❗️E’lon
Mahsulot va xizmatlarni Halol standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish organini OIC/SMIIC-2:2019 “Conformity Assessment – Requirements for Bodies Providing Halal Certification” xalqaro standarti bo‘yicha akkreditatsiyaga tayyorlash uchun xalqaro konsalting kompaniya (xalqaro ekspert) jalb qilinadi.
Konsalting kompaniya SMIIC standartlari bo‘yicha tegishli malakaga ega bo‘lishi, kamida 2 ta sertifikatlashtirish organini Turkiyaning Halol akkreditatsiya agentligi (HAK) da akkreditatsiyadan o‘tkazishda konsalting xizmati ko‘rsatgan bo‘lishi kerak.
Bajariladigan xizmatlar:
Halol sertifikatlashtirish organini protsedura hujjatlarini tayyorlash;
Yozuv formalarini tayyorlash;
Instruksiyalar tayyorlash;
Tartiblarni ishlab chiqish;
Boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqish;
Halol sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;
Ishlab chiqarish korxonalarini organning akkreditatsiya sohasiga muvofiq Halol standarti bo‘yicha baholash;
Ishlab chiqilgan hujjatlarni ingliz tilida tayyorlash.
Bog‘lanish uchun:
+998935559888
sunnatilla.saidovuzstd@gmail.com
management@uztest.uz
➡️
Telegram |
Web-sayt |
Instagram |
Facebook |
YouTube