Trampning qarori O‘zbekistonga ta’sir qiladi, lekin darhol emas
Eshitgan bo‘lsangiz kerak, AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlardan keladigan tovarlarga bojlarni oshirishga qaror qildi.
Bu deyarli hammaga, hatto faqat pingvinlar yashaydigan orollarga ham taalluqli.
O‘zbekiston tovarlari uchun boj endilikda 10 foizni tashkil etadi. Va bu... unchalik muhim emas.
⏺ Birinchidan, AQSH bilan savdo juda kichik. Masalan, 2024-yilda O‘zbekiston u yerga $317,4 millionga mahsulot sotdi — bu davlatimizning umumiy eksportning 1 foizidan sal ko‘proqdir.
⏺ Ikkinchidan, Qo‘shma Shtatlar bizdan asosan xomashyo — minerallar, alyuminiy va shunga o‘xshash narsalarni sotib oladi. Buni bemalol istalgan boshqa davlatga sotishimiz mumkin.
Shunaqa qilib, Trampning qarori hozir qaror O‘zbekistonga deyarli ta’sir qilmaydi, lekin keyinroq...
Savdo urushlari hammaga zarar yetkazadi. Hatto ularda ishtirok etmaganlarga ham
AQSH Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Vetnam, Tayvan tovarlariga yuqori bojlar (20 foizdan dan 54 foizgacha) belgiladi.
Ularning barchasi uchun AQSH juda muhim bozordir.
Ularning barcha tovarlari endi u yerda qimmatroq bo‘ladi. Bu esa amerikaliklarning ularni kamroq sotib olishiga olib keladi.
Kamroq sotuv —> kamroq tushum —> butun mamlakat iqtisodiyoti sekinroq o‘sadi.
Va bu O‘zbekistonga ta’sir qiladi, chunki biz Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan ko‘p savdo qilamiz.
Masalan, birgina Yevropa hissasiga O‘zbekiston tovar aylanmasining 42,3 foizi to‘g‘ri keladi.
Ularning iqtisodiy tanazzuli bizga ham ta’sir qilishi aniq.
Agar bu mamlakatlar ham bojlarni ko‘tarsa yoki AQShga boshqacha javob bersa, salbiy ta’sir ikki baravar oshadi.
Umuman olganda, hozir so‘nggi 100 yil ichida shakllangan tartib o‘zgara boshlashi mumkin.
Yangi jahon iqtisodiy inqirozi yuz berishini hozircha ehtimoldan uzoq, ammo ma’lum vaqtgacha (odamlar, mamlakatlar va kompaniyalar yangi sharoitlarga moslashmaguncha) vaziyat qaltis bo‘ladi.
Yaxshiyamki, biz O‘zbekistonda bunga o‘rganib qolganmiz )
Foto: Reuters / Carlos Barria
@beshtorr#vaziyat #iqtisodiyot