#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
📌3D formatdagi piyodalar yo‘lagi chizildi: xavfsizlikka innovatsion yondashuv
📞Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hududidan o‘tgan D235 (4R177) “Qonliko‘l” temir yo‘l stansiyasi – Shumanay shahri – Qoraboyli temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 43–44-kilometr oralig‘ida piyodalar o‘tish joyi zamonaviy ko‘rinishda yangilanib, 3D formatda chizildi.
◾️Mazkur loyiha orqali yo‘lovchilar, ayniqsa piyodalar uchun xavfsizlikni ta’minlash, haydovchilar e’tiborini piyodalar yo‘laklariga qaratish hamda harakat tezligini me’yorida ushlab turish maqsad qilingan.
🌐3D piyodalar o‘tish yo‘lagi — bu optik illyuziya asosida chizilgan yo‘l belgisi bo‘lib, haydovchi uni ilk ko‘rishda yo‘l yuzasida baland quti yoki to‘siq mavjuddek qabul qiladi. Ushbu vizual effekt natijasida haydovchilar avtomatik ravishda tezlikni kamaytiradi, e’tiborini oshiradi va bu orqali piyodalar uchun xavf kamayadi.
📍Bu kabi innovatsion usul ilk bora bir necha yil avval Hindistonning Gujarat shahrida joriy etilgan. Keyinchalik Islandiya, Xitoy, Rossiya, Fransiya, AQSh kabi davlatlarda ham keng tatbiq etilgan. Ayniqsa, maktablar va aholi zich yashaydigan hududlar yaqinida bu yo‘l chizmalarining samarasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
🇺🇿 Respublikamizda zamonaviy 3D formatdagi piyodalar yo‘lagining joriy etilishi – yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion qadamdir. Bunday amaliyotlar nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki mahalliy yo‘l infratuzilmasining zamonaviylashuvida ham muhim rol o‘ynaydi. Kelgusida bu kabi texnologiyalar boshqa hududlarda ham kengroq tatbiq qilinishi kutilmoqda.
✅
Telegram | ✅
Facebook |📹
You Tube 🌐
Website ▪️
Instagram