YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi arafasida, biz yurtimizning musiqasi, ijod olami, noyob ovozlari hamda bahor nafasini dunyo bilan baham ko‘rishda davom etyapmiz!
Bu — o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qilayotgan insonlar qalbiga eltuvchi eng qisqa yo‘l, mamlakatimiz targ‘ibotini ilgari suruvchi madaniy diplomatiya vositasidir. Biz har kuni shu ezgu maqsad yo‘lida harakat qilyapmiz, jahonga eng go‘zal qirralarimizni namoyish etmoqdamiz.
Aprel oyining ilk kunida YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Orkestr ijrosida Sharqning buyuk shoirlari — Navoiy, Bobur, Umar Xayyom va Nodira asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.
Alibek Kabdurahmonov va Rixter Trio boshchiligida Parijda “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nodira Pirmatova va G‘ulomjon Muhammadjonov yurtimiz tarixi va madaniy merosini sahnada o‘ziga xos tarzda jonlantirib, tomoshabinlarga an’anaviy musiqiy madaniyatning yangicha, mualliflik talqinini namoyish etdilar.
—
В преддверии 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО в Самарканде мы продолжаем делиться с миром музыкой, творчеством, уникальными голосами и весенним теплом нашей страны! Это самый короткий путь к сердцу людей, открывающих Узбекистан, культурная дипломатия, продвигающая нашу страну. Изо дня в день мы работаем над этой задачей, демонстрируя миру лучшее, что у нас есть.
В первый день апреля в штаб-квартире ЮНЕСКО под управлением Алибека Кабдурахманова выступил Национальный симфонический оркестр Узбекистана с музыкальной фантазией на произведения величайших поэтов Востока: Навои, Бабура, Омара Хайяма и Нодиры.
Вместе с симфоническим оркестром свою музыкальную фантазию The Sands of Time представило Richter Trio. В прозвучавших мелодиях — панорама истории и культурного наследия Узбекистана, авторское осмысление традиционной музыкальной культуры, оживающей на сцене благодаря заслуженной артистке Узбекистана, певице Нодире Пирматовой и дойристу Гуломжону Мухамеджанову.