇷 @Fransuz_lingua ga murojaat qilsangiz bo'ladi.
Balingizni hisoblash uchun link:👉 Express Entry

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/04/2025, 21:18
t.me/canadali/738
72
44
2.9 k
2 soatlardan keyin boshlaymiz.

Shu yerda, telegramdan.
Jonli efirda qatnasha olmaydiganlar uchun suhbat yozib olinadi va yuklanadi…
Podcast shaklida eshitib chiqsangiz ham bo’ladi…

Telegram:
https://t.me/CanadAli

Xabarni boshqalarga ham yuborib qo'yishni unutmang!
04/04/2025, 17:52
t.me/canadali/734
69
74
2.8 k
🇨🇦 Kanadaga fransuz tilini o’rganish orqali doimiy yashashga borish niyatingiz bor, lekin ishni qanday boshlash kerakligini bilmayapsizmi?

Ko'plab yurtdoshlarimiz taklifiga ko'ra 4-aprel juma kuni O'zbekiston vaqti bilan soat 22.00 da Telegram va Instagram orqali online muloqot o’tkazamiz.

Mavzu: 🇨🇦 "Kanadaga fransuz tilini o'rganish usuli orqali kelish".

Instagram orqali ham suhbat jarayoni translyatsiya qilinadi.

Shu masalada sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa pastdagi havola orqali o'tib savollarni bizga qoldiring. Suhbat davomida batafsil to'xtalib o'tamiz barchasiga. Hech bir savol chetda qolmaydi. Barchasiga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Savollar uchun link: 👉 https://forms.gle/kiS9cCY2e2rzYtZ88

Instagram:
https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Telegram:
https://t.me/CanadAli

Xabarni boshqalarga ham yuborib qo'yishni unutmang!
04/03/2025, 17:41
t.me/canadali/733
61
41
2.3 k
Jonli efirda suhbat tashkil qilyapmiz shu hafta 🇨🇦 Kanadaga kelishning "eng ideal" varianti bo'yicha.

Shu hafta ijtimoiy tarmoqlarda "Kanadaga fransuz tilini o'rganish usuli orqali kelish" mavzusida jonli efirda ochiq suhbat o'tkazamiz. Shu masalada sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa pastdagi havola orqali o'tib savollarni bizga qoldiring. Suhbat davomida batafsil to'xtalib o'tamiz barchasiga. Hech bir savol chetda qolmaydi. Barchasiga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Savollar uchun link: 👉 https://forms.gle/kiS9cCY2e2rzYtZ88

Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
04/02/2025, 07:58
t.me/canadali/732
39
29
2.1 k
Kanadaga 🇨🇦 doimiy yashash huquqini olgan mijozlarimiz qaysi yo'lni bosib o'tishdi?

Bundan oldingi postlarda Kanadaga "PR - Permanent resident" maqomini olgan ushbu oila haqida e'lon qilgandik. Ushbu videoda shu haqda qisqacha to'xtalib o'tdik va videoning to'liqroq versiyasini YouTube kanalimizda joylashtirdik. Mana bu havola orqali o'tib video ostida savolingizni qoldirsangiz ham bo'ladi. 👉 To'liq video

Agarda sizga ham xuddi shu usul bilan Kanadaga kelishda amaliy yordam zarur bo’lsa, bizga mana bu sayt www.canadali.net orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/31/2025, 07:29
t.me/canadali/731
54
41
2.1 k
Dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida Kanada kuchli "yettilik" davlatlari orasida 1-o'rinda.

2025-yilgi "World Happiness" hisobotida Kanada dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida kuchli "yettilik" davlatlari orasida 1-o'rinni egallagani qayd etilibdi. To'g'ri, dunyo bo'yicha umumiy reytingda birinchi emas, lekin iqtisodi kuchli 7 ta gigant davlat orasida birinchi.

Iqtisodiyoti eng kuchli G7 davlatlariga qaysilar kiradi?
Tanishing, G7 ya'ni iqtisodi kuchli bo'lgan jaxonning 7 ta eng qudratli davlatlari ro'yxati:

🇺🇸AQSH
🇨🇦Kanada
🇩🇪Germaniya
🇬🇧Buyuk Britaniya
🇫🇷Fransiya
🇮🇹Italiya
🇯🇵Yaponiya

Qaysi omillar hisobiga "baxtlilik" darajasi o'lchanadi hisobotda?

1.Hayot sifati
2.Moliyaviy farovonlik
3.Erkinlik
4.Davlat ijtimoiy ko'magi
5.Korrupsiya darajasi kabi faktorlar baholab chiqiladi.

Umumiy dunyo reytingini esa Finlyandiya, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Niderlandiya kabi Yevropa davlatlari boshqarmoqda.

Hisobotning rasmiy manbasi: https://worldhappiness.report/

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli
03/29/2025, 09:05
t.me/canadali/728
42
2.2 k
03/29/2025, 09:05
t.me/canadali/730
42
2.2 k
03/29/2025, 09:05
t.me/canadali/729
120
106
2.4 k
Uzoq kutilgan natija - shuncha qilingan mehnatlar mevasi. Kanadaga allaqachon kelganlar ham bu oilaga havas qilishni boshladi. 😎

Boshqalarga ham nasib qilsin, chin dildan niyat qilishgan bo'lsa xuddi shu oila kabi xursandchilikni nishonlash. 🇨🇦

Esingizda bo'lsa yaqindagina Kanadaga "doimiy yashovchi" maqomini olgan mijozlarimiz O'zbekistonlik oila haqida mana bu postda e'lon qilgan edik. Bugun esa ushbu viza olgan mijozlarimiz videosini joylamoqdamiz.

Mijozimiz haqida qisqacha ma'lumot:

Yoshi: 28 (1995-yil)
Kasbi: o'qituvchi
Qaysi tillarni biladi: fransuz tili yaxshi, ingliz tili o'rta
Ta'lim darajasi: oliy
Turmush o'rtog'ini yoshi: 29
Kasbi: arxitektor
Qaysi tillarni biladi: til darajasi yo'q (oiladan bir kishi tilni bilsa yetadi)
Ta'lim darajasi: bakalavr
Qancha vaqt sarflandi hujjat natijaga: 5 oy
Qancha xarajat ketdi o'rtacha: jami 7-8 ming AQSH dollari
Farzandlari: 2 nafar, 5 yosh va 3 yosh
Qaysi viloyatdan: Sirdaryo

Bu usul bilan borishning eng qulay taraflaridan biri istalgan Kanada shahriga borib yashay olasiz, chekka provinsiyaga borish shart emas. Hech qanday ish taklifi olish ham shart emas.

Ko'proq vaqt va mehnat sarflayman til o'rganishga, lekin kamroq xarajat qilaman va natija olish imkoniyatimni oshiraman desangiz siz ham aynan shu yo'ldan borsangiz bo'ladi. Amaliy yordam beramiz albatta. Yangi loyiha boshlayapmiz, fransuz tili yordamida Kanada eshiklarini ochamiz birgalikda.

Yana o'sha gap: qanday yo'l bilan bo'lmasini Kanadaga boraman deb yuragida olov yonganlarni olib kelishga qo'ldan kelgancha yordam qilamiz, maqsad O'zbekistonliklar safini ko'paytirish bu davlatda. Loyiha shartlarini yaqin kunlarda shu yerda telegram kanalda e'lon qilamiz.

Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/27/2025, 06:13
t.me/canadali/727
39
20
2.5 k
🇨🇦Kanada hududida istiqomat qilayotgan ko'plab talaba va yosh oilalar iltimosiga ko’ra online suhbat tashkil qilinmoqda Zoom orqali.

Mavzu: Kanadada Soliqni deklaratsiya qilishn afzalliklari: Tavsiyalar.

Suhbatni bugungi kunda Kanadaning New Brunswick universiteti, Huquq fakultetida "Associate Professor" sifatida faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekistonlik yurtdoshimiz Vohid O'rinov olib boradi. Ushbu inson haqida batafsil ma'lumotni uning LinkedIn sahifasidan bilib olish mumkin.

Sana: Mart 26, 2025
Vaqti: 20:00 (Toronto vaqti) (O'zbekiston vaqti bilan esa 27-mart tonggi 5:00)
Zoom link ⬇️: https://unbvirtualclasses.zoom.us/j/84407084928
Passcode: 123456

Agar siz Kanadada tahsil olayotgan talaba, uning turmush o’rtog'i, yoki Kanadaga yangi kelgan oila bo’lsangiz ushbu suhbat aynan siz uchun. Unda siz Kanadaning soliq tizimi bo’yicha ko'p savollarga foydali javoblar olasiz.

Xabarni boshqalarga ham yuborib qo'yishni unutmang!

Vohid O'rinov telegram kanali: https://t.me/uzbeklawyer

Bizning telegram kanal: 👉https://t.me/CanadAli
03/26/2025, 08:31
t.me/canadali/726
169
137
2.6 k
03/24/2025, 06:01
t.me/canadali/724
141
2.7 k
Boom! 🔥🔥🔥

O’zbek oilasi doimiy yashash huquqini oldi Kanadaga. 🇨🇦

Kanadaga O'zbekistondan turib to'g'ridan-to'g'ri PR ya’ni doimiy yashovchi statusini qo'lga kiritdik bir mijozimiz bilan!

Bunaqasi bizda hali bo'lmagan edi tajribamizda. Asosan student viza, turist viza va studentlarning turmush o'rtoqlari uchun ishchi viza olishda natijalar qilar edik. (👉Natijalarimiz👈) Endi esa mana ko'rib turibsiz, “permanent resident” maqomini Kanadaga kelmay turib olish usulining yana bir yo'lini bosib o'ta oldik. Oddiy qilib aytganda Kanadaga "propiska", "green card", "PMJ" olindi desak osonroq tushunasiz.

Qanday qilib deysizmi? Keling tushuntiraman. Dilnoza ismli mazkur mijozimizda fransuz tilini bilish sertifikati bor. Aynan shu sababli Express Entry programmasi orqali harakat qilindi. Natijada turmush o'rtog'i va 2 nafar farzandi bilan doimiy yashash huquqini qo'lga kiritdik Kanadaga.

Aslida fransuz tilini o'rganish juda imkonsiz emas, ingliz tilini o'rgana olgan inson bu tilni ham qisqaroq muddatda o'rganib olsa bo'ladi. Oiladan bir kishi bu tilni o'rganib olsa yetarli. Talab esa fransuz tilini o’rta darajada bilish xolos.

Bu juda ulkan yutuq biz uchun, sababi axir o'ylab ko'ring Kanadaga kelayotgan har bir student, ishchi yoki turist viza bilan keladiganlarning hammasi ham aynan shu maqomni qo'lga kiritish uchun kelishadi. Mijozimiz esa bu ishni qisqa muddatda va nisbatan kamroq xarajat bilan uddaladi. Til o'rganish uchun sarflagan vaqtini hisobga olmaganda umumiy xarajatlariga student viza olishdan ham kamroq sarflashdi.

To'g'ri, til o'rganish oson bo'lmagan albatta, lekin qiyinchiliklarga qaramay shu yo'lni bosib o'tdi va turmush o'rtog'ining ham qo'llab quvvatlashi yordamida butun oilasi uchun ijobiy natijaga erisha oldi. Yaqin orada mazkur mijozimiz bilan to'liq intervyu tashkil qilamiz va bosib o'tgan yo'li va endilikdagi rejalari bilan tanishtiramiz. Aytgancha, biz bilan birgalikda hujjat topshirish g'oyasini turmush o'rtog'i tanlagan va biz ham uyaltirib qo'ymadik.

Agarda sizga ham xuddi shu usul bilan Kanadaga kelishda amaliy yordam zarur bo’lsa, bizga mana bu sayt www.canadali.net orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Tez orada yangi loyiha shartlarini e'lon qilamiz.

Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/24/2025, 06:01
t.me/canadali/725
70
78
2.4 k
Yana bir super tanlov. 🤩 Bu safar 7500 ta nomzod olindi. O’tish bali atigi 379, bu juda past ball aslida. Fransuz tilini biladiganlarni imkoniyati oshib bormoqda. Vaqtida otni qamchilash kerak.

Bugun yana 7500 ta chet ellik 🇨🇦 Kanadaning "doimiy yashash" maqomini qo'lga kiritdi. Chunki ularda fransuz tili sertifikati bor.

21-mart sanasida navbatdagi tanlovda roppa rosa 7500 ta chet ellik nomzod domiy yashovchi statusini olishga taklif oldi. O'tish bali e'tibor bering, bu safar yana ham pastlab 379 ni tashkil qildi. Bular orasida yurtdoshlarimiz ham bor.

2025-yil hisobidan bu uchinchi tanlov aynan fransuz tili yo'nalishi bo'yicha. Yil davomida jami 30 mingta nomzodga fransuz tilini bilgani uchun Kanadaga doimiy yashovchi statusi bilan kelish rejasi avvalroq e'lon qilingan.

Aynan mana shu usul bilan yurtdoshlarimizni Kanadaga kelishlariga hissa qo'shishni asosiy yo'nalishlarimizdan biriga aylantirmoqchimiz. Chunki, bizni yurtdoshlarimizda til o'rganishga qobiliyat yetarlicha rivojlangan. Ingliz tilini o'rgandimi demak fransuz tilini ham hech bo'lmasa B2 darajada tezda o'rganib olishadi. Tez orada yangi loyiha shartlarini e'lon qilamiz.

Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/22/2025, 00:18
t.me/canadali/723
62
12
1.9 k
Biz davom etamiz, yana bir yurtdoshlarimizni Kanadaga student viza bilan kelishiga hissa qo'shdik! Bu safar Xitoy davlatidan 🇨🇦🔥

Chet elda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda (Yevropa, Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, va boshqalar) o'qib yoki ishlab yurganlar o'sha yerdan turib Kanada vizasiga harakat qilsa, viza olishda imkoniyati O'zbekistonda turib topshirganlarga qaraganda ko'proq bo'lishi isboti. Shuningdek natija tezroq ham chiqadi.

Muslima va Sherzod ismli bu yurtdoshlarimiz hozirgi kunda Xitoy davlatida yashab kelishar edi va bizga aloqaga chiqib Kanada vizasiga harakatni boshlagandilar. Nasib qilgan ekan, e'tibor bering vizaga topshirganidan 3 oy o'tib natijaga erishdi. Dekabr oyida hujjat topshirdik va mart oyida viza chiqdi.

Xabaringiz bor, Kanada hukumatida o'zgarishlar bo'ldi yaqinda. O'zining qattiqqo'lligi bilan nom chiqargan avvalgi Immigratsiya vaziri ishdan olindi va uning o'rniga ayol kishi tayinlandi. Viza berishda ijobiy yangiliklar bo'lishini kutmoqdamiz. Kimnidir rizqi qo'shilgan bo'lsa albatta qachondir erishadi niyatiga.

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/18/2025, 08:36
t.me/canadali/722
86
18
2.1 k
Nega buncha qiziqib qoldi Kanadaga AQSH prezidenti?
Nima uchun 51-shtat sifatida qo'shib olishga harakat qilyapti?

Sababi oddiy. Tramp biznesmen. Unga ko'proq Kanadaning moddiy imkoniyatlari qiziq. Axir o'ylab ko'ring, Kanada tabiiy resurlarga eng boy mamlakatlardan biri.

Masalan neft va tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha dunyoda Venesuela va Saudiya Arabistonidan keyin 3-o'rinda. Texnologiya uchun zarur bo'lgan minerallar, masalan uran(2-o'rin), nikel(5-o'rin), oltin(4-o'rin), mis(6-o'rin), kumush, rux, titan, temir, ko'mir, kabi tabiiy resurslarga ham boy davlat.

Shuningdek yog'och mahsulotlari eksporti ham Kanadaning ulkan o'rmonlari tufayli jaxonda yetakchi o'rinlarda turadi. Yer yuzidagi chuchuk suvlarning 20 foizi ham aynan shu davlatga to'g'ri keladi.

Shuning uchun ham Tramp turli iqtisodiy bosimlar qilishga urinib ko'ryapti Kanadaga. Maqsadiga erishish uchun eng asosiy vosita qilib savdo bojlarini joriy qilishga harakat qilyapti. Yaqinda ro'y bergan qiziq voqeaga e'tibor bering:

Tramp: "Xullas, Kanadadan keladigan temir va alyumin uchun 50 foiz boj joriy qilaman!"
Ontario provinsiyasi rahbari: "Yaxshi, unda biz Amerikaga yetkazib beriladigan elektr energiyasiga 25 foiz boj joriy qilamiz yoki elektr tokini butunlay o'chirib qo'yamiz, chiroqsiz qolasizlar!"
Tramp: "Obbo, xalq norozi bo'ladiku! Nega biz elektr energiyasi bo'yicha qaysidir davlatga qaram bo'lib qoldik? Bunga kim yo'l qo'ygan o'zi?"
Tramp yordamchisi: "Janob prezident, avvalgi prezidentlik davringizda o'zingiz mana shu shartnomaga qo'l qo'ygansiz va buni eng zo'r kelishuv deb ta'kidlagan edingiz!"😁
Tramp: "Iye, voy uzr! Bojni vaqtinchalik bekor qilib turaylik unda..."🫣

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli
03/14/2025, 07:05
t.me/canadali/721
58
13
2.3 k
Bugun Kanadaning yangi bosh vaziri tanishtirildi - Mark Carney.

Kanadaning sobiq Markaziy bank rahbari va taniqli iqtisodchi Mark Carney mamlakatning Liberal partiyasi yetakchisi etib saylandi va u rasman Jastin Tryudoni bosh vazir lavozimida almashtiradi. Mazkur shaxs vaqtinchalik Bosh vazir maqomida saylovgacha davlatni boshqaradi. Saylov esa tez orada o'tkaziladi. Agarda saylovda ham g'alaba qozonadigan bo'lsa bir necha yil Kanada davlatiga rahbarlik qilishi mumkin.

Mark Carney 1965-yil tug‘ilgan. U Garvard universiteti va Oksford universitetida tahsil olgan. U Goldman Sachs bankida ishlagan va Kanada hamda Angliya Markaziy banklari boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Siyosatga kirishishi murakkab sharoitda ro‘y berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan bojlar va Kanadaning AQSh tarkibiga qo‘shilishi haqidagi tahdidlarga Mark Carney qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda. U Kanadaning mustaqilligi va iqtisodiy barqarorligini himoya qilishini ta’kidlamoqda.

Saylov tajribasiga ega bo‘lmasa-da, Mark Carney iqtisodiy va moliyaviy sohadagi tajribasi bilan e’tiborga loyiq rahbar hisoblanadi. Uning Kanada Markaziy banki rahbarligidagi faoliyati mamlakatga 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan nisbatan muvaffaqiyatli chiqishga yordam bergan.

Bosh vazir lavozimini egallash arafasida Mark Carney AQSh bilan iqtisodiy va diplomatik muammolarni hal qilish, shuningdek, oldinda turgan federal saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish kabi muhim vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi. Uning yetakchiligi Kanadaning tashqi bosimlarga javob berishi va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lini belgilashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/10/2025, 07:18
t.me/canadali/720
25
10
2.5 k
Kanada hududida yashayotganlar 2024-yil uchun "soliq hisoboti"ni topshirishni unutmang! 30-aprel so'nggi sana.

Kimlar topshirishi kerak: Kanadaga kelgan studentlar, work permit egalari, refugeelar ham. Turist viza bilan kelganlar shart emas.

Kanalda nafaqat Kanadaga kelish niyatida harakat qilayotganlar, shuningdek allaqachon Kanadaga kelib olganlar ham bor. Qolaversa yaqin kelajakda Kanadaga kelsangiz albatta rioya qilish lozim bo'lgan qoidalarda biri haqida ma'lumot beraman.

Har yili bahor faslida Kanada hududida yashayotganlar "tax filing" ya'ni soliq hisobotini topshirishlari shart.

Nega kerak bu?
Kanadaga kelgan har qanday vaqtincha viza egasi kelajakda "doimiy yashovchi" (PR) yoki fuqarolik olishni maqsad qilgan bo'lsa, amaldagi qonun qoidalarga rioya qilishlari lozim. Aynan shu kabi hujjatlarga topshirganda soliq hisobotlari topshirilganiga albatta qaraladi.

O'zbekiston soliq tizimiga o'xshab soliqlar ish haqida avtomatik bosib qolinmaydi har doim ham. Bosib qolinsa ham odatda ko'proq bosib qolingani hisobidan ortiqcha to'langan soliqlar, oilaning moddiy ahvolidan kelib chiqib turli imtiyozlarga ega bo'lganlik holatidan kelib chiqib har yili ko'plab insonlarga to'langan soliq summalaridan qaytarib beriladi.

Qolaversa talabalar o'qishga kontrakt to'lagan bo'lsalar undan ham ma'lum miqdorda foiz qaytarib beriladi. Oilasi borlar farzandiga "bola puli" olishni reja qilgan bo'lsa ham aynan shu hisobot topshirilgani so'raladi.

Aslida jarayonni yaxshi tushungan inson buni o'zi ham mustaqil amalga oshirsa bo'ladi. Lekin mutaxassis xatosiz qilib berishini istaydiganlar maxsus xizmat ko'rsatuvchi hisobchilardan foydalanishadi. Bizning jamoada ham shunday mutaxassis mavjud. Kanada hududida yashaydiganlar bo'lsa bizga aloqaga chiqishlari mumkin amaliy yordam masalasida.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/09/2025, 08:33
t.me/canadali/719
58
38
2.0 k
Bugun yana 4500 ta chet ellik 🇨🇦 Kanadaning "doimiy yashash" maqomini qo'lga kiritdi. Chunki ular ham fransuz tiliga o'z vaqtida e'tiborini qaratishgan edi.

6-mart sanasida navbatdagi tanlovda roppa rosa 4500 ta chet ellik nomzod domiy yashovchi statusini olishga taklif oldi. O'tish bali e'tibor bering, bu safar yana ham pastlab 410 ni tashkil qildi. 2 hafta oldin tanlangan 6500 ta nomzod uchun o'tish bali bundan yuqoriroq edi. Aytgancha, bular orasida yurtdoshlarimiz ham bor.

2025-yil hisobidan bu ikkinchi tanlov aynan fransuz tili yo'nalishi bo'yicha. Yil davomida jami 30 mingta nomzodga fransuz tilini bilgani uchun Kanadaga doimiy yashovchi statusi bilan kelish rejasi avvalroq e'lon qilingan.

Kanadaga kelishga potensiali yuqori bo'lgan ba'zi O'zbekistonliklar haliyam fransuz tilini boshlasammikan deb o'ylanib yurgan bir paytda, Hindistonliklar masofadan online fransuz tili darslarini allaqachon boshlab yuborgani ma'lum. Nega hindlar ko'p Kanada hududida deydiganlar uchun mana javob. Ular paydo bo'lgan har bir imkoniyatdan o'z vaqtida va unumli foydalanadi. 2024-yilda Kanada doimiy yashovchisini eng ko'p qo'lga kiritganlar ham aynan hindlar bo'lib, 100 mingdan ortiq o'rinni band qilishgan. Shulardan o'rganish kerak aslida.

Aynan mana shu usul bilan yurtdoshlarimizni Kanadaga kelishlariga hissa qo'shishni asosiy yo'nalishlarimizdan biriga aylantirmoqchimiz. Chunki, bizni yurtdoshlarimizda til o'rganishga qobiliyat yetarlicha rivojlangan. Ingliz tilini o'rgandimi demak fransuz tilini ham hech bo'lmasa B2 darajada tezda o'rganib olishadi. Tez orada yangi loyiha shartlarini e'lon qilamiz.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/07/2025, 07:40
t.me/canadali/718
102
25
2.2 k
AQSH Kanadaga savdo urushi e'lon qildi desak ham bo'laveradi...🇺🇸👊🇨🇦

AQSH prezidenti "tentak" Tramp tashabbusi bilan qo'shni davlatlar, jumladan Kanada va Meksika, shuningdek Xitoyga savdo bojlari joriy qilindi. Bu esa iqtisodiy va savdo urushi degani amalda.

Kanada hududidan keluvchi tovarlarga AQSH da 25 foizlik boj joriy qilinishi ortidan azaliy hamkor va ittifoqchi bo'lgan ikki davlat o'rtasida munosabatlar yomonlashdi. Mana bu videoda amaldagi Kanada bosh vaziri fikrlari barcha Kanadaliklar ich ichidan his qilayotgan fikrlar.

Kanadaliklar Amerika xalqidan emas, Donald Trampdan qattiq jahli chiqishmoqda. Chunki uzoq yillar davomida, tarixan juda yaxshi hamkor bo'lgan bu ikki davlat ko'plab masalalarda o'zaro ittifoqchi bo'lishgan.

Trampni maqsadi Kanada iqtisodiga zarba berish va shu orqali go'yoki bu davlatni Amerikaga 51-shtat sifatida qo'shib olish. Qanchalik ahmoqona siyosat… 🤦‍♂️

Bundan g'azablangan va g'ururi baland bo'lgan Kanadaliklar birlashmoqda. Iqtisodiyotga qandaydir bo'lsa ham yordam beraylik degan maasadda Amerikaga reja qilingan sayohatlari va ta'tillarini bekor qilishmoqda. Faqat Kanada hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olaylik deb ommaviy harakatlar qilinmoqda. Amerika mahsulotlariga boykot e'lon qilishmoqda. Kanadaning Ontario provinsiyasi rahbari Amerikaga yetkazib beriladigan elektr tokini shunchaki o'chirib qo'yamiz deb tahdid ham qilishga ulgurdi. Ommaviy sport tadbirlarida Amerika madhiyasiga xushtakbozlik qilishmoqda. Maqsad Amerika xalqiga emas, hukumatiga qarshi birgalikda qarshi turish.

“Biz Kanadaliklar kurashamiz va albatta g'alaba qozonamiz” deb ta’kidladi bosh vazir. G'alaba deganda mana shu joriy qilingan savdo bojlari butunlay bekor qilinishi yoki yaqin kelajakda Kanada iqtisodiyoti Amerikaga bog'liq bo'lmagan, mustaqil, boshqa yirik hamkorlar masalan Xitoy, Yevropa ittifoqi bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirgan yoki o'zida ishlab chiqarishni jadal oshiradigan davlat bo'lish nazarda tutilmoqda. Chunki Kanada tabiiy resurslarga boy davlat, aholisi esa dunyodagi eng ta'lim darajasi yuqori bo'lgan aholi tarkibiga ega. Shu paytgacha AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib kelgan davlat ana endi uyg'onadi va o'z iqtisodiyotini mustaqil va raqobatbardosh qilishga harakat qiladi degan gaplar yangramoqda.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
03/05/2025, 07:49
t.me/canadali/717
48
56
1.9 k
Kanada immigratsiya siyosati doimiy o'zgarib bormoqda. Bugun nima o'zgarish bo'ldi?

2025-yil uchun "doimiy yashovchi" statusini berishda qaysi nomzodlarga ko'proq ahamiyat berilishi bugun rasman e'lon qilindi. Bu ro'yxatga qarab nafaqat immigratsiya haqida o'ylash mumkin(agarda nomzod talabga javob bersa albatta), bundan tashqari karyerani rejalashtirayotganda o'qish uchun qaysi sohalarni tanlash kerakligini ham oldindan maqsad qilib olsa bo'ladi yaqin kelajak uchun. Ya'ni aynan shu turdagi mutaxassislar bugungi kunda Kanada mehnat bozorida yetishmayapti. Har yili yuz minglab Kanadaliklar pensiyaga chiqib ketishi hisobidan va undan tashqari iqtisodiyotdagi o'zgarishlar sababli.

Xo'sh aynan qaysi kasb egalarini ko'proq olib kelish maqsad qilinmoqda 2025-yil uchun?

1-navbatda fransuz tilini biladiganlar (sohasidan qat'iy nazar);
Izoh: Sababi, Kanadaning 2-rasmiy tili fransuz tili hisoblanadi va aynan hozirgi kunda bu tilni biladiganlar kamayib ketayotgani hisobidan shu tilni biladigan chet elliklarni olib kelishga asosiy etibor qaratilmoqda. Tilni o'rta darajada, masalan B2 darajada bilsa yetarli imkoniyatni oshirish uchun. Bu haqda alohida loyiha e'lon qilamiz tez orada.

2-navbatda quyidagi sohalarda yetarli ish tajribasiga ega bo'lgan va ingliz tilini yaxshi biladigan mutaxassislar:

sog'liqni saqlash (tibbiyot) sohasida, masalan shifokorlar, farmatsevtlar, xamshiralar, stomatologlar, psixologlar, veterinarlar, dietolog va nutritsologlar, laboratoriya xodimlari va boshqalar;

texnik sohada, masalan muhandislar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, geologlar, sug'urta agentlari va brokerlar, texnologlar va boshqalar;

kasb-hunar sohasida, masalan qurilish mutaxassislari, duradgorlar, santexniklar, neft mutaxassislari, elektriklar, mexaniklar, svarshiklar, mashinistlar, oshpazlar, qassoblar va boshqalar;

ta'lim sohasida o'qituvchilar, bog'cha tarbiyachilari, nogironlar bilan ishlovchi mutaxassislar;

Xulosa: O'tish ballari aynan shu sohalarda kamroq bo'ladi. Lekin bu degani talabga javob berish uchun IELTS 6.5-7.0 kamida, yosh o'rtacha 22-33 orasi, kamida bakalavr, iloji bo'lsa magistratura kerak bu tanlovlarda yetarli ball to'plab ilinib qolish uchun. Aks holda tinchgina fransuz tilini o'rganib qo'yish orqali ballni keskin oshirish mumkin. Bizni kuzatib boring, tez kunda aynan shu usul bilan Kanadaga kelayotgan yurtdoshlarimiz bilan tanishtiramiz.

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
02/28/2025, 08:17
t.me/canadali/716
80
21
2.0 k
Kanadaga qanday kelib qoldim va nega?

Batafsil👇
https://telegra.ph/Bilasizmi-bazi-narsalar-bor-pulga-sotib-olib-bolmaydi-02-26

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli
02/26/2025, 09:37
t.me/canadali/713
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/712
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/706
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/708
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/707
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/709
25
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/705
24
2.0 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/710
24
2.0 k
🇨🇦 Kanada shaharlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bu safar e'tiborimiz markazida British Columbia provinsiyasi Vancouver shahri.

Kelgusi postlarda Toronto, Montreal, Calgary, Edmonton, Halifax va boshqa yirik shaharlar manzaralarini joylashga harakat qilaman.

Aslida Instagram ijtimoiy tarmog'i orqali har kuni shunday videolarni storis ko'rinishida joylab boraman. Mana bu yerda kuzatib borishingiz mumkin:
👉https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/711
62
25
1.9 k
02/25/2025, 08:21
t.me/canadali/704
53
53
2.3 k
Mana shu 6500 ta "baxtli" inson orasida siz ham bo'lishingiz mumkin edi. Agarda fransuz tilini bilganingizda. 🇨🇦

Kanada kuni kecha 19-fevral sanasida navbatdagi tanlovda roppa rosa 6500 ta chet ellik nomzodga "domiy yashovchi statusi"ni taqdim etdi. O'tish bali e'tibor bergan bo'lsangiz atigi 428 ni tashkil qildi. Bu juda baland ball emas aslida.

2025-yil hisobidan bu birinchi tanlov aynan fransuz tili yo'nalishi bo'yicha. Yil davomida jami 30 mingta nomzodga fransuz tilini bilgani uchun Kanadaga doimiy yashovchi statusi bilan kelish rejasi avvalroq e'lon qilingan edi.

2023-yilning ikkinchi yarmida boshlangan ushbu yangi yo’nalish bo’yicha yil oxiriga kelib jami 8700 ta inson tanlab olingan bo’lsa, 2024-yilda roppa rosa 23 mingta inson tanlandi. 2025-yilga esa 30 mingga yaqin kvota ajratilgan bo’lib, yaqin yillarda har yili raqamlar oshib borishi rejalashtirilgan Kanada hukumati rasmiy statistikasi bo’yicha. Quvonarlisi yurtdoshlarimiz orasida ham aynan shu yo’nalish bo’yicha doimiy yashash uchun kelayotganlar soni ko’payishda davom etyapti. Tez orada bunday yurtdoshlarimiz bilan intervyular tashkil qilishni rejalashtirganmiz bosib o'tgan yo'li bo'yicha.

Aynan mana shu usul bilan yurtdoshlarimizni Kanadaga kelishlariga hissa qo'shishni asosiy yo'nalishlarimizdan biriga aylantirmoqchimiz. Natijalarni ham e'lon qilib boramiz bundan keyin. Tez orada yangi loyiha shartlarini e'lon qilamiz.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
02/21/2025, 07:23
t.me/canadali/703
54
14
2.2 k
Kanadada ish bormi o'zi? Ishsizlik darajasi qanaqa hozirgi kunda?

Yanvar oyida Kanada mehnat bozori 76 000 ta yangi ish o'rinlariga ega bo'ldi va xabaringiz bor kuchli mehnat bozori har doim iqtisodiyot uchun ijobiy belgi hisoblanadi. Qaysi sohalarda eng ko'p yangi ish o'rinlari bo'yicha o'sish kuzatilganini ko'rib chiqamiz.

Hozirga kelib butun Kanada bo'ylab ishsizlik darajasi 6.6% ni tashkil qilmoqda umumiy hisobda butun mamlakat bo'ylab. Ketma-ket uchinchi oydirki, ushbu davr mobaynida jami 211 000 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.

Quyidagi bir qancha sohalarda ish o‘rinlarining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda:

Ishlab chiqarish: +33 000 ish o'rni (+1,8%)
Professional, ilmiy va texnik xizmatlar: +22 000 ish o'rni (+1,1%)
Qurilish: +19 000 ish o'rni (+1,2%)
Turar joy va oziq-ovqat xizmatlari: +15 000 ish o'rni (+1,3%)

Hududiy jihatdan, ish o'rinlari o'sishi Ontario (+39,000 ish o'rni; +0,5%), British Columbia (+23,000 ish o'rni; +0,8%) va New Brunswick (+2,900 ish o'rni; +0,7%) qo'shimcha yangi ish o'rinlari ega bo'ldi.

Umuman olganda, Kanada mehnat bozori barqarorlikni namoyish etishni boshladi, ko'plab sektorlar va mintaqalarda barqaror ish o'rinlari yaratilishi ishsizlik darajasining pasayishiga yordam bermoqda.

Bundan biroz avval, aniqrog'i 5-6 oy avval Kanada mehnat bozoriga tashqaridan juda ko'p yangi chet elliklar kirib kelgani munosabati bilan ish uchun raqobat oshib ketgan edi. Natijada esa ishsizlik biroz oshib umumiy miqdor 7 foizdan ham oshib ketgan edi. Endi esa Kanadaga viza berish soni qisqartirilgani munosabati bilan ichkaridagi vaziyat jilovlanmoqda.

Ajab emas saylovlardan keyin immigratsiya siyosati yana qayta ko'rib chiqilib, ichki iqtisodiy holat o'nglangach, tashqaridan chet elliklarni olib kelish soni yana oshishni boshlasa. Sababi nafqaga chiqib ketayotganlar soni yiliga o'rtacha 300-400 ming oralig'ini tashkil qiladi va ularning o'rnini ham kimdir egallashi kerak baribir.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
02/16/2025, 07:00
t.me/canadali/702
93
2.6 k
02/11/2025, 17:36
t.me/canadali/701
135
93
2.5 k
02/11/2025, 17:36
t.me/canadali/697
93
2.6 k
Bola puli deb 3600 dollardan ko'proq summani Kanada hukumati biryo'la to'lab berdi va yana oyiga 725 dollardan to'lab borishlarini ma'lum qilishdi.

Qanday qilib deysizmi? Ushbu postda batafsil tushuntiraman.

Kanadaga vaqtincha viza (student, ishchi vizalari) bilan kelganingizdan so'ng 18 oy o'tgach, farzandingiz uchun Canada Child Benefit (CCB), oddiy tilda aytganda "bola puli"ga ariza bersangiz bo'ladi. Bunda siz yillik soliq davri, ya'ni yanvardan aprelga qadar albatta o'z daromadlaringizni soliq deklaratsiyasida taqdim etgan bo'lishingiz kerak.

Odatda farzandning onasiga bola puli to'lab beriladi va uning miqdori oila jami rasmiy daromadi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Qanchalik ko'p summa ishlab topsangiz shunchalik kam, qanchalik kam daromad qilsangiz shuncha ko'p to'lab berishadi. Har qanday viza bilan kelishingizdan qat'iy nazar Kanada ichida qonuniy 18 oy yashasangiz bo'ldi, bola puliga ariza berish huquqi paydo bo'ladi. Mazkur summa bola 18 yoshga to'lgunga qadar har oy to'lab boriladi. Summani bolaning kundalik xarajatlariga ishlatish yoki voyaga yetgunga qadar jamg'arib qo'yish tavsiya etiladi, lekin buni hisobini hech kim nazorat qilmaydi. Agarda mazkur summalarni noqonuniy yoki g'irromlik yo'li bilan olmasangiz albatta.

Bola puli uchun CRA accounti orqali ariza beriladi va uning uchun kerakli hujjatlar ro'yxati so'raladi. Jarayon juda oson va tez. Ortiqcha qog'ozbozliklar mavjud emas, mahalladan spravka olib keling kabi... 😄

Mening ham farzandimga dastlabki 5 oy uchun 3600 dollardan ko'proq to'landi, keyingi oylar uchun oyiga 725 dollardan to'lab borilishi belgilandi. Shunchaki respect! Bola rivojlanishi uchun davlat tomonidan har qanday taraflama yordam berilar ekan. Farzand bu davlatda qadrlanadi va uning kelajagi uchun ota-ona bilan bir xil qayg'uradi. Buning uchun turli ijtimoiy dasturlar mavjud: masalan bepul sifatli ta'lim, bepul tibbiyot, bola puli, kelajakda bola oliy ta'limda o'qish istagini bildirsa turli grantlar, subsidiyalar va xokazo.

Keyingi postlarda qanday qilib farzandimni oyiga deyarli ming dollarlik bog'chaga mutlaqo bepul joylashtirganimiz haqida kontent qilaman.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
02/11/2025, 17:36
t.me/canadali/698
94
2.6 k
02/11/2025, 17:36
t.me/canadali/700
93
2.6 k
02/11/2025, 17:36
t.me/canadali/699
132
189
3.8 k
Kanada hukumati chekka hududlarga borib yashash istagi borlar uchun yangi dasturni e'lon qildi. Undan tashqari fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun ham qo'shimcha programma ishga tushdi.

"Rural Community Immigration Pilot" deb nomlangan bu programma Kanadaning uzoqroq va qishloq hududlarida doimiy yashashni xohlaganlarga mo'ljallangan bo'lib, borib olib 3-4 yil yashab, keyin ma'lum bir asosni ko'rsatib boshqa katta shaharga ko'chib ketish imkoniyatidan ham mahrum qilmaydi.

Nima uchun bu dastur ishga tushdi? Sababi ko'plab immigrantlar katta shaharlarga intiladi va chekkaroq hududlar aholi kamayib ketmoqda. Biroq 2024-yil oxirigacha 8500 dan ortiq nomzod chekka hududlar uchun tanlab olingan. Bu safar ham ular soni 10 mingdan oshiq bo'lishi kutilmoqda.

Shu maqsadlar uchun jami 14 ta hudud tanlab olindi va ushbu hududlarga yetishmayotgan ishchilarni olib kelishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Kim ariza bera oladi?
1) Mazkur hududlarda ish taklifi olsangiz;
2) Oxirgi 3 yil ichida o'z kasbingizda, qaysi davlatda bo'lsa ham kamida 1 yil ishlagan bo'lsangiz.
3) Ingliz tilini o'rtacha darajada bilsangiz.
4) Kamida o'rta ta'lim darajasi (11-sinf attestat, kollej yoki litsey diplomi) bo'lishi.

Qaysi hududlar tanlab olindi?
Ontario provinsiyasi: North Bay, Sudbury, Timmins, Sault Ste. Marie, Thunder Bay, Steinbach;
British Columbia provinsiyasi: West Kootenay, North Okanagan Shuswap, Peace Liard;
Alberta provinsiyasi: Claresholm;
Nova Scotia provinsiyasi: Pictou County;
Manitoba provinsiyasi: Altona/Rhineland, Brandon;
Saskatchewan provinsiyasi: Moose Jaw;

Fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun hududlar quyidagilar:
British Columbia provinsiyasi: Kelowna
New Brunswick provinsiyasi: Acadian Peninsula
Ontario provinsiyasi: Sudbury, Timmins, Superior East Region
Manitoba provinsiyasi: St. Pierre Jolys

Yaqin orada har bir hudud o'z vebsaytini ishga tushiradi va maxsus vakansiyalarni e'lon qiladi. O'sha vakansiyalarga rezyume topshirib ish taklifini olishga muvaffaq bo'lsangiz, oila bilan birgalikda doimiy yashovchi sifatida ko'chib borishga imkoniyat ochiladi. Turmush qurmagan bo'ydoqlar uchun ham bundan mustasno emas albatta. Vakansiyalar ochilishi bilan bu haqda e'lon qilaman va o'z omadingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi.

Dasturda qatnashmoqchi bo'lganlar @Mr_Ali_Canada akkaunt orqali telegramdan shaxsan bog'lanishlari mumkin.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
02/03/2025, 05:03
t.me/canadali/696
53
24
1.9 k
2025-yilda 🇨🇦 Kanadaga kelish usullarida nima o’zgardi?

Kanada oxirgi 2 yilda haddan tashqari ko'p chet ellikni qabul qilgani uchun ba'zi muammolarga duch keldi. Natijada esa hozirda vizalar sonini qisqartirishni boshlagani sir emas. Lekin bu bilan boshqa davlatlardan hech kimni mamlakatga qabul qilmaydi deyish xato. Imkoniyat hamisha mavjud. Keling raqamlarga to'xtalamiz. Student viza, ishchi viza, turist vizasi va doimiy yashovchi statusi misolida.

2025-yil uchun Kanada 305 mingdan ortiq yangi student viza berishni reja qilgan. Yaxshiroq o'qishga kirib, bu davlatga kerakli sohalarni (masalan tibbiyot, qurilish, IT, transport va qishloq xo’jaligi) tanlab, mutaxassis yordamida yoki o'zingiz mustaqil hujjatlarni tayyorlasangiz student vizani olish imkoni hamisha saqlanib qolaveradi. Muhimi yil oxiriga borib ajratilgan kvotalar tugab qolmasidan ertaroq harakat qilish zarur. Agarda viza rad etiladigan bo’lsa taslim bo’lmasdan yana harakat qilishni ham o’ylab ko’rish zarar qilmaydi.

Bu yil uchun 82 mingta ishchi xorijdan olinadi va ularning asosiy qismi ish haqi yuqori bo'lgan malakali ishchilar va qurilish sohasida kerakli bo'lgan kadrlardan olinadi katta ehtimol bilan. Aslida ishchi vizaning umumiy soni ko’p, lekin asosan Kanada bilan shartnomasi bor davlatlar va shu davlatda o'qishni bitiradiganlarga 367 mingta ishchi viza beriladi.
Turmush o'rtog'i student viza olganlar esa kasbidan qat'iy nazar ochiq ishchi viza olish uchun mana shu kvota doirasida nomzod bo'la olishadi har doimgiday. Sharti shundaki turmush o’rtog’ingiz 16 oydan kam bo’lmagan magistraturaga kirishi, unday bo’lmasa xamshiralik yoki ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrga qabul qilinishi kerak.

Turist viza masalasi nima bo'ladi endi? 2026-yilgi futbol bo'yicha jaxon chempionati arafasida o'yinlarga chipta olishga erishsangiz bu vizaga yaxshi imkoniyat albatta. Shuningdek nomingizda biznes bo’lsa konferensiyaga borishni asos qilib, viza tarixingiz ko’p bo’lsa sayohatga yoki Kanada hududida yaqin qarindoshingizni ziyorat qilib kelish, bundan tashqari sportchi bo’lsangiz sport musobaqasida ishtirok etish asosi bilan ham visitor vizaga urinib ko’rsa bo’ladi.

Doimiy yashovchi statusi bu yil 395 mingta nomzodga berilishi belgilangan va ularning katta qismi allaqachon Kanadaga kirib yashayotganlarga beriladi. Lekin fransuz tilini yaxshi biladiganlar uchun 30 mingga yaqin kvota yoki tibbiyot sohasida ishlasangiz ingliz tilini bilish darajangiz baland bo’lsa yoki texnik kasb egalarida (masalan engineer, arxitektor) ham imkoniyat bo'lishi kutilmoqda Express Entry balli tizimida. Chunki aynan shu yo’nalishlarda o'tish bali nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. PNP ya’ni chekkaroq provinsiyalarga PR (doimiy yashovchi statusi) uchun imkoniyat faqat Kanada ichida yashayotganlarga nasib qilishi ehtimoli yuqori. Chunki bu hududlardan ish topish ichkaridagilardan ortmaydi.

Xulosa shundaki, urinib ko'rmasangiz hech nima o'zgarmaydi, agar o'xshab qolsa nimaga endi harakat qilib ko'rmaslik kerak?

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
01/31/2025, 07:30
t.me/canadali/695
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria