Matbuot kotiblarining ish samaradorligi baholandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024 yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samarad
orligi baholandi.
2024 yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan baholangan jami 150 ta tashkilot va idoraning 45 nafar matbuot kotibi (30%)ning ish natijalari yuqori, 59 nafari (39,4%)niki o‘rta darajada baholangan bo‘lsa, 38 nafari (25,4%)niki qoniqarli, 8 nafari (5,2%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.
Ro‘yxatdagi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi Sh.Axmatov, AT “Aloqabank” matbuot kotibi Z.Yunusova, UZTELECOM matbuot kotibi T.Mamajonov, Markaziy bank matbuot kotibi A.Nazarov kabilar chindan ham yaxshi o‘rinlarga munosib. Ularni har doim faol va ochiq ishlaydigan matbuot kotiblar safiga kiritish mumkin.
https://t.me/TOSHVIL_SPORT