Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
GA
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
https://t.me/gazetauz_ozb
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.62%
ER (week)
11.14%
ERR (week)

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:

@GazetauzMuloqotBot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 2 149 results
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki choragida 198,1 ming nafar bola tug‘ilgan. Bu 2022-yildan buyon ushbu davr uchun eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda 41,4 ming o‘lim qayd etilgan. Bu 2021-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/27/demografiya/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 14:00
t.me/gazetauz_ozb/49919
O‘zbekiston prezidenti Bandar Abbosdagi portlash munosabati bilan Eron prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. Portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, 1139 kishi jarohatlangan, 6 kishi bedarak yo‘qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/27/taziya/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 12:40
t.me/gazetauz_ozb/49918
Namangan viloyati YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi “Namangan yezda” Telegram kanalining 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o‘quvchilari ekanini ma’lum qildi. Avtomobilni ijaraga berayotgan shaxslarning ko‘pchiligi esa o‘zi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit to‘layotganlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/27/namangan/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 12:20
t.me/gazetauz_ozb/49917
“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, faoliyati bilan tarixda iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — Pokistonga demokratiya nafasini olib kirib, inson huquqlari uchun kurashgan siyosiy arbob Benazir Bhutto.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/27/bhutto/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 11:00
t.me/gazetauz_ozb/49916
Namanganning Uychi tumanida nazoratsiz qolib, uyidagi hojatxonaga tushib ketgan uch yoshli bola FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/help/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 10:15
t.me/gazetauz_ozb/49915
“Gazeta.uz” kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilgan “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Bu galgi mehmon — ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert, sobiq “Kamolot” harakati raisi Bahodir G‘aniyev. “Badiiy adabiyot majburlab emas, sog‘inib o‘qish, degani. U insonni tarbiyalab, tasavvurini rivojlantiradi”, — deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/kutubxona-bahodir-ganiyev/

Telegram | Instagram | YouTube
04/27/2025, 08:00
t.me/gazetauz_ozb/49914
Bundan 71 yil muqaddam Andijon viloyatining Marhamat tumanida zamondoshlari tomonidan “XX asr oxiri — XXI asr boshidagi eng iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri” sifatida tan olingan Muhammad Yusuf dunyoga kelgan edi. “Gazeta.uz” xalq shoirining tavallud kuniga bag‘ishlab, test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/muhammad-yusuf/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 15:40
t.me/gazetauz_ozb/49913
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan agentlikning asosiy vazifalari belgilandi. Nizomda yangi bog‘ va tokzorlar barpo etish, meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy usulda saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish loyihalari uchun kreditlar ajratish nazarda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/agrosanoat/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 15:10
t.me/gazetauz_ozb/49912
Mirzo Ulug‘bek tumanida 22 yoshli yigit 18 yoshli qiz tanishini kaltakladi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga murojaat qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/case/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 14:39
t.me/gazetauz_ozb/49911
Tarixdagi eng dahshatli texnogen falokatlardan biri hisoblangan Chernobil fojiasiga 39 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan bu mavzudagi eng ta’sirli monologlarni o‘zida jamlagan belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksiyevichning “Chernobil tavallosi” kitobidan parchalar havola etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/chernobil/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 12:50
t.me/gazetauz_ozb/49910
“Adolat” partiyasi deputati Gulnora Abduvohidova xususiy klinikalarda o‘lim bilan bog‘liq holatlar ko‘payib borayotgani yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Hudayarovga deputatlik so‘rovi yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/deputat/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 12:20
t.me/gazetauz_ozb/49909
Istanbul shahrida 19 yoshli o‘zbekistonlik o‘zi yashab turgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etdi. Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi hamkorligida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/istanbul/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 11:40
t.me/gazetauz_ozb/49908
Rossiyaning Astraxan viloyatida o‘zbekistonlik oila YTHga uchrab, ota-ona halok bo‘ldi, ularning 11 yoshli o‘g‘li jarohat oldi. Bolalar ombudsmani ko‘magi bilan bola O‘zbekistonga qaytarildi va xolasining qaramog‘iga topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 11:08
t.me/gazetauz_ozb/49907
Bojxona qo‘mitasi bojxona me’yorlarining kuchaytirilishini ayrim fuqarolar tovarlarni shaxsiy ehtiyoj bahonasida sotish uchun olib kirayotgani bilan izohladi. “Ular tovarlarni bojsiz olib kirishni o‘zlariga kasb qilib olgan”, deya vaziyatni ta’rifladi qo‘mita.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/duty/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 10:20
t.me/gazetauz_ozb/49906
O‘zbekiston madaniyati bilan tanishishning turfa yo‘llari bor. Eng jonli va bevosita tanishuv imkonini esa aynan festivallar taqdim etadi. “Gazeta.uz” Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda bu yil borib, ko‘rish arziydigan eng qiziqarli va tomoshabop tadbirlarning o‘ntalik ro‘yxatini tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/festivals/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:45
t.me/gazetauz_ozb/49905
Sendvich-kruassan, dudlangan kurka go‘shtidan klab-sendvich, sendvich-muzqaymoq va sendvichning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/zira/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:20
t.me/gazetauz_ozb/49904
Zangiota tumanida joylashgan gilam do‘koni yonib ketdi. Yong‘inga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Soat 10:09 da qurshab olingan yong‘in soat 10:38 da bartaraf etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/26/fire/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:07
t.me/gazetauz_ozb/49903
04/26/2025, 09:00
t.me/gazetauz_ozb/49902
17–27-aprel kunlari Toshkentdagi Universal Horses Stable klubida ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tmoqda.

21–24-aprel kunlari «FEI Dressage World Challenge» va «CDI-1*» musobaqalarida O‘zbekistonlik chavandozlar 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda milliy O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Musobaqalar 28-aprel kunigacha davom etadi. Oldinda to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bahslar kutilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.
04/26/2025, 09:00
t.me/gazetauz_ozb/49900
04/26/2025, 09:00
t.me/gazetauz_ozb/49901
Yil boshidan buyon O‘zbekiston $3,57 milliardlik oltin eksport qildi, bu 2024-yil yanvar-mart oylaridan 34% ko‘p. Mamlakat eksportining 44 foizini qimmatbaho metallar tashkil etadi. Tekstil eksporti pasayishda davom etmoqda, meva-sabzavotniki esa keskin oshgan. Neft va gaz importi sezilarli kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/stats/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 07:42
t.me/gazetauz_ozb/49899
Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ayolning farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirildi va ular O‘zbekistonga qaytarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/back-to-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 07:13
t.me/gazetauz_ozb/49898
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish shartlarini kelishib oldi. 2020-yilda mojaro kelib chiqqan buloqdagi suvning uchdan ikki qismi o‘zbekistonliklarga tegishli bo‘ladi, uning hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/chashma/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 20:21
t.me/gazetauz_ozb/49897
25-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Toshkentda Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari rahbarlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📊 O‘zbekistonda davlat xarajatlari budjet taqchilligi qisqarganiga qaramay, yuqoriligicha qolmoqda — XVJ.

🧸 “Tanzilandiya” ishi: bog‘chaning litsenziyasi bekor qilindi, bolani kaltaklagan xodimga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

🇦🇪 BAA qonunbuzarliklar tufayli O‘zbekiston uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

📦 “Ayrimlar tovarlarni bojsiz olib kirishni kasbga aylantirgan”. BQ — bojxona me’yorlarini kuchaytirish sabablari haqida.

🤱 Gulnora Karimovaning aktivlaridan 43,5 mln dollari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 19:49
t.me/gazetauz_ozb/49896
Ukraina va Yevropa davlatlari AQShning urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasiga qarshi takliflarini ilgari surdi. Yevropa-Ukraina rejasi Kiyevga ancha aniqroq xavfsizlik kafolatlarini taqdim etadi va Rossiya bilan hududiy muhokamalarni yakuniy sulhga qoldiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/proposals/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 19:21
t.me/gazetauz_ozb/49895
Nukusda FVV xodimlari uyida qo‘l va oyoqlari ishlamay, qulflanib qolgan fuqaroni qutqarib qoldi — qarindoshi u eshikni ochmayotganidan xavotirlanib, mutaxassislarga bog‘langan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/nukus/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 18:50
t.me/gazetauz_ozb/49894
O‘zbekistonda yilning dastlabki uch oyida 173 nafar shaxs YTH sodir etgani sababli ozodlikdan mahrum qilindi. Yana 700 nafardan ortiq shaxsga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/ythlar/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 18:20
t.me/gazetauz_ozb/49893
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (26-27-aprel)

Yetitta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, yugurish musoboqalari, San Market yarmarkasi, MakSim va Ivan Urgant konsertlari, keramika ko‘rgazmasi, spektakllar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida:

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/04/25/26-27-aprel

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 18:00
t.me/gazetauz_ozb/49892
O‘FA birinchi vitse-prezidenti U-17 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan yoshlar terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashga chaqirdi. “Ota-onalar bayram qilaversin, ammo bizning vaqtimiz yo‘q”, — dedi Ermatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, “telefon orqali” jamoaga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/football/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 17:33
t.me/gazetauz_ozb/49891
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/gulnora-karimova-sudi/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 17:06
t.me/gazetauz_ozb/49890
OAV Pokiston Hindistonning Jammu va Kashmirdagi chegara postlarini o‘qqa tutgani, Hindiston ham javob qaytarganini yozmoqda. Vaziyat Kashmirda 30 ga yaqin sayyoh terakt qurboni bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi. Hindiston bir necha diplomatlarni chiqarib yuborib, suvni to‘sdi. Pokiston buni urush harakati deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/pakistan-india/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 15:51
t.me/gazetauz_ozb/49889
Adliya vazirligi, YI va BMTTD davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 4,9 mln yevrolik loyihaning yangi bosqichini boshladi. 2029-yilgacha 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiyalash, 1000 nafar davlat xizmatchisini o‘qitish va mahallalarda 34 ta davlat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasini ochish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/services/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 15:31
t.me/gazetauz_ozb/49888
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30-aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sel/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 15:06
t.me/gazetauz_ozb/49887
Toshkent metallurgiya zavodi 25-aprel kuni Toshkentda 5 yillik faoliyatini nishonlash doirasida biznes-uchrashuv o‘tkazdi, u barqaror rivojlanish va xalqaro miqyosdagi e’tirofni yana bir bor tasdiqladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/tmz/
04/25/2025, 14:59
t.me/gazetauz_ozb/49886
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 28-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 29,97 soʻmga koʻtarilib, 12 957,14 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi esa biroz oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 14:36
t.me/gazetauz_ozb/49885
Qiziqchi Shukrullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz`ni olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi. Sudlanuvchi bolalikdan nogiron ekani, o‘ziga nisbatan ishonchni sinab ko‘rish uchun mashina boshqarishni niyat qilganini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Jabrlanuvchi unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sud/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 14:27
t.me/gazetauz_ozb/49884
🚞 Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishidagi yangi vagonlardan videoreportaj

Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi 10 ta zamonaviy vagon yo‘lga qo‘yildi. Unda 4 ta plaskart, 4 ta kupe va 2 ta birinchi klassdagi (СВ) vagonlar mavjud. Yo‘lovchilar vagonda mikroiqlimni moslash uchun zamonaviy tizimdan foydalanishi mumkin.

https://youtu.be/QXcbqmLAzdE

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 13:27
t.me/gazetauz_ozb/49883
O‘zbekistonda budjet defitsiti YAIMga nisbatan 3,2 foizgacha pasaysa-da, davlat korxonalari faol xarajati va tashqi qarzlar ko‘payishi hisobiga davlat xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Jamg‘arma kelgusi yillarda mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi 5,8−5,9 foiz darajasida saqlanib qolishini prognoz qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/imf-forecast/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 13:00
t.me/gazetauz_ozb/49882
Dubayda 15 nafar o‘zbekistonlik jinoiy to‘qnashuvda ishtirok etishda gumonlanib qo‘lga olindi. BAA O‘zbekiston fuqarolari tomonidan “qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani” vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. O‘zbekiston TIV fuqarolarni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/uae/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 12:11
t.me/gazetauz_ozb/49881
Xitoyga tashrif doirasida “O‘zatom” delegatsiyasi CNNC, Rosatom va Shanghai Electric bilan O‘zbekistondagi AES loyihasi uchun turbinalarni yetkazib berish va uskunalarni moslashtirishni muhokama etdi. Shuningdek, Xitoy Eksimbankidan moliyalashtirish jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 11:51
t.me/gazetauz_ozb/49880
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/ob-havo/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 11:00
t.me/gazetauz_ozb/49879
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/gulnora-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 10:23
t.me/gazetauz_ozb/49878
Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Toshkentdagi birinchi uchrashuvida xavfsizlikka oid zamonaviy tahdid va xatarlarni baholashning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/meeting/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 09:43
t.me/gazetauz_ozb/49877
Saudiya Arabistoniga Umra uchun borgan 580 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy sayyohlik agentliklari qurboni bo‘ldi. Ular xorijda oziq-ovqat, boshpana va zarur yordamsiz qolgan. Ular prezident topshirig‘i bilan charter reyslar orqali olib kelindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/pilgrimage/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 09:17
t.me/gazetauz_ozb/49876
Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 10 ga yaqin kishini, jumladan, bir nechta bolani urib yubordi. YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir qancha kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 08:47
t.me/gazetauz_ozb/49875
Tarbiyalanuvchilar muntazam kaltaklanib kelingani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi. Bunga mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidagi bir qancha kamchiliklar sabab bo‘lgan. Shuningdek, tarbiyalanuvchini kaltaklagan xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/tanzilandiya/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 08:01
t.me/gazetauz_ozb/49874
24-apreldan my.gov.uz portalida yangi avtomashinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xizmat hozircha YHXXning Toshkent shahridagi faqat bitta bo‘limida mavjud. Fuqarolar mashinalarni bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki inspektorga hududga borishni aytishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/car-registration/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 07:37
t.me/gazetauz_ozb/49873
Fix Dessert Chocolatier brendi ostida sotilayotgan “Dubay” shokolad mahsulotlarida inson salomatligi uchun xavfli bakteriyalar aniqlandi, dedi Texnik tartibga solish inspeksiyasi laboratoriya natijalariga tayanib. Unga ko‘ra, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga javob bermaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/fix-dessert-chocolatier/

Telegram | Instagram | YouTube
04/25/2025, 07:00
t.me/gazetauz_ozb/49872
24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 XVJ O‘zbekistonni o‘tish islohotlarini yakunlash va aktivlar deklaratsiyasini tezroq joriy etishga chaqirdi.

🎖 Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

📨 Transport va ichki ishlar vazirlariga noqonuniy avtomobillar ijarasi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏦Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirildi.

🗣 “Vladimir, to‘xta!” Tramp — Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 22:01
t.me/gazetauz_ozb/49871
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Vashington va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va Donald Tramp ma’muriyatining mamlakatdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi. Elchining asosiy iqtiboslari — “Gazeta.uz” maqolasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/us-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 21:21
t.me/gazetauz_ozb/49870
23-aprel kuni Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga zilzila vaqtidagi kuchli qo‘rquv sabab bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/case/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 20:42
t.me/gazetauz_ozb/49869
O‘zbekiston bozor islohotlarida muvaffaqiyatga erishdi, lekin o‘tish davri islohotlarini yakunlashi kerak, deb hisoblaydi XVJ. Jamg‘arma davxizmatchilar daromadlarini deklaratsiyalash qonunini qabul qilishni tezlashtirish, shuningdek, davlat aralashuvidan bozor institutlariga o‘tish va samarali regulyatsiyaga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/reforms-imf/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 20:10
t.me/gazetauz_ozb/49868
XVJ O‘zbekistonga davlat banklarini xususiylashtirishni tezlashtirishni va budjet uchun xavf borligini ko‘rsatib, tizimli ahamiyatga ega banklarni saqlab qolish g‘oyasidan voz kechishni tavsiya qildi. Mikrokreditlash hajmidagi o‘sish hamda imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlashdan voz kechish zarurligi qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/banks/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 18:57
t.me/gazetauz_ozb/49867
XVJ O‘zbekiston Markaziy bankiga so‘m bozor sharoitlarini yanada aniqroq aks ettirishi va tashqi zarbalardan himoya qiluvchi samarali vositaga aylanishi uchun valyuta kursi tebranishlari oralig‘ini asta-sekin kengaytirishni tavsiya etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/imf/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 17:52
t.me/gazetauz_ozb/49866
Donald Tramp Kiyevga uyushtirilgan Rossiya zarbalaridan “mamnun emasligini” bildirdi. “Vladimir, to‘xta! Har hafta 5 ming askar halok bo‘lyapti. Kel, tinchlik shartnomasini tuzamiz!” — dedi u. Avvalroq Rossiya zarbalari sababli Kiyevda 12 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/trump/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 16:11
t.me/gazetauz_ozb/49865
Toshkentda xususiy bog‘cha administratori 7 yoshli bolaga nisbatan qo‘pollik qilib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urgani aniqlandi. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, sud unga jarima qo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/kindergarten/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 15:51
t.me/gazetauz_ozb/49864
Andijon viloyatida epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Asaka, Buloqboshi, Shahrixon va Quva tumanlarida 2 ball bo‘lib sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/zilzila/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 15:38
t.me/gazetauz_ozb/49863
XVJ O‘zbekistonning budjet taqchilligini qisqartirishdagi harakatlarini ijobiy baholadi. Jamg‘arma mamlakatga korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, samarasiz imtiyozlardan voz kechish, oltin narxining budjet xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/imf-tax-reform/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 15:07
t.me/gazetauz_ozb/49862
Ipoteka Bank OTP Group bank tomonidan chiqarilgan UZCARD to‘lov tizimidagi ATTO transport kartasi afzalliklaridan foydalanish imkoniyati yaratilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/ipoteka-bank/
04/24/2025, 14:59
t.me/gazetauz_ozb/49861
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Chje Inni 151 ming dollardan ortiq miqdordagi poraxo‘rlik ishida ayblamoqda. U hokimiyatda bo‘lgan vaqtida kuyovi Tailand korporatsiyasida lavozimga tayinlangan va mablag‘lar sobiq prezidentga pora sifatida o‘tkazilgani aytiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/moon-jae-in/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 14:43
t.me/gazetauz_ozb/49860
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 25-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 36,74 soʻmga koʻtarilib, 12 927,17 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 14:20
t.me/gazetauz_ozb/49859
Prezident kimyo sanoatini diversifikatsiya qilish rejalari bilan tanishdi. Iyul oyiga qadar “yashil” vodorod va sian tuzlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “O‘zkimyosanoat” rahbari katta miqdorda to‘planib qolgan zaxiralardan kimyoviy o‘g‘itlar chiqarilayotgani haqida ma’lumot berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/chemical/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 14:02
t.me/gazetauz_ozb/49858
O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun” “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/unvon/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 13:31
t.me/gazetauz_ozb/49857
Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston rahbari turkman xalqining milliy yetakchisiga uning qalamiga mansub “Tafakkur gavhari” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/uzb-turkman/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 12:36
t.me/gazetauz_ozb/49856
Suriya rahbari Ahmad al-Sharaa Rossiyaga sobiq prezident Bashar Asadni topshirishni so‘rab murojaat qilgani, ammo Moskva rad etganini bildirdi. Shu bilan birga, yangi hokimiyat Moskva bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmasligi ma’lum qilindi, zotan Suriya oziq-ovqat va energiya yetkazib berishda Rossiyaga tayanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/bashar-assad/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 11:33
t.me/gazetauz_ozb/49855
Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarni haj va umra safariga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular orasida turizm firmasi rahbari, aviakassa xodimi hamda ilgari sudlangan shaxs bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/haj-umra/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 10:15
t.me/gazetauz_ozb/49854
Rossiyaning Ukrainaga yirik zarbasi oqibatida Kiyevda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hammasi bo‘lib mamlakatning to‘qqizta hududi o‘qqa tutildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/kyiv/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 09:31
t.me/gazetauz_ozb/49853
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirdi. "Yalpi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog‘liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda", — deya qayd etgan MB.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/asosiy-stavka/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 09:16
t.me/gazetauz_ozb/49852
Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilov avtomobillarni noqonuniy ijaraga berish va u keltirib chiqarayotgan og‘ir oqibatlar yuzasidan transport va ichki ishlar vazirlariga so‘rov yubordi. 2024-yili Namanganda ijaraga olingan mashinada YTHga uchrab, 3 nafar bola vafot etgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/car-rental/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 08:58
t.me/gazetauz_ozb/49851
25
13
2.7 k
Olmaliq shahrida 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan ona 2 yilga qamaldi. U bu ishni farzandi ruxsatsiz shirinlik yegani uchun qilgan. Boladagi jarohatlarni maktabdagi o‘qituvchilari payqab qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/mother/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 08:18
t.me/gazetauz_ozb/49850
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida otasining Gentra mashinasini do‘stlari bilan ruxsatsiz minmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bola yuk mashinasiga borib urildi. Salondagi 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 07:29
t.me/gazetauz_ozb/49849
10
15
3.3 k
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘rnida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Darslar 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi, uch OTM talabalari o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi va uning diplomini oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/medical-university/

Telegram | Instagram | YouTube
04/24/2025, 06:48
t.me/gazetauz_ozb/49848
23-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

❔ Rossiya TIV rahbari Samarqanddagi yodgorlikda rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

➡️ UzAuto Motors, UMS, TTZ va bir qancha IESlarning davlat ulushi sotiladi.

🙅‍♂️ ”Gulnora Karimovaning qamoqdan chiqqani haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy sud.

⚖️ “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari va boshqalarning apellyatsiya sudi boshlandi. Advokatlar shikoyati eshitilyapti.

💰 “Bu pullar o‘zbek xalqiniki”. Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 67 mln dollarlik aktivlari nimalarga sarflanmoqda?

🚰 Toshkentning beshta tumanida 9 kunlik uzilishdan so‘ng issiq suv ta’minoti tiklanadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 21:59
t.me/gazetauz_ozb/49847
O‘zbekiston Markaziy banki va Tencent Cloud International delegatsiyasi uchrashuvida WeChat Pay’ni mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlar va bulutli infratuzilma sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/wechat-pay/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 21:40
t.me/gazetauz_ozb/49846
O‘zbekiston hukumati 70 toifadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechak, maishiy texnika va tagliklar importi qiymati va miqdorini nazorat qilishning yangi tartibini tasdiqladi. 1-maydan boshlab deklaratsiya qilinayotgan narx oxirgi 90 kundagi o‘rtacha narxning 80 foizidan past bo‘lishi mumkin emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/customs-value/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 21:20
t.me/gazetauz_ozb/49845
AQSh rasmiylari Ukrainaga Rossiyaning Qrim ustidan de-yure nazoratini tan olish, hozirgi front chizig‘ini muzlatish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va Kiyevga “ishonchli xavfsizlik kafolati”ni o‘z ichiga olgan urushni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taqdim etdi, deb yozmoqda G‘arb OAV.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/peace-framework/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 20:49
t.me/gazetauz_ozb/49844
Samarqandga kelgan Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va prezident Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga borib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi, so‘ng “Boqiy shahar”dagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/in-samarkand/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 20:30
t.me/gazetauz_ozb/49843
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arbning Markaziy Osiyodagi tashabbuslarini tanqid qilib, xususan, YeIni antirossiya kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi. Uning fikricha, hamkorlar “MO davlatlari hukumat tuzilmalariga kirishga qaratilgan” dasturlar orqali mintaqadagi manfaatlarini ilgari surmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/russia-eu/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 19:56
t.me/gazetauz_ozb/49842
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan pullarining bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Qanday qilib va qaytgan pullar nimalarga sarflanyapti? Jarayonni nazorat qilish uchun BMT shafeligida tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup “Gazeta.uz”ga shu haqda intervyu berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/gulnara-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 19:17
t.me/gazetauz_ozb/49841
Toshkentning beshta tumani — Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobodda 9 kunlik o‘chirishdan so‘ng issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Veolia Energy Tashkent ta’mirlash ishlari tugaganini, qozonxonani suv va bosimga to‘ldirish boshlanganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/hot-water/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 19:00
t.me/gazetauz_ozb/49840
42
13
4.2 k
“Diplomatik bezbetlik”. O‘zbek jamoatchiligi Sergey Lavrovning til masalasidagi so‘zlarini qanday qarshiladi?

O‘zbekistondagi ayrim jamoatchilik faollari Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yo‘qligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi. Ularda, asosan, mustaqil mamlakat o‘z hududidagi obidalarda qaysi tilda yozishini o‘zi hal qilishi eslatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/reactions/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 17:57
t.me/gazetauz_ozb/49839
Istanbulda 151 nafar fuqaro zilzilalardan so‘ng qo‘rquv sababli balandlikdan sakrab, jarohat oldi. Bosh konsulxonaga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/istanbul/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 16:37
t.me/gazetauz_ozb/49838
Istanbul atrofida ketma-ket bir necha zilzila sodir bo‘ldi, eng kuchlisining magnitudasi 6,2 ni tashkil etdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Odamlar sarosimada ko‘chalarga chiqdi, baland binolardan uzoqlashdi. Zarurat bo‘lmasa, avtomobillarda yo‘lga chiqmaslik so‘raldi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/turkiye/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 15:45
t.me/gazetauz_ozb/49837
Rim papasi Fransiskning dafn marosimi 26-aprel kuni Vatikanda bo‘lib o‘tadi. Vidolashuv marosimiga 250 minggacha kishi, jumladan, dunyo yetakchilari va Yevropa qirollik oilalari a’zolari tashrif buyuradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/funeral/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 15:36
t.me/gazetauz_ozb/49836
Prezident to‘rtta yirik davlat korxonasi — Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto), “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zmetkombinat” va “Sherobod sement zavodi”ni xususiylashtirish mexanizmini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/privatization-4/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 15:04
t.me/gazetauz_ozb/49835
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 25−27-aprel kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifini Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan keyinga qoldirdi, uning dafn marosimi shanba kuni Vatikanda bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/visit-meloni/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 14:33
t.me/gazetauz_ozb/49834
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 24-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,47 soʻmga koʻtarilib, 12 890,43 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 14:22
t.me/gazetauz_ozb/49833
82
15
2.7 k
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yo‘qligidan hayron bo‘ldi. “Inglizlar sizga qanday kelib qoldi? Qarasam, inglizcha yozuv. Ruschani ko‘rmayapman”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/russian/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 14:02
t.me/gazetauz_ozb/49832
JIB Toshkent shahar sudida “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev va 20 kishining ishi bo‘yicha apellyatsiya jarayoni boshlandi. Jo‘rayevning advokati birinchi instansiya hukmi bayonnomasida noaniqliklar topdi. Xatolar qaytarilmasligi uchun majlisda faqat advokatga diktofon ishlatishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/apellyatsiya/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 13:49
t.me/gazetauz_ozb/49831
O‘zbekiston prezidenti Samarqand shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/lavrov/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 13:03
t.me/gazetauz_ozb/49830
Prezident Navoiy va Olmaliq KMKlari, Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom” va MIJ kabi 12 ta yirik davlat kompaniyasi aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklifini o‘tkazish jadvalini tasdiqladi. Dastlab 2−5 foiz aksiyalarni joylashtirish reja qilingan bo‘lsa, hozir u 10−25 foizni tashkil etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/ipo-spo-12companies/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 12:34
t.me/gazetauz_ozb/49829
Tarmoqlarda Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, bu ma’lumot asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/gulnora-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 11:44
t.me/gazetauz_ozb/49828
2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/xususiylashtirish/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 11:36
t.me/gazetauz_ozb/49827
Kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida TBC Uzbekistan uch yilgacha muddatga garovsiz va kafillarsiz 300 million so‘mgacha onlayn kreditlarni ishga tushirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/tbc-uzbekistan/
04/23/2025, 11:08
t.me/gazetauz_ozb/49826
O‘zbekiston prezidenti Samarqand shahriga bordi. U yerda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazish reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/samarkand/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 10:28
t.me/gazetauz_ozb/49825
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. U aeroportda o‘ziga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/child/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 10:09
t.me/gazetauz_ozb/49824
59
13
2.9 k
Prezident imzolagan qaror bilan O‘zbekistondagi 29 ta yirik kompaniyalarning davlat ulushi sotiladi. Ular orasida UzAuto Motors, Universal Mobile Systems, Uzbekistan GTL kabi kompaniyalar, shuningdek, Toshkent traktor zavodi, Texnopark va bir qancha IESlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/privatization/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 09:19
t.me/gazetauz_ozb/49823
Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri rahbari shifokor va xodimlarini dam olish kunlarida ishga, haq to‘lamasdan navbatchilikka jalb qilgani va xizmat safari xarajatlarini qoplamayotgani aniqlandi. Ombudsman xulosasidan so‘ng unga hayfsan qo‘llandi, xodimlarga salkam 3 mln so‘m to‘lab berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/clinic/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 07:59
t.me/gazetauz_ozb/49822
Mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi: moddiy yordam 5 BHMgacha oshiriladi, yashash xarajatlari — 500 dollargacha, davolanish — 1500 dollargacha. Murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan barcha xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari beg‘araz tarzda vatanga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/supporting-migrants/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 07:20
t.me/gazetauz_ozb/49821
O‘zbekiston prezidenti Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi. Qurollanganlarning sayyohlarga hujumi oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Terakt Hindiston bosh vazirining Saudiyaga safari va AQSh vitse-prezidentining Hindistonga tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/jammu-and-kashmir/

Telegram | Instagram | YouTube
04/23/2025, 06:47
t.me/gazetauz_ozb/49820
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria