#kun_xulosasi
Kechagi kun sarguzasht, hissiyotlarga booy bo'ldi..
Xulosalar ham shunga yarasha..
1.Darsdan.
- Loyiha ishini baholashda baribir jamoaga baho qo'yiladi. "Uch mushketyor"da aytilganiday: Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun".
- Mas'uliyatsizlikka qodir odam, uyalmay-netmay o'zining xato va chala ishini namoyish qilishga, seni "tushunmaganlikda" ayblashga-da qodir..
2. Jurnal taqdimotidan.
- "Til va adabiyot ta'limi" jurnali dizayni "Jannatmakon"ni eslatgandi, bejiz emaskan..
-Shoir, yozuvchi, filologlar bir joyda jam bo'lishi uchun taqdimot o'tkazib turish kerak )))
- Professor Qozoqboy Yo'ldoshev hech qarimaydilar (Alloh umrlarini ziyoda qilsin) "Hmmm, Zulfiya Usmonova! Keyin Rashidova bo'lgan..Himoya qilmadingiz-a"
- Yangi O'zbekiston universiteti binosi ham, hovlisi ham shinamgina ekan.
3. Diydordan
- Va nihoyat litseyning sobiq Ona tili va adabiyoti kafedrasi deyarli to'liq yig'ildik (ayollarni to'liq yig'ib bo'lmaydi, kimningdir ishi chiqib qoladi baribir).. Xotiralar, taassurotlar, rejalar, hazillar - hammasi aralash-quralash bo'lib, oxiri ruhingda yengillik his qilasan.
4. "Cho'lpon" spektaklidan
- O'zbeklar tarixidagi eng og'ir davr men uchun jadidchilik davri. Ular haqida o'qish ham, ko'rish ham oson emas.. Tomog'ingni achchiq bir nima kuydirib kelaveradi.
-Aktyor Asad (Familiyasini eslolmadim) ko'rinishidan garchi Cho'lponga tortmasa-da, she'rlarning ayrim so'zlarini o'zgartirib aytgan bo'lsa-da, jro ishonarli, yaxshi.
- Qo'rqoqlik, sotqinlik qilganlar ham, o'z ahdida sobitlar ham - hammasining baribir kundadan qutulib qola olmagani, ayniqsa, qatli om sahnasi juda ta'sirli chiqibdi...
- Oldiniga sotqinlik qilib, keyin uzr so'rab, keyin "mening oldimda bunday gaplarni aytma, men yana sotib qo'yishim mumkin, axir men qo'rqoqman" degan shogird (Elbek, shekilli) iqrori naqadar hayotiy, real..
- Oybek obrazi juda yaxshi chiqibdi. Sodda, samimiy yosh shoir so'zlari, xatti-harakatlari va hatto "do'ppidan toshib chiqqan jingalak sochlari" bilan sizga Oybekni eslatadi.
- Bir ko'ngling.. "Yaxshiyam o'sha davrda yashamaganman" deb fikr qilasan.. keyin.. balki, keyingi avlod ham bizning davrni tahlil qila turib shunaqa xulosa qilar" deb ham o'ylaysan..
- To'satdan bir kunda bir necha hodisa yuz bergani har kuni deyarli o'xshash o'tayotgan odamni juda toliqtirib qo'yarkan.
Hammasi uchun Yaratganga shukr!
@suvaydo