O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni Nazorat qilish Milliy Markazi ogohlantiradi❗️
Bugungi kunda butun dunyo, shu jumladan respublikamiz yoshlarining hayotiga xavf solayotgan yangi tahdidlar mavjud. Ular narkotik, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning yangi ko'rinishlari, jumladan, kapsula va dori shaklida bo'lishi mumkin.
Bu kabi moddalarni iste'mol qilish insonning ruhiy, aqliy va jismoniy holatini zaiflashishiga sabab bo'ladi. Eng achinarlisi, kuchli ta'sir qiluvchi moddalar insonni ruhiy tushkunlikka, og'ir kasalliklarga va hatto o'limga olib kelishi mumkin.
O'zingiz va yaqinlaringizni giyohvand moddalardan asrang❗️