#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sport
⚡️Quyi Chirchiq tumanida futbol bo‘yicha DXX kubogiga start berildi
📍O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi tuman bosqichiga start berildi.
📍Unda 16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun kuch sinashishi ko‘zda tutilgan.
📍Kubokning tuman saralash musobaqalari aprel-may, viloyat bo‘yicha saralash bahslari iyun-iyul va respublika final musobaqalari avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish
👇
@Sardor_Ikramovich