🗣 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
milliy kengash yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish yuzasidan Sport vazirligida iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.
💬 Vazirlik va idoralar hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining professional bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘qishda Sport vaziri o‘rinbosari Murad Ismailov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Mironshoh Rasulov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova hamda zoom orqali viloyat Sport boshqarmalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
⚡️ Yig‘ilish davomida agentlik mas’ul xodim M.Rasulov tomonidan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar, jahon tajribasida bu illatga qarshi kurashishning qanday usul va vositalari qo‘llanilayotganligi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, Toshkent davlat yuridik universiteti professori S.Niyozova Prezidentimiz tomonidan 2025-yilning 5-mart sanasida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan tizimda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ma'lumot berdi berildi.
⏺Shuningdek, iqtisodiy o'qish mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 21-aprelidagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi
PF-71-son Farmoni hamda "Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-147-son Qarori mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan tushuntirib berildi.
Web-Sayt |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube