🟦🟦🟦
📣 Iqtidorli talabalarimizdan kutilgan natijalar
🔺 "Mirzo Ulug‘bek Vorislari" respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o'z nihoyasiga yetdi.
🔵 Bugun, ushbu tanlovning Namangan shahar va Andijon viloyatining Baliqchi hamda Ulug'nor tumanlari bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔻 Mazkur bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan 4 nafar Namangan davlat universitetining iqtidorli talabalari g'olib sifatida e'tirof etildi. Bular:
Fizika-matematika fakulteti talabalari
🏅 Davlatov Abdulhofiz - "University EcoSystem" loyihasi bilan;
🏅 Tohirjonova Muattar - "Smart havo namlovchi qurilma" loyihasi bilan;
🏅 Mo'ydinova Nilufar - "Xavfsiz avto" loyihasi bilan.
Biotexnologiya fakulteti talabasi:
🏅 Sharipova Mushtariy - "O'zbekiston tog' saqichi o'simligini labaratoriya sharoitida ko'paytirish" loyihasi bilan go'lib bo‘ldi.
🪙 Ushbu talabalar viloyat bosqichiga yo'llanma olish bilan birga 7 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofotini ham qo‘lga kiritishdi.
🔻Ma'lumot uchun mazkur tanlovda 124 nafar iqtidorli talabalarimiz o'zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g'oyalari bilan faol ishtirok etishdi. Tanlov yakunlari bo'yicha, Namangan, Andijon, Farg'ona va Xorazm viloyatlarining turli tumanlaridan 40 nafar talabalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichi yo'llanmasi bilan bir qatorda, 74 mln so‘m pul mukofotini ham jamg‘arishdi.
🟢 Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz kerakki, erishilgan ushbu yutuqlar o'tgan yilgi ko'rsatkichlarga nisbatan 62% ga ortib, natijada nafaqat viloyatdagi, balki Respublika OTM orasida ham eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo'ldi.
💐👏 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi ushbu muvaffaqqiyat bilan universitet jamoasini samimiy qutlab, talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishda zaruriy sharoitlarni yaratib berayotgan universitet rahbariyatiga, doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgan fakultetlarga va barcha ustozlarga o'zining chuqur minnaddorchiligini bildiradi.
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi