У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
TO
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
https://t.me/toshkentprezidentmaktabi
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
0.82%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
22.49%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 386 результатов
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7546
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7548
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7547
#kitobxonlik

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bogʻida bo‘lib o‘tgan “Kitoblar yarmarkasi”da faol ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilarimiz turli nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarda kitobga muhabbat, ilm va maʼrifatga intilish ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7545
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7544
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7549
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7542
27.04.2025, 18:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7543
#biz_bir_oilamiz

Maktab — bu shunchaki ta'lim dargohi emas, balki hayot maktabi, ezgu tarbiya va mehr maskani. U — nafaqat ustoz va o‘quvchilar, balki har bir ota-ona uchun ham shirin xotiralarga to‘la muqaddas maskan. Maktab — bolalikning beshigi, ilm va qadriyatlarning manbai, Vatanning muhtasham bir bo‘lagi. Shu yerda inson birinchi qadamlarini qo‘yadi, do‘stlik, mehr, mas'uliyat va Vatanga muhabbatni anglaydi. Maktab — dillarda muhabbat uyg‘otuvchi, kelajakni shakllantiruvchi muqaddas dargoh.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
27.04.2025, 15:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7541
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.04.2025, 15:05
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7540
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov har bir videodarsda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida ularda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishayotganidan xabaringiz bor.

✅Bugungi mavzu: Servantesning "Don Kixotning sarguzashtlari" asari.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
27.04.2025, 07:04
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7539
Til ham, adabiyot ham taʼlim bilan tirik!

#Til - davlat timsoli, millat oʻzligi.
#Adabiyot -xalq ruhiyati, yurt qudrati.
#Ta'lim - najot va saodat kaliti.
Til va adabiyotimizni asrash, kelajak avlodga yetkazish har birimizning Vatan oldidagi oliy burchimizdir. Toki oʻzligimiz, qudratimiz mangu barhayot boʻlsin.

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
26.04.2025, 19:40
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7538
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7536
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7537
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7535
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

Adiblar xotirasi — qalblarda mangu!

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoir she’rlarini ixlos bilan aytishdi, adib hayoti va ijodiy merosi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Muhammad Yusufning yurt, xalq va ona til haqidagi samimiy satrlari o‘quvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yosh avlodni Vatanga muhabbat, adabiyotga ehtirom va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim akamiyat kasb etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7533
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7534
26.04.2025, 10:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7532
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.04.2025, 07:26
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7531
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida do’stona muhitni shakllantirish, o’quvchi, ota-ona va maktab aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, o’quvchilarni milliy va anʼanaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadidagi “Biz yagona oilamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

✅Ushbu tadbirda mahalliy va xorijiy ustozlar, o’quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan birgalikda o'zbek milliy taomlaridan tayyorlash, bir dasturxon atrofida yig'ilish hamda turli sport o’yinlari, musobaqalar, milliy kiyimlar namoyishi kabi ko’plab dasturlar amalga oshirildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7530
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7522
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7527
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7526
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7529
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7523
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7528
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7525
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7524
25.04.2025, 19:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7521
#biz_sohibqiron_Amir_Temur_avlodimiz

Sohibqiron Amir Temur tavvalludining 689 yilligiga bag’ishlangan “Temur tuzuklari” dan saboqlar.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
25.04.2025, 12:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7520
24.04.2025, 16:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7518
#intellektual_oʻyin
#zakovat

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida mavsumiy “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etadi.

✅Maktabning “Zakovat klubi” (PSAD) tomonidan oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab - quvvatlash maqsadida barcha sinflar kesimida "Zakovat" intellektual oʻyinlari o’tkazilib kelinmoqda.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
24.04.2025, 16:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7517
24.04.2025, 16:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7519
24.04.2025, 16:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7515
24.04.2025, 16:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7516
22.04.2025, 20:25
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7514
⚡️QO‘SHALOQ G‘ALABA!⚡️

UAMO-2025: 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, UAMO olimpiadasi har yili Antalya shahrida joylashgan Akdeniz universitetining malakali professorlari tomonidan tashkil etiladi va Turkiya Ta’lim vazirligi tomonidan tan olingan. Ushbu olimpiadada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi; savollar turk va ingliz tillarida taqdim etiladi.

🥈O‘quvchimizni, uning yaqinlari hamda ustozlarini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
22.04.2025, 20:25
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7513
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulbosit Sharifjonov “King Fahd University of Petroleum and Minerals” oliygohiga muddatidan avval 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✅Shuningdek, Abdulbosit Sharifjonov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball, SAT imtihonidan esa 1490 ball sohibidir.

🎓O‘quvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
22.04.2025, 07:17
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7512
22.04.2025, 00:20
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7511
22.04.2025, 00:20
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7510
⚡️Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TIMO 2025 — Turkic International Mathematical Olympiad” xalqaro bosqichida ishtirok etayotgan edi.

✅Olimpiada yakuniga ko‘ra, o‘quvchimiz o‘z yosh toifasi doirasida eng yuqori natijani qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🥇O‘quvchimizni, uning yaqinlari hamda ustozlarini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
22.04.2025, 00:20
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7509
21.04.2025, 17:48
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7508
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova
21.04.2025, 17:48
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7506
21.04.2025, 17:48
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7507
TIMO 2025 Global Round — Antalya

O‘zbekiston terma jamoasining 200 ga yaqin a’zosi hozirda Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TIMO 2025 — Turkic International Mathematical Olympiad” xalqaro bosqichida ishtirok etmoqda.

Terma jamoa tarkibida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon ham bor. Nafaqat o‘quvchimizga, balki butun O‘zbekiston terma jamoasiga ushbu nufuzli musobaqada eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
20.04.2025, 11:44
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7505
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Abdulloh G’ulomov muddatidan oldin “NYU Shanghai” universitetiga 248 ming AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o’qishga qabul qilindi.

🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
18.04.2025, 09:17
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7504
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7502
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7503
#HCI2025 #dayjest

Bugun Saudiya Arabistoniga safarimiz yakuniga yetdi. Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdik. Safar davomida qilingan ishlar, uchrashuvlarni eslatib oʻtsam.

📌 Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

📌 “Hamma uchun SI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etib, soʻzga chiqdim, Oʻzbekistonda raqamli va sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdik.

📌 Saudiya Arabistoni taʼlim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan bilan uchrashib, maktabgacha va maktab taʼlimi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashdik.

📌 Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Al-Djasser bilan kechgan muloqotda transformatsiyaviy taʼlim tashabbuslari, inklyuziv taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlarni muhokama qildik.

📌 Birlashgan Arab Amirliklari taʼlim vaziri Sara Al-Amiri xonim bilan uchrashuvimiz ham yangiliklarga boy boʻldi. Uchrashuvda “Emirates National Schools” bilan taʼlim dasturlari va xalqaro maktab qurish boʻyicha hamkorlik, Abu-Dabi taʼlim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari oʻquvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Xalifa universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi, joriy yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz davlatlari” sammitida ilgari suriladigan taʼlimga doir yangi tashabbuslar xususida fikr almashdik, kelishuvlarga erishdik.

📌 Bugun esa Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻqituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish, xalqaro grantlar jalb etish boʻyicha hamkorlikda ish olib borish, tanlangan maktablarda dastlabki loyihalarni yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalarda hamkorlikni muhokama qildik.

Ushbu uchrashuvlar, kelishuvlar, hamkorliklarning barchasi taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni kuchaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish, zamonaviy yondashuvlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy qilib borish imkonini beradi.

@hilola_umarova
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7498
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7499
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7501
17.04.2025, 13:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7500
17.04.2025, 13:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7497
17.04.2025, 13:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7495
17.04.2025, 13:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7496
📰📰📰📰📰📰📰

O‘zbekiston ta’limida yangi ufqlar sari — “JAD AL-ALMIA” bilan strategik hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

➖ Muloqot davomida O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bunda tomonlar:

➖Zamonaviy raqamli va bosma o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
➖O‘qituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish;
➖Xalqaro grantlar jalb etish;
➖Tanlangan maktablarda pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
17.04.2025, 13:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7494
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo’lib o’tgan “STEM FAIR” ko‘rgazmasidan videolavha.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
15.04.2025, 15:22
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7493
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7487
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7490
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7491
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7485
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7484
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7492
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7488
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7489
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7486
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida “STEM FAIR” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilardan tashkil topgan 40 ga yaqin jamoa o‘zlarining ilmiy loyihalari bilan ishtirok etdi.

➡️Aytish joizki, “STEM FAIR” ko‘rgazmasida o‘quvchilarning kimyo, biologiya, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga oid global muammolar — xususan, iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror energiya manbalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlari nafaqat nazariy qarashlarga, balki amaliy tajriba va eksperimentlarga asoslangan xulosalarga tayanishi bilan e’tiborga loyiqdir.

✅Umid qilamizki, ushbu tadqiqot va tajribalar kelajakda mazkur sohalarning rivojiga o‘zining samarali hissasini qo‘sha oladi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
15.04.2025, 09:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7483
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Steam fair": oʻquvchilarning ilmiy ishlanmalari namoyishi o’tkazildi
#uzbekiston24

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
14.04.2025, 19:09
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7482
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov har bir  videodarsda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida ularda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishayotganidan xabaringiz bor.

✅Bugungi mavzu: Rey Bredberining "Bir kunlik yoz" asari.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
13.04.2025, 15:06
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7481
12.04.2025, 10:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7480
12.04.2025, 10:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7476
12.04.2025, 10:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7478
12.04.2025, 10:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7479
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

➡️Shuningdek, mehmonlar maktabning turli yo’nalishlardagi eng ilg’or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o’quvchilar bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.

📁Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida amalga oshirildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
12.04.2025, 10:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7477
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Firdavs Olimjonov Xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritdi.

🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
11.04.2025, 07:05
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7475
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7471
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7472
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7474
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7470
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7473
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Amir Temurning hayot yo'li va saltanatni boshqarish strategiyalari” mavzusida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

Unda maktab “Zakovat” klubi o’quvchilaridan iborat bo’lgan jamoalar Amir Temur siymosi va temuriylar saltanati bilan bog’liq tarixiy fakt hamda qiziqarli ma'lumotlardan iborat bo’lgan savollarga javob topishdi.

O'zaro kuch sinashgan 4 jamoa loyihadagi umumiy 20 ta savolga jamoa bo'lib javob berish, fikr almashish, savollarni muhokama qilish bilan bir qatorda, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga doir bo'lgan topshiriqlarni ham bajarishdi.

Bu kabi ijtimoiy loyihalar ularning mavzu borasida olgan bilimlarni sinovdan o'tkazish, guruhlarda ishlash ko'nikmalarini yaxshilash uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
10.04.2025, 08:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7469
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7465
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7467
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7462
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7468
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7464
Kitobxonlik tanlovining so'nggi saralash musobaqasi o'tkazildi.

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari bo'yicha Kitobxonlik tanlovi bo'lib o'tdi.

➡️Musobaqa ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
- tanishtiruv;
- asar syujeti yuzasidan savol - javoblar;
- sahna ko'rinishi;
- asar qahramonlarini topish.

➡️Qizg'in bahsda 10- "Green" sinfining "Yulduzli yo'llar" jamoasi g'olib bo'ldi va final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

✅Hakamlar hay'ati raisi sifatida taklif etilgan mehmon - Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov o'quvchilarning nafaqat bilimi, balki ijro mahorati ham tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

📚Kitobxonlik tanlovi davom etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7463
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7466
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7460
9.04.2025, 06:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7461
📆Joriy yilning 11-aprel kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida “STEM FAIR” tadbiri bo'lib o'tadi.

STEM FAIR— tabiiy fanlar yo'nalishida o'quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar ko'rgazmasi bo'lib, har yili bir marta tashkil etiladi.

Tadbirda o'quvchilar o'z loyihalarini namoyish etib, bilim va ko'nikmalarini amaliy tarzda sinovdan o'tkazadilar. Bunday loyihalar kelajakda ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalarida muhim yangiliklar va innovatsiyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Ko'rgazma yosh ixtirochilarga o'z bilimlarini amalda qo'llash, yangi g'oyalar asosida kelajakda katta loyihalar yaratish uchun mustahkam poydevor qurish imkonini beradi.

Loyihalarni oliy ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professorlar va soha mutaxassislari baholashadi. Har yili o'tkaziladigan ko'rgazmadan farqli ravishda, bu o'quv yilida matematika va robototexnika yo'nalishlarida ham o'quvchilar o'z loyihalarini namoyish qiladilar.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
7.04.2025, 10:28
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7459
⚡️Toshkent davlat texnika universitetida "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida "Oliygoh kubogi" tanlovi boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilaridan tuzilgan 3 ta jamoa ishtirok etib, o’z yosh toifasi doirasida 1-2-3-o’rinlarni qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “INNO" texnoparkida bo’lib o’tgan tanlovda Robototexnika, Kiberxavfsizlik va Sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar oʻzaro kuch sinashib, Robototexnika tanlovida 9 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yosh iqtidorlar ham ishtirok etgan.

O’quvchilarimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
6.04.2025, 16:34
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7458
⚡️Agar kanalimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov har bir  videodarsda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida ularda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishmoqda.

✅Bugungi mavzu: Aleksandr Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy romani.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
6.04.2025, 15:07
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7457
#Robo_coding

📣📣📣📣📣

O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILADI

🤖 Joriy yilning 5-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichi bo‘lib o‘tadi.

✅Olimpiadada hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5–6-sinf va 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.

🏆 Olimpiada :
➖Robototexnika,
➖Muhandislik,
➖Dasturlash yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi.

✨Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
4.04.2025, 07:40
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7456
#Õzbekiston_tarixi
#40_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Amir Temur davlatining boshqaruvi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Amir Temurning davlat boshqaruvidagi islohotlari aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
31.03.2025, 12:46
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7455
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ustozlar va o'quvchilar!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Bu ulug‘ ayyomda, barcha ezgu tilaklarimizni sizlarga, shuningdek, sizning oila a'zolaringizga yo‘llaymiz.

Ramazon oyining o‘ziga xos ruhi va barakasi, albatta, har birimizning qalbimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlasin. Yangi boshlanayotgan hayotingizda xotirjamlik, baxt va tinchlik doimo hamrohingiz bo‘lsin. Ramazonning muhabbat va mehr-oqibatga to‘la ruhi, har bir oilada bir-biriga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada kuchaytirsin.

Ezgu amallar, orzularingizning amalga oshishi va omad sizning barcha ishlaringizda doimiy hamroh bo‘lsin. Har bir kuningiz baxt, muvaffaqiyat va saodat bilan to‘lsin.

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ma'mura Tadjibayeva,
Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
30.03.2025, 06:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7454
Hayit ayyomiga xos qaysi odatlar sizga ko‘proq yoqadi? Masalan, men uchun yaqinlarni yo‘qlash va ularning holidan xabar olish juda zavqli qadriyatga aylangan.

Shu sababdan, muborak ayyom bahonasida uzoq yillardan beri mehnat qilayotgan ustozlarimizni yo‘qladik.

Matematika faxriysi, qator darsliklar muallifi, ayni damda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida faoliyat yuritayotgan ustozimiz Mirfozil Mirzaahmedovning samimiy qiyofasi va hayotiy mulohazalari ruhiyatimni ko‘tardi.

Uzoq yillik pedagog, 20 yildan ko‘proq vaqt davomida maktab rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan Nargiza Karimova esa o‘zining irodasi va qat’iyati bilan meni hayron qoldirdi. Ustozimiz shu kunlarda og‘ir xastalik bilan kurashmoqdalar. Vazirlik ustozni hamisha moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Sizlar ham duolaringizda eslab qo‘yishingizni istardim.

Qanday yaxshi ustozlarimiz bor. Bir soha rivoji uchun butun umrini bag‘ishlaydi va shunchaki yo‘qlab qo‘ysangiz ham "ovora qildik", deb hijolat bo‘ladi. Men tizimdagi mana shunday faxriylarimiz bilan g‘ururlanaman. Bilaman, bunday ustozlar yurtimizda juda ko‘p. Imkonim bo‘lganida har biringizni yo‘qlardim.

Aziz oilam, muborak ayyom arafasida hurmatimni va tabrigimni qabul qiling! Keyingi yil shu kunlarga omonlikda yetkazsin!

@hilola_umarova
30.03.2025, 06:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7453
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ustozlar va o'quvchilar!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Bu ulug‘ ayyomda, barcha ezgu tilaklarimizni sizlarga, shuningdek, sizning oila a'zolaringizga yo‘llaymiz.

Ramazon oyining o‘ziga xos ruhi va barakasi, albatta, har birimizning qalbimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlasin. Yangi boshlanayotgan hayotingizda xotirjamlik, baxt va tinchlik doimo hamrohingiz bo‘lsin. Ramazonning muhabbat va mehr-oqibatga to‘la ruhi, har bir oilada bir-biriga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada kuchaytirsin.

Ezgu amallar, orzularingizning amalga oshishi va omad sizning barcha ishlaringizda doimiy hamroh bo‘lsin. Har bir kuningiz baxt, muvaffaqiyat va saodat bilan to‘lsin.

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ma'mura Tadjibayeva,
Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
30.03.2025, 06:02
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7452
O’zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.03.2025, 19:19
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7451
27.03.2025, 17:09
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7449
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло