Qashqadaryolik jonkuyar tarbiyachi faoliyatiga nazar
(+video)
Kelajak tarbiyasi – bugungi tarbiyachining qo‘lida.
Ularni qadrlaylik, qo‘llab-quvvatlaylik!
Tarbiyachi bo‘lish — bu oddiy ish emas. Bu — har kuni bolalar dunyosiga sho‘ng‘ib, ularning quvonch va g‘amlariga sherik bo‘lish, ularning har bir savoliga mehr bilan javob qaytarish, kichik yutuqlariga ham katta motivatsiya berishdir. Har bir bola — alohida olam, tarbiyachi esa o‘sha olamning ishonchli yo‘lchisidir.
Bugun biz, ota-onalar, jamiyat vakillari tarbiyachi kasbining naqadar mas’uliyatli va muqaddasligini anglagan holda, ularning mehnatini e’tirof etishimiz kerak. Chunki tarbiyachi bolaga nafaqat o‘rgatadi, balki u orqali insoniylik, vatanparvarlik, halollik kabi qadriyatlar jamiyatga singdiriladi.
Zamonaviy tarbiyachi — bu bilimdon, kreativ, bolani anglay oladigan, pedagogik yondashuvlarni biladigan mutaxassis. U bolalarning bugunini chiroyli, ertangi kunini esa porloq qilish yo‘lida tinmay izlanadi, o‘rganadi, yangilik sari intiladi.
Shu sababli har bir tarbiyachining mehnati — hurmatga, e’tiborga va e’tirofga loyiq!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB