У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
QV
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi
https://t.me/qvh_axboroti
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
0.37%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
26.68%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Qashqadaryo viloyati hokimligi.

@qvh_murojaat_bot

info@qashqadaryo.uz, 75 221-07-60.

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 3 485 результатов
Камбағалликдан фаровонлик сари

Мақолада бир неча йил хорижда ишлаб, вақтини самарасиз ўтказган, ватанга қайтгач эса Президентимизнинг тадбиркорлик учун яратган кенг имкониятларидан унумли фойдаланиб, балиқчилик фаолиятини йўлга қўйган ва бу орқали юқори даромадга эришган қамашилик тадбиркор Элдор Раҳматов ҳақида сўз боради.

Батафсил “Янги Ўзбекистон” газетасининг 84-сонида ўқишингиз мумкин.

Мухбир: Акбар Раҳмонов

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
28.04.2025, 09:40
t.me/qvh_axboroti/35070
28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”

Ehtiyotsizlik bir lahza, afsus esa bir umr davom etadi...

Ish joyida xavfsizlik - bu shunchaki qoidalar to‘plami emas, balki har birimizning uyimizga sog‘-salomat qaytish kafolatidir.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
28.04.2025, 09:08
t.me/qvh_axboroti/35069
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев "ИННОПРОМ. Марказий Осиё" V халқаро саноат кўргазмаси очилиши ҳамда Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги ҳудудларининг I форумида иштирок этади. Тадбирлар доирасида икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в открытии V Международной промышленной выставки "ИННОПРОМ. Центральная Азия" и I Форуме регионов Содружества Независимых Государств. В рамках мероприятий планируется проведение двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|X
28.04.2025, 08:42
t.me/qvh_axboroti/35068
"Yoshlar daftari — imkoniyatlar daftari"

G‘uzor tumani "Dashtobod" mahallasida yashovchi ishsiz yoshlar uchun "Yoshlar daftari"dan o‘zini o‘zi band qilish maqsadida imtiyozli ravishda yer maydoni ajratilgan, hozirda yoshlar yerdan unumli foydalanib kelmoqdalar.

Mavzuga doir: Dashtobodliklar tomorqa yer maydonidan yuqori daromad olishmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
28.04.2025, 07:46
t.me/qvh_axboroti/35067
Qashqadaryolik yana bir dzyudochi Osiyo chempionatining g'oliblari qatoridan joy oldi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionati o'z yakuniga yetib bormoqda.

Bu Osiyo chempionatida -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan yana bir Qashqadaryo o'g'loni Nurbek Murtazoyev Osiyo chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
28.04.2025, 07:16
t.me/qvh_axboroti/35064
G’alaba muborak, "Nasaf"!

Bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasi joriy mavsumning 7-tur o'yinida g‘alaba qozongan vohamiz bosh jamoasini o‘zim va keng jamoatchilik hamda millionlab muxlislar nomidan tabriklayman.

Jamoamizga joriy mavsumda ham chempionlik va kubok shohsupalari, shuningdek, Xalqaro maydonlarda sovrin hamda yutuqlar nasib qilsin.

Murotjon Azimov, viloyat hokimi.
------------------------------
Ma’lumot o‘rnida, bugun jamoamiz Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
27.04.2025, 20:27
t.me/qvh_axboroti/35063
“Qizlarimiz o‘qisin” targ‘ibot oyligi eʼlon qilindi

Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, may oyining yakuniga qadar viloyatda “Qizlarimiz o‘qisin!” aksiyasi doirasida targ‘ibot oyligi o‘tkaziladi.

Dasturga muvofiq, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari 1232 ta umumta’lim maktablariga nomma-nom biriktirildi.

Tadbirlar davomida viloyat Oila va xotin-qizlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmalari vakillari, shuningdek, “Oqila ayollar” harakati va “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida bitiruvchi qizlar bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etiladi.

Uchrashuvlarda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi hamda qizlarning intilish va qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanadi.

❗️Shuningdek, yana bir muhim tashabbus — qaysi mahalladan bitiruvchi qizlarning oliy ta’limga qamrovi yuqori bo‘lsa, viloyat hokimligi tomonidan o‘sha mahallaga kutubxona qurib beriladi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
27.04.2025, 19:46
t.me/qvh_axboroti/35062
Chuvashiya delegatsiyasi qadimiy va navqiron Shahrisabzda ham bo'ldi

Delegatsiya G'uzor tumanidan so'ng qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligidagi mas'ullar hamrohlik qildi.

Xususan, mehmonlar Oqsaroy majmuasi, Hazrati Imom maqbarasi va Ko‘kgumbaz obidalariga sayohat qilishdi.

Shuningdek, ular Shahrisabz shahrining iqtisodiyot, investitsiya, savdo va turizm sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rgandilar.

Jumladan, Pillakashlik mahallasida qad rostlagan, qiymati 19 mln dollarlik Shahrisabz Med Center MCHJga qarashli kardiologiya markazi hamda “Lorenz” mebel MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
27.04.2025, 11:12
t.me/qvh_axboroti/35054
"DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi" shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

Qarshi shahridagi istirohat bog‘ida imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha "DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbir doirachilar va dutorchi qizlar chiqishlari bilan bayramona kayfiyatda boshlandi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar kuy-qo‘shiqlar sadosida tashkil etilgan dasturxonda tushlik qilishdi.

Musobaqa yakunida eng kuchli shaxmatchilar aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimida DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
27.04.2025, 10:42
t.me/qvh_axboroti/35049
Chuvashiya delegatsiyasi G‘uzor tumanidagi yirik korxonalarda bo‘ldi

Xabar berganimizdek, Chuvashiya Respublikasi rahbari Oleg Nikolayev boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar delegatsiyasi vohamizga tashrif buyurgan edi.

Tashrif davomida ular G‘uzor tumanidagi "Uzbekistan GTL" MCHJ va "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MJCH zavodlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Unda investorlar zavodlardagi boshqaruv pulti, markaziy laboratoriyasi va ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan qiziqdi.

Shuningdek, ikkala yirik korxona masʼullari zavodlarda asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, ularni jahon bozorlaridagi raqobati va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
27.04.2025, 06:18
t.me/qvh_axboroti/35034
#LIVE Қашқадарё вилояти ҳокими ва Чувашия Республикаси раҳбари тарихий Оқсарой мажмусида
26.04.2025, 20:10
t.me/qvh_axboroti/35033
Qashqadaryolik dzyudochi Osiyo chempionatining g'oliblari qatorida

Gap shundaki, shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.

Mazkur qit'a birinchiligining ikkinchi kungi bahslarida -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan qashqadaryolik Arslonbek Tojiyev Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
26.04.2025, 16:54
t.me/qvh_axboroti/35027
Qashqadaryo viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

24-aprel kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyatining faol va tashabbuskor yoshlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengash rahbari o‘rtasida ochiq va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. Muloqot ochiqlik va konstruktiv hamkorlik ruhida o‘tib, yoshlarni ta’lim, innovasion rivojlanish, axborot texnologiyalari, ilmiy tadqiqotlar va startap loyihalarga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish va istiqbolli g‘oyalarni konsepsiyadan amaliy ijrogacha yetkazishda samarali mexanizmlarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Muloqot Qashqadaryo yoshlarining intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim qadam bo‘ldi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
26.04.2025, 15:35
t.me/qvh_axboroti/35021
#LIVE Муротжон Азимов айни дамда Яккабоғдаги “Янги Ўзбекистон” массивида

Бу манзилда воҳамиз аҳли ва меҳмонлари учун ўзгача ва туризмбоп шароитлар яратилмоқда. Хизмат кўрсатиш соҳасида ҳам тумандаги “Эко сити” юқори ўринларда.
26.04.2025, 15:12
t.me/qvh_axboroti/35017
📣❗️Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan

RASMIY BAYONOT

Batafsil: https://qashqadaryo.uzsuv.uz/uz/posts/462585

⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
26.04.2025, 11:41
t.me/qvh_axboroti/35016
Chuvashiya delegatsiyasi Qashqadaryodagi taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi

Avval xabar berilganidek, Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya Respublikasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurgan edi.

Bugun delegatsiya vakillari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va sohaviy masʼullar hamrohligida viloyatdagi taʼlim tashkilotlari faoliyati hamda ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, Chuvashiya Respublikasi delegatsiyasining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandum imzolandi.

Hujjat o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalar yaratish va yoshlar o‘rtasidagi madaniy-ta’limiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
26.04.2025, 11:22
t.me/qvh_axboroti/35011
Qashqadaryoliklar respublika tanlovida 2 ta 1-o‘rinni zabt etdi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra,

“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Dilnoza Saidova Qamashi tuman 7-DMTT.

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Vazira Shoimova Koson 4-sonli DMTT.

Shu tariqa mazkur tanlovda Qashqadaryodan ishtirok etgan 2 nafar ishtirokchi o‘z nominatsiyalari doirasida faxrli 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Respublika final bosqichi g‘oliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, tartibga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan g‘oliblar OTMlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritadi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
26.04.2025, 10:58
t.me/qvh_axboroti/34999
Таҳлилий ва тадқиқот тузилмалари фаолиятини мувофиқлаштирувчи Кенгашнинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди

Қашқадарё вилоятида Таҳлилий ва тадқиқот тузилмалари фаолиятини Мувофиқлаштирувчи Кенгашнинг навбатдаги сайёр йиғилиши бўлиб ўтди. Йиғилишда ҳудуднинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиши, инвестиция муҳитини яхшилаш, инфратузилмани модернизация қилиш ва хавфсизликни мустаҳкамлаш каби муҳим масалалар муҳокама қилинди.

Йиғилишда мамлакатнинг етакчи таҳлил ва илмий марказлари - Стратегик ислоҳотлар агентлиги, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази, Марказий Осиё халқаро институти, Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти ва бошқа ташкилотлар вакиллари иштирок этди.

Муҳокама қилинган асосий мавзулар қуйидагилардан иборат бўлди:
- Инвестицияларни жалб қилиш ва ташқи иқтисодий ҳамкорлик: вилоят бўйича 12 та устувор лойиҳа тақдим этилди, янги ўсиш нуқталари ва хорижий ҳамкорларни жалб қилиш йўллари;
- Кичик бизнесни ривожлантириш ва камбағалликни камайтириш: 828 та маҳаллада тадбиркорлар ўртасида ўтказилган сўровномалар натижалари эълон қилинди, уларни қўллаб-қувватлаш чоралари;
- Муҳандислик ва транспорт инфратузилмасини модернизация қилиш: қишлоқ ва шаҳар ҳудудларида яшаш шароитларини яхшилаш бўйича аниқ қадамлар таклифи;
- Ёшлар билан ишлаш: IT, чет тиллари, шахсий ривожланиш ва касбий таълимни ўз ичига олган тўртта йўналишдан иборат платформа;
- Экологик ва сув муаммоларини ҳал қилиш: томчилаб суғориш тизимига ўтиш ва Туркманистон билан чегарадош ҳудудларда “яшил белбоғлар” яратиш ташаббуслари илгари сурилди.

Йиғилишда жамоат барқарорлиги, маҳалла тузилмалари фаолиятини такомиллаштириш ва маънавий-ахлоқий ташаббусларни илгари суриш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
26.04.2025, 08:19
t.me/qvh_axboroti/34993
Қашқадарё - Чувашия: Икки томонлама ишончли ҳамкорлик янада кўпроқ натижаларга эришишга замин яратади

Хабар берганимиздек, бугун Чувашия Республикаси раҳбари Олег Николаев бошчилигидаги делегация Қашқадарё вилоятига ташриф буюрди. Ҳукумат масъуллари ва нуфузли ишбилармонлардан иборат меҳмонлар Қарши халқаро аэропортида тантанали кутиб олинди.

Дастлаб, вилоят ҳокими Муротжон Азимов ва Чувашия Республикаси раҳбари Олег Николаев иштирокида учрашув ўтказилди. Учрашувда агросаноат соҳасида қўшма корхоналар ташкил этиш, озиқ-овқат саноати, қурилиш материаллари ишлаб чиқариш, туризм, таълим ва маданият соҳаларида ҳамкорлик қилишга келишиб олинди.

Икки томон раҳбарлари ва тадбиркорлар иштирокидаги “Қашқадарё-Чувашия” бизнес-форуми доирасида бўлиб ўтган учрашув ва музокаралар ҳудудлар тараққиётига ҳисса қўшадиган қўшма лойиҳаларни амалга ошириш учун мустаҳкам пойдевор яратди.

Меҳмонлар сафарини воҳамиздаги бир қатор саноат ва тадбиркорлик субъектларида давом эттирмоқда.

📸 М.Комилов. Н.Сайнабиев.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
25.04.2025, 13:49
t.me/qvh_axboroti/34992
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло