Qanday qilib bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish mumkin?
1. O‘ziga mos kitob tanlashga yordam bering.
Har bir bolaning qiziqishi har xil: kimdir sarguzashtni yoqtiradi, boshqasi hayvonlar haqida o‘qishni.
Yoshiga va qiziqishiga mos kitoblar tanlang.
2. Kitob o‘qishni o‘yin shakliga aylantiring.
Har kuni belgilangan vaqtda “kitob vaqti” deb e’lon qiling.
O‘qigan hikoyalar bo‘yicha kichik viktorinalar, rolli o‘yinlar qiling.
3. Kitoblarni vizual va jozibador qiling.
Rangli illyustratsiyalarga boy kitoblar bolalarda diqqatni ushlab turadi.
Komiks, rasmlar bilan boyitilgan kitoblar bilan boshlash foydali bo‘ladi.
4. Namuna bo‘ling.
Agar bola ota-onasi yoki ustozini kitob o‘qiyotganini ko‘rsa, bu unga kuchli motivatsiya bo‘ladi.
Birga o‘qish – o‘ziga xos mehrli vaqt.
5. Kutubxona yoki kitob do‘koniga birga boring.
Bola kitob tanlashda ishtirok etsa, o‘sha kitob unga qadrliroq bo‘ladi.
Kitob tanlash jarayonini ham qiziqarli sarguzashtga aylantiring.
6. O‘qilgan kitob haqida suhbat qiling.
“Senga eng yoqqan qahramon kim?”, “Shu voqea hayotingda bo‘lganmi?” kabi savollar bering.
Bu bolani fikrlash va kitob haqida o‘ylashga undaydi.
7. Kitob sovg‘a qiling.
Tug‘ilgan kun, bayram yoki yaxshi xulq uchun sovg‘a sifatida kitob bering.
8. Multfilm, film va kitoblarni bog‘lang.
Sevimli multfilmlar asosida yozilgan kitoblarni toping.
Masalan, “Terabiya ko'prigi” ning
filmini ko‘rgach, uning
kitobini berish – o‘qishga qiziqishni oshiradi.
Darvoqe, bu kitobni
Kichkina shahzodaning yonidagi inson tarjima qilgan)🔸
Zabarjad Media — eng yaxshisini ilinamiz!