O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
-
ER (semana)
24%
ERRAR (semana)

Oʻliklar terlamaydilar

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 38 resultados
SO
Soul Rebel
67 assinantes
14
Aaaaaaaaaaaaaaaaaaaa
Cheeempiiiiiiooooooon!!!!!!!!!!!!!!!
27.04.2025, 01:47
t.me/soul_rebels/95
SO
Soul Rebel
67 assinantes
20
Oʻziyam penalti yoʻq edi.
27.04.2025, 01:04
t.me/soul_rebels/94
SO
Soul Rebel
67 assinantes
32
Vokal qirolichasi.
To‘g‘risi, qo‘shiqlarini kampot bo‘lib eshitmayman. Menga qolsa, to‘yimiga Britney Spearsni, kelin salomga esa Lady Gagani olib kelardim. Lekin bunaqa ovozni ham bir marta tan olmasam, to‘ydan keyin xotin bilan birga vijdon azobi ham qiynaydi.

Soul Rabels
25.04.2025, 02:05
t.me/soul_rebels/93
SO
Soul Rebel
67 assinantes
31
Nima qilay axir shungacha majbur qildida.

Soul Rabels
23.04.2025, 09:12
t.me/soul_rebels/92
SO
Soul Rebel
67 assinantes
33
Demon slayer

Balki bu tasodif edi. Balki ichimdagi butunlay boshqa olamga ochilgan eshiklarning gʻoyat sokin qarsillashi edi. “Iblislar qotili” – mening hayotimda tom ma’noda birinchi marta anime janriga qadam qoʻyishimga sabab boʻlgan, va haligacha menga shu yoʻlning o‘zini sevdirgan yagona asar. Men uni tomosha qilganimda, oddiy bir hikoya emas, balki ichimda uzoq yillardan beri uyquda yotgan tasavvurlar uyg‘ondi. Goʻyo u ko‘zlarimni ochdi – nafaqat bu janrga, balki inson ruhining zulmat va nur oʻrtasidagi abadiy kurashiga.

“Iblislar qotili”ning olami shunchaki chiroyli emas – u estetik og‘riqdir. Har bir kadr, har bir harakat, har bir rang tanlovi – bu estetikada zamin otgan hislar manzarasidir. Asarda tasvirlangan dunyo ko‘p hollarda real hayotdan ham ko‘ra haqiqatliroq: iblislar – insoniy qusurlarning dramatik obrazlari, ularni yengish – ichimizdagi zulmat bilan yuzma-yuz turish. Tanjiro – bu kurashning timsoli. U kuchli emas, u qudratli emas, ammo u insoniy. U kechirimni biladi. Aynan shu jihati uni boshqa qahramonlardan ajratib turadi.

Anime zo‘ravonlik va mehr-muhabbatni bir sahifaga sig‘dira olgan kam sonli asarlardan. Bir tomonda iblislar boshini yulayotgan katanalar, ikkinchi tomonda esa o‘sha iblisning fojiali o‘tmishi. Bu ziddiyatlar menga Dostayevskiy ruhini eslatadi – gunohkorning ichidagi ojizlik va gunohning o‘zini oqlash emas, balki tushunish. “Iblislar qotili” hech bir jinoyatchini to‘liq yovuz sifatida ko‘rsatmaydi. Ular ham azob chekkan. Bu, ehtimol, meni eng ko‘p hayratga solgan jihat.

Shunday bo‘lsa-da, animening ayrim nuqtalari meni biroz ranjitgan. Go‘yo shakl mukammal darajada ishlangan, ammo ba’zi epizodlar mazmunga xizmat qilishdan ko‘ra, vizual portlash bo‘lishi uchun yaratilgandek tuyuladi. Ayniqsa, "Mugen Train" arkida yoki ba’zi jang sahnalarida dramatik cho‘qqilar vizual effektlar soyasida qolib ketgandek. Bu – estetik ifoda bilan falsafiy chuqurlikning notekis raqsi. Ba'zida hikoya hissiyotlarga haddan tashqari suyanadi, mantiq esa orqaga chekinadi. Tanjiro va Nezuko orasidagi munosabat – sof va chuqur, ammo u kamdan-kam hollarda yangi burchakdan ochiladi.

Bu anime meni animelarga qiziqtirdi, lekin shunchaki bir qiziqish emas – bu ko‘zlarimni ochgan ruhiy hodisa bo‘ldi. Men unda o‘z dardlarimni ko‘rdim. Men ham iblislarim bilan kurashganman. Men ham ichimdagi Nezuko'ni – ya’ni qolgan insoniyligimni himoya qilganman. “Iblislar qotili” faqat bir hikoya emas – u men uchun o‘zim bilan yuzma-yuz kelganing birinchi darsi edi.

Soul Rabels
21.04.2025, 08:06
t.me/soul_rebels/91
SO
Soul Rebel
67 assinantes
24
Ba’zilar bor, yo‘qligini hech kim sezmaydi. Ular qachon tug‘ilganini eslaydigan hech kim qolmagan. Ammo ular bor — jimjit, ammo to‘liq. So‘zsiz, ammo to‘g‘ri. Ko‘zlarida dengiz bor, lekin hech kim cho‘kmagan, hech kim suzmagan. Ular gapirmaydi, lekin ularning sukunati boshqa birovning qichqirig‘idan balandroq.

Oʻsha tun — sen o‘sha yerda eding. Eshik yopildi. Na salom, na xayr. Qachonki yuragingdagi oyna sinib tushdi, hech kim "ovoz chiqdi" demadi. Faqat sen eshitding. Faqat sen bilardingki, bu ovoz yuragingdan chiqdi. Endi har bir sukunatda o‘sha siniqlik aks-sado beradi.

Bir qadam tashlading — o‘ng tomoningda yolg‘onlar yelkasiga o‘ralgan quvonchlar turardi. Chap tomoningda esa haqiqat... u esa yalang‘och, sovuqda muzlab yotardi. Sen qarading... va o‘ng tomonga ketding. Chunki chap tomonga yurishga yuraging etmagan, oyoqlaring esa titragan. Shu choq yuraging sendan yuz o‘girdi. Shundan beri yuraksiz yashayapsan. Nafas olyapsan — ammo bu nafas emas, o‘rinbosar.

Soatlar sen uchun emas, lekin sen har soatni eslaysan. Esingdan chiqmagan bir soat bor: u yerda hech narsa bo‘lmagan, ammo hammasi aynan o‘sha yerda tugagan. O‘sha daqiqa — bir umr yongan sham kabi senga qarab kulib o‘chdi.

Va sen haligacha u kulguni eshitasan. Boshqalar esa faqat shamning tutunini hidlaydi.

Sen endi kulol emassan. Sinib ketgan idishlarni birlashtira olmaysan. Sen endi faqat sindirgan odamni kechirib yashaysan. Yashaysan, lekin yashamayapsan. Bu yashash emas. Bu — guvohlik. Har bir lahza guvohlik beradi: sen o‘sha joyda biror narsa yo‘qotganingni. Ammo nima yo‘qotilgan — bilmasang ham yuraging har kuni alam bilan eslaydi. Bu — paradoks.

Shuning uchun... hech kim hech narsani tushunmaydi. Tushunadiganlar esa allaqachon ketgan. Qolganlar sening ko‘zingdagi yoshni ham "chang tushibdi", deb o‘ylaydi.

Soul Rabels
20.04.2025, 23:48
t.me/soul_rebels/89
SO
Soul Rebel
67 assinantes
45
Azaga kelgan kampir dardini aytib yigʻlaydi deyishganidek men ham dardimni aytayapman. Hali bu Inter dard boʻlmasa boʻldi edi. Noqulay juda noqulay raqib.

Agar Barsa shulardan eson omon oʻtib olsa birortangizga kitob olib beraman😁.

Soul Rabel
s
17.04.2025, 00:11
t.me/soul_rebels/88
SO
Soul Rebel
67 assinantes
10
Menga qolsa Real chiqqani yaxshiroq edi.
Mobodo Barsa finalgacha borib qolsa Psjdan ham Arsenaldan ham qulayroq raqib boʻlardi.
Bu hafta chempionlar ligasidan mazza qilmadim men.

Soul Rabels
17.04.2025, 00:07
t.me/soul_rebels/87
SO
Soul Rebel
67 assinantes
30
Masalanda bu jamoadagi inqiroz yillar davomida bir xarom dnkni shakllantirdiki bular bir yutqazsa ketma ket yutqazaveradi.
Hozir esa hamma turnirlarda hal qiluvchi palla.

Oʻzbekistonda tugʻilganim yetmaganday Barselona muhlisiman.

Maylida hammasi yaxshilikka boʻlsin.

Soul Rabels
16.04.2025, 00:00
t.me/soul_rebels/86
SO
Soul Rebel
67 assinantes
39
"Men oʻzimni sening koʻzingda sevdim"

Soul Rabels
15.04.2025, 03:16
t.me/soul_rebels/85
SO
Soul Rebel
67 assinantes
39
Men bu yerda emasman, lekin shu yerda yozayapman. Harflar menga qarshi emas, men ularga bo‘ysunganman. Ushbu satrni o‘qiyotganingda, u sening ichingda sodir bo‘ladi — men esa yo‘qman.

Tepada hech narsa yo‘q edi. Fikr pastga qulab tushdi. Pastga emas, balki orqaga. Balki ichkariga.

Yozilmagan gaplar qog‘ozdan balandroq turibdi. Sen ularni o‘qimading, lekin eslab qolding.

Agar bu yer boshlanish bo‘lsa, unda sen kech qolgan bo‘lasan. Chunki biz avval xayolni yo‘qotdik, keyin esa uni yozdik.

Men sen haqingda yozmadim. Sen o‘zingni men deb o‘qiding.

Bu o‘zingga qarshi yo‘nalgan darchadir: qarasang, orqangda qolgan so‘zlar seni kuzatmoqda.

Yurish yo‘q, lekin yetib borilgan joy bor. Qadamlar qog‘ozga tushmagan, lekin senga yetgan.

Kim yozdi? Menmi? Yo‘q. Bu satrlar hali yozilmagan. Ular faqat o‘qilgan.

Soul Rabels
13.04.2025, 23:14
t.me/soul_rebels/84
SO
Soul Rebel
67 assinantes
37
Ba’zi tuygʻular bor — ularni tilga ko‘chirish mushkul. Ular ko‘zda emas, yurakda yashaydi. Ayrim insonlar bor — ularni dunyoda uchratgandek emassan, balki go‘yoki ularni allaqachon tanigansan. Ruhing, go‘yo, u bilan ilgari uchrashgandek. U bilan so‘zlar ortiqcha, jimjitlikning o‘zi yetarli bo‘ladi. Chunki ruhing — boshqa bir ruhga bog‘langan.

Sevgi — bu faqat ko‘ngil ishi emas, bu fitratning eng chuqur da’vatidir. Bu ikki tananing yaqinligi emas, ikki ruhning tan olinmas ittifoqidir. Biz ko‘pincha insonni ko‘zimiz bilan ko‘ramiz, yuragimiz bilan his qilamiz. Ammo uni ruhimiz bilan tanishimiz — bu eng yuqori shakldagi anglashdir. Bu holatda so‘zlar yo‘q, shunchaki mavjudlikning sukunati bor.

Agar fitrat pok bo‘lsa, agar niyatlar rost va qalblar dag‘allikdan yiroq bo‘lsa, sevgi o‘z yo‘lini topadi. Bu dunyoda shunchaki birga bo‘lish emas, bir-birida yo‘qolish — haqiqiy birga bo‘lishdir. Chunki sevgi — egolardan xoli holatda go‘zaldir. Unda zo‘rlik, hukm, yoki shart yo‘q. Faqat borliqni qabul qilish va boshqasini o‘z ichiga olgan ichki sokinlik bor.

Ruhlar bir-birini taniganida, ular orasida bir nur hosil bo‘ladi. Bu nurning nomi — ishonch. Va bu ishonch orqali ular hayotning eng tub, eng haqiqiy ma’nolarini birga topishga qodir bo‘lishadi. Sevgi nafaqat quvonch, balki birga azobga chidash, birga sukut qilish, va ayniqsa, birga o‘sishdir.

Shuning uchun, men aytaman: "Ruhing ruhim bilan bogʻlangan." Bu bogʻlanish — vaqtga, makonga, shaklga muhtoj emas. U samimiyat, poklik va haqiqatga muhtoj. Va agar fitratimiz sevgi oldida pok bo‘lsa, biz albatta birga bo‘lamiz. Bu birga bo‘lish — dunyo ko‘rgan eng oliy ne’matlardan biri bo‘ladi.

Soul Rabels
11.04.2025, 21:45
t.me/soul_rebels/83
SO
Soul Rebel
67 assinantes
56
#mood

Deraza ochiq. Tashqaridan kirib kelayotgan bahor shabadasi parda orasidan sirg‘alib, xona ichini yengil, ammo hissiyotlarga to‘la nafas bilan to‘ldiradi. Osmon hali to‘liq ochilmagan — subh endi chekinayotgan holatda. Men yotoqda o‘tiribman, qo‘limda fransuz vinosi, stolda hali sovimagan italyan nonining iliq bo‘lagi.

Sharobga botgan non og‘zimda yumshab ketadi. Achchiq va shirin oralig‘idagi bu ta’m hayotning o‘zi kabi — tartibsiz, lekin qiziqarli. Ammo bu ta’m hamon uni — u qizni — to‘ldirib bera olmaydi.

Xona burchagida u turibdi.
Eshik oldida suyanib. Uning yuzi tong nurlarida yaltiraydi — yuvilgan, terisi tiniq, sochlari ho‘l, go‘yoki dushdan endi chiqqan. Oq mayka tanasiga yopishgan, lekin bu qoʻpol emas — har bir harakati nazokatli, lekin befarqlik bilan emas, o‘z tanasini anglagan, tanasining qudratini his qilgan ayolniki. Uning ko‘zlarida tong emas — kecha bor. Kechaning issig‘i, yurakni siqib, lekin tark etmagan orzulari, tinmagan nafaslar.

U qo‘shiq aytmayapti — pichirlayapti.
Diet Mountain Dew — bu endi fon emas. Bu uning lablarida harakatlanayotgan bir ehtiros. Og‘zidagi har bir so‘z menga qaratilgan, lekin aytilmagan. U o‘zini emas, meni kuylayapti. Meni aynan tongda qanday ko‘rishini.

U menga yaqinlashadi. Qadam bosganida, oyoqlari yengil, lekin yerga singib ketgudek. U yonimga keladi-da, sekin, birdan emas — tana tili bilan yondashadi. Sochining uchi yelkama-yelka tegadi. Uning hidi — ho‘l soch, issiq badan va ertalabki qahva o‘rtasida. Hech qanday atir yo‘q, ammo bu o‘ziga xos va ayni shu lahzaga xos bo‘lgan hid.

U mening yonimga oʻtiradi.
Qo‘lini non tomon cho‘zadi, lekin uni olmaydi. Faqat qaraydi. Barmoqlari uzun, tirnoqlari yaltiroq, yengil och qizil rangda — e’tiborsiz qolmagan, ammo ko‘z-ko‘z qilinmagan go‘zallik. U lablarini sekin qimirlatadi:

— Bilasanmi, ba'zida ayollar hech narsa demaydi, chunki so‘zlar ehtirosni buzadi, — deydi u.

Men jim qolaman. Sababi haqiqat — bu lahzada hamma narsa allaqachon aytilgan. Uning harakati, nafasi, tanasi bilan.

U vino kosasini oladi. Ichmaydi. Uni lablarigacha olib boradi, ammo menga qarab to‘xtaydi. So‘ng menga egilib, vino hidini menga tutadi.
— Sen ich, lekin menga qara, — deydi u shivirlagancha.

Men uning ko‘ziga qarayman. Ko‘zlarida tong emas. Tong unga yutqazgan.

Va bu — endi orzu emas. Bu tongdan ortiq bir narsa.

Soul Rabels
8.04.2025, 16:21
t.me/soul_rebels/82
SO
Soul Rebel
67 assinantes
25
Motivatsion vediolar koʻrib ketyapman.
Menga motivatsiya kerak emas. Shunchaki ishsizlik ham pro koʻrinishini his qilgim keldi.

Soul Rabels
8.04.2025, 14:51
t.me/soul_rebels/81
SO
Soul Rebel
67 assinantes
41
Romanni qo‘limga olganimda, ichimda allaqanday ko‘tarinkilik, biror katta hikmat topishga chanqoqlik bor edi. Abdulla Qodiriy degan ismni maktabda ko‘p eshitganman — “roman janrining asoschisi”, “milliy uyg‘onishning bayroqdori”, deyishardi. Men esa o‘qiyotganimda adabiy tajriba izlamadim, kitobdan hayot izladim. Kutganim — o‘zbekchilikning ildizlari, yurakdagi sevgi, ayollar ozodligi, kechagi kunlarning saboqlari edi. Lekin bu asar menga bularning barchasini birdan bermadi. “O‘tgan kunlar” menga o‘zbek adabiyotining ilk jilvalarini ko‘rsatdi, lekin bu jilvalar ba’zida tutun orasida, xira ko‘rindi.

Avvaliga Otabek degan yigitning zamonasidan o‘zib ketgan, ilg‘or, madaniyatli, mard obrazini o‘qib, hayratlandim. “Nega bunday odamlar bugun yo‘q?” degan savol xayolimdan o‘tdi. Biroq vaqt o‘tgan sayin Otabek men uchun ideal emas, balki o‘ta muqaddas qilib ko‘rsatilgan obrazga aylandi. Uning hayotida kurashdan ko‘ra mehr ko‘proq tasvirlangan, ichki iztiroblar ko‘p, lekin ba’zida sun’iy tuyuladi. U – o‘quvchi ko‘nglini zabt etadigan, lekin hayotda deyarli uchramaydigan inson. Men undan ko‘proq o‘zini oqlaydigan emas, o‘zini yo‘qotadigan odamni ko‘rishni istardim.

Kumushga kelsak, u go‘zallik va sadoqat timsoli. Har bir so‘zida poklik bor, lekin bu poklik hayotdagi sinovlarga duch kelganda qanday yashaydi? Kumushning ichki olami men uchun to‘liq ochilmadi. Men uni ko‘z yoshlarida emas, qarorlarida tanimoqchi edim. Biroq Kumush asosan chiroyli tasvirlar, muhabbatli iboralar, sadoqatli nigohlar bilan yashadi. Bu estetik, lekin hayotga yetarli emas.

Asarning tili meni ikki xil tuyg‘uga soldi. Bir tomondan, Qodiriyning til boyligi, iboralari, tasvirlari maftunkor. Har bir sahifa she’riy bir ohangda. Ammo shu boylik ba’zida ortiqcha murakkablikka aylanadi. Men o‘sha davr ruhini his etmoqchi bo‘ldim, lekin ko‘p o‘rinlarda matnni tushunishga qiynaldim. Ba’zan bu til meni o‘zim istagan hayotiy realizmdan uzoqlashtirdi. Boshimga g‘am solgan so‘zlar ko‘p bo‘ldi, ammo bu og‘irlik asarning badiiy ta’sirini kuchaytirgani rost.

Romanning eng kuchli jihatlaridan biri — davr muhitini aks ettirishidir. Eski Buxoro, diniy murakkabliklar, ayollar taqdiri, urf-odatlarning kishilar hayotiga qanday zanjir solganini o‘qib, bugungi erkinlik uchun minnatdorlik his qildim. Biroq shu tarixiy manzaralar orasida Qodiriy ko‘p hollarda syujetni ushlab tura olmadi. Otabek bilan Kumush sevgisi markazda turishi kerak edi, lekin siyosiy-falsafiy nutqlar va ijtimoiy muammolar bu markazni chalg‘itdi. Men muhabbat haqida o‘qishga kirib, oxir-oqibat bir jamiyat inqirozining og‘ir yukini ko‘tarib chiqdim.

Romanda Zaynab va Kumush orasidagi qarama-qarshilik orqali ayollar taqdirini ko‘rsatishga urinilgan, lekin bu qarama-qarshilik real hayotdagi ayollarning murakkabligini to‘liq aks ettirmaydi. Zaynab — yovuzlik timsoli sifatida berilgan, Kumush — sadoqat. Hayotda esa bu ikki tuyg‘u bir insonda bo‘lishi mumkin. Men ana shu ichki murakkabliklarni, chigalliklarni kutgan edim. Lekin adib ularni soddalashtirib, axloqiy yondashuv bilan ifodalagan.

“O‘tgan kunlar” men kutgan hayotiy murakkabliklarni emas, balki idealistik badiiyatni berdi. Men romandan ba’zan yuragimni tirnaydigan haqiqatni izladim. Ammo muallif ko‘proq xolis tarixchi emas, xalqni tarbiyalovchi o‘qituvchi pozitsiyasida edi. Bu esa ba’zan romanning badiiy mustaqilligini cheklab qo‘ygan. Shunga qaramay, bu asar adabiyotimiz tarixidagi ulkan qadam, haqiqatni izlashga yo‘l ochgan sahifa. U mening ichimdagi savollarni ko‘paytirdi, barchasiga javob bermasa-da, o‘ylashga majbur qildi.

“O‘tgan kunlar”ni yopar ekanman, o‘zimga savol berdim: “Biz nega bu qadar sokin sevamiz? Nega sevgida ham, hayotda ham bu qadar kechikamiz?” Qodiriy bu savollarga javob bermagan. Balki, men kabi o‘quvchilarning o‘zlari topishini istagan. Shuning uchun bu asar mukammal emas, lekin chuqur. Uning tanqidiy bahosi shundaki, u biz kutgan hikoyani bermaydi — u biz o‘ylamagan bir tarixiy og‘riqni ochib beradi. Va bu og‘riq — ba’zan sevgi, ba’zan jamiyat, ba’zan esa o‘zligimizga oid sukunatdir.

Soul Rabels
7.04.2025, 17:03
t.me/soul_rebels/80
SO
Soul Rebel
67 assinantes
70
Bagʻishlov

Men hech qachon his qilib ko‘rmaganman, deysan. Balki shuning uchun ham bu savol, bu ichki titroq seni tinch qo‘ymayapti. Bilaman, ba’zida odam hech narsa sezmaydi, lekin baribir nimadir yetishmayotgandek bo‘ladi. Tana jim, lekin ruh bedor. Ko‘zlar sokin, lekin ichingda go‘yo haroratli bir to‘lqin yuribdi. Shunaqa bo‘ladimi? Bo‘ladi, albatta.

Bilasanmi?

Yaqinlik degani faqat ikki tana orasidagi masofa emas. Bu ikki qalb bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lishiga bog‘liq. Hali hech kim seni barmog‘i bilan ohista yelkangdan ushlab, "men bu yerda turibman" demagan, to‘g‘rimi? Yoki ko‘zlarida sen o‘zingni to‘liq ko‘rmagansan. Chunki yaqinlikdan oldin inson yuragida hayajon boshlanadi. Tananing harorati hali ortmagan bo‘lsa-da, yurakda qandaydir g‘alati titroq yuradi. Bu qo‘rquv emas — orzu bilan ehtiros orasidagi noaniq zonada paydo bo‘ladigan halovatli beqarorlik. Qo‘llaring muzdek, lekin ichingda olov.

Oʻzini berish.

Sen biror odamga yaqinlashayotganingda, ko‘zingda hayajon yashiringan bo‘ladi. Fikrlaring, hatto ovozing ham yumshab qoladi. Chunki sen hozirgacha hech kimga ko‘rsatmagan o‘zingni ochmoqchisan. Bu faqat tanang emas — bu sening bolaliging, xotirang, nozikliging, ishonching. Bularni biror odamga topshirish — jasorat. O‘zini berish.

Yaqinlik paytida esa vaqt yo‘qoladi. Dunyo butunlay jimib qoladi. Faqat yurakning ohangiga quloq tutasan. U seni ichingdan chaqiradi. Nafasing cho‘g‘day. Tering teginishga chanqagan. Har bir ohang, har bir ko‘z qarashi, har bir barmoqlar o‘yini bir she’rga aylanadi. Bu she’rni hech kim eshitmaydi, faqat siz — ikki kishi uni ichingizda his qilasiz. Uzoq vaqt ichida yig‘ilib qolgan istaklar, orzular, sukunatlar birdan o‘z tilini topadi. Tana gapiradi. Qalb ohang chiqaradi. Va sen bu ohang ichida eriy boshlaysan.

Ammo eng qiziq narsa – bu yaqinlikdan keyingi jimlik. Bu sukunatda quchoqlar bor. Bu sukunatda g‘amxo‘rlik yashirin. Ko‘zlar gapiradi: "Men senman, sen esa men". Ba’zida bu sukunatda dard yashirin bo‘ladi, agar yaqinlik faqat tana ehtiyojidan bo‘lgan bo‘lsa. Bagʻishloving yurakdan, ishonchdan, ehtirosdan kelib chiqqan bo‘lsa, sen o‘zingni yanada to‘liq his qilasan. O‘zingni birinchi marta chindan tirik his qilasan. Nafaqat tanang, balki ruhing ham nafas oladi.

Kokiling...

Kimdir seni sekin quchib, sochingdan hid olib, jim turadi. U sen bilan emas, senning ichingda. Seni o‘rganmoqda. Seni eslab qolmoqda. Bu yaqinlik emas — bu butunlay birlashish. Buni bir marta boshdan o‘tkazgan kishi uchun hayot boshqa ohangda davom etadi. Endi hamma narsa boshqacha: osmon moviyrog‘, shamol mayinrog‘, musiqa yurakka yaqinroq. Chunki sen o‘zingni biriga ochding. Seni hech kim shunday ko‘rmagan edi. Endi ko‘rdi. Endi yuraging yalang‘och, lekin bu seni qo‘rqitmayapti. Aksincha, bu seni ozod qildi.

Yaqinlik — bu faqat jismoniy harakat emas. Bu yondashuv, bu nigoh, bu ehtiros, bu o‘zini yo‘qotib, boshqa birovda topish. Sen hali his qilmagansan, deysan. Balki bu hali kelmagan. Balki yuraging kutyapti. Ishon, u keladi. Va kelganida — sen buni tan olasan. Tanang emas, yuraging aytadi: "Bu — u!"

Va o‘shanda bilasan, yaqinlik — olov. Uning harorati sukunatdan kuchli. Uning ovozi jimjitlikda aytilgan ismday yoqimli. Va uning ta’mi — yurak bilan tatiladigan ta’m. Bu haqida faqat bir marta yoziladi. Va men shu bir martalik senga bag‘ishlayapman.

Soul Rabels
5.04.2025, 09:30
t.me/soul_rebels/79
SO
Soul Rebel
67 assinantes
79
O‘liklar hech kim bilan gaplashmaydi, hech narsa qilmaydi, va atrofdagi hayotga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi.

(C) Oʻlik

Soul Rabels
4.04.2025, 11:34
t.me/soul_rebels/78
SO
Soul Rebel
67 assinantes
Repostar
87
Жонинг жисмингни тарк этгандан кейин тананг нимани ҳис қилади?

Мана шу саволга жавоб изласам, мени ҳадсиз қўрқув босади.

Бугунги кўриб турган нарсаларинг, руҳинг сени тарк этгач йўқ бўлиши ва кейин нима содир бўлишини билмаслигинг — Даҳшат.

Бунга жавоб йўқ, одамнинг чегараси шу ерда тугайди.

@Kashmirov
3.04.2025, 18:34
t.me/soul_rebels/77
SO
Soul Rebel
67 assinantes
89
"Hamma narsaning oʻz vaqti bor" deyishadi. Lekin pasportimda yozilgan yilga qarab baʼzi narsalar allaqachon vaqtidan oʻtib ketganini tushunaman.

Soul Rabels
3.04.2025, 17:53
t.me/soul_rebels/75
SO
Soul Rebel
67 assinantes
24
Qoʻshiqni eshitar ekanman doim yuzimga mayin shabada urulayotgendek tuyuladi. Ha bu Bob Marley u uchadi. Qoʻshiq orqali sizni ham uchushga chorlaydi. Ichki isyonni uygʻotib ruhiy ozodlikni oʻz qulochida ochadi.

Hullas vaqti vaqti bilan eshitib tursa boʻladi demoqchi edim.

Soul Rabels
3.04.2025, 13:37
t.me/soul_rebels/74
SO
Soul Rebel
67 assinantes
51
Ha endi byagʻi bunday boʻlgandan keyin nima qilamiz?
3.04.2025, 00:32
t.me/soul_rebels/73
SO
Soul Rebel
67 assinantes
58
Dostoyevskiy va "Telba": Haqiqatning Qirg‘og‘ida

Inson ruhiyatini o‘rganish qanchalik qiyin? Kimdir buni ilmiy usullar bilan o‘lchashga harakat qiladi, kimdir esa hayotiy tajriba orqali anglashga intiladi. Biroq Dostoyevskiy buni boshqacha yo‘l bilan qiladi: u bizni ongimiz ichiga tashlaydi, bizni o‘zimiz va atrofimizdagi haqiqatni shubha ostiga qo‘yishga majbur qiladi.

Knyaz Mishkin haqida o‘ylaganda, ilk taassurot juda oddiy – u telba emas, balki pokiza inson. O‘z qahramonini Dostoyevskiy "mutlaq yaxshi inson" sifatida yaratgan edi, lekin aynan shu "yaxshilik" uni jamiyat bilan to‘qnashuvga olib keladi. Xo‘sh, nega Mishkin omon qololmadi? Nega uning samimiyati odamlar uchun tushunarsiz bo‘ldi? Bu savollarning javobi oddiy emas.

Mishkin – haqiqat timsoli.

Ammo bu haqiqat boshqalar uchun chidab bo‘lmas darajada begona. U dunyoga o‘z pokligi bilan moslashaolmaydi. Chunki bu dunyo, axloqsizlik, yolg‘on va ikkiyuzlamachilik ustiga qurilgan. Kim haqiqatni ko‘rishga majbur bo‘lsa, o‘sha odam telbaga aylanadi. Bu allaqachon isbotlangan hodisa: odamlar haqiqatdan qochadi, ularning haqiqatga bardoshi yo‘q.

Dostoyevskiy bu haqiqatni ochish uchun kitob sahifalarida ruhiy labirint quradi. Asar rivojlangan sari bu labirint yanada murakkablashadi, chigallashadi. O‘quvchi har bir sahifada o‘zining ishonchli zaminini yo‘qotadi. Haqiqatni anglash oson bo‘lsa, nima uchun har bir inson boshqacha anglaydi? Axir, qahramonlarning har biri o‘zicha haqli: Anastasiya Filipovna – bu dunyoning qurboni, Parfyon – hayotning o‘zgaruvchan mohiyatining ifodasi, Aglayya – orzu va haqiqat o‘rtasidagi muvozanatsizlik, Mishkin esa – u kim?

Shu yerda hamma narsa teskari tus oladi. Mishkin na qahramon, na qurbon, na donishmand – u bir vaqtning o‘zida barchasi va hech kim. U inson va ideal, haqiqat va illyuziya, poklik va telbalikning chegarasida muallaq qolgan. Dostoyevskiy bizni bu chegaraga olib keladi va hech qanday javob bermay, chiqish yo‘lini ham ko‘rsatmay, bizni o‘z ruhiy chalkashligimiz ichida qoldiradi. Bu xuddi chuqurga tik qarashga o‘xshaydi: biz unga qancha uzoq tikilsak, u ham bizga shuncha uzoq qaraydi.

Shunday qilib, "Telba" o‘quvchining fikrlash chegaralarini yo‘q qiladi. Bizga tanish bo‘lgan tushunchalar – yaxshilik, poklik, samimiyat, haqiqat – endi biz uchun aniq emas. Dostoyevskiy bizni telbalikka olib keldi, yoki balki haqiqatni anglashga yaqinlashtirdi? Xo‘sh, farq qayerda? Aslida telba kim? Mishkinmi? O‘quvchimi? Yoki Dostoyevskiyning o‘zi?..

Soul Rabels
2.04.2025, 21:31
t.me/soul_rebels/72
SO
Soul Rebel
67 assinantes
81
2.04.2025, 15:04
t.me/soul_rebels/71
SO
Soul Rebel
67 assinantes
195
2.04.2025, 10:43
t.me/soul_rebels/70
SO
Soul Rebel
67 assinantes
170
Yolgʻon koʻringanidek badbashara emas

Yolgʻon – bu soch turmagi singari, har kim uni oʻz didiga moslashtiradi. Baʼzilar uni mukammal tekislab yuradi, baʼzilarga esa dagʻal, taroqdan qochgan holi koʻproq yarashadi. Lekin haqiqat shuki, yolgʻon har doim mavjud va u hech qachon orqaga qaramaydi.

Unga har xil nom berish mumkin: diplomatiya, marketing, motivatsiya, hatto pragmatizm. Faqat hech kim uni oddiy "yolgʻon" deb atashni istamaydi. Sababi nima? Chunki yolgʻon yomon koʻrinadi. Lekin haqiqat shundaki, u aslida anchagina chiroyli. Yaxshilab pardozlangan yolgʻon – bu jamiyatning eng bejirim sanʼati.

Yolgʻon ham o‘zicha sanʼat

Haqiqat shafqatsiz. U hamma yoqqa tekis tarqalmaydi, hammani ham xursand qilmaydi. Yolgʻon esa elastik. Kimga qanday yoqsa, shunday shaklga kirishi mumkin. Aynan shuning uchun u hayotimizda bu qadar keng qoʻllanadi.

Masalan:

Jilokor yolgʻon: “Sen menga ishonishing mumkin” (Ishonmang).

Qoʻrqoq yolgʻon: “Men bunday qilganim yoʻq” (Lekin muammo chiqarishni ham istamayman).

Tejamkor yolgʻon: “Hamma gapni gapirish shart emas” (Qoʻlimdan kelganicha haqiqatni kesib tashlayman).

Ijodkor yolgʻon: “Bunday holatda mening qoʻlim bogʻliq” (Lekin aslida kalit ham, qulf ham menda).

Eng qizigʻi, yolgʻon koʻpincha odamlarning maqsadiga erishishiga yordam beradi. Haqiqatni tan olib, ishdan boʻshatilgan odam bilan yolgʻon aytib, lavozimga koʻtarilgan odam oʻrtasida farq bormi? Albatta bor. Biri printsiplarga sodiq qoldi, ikkinchisi esa printsiplarga “yangi talqin” berdi. Natija esa aniq – qaysi biri oshqozoni toʻqroq yashaydi?

Agar haqiqat reklama agentligida ishlasa, ochdan oʻlardi. Chunki u hech kimga yoqadigan soʻzlarni ishlata olmaydi.

Haqiqat

“Bu kiyim senga yarashmaydi”
“Sen semizsan”
“Sening loyihang bir tiynga qimmat”

Yolgʻon

“Bu kiyim huddi siz uchun tikilgandek”
“Siz juda haybatlisiz”
“Ajoyib loyiha, lekin biroz yaxshilash mumkin”

Kim yutadi? Yolgʻon. Chunki u yumshoq va yoqimli. Haqiqat esa xuddi qaynagan shoʻrvadagi toshdek – ogʻzingizga tushib qolganda laʼnat oʼqishga majbursiz.

Lekin eng achinarlisi, odamlar yolgʻonning “haqiqat ekanligi”ga ham tezroq ishonishadi. Masalan, “Millioner boʻlish oson”, “Har kim muvaffaqiyat qozonishi mumkin”, “Hamma narsa yaxshi boʻladi” kabi gaplarni qanchalik koʻp eshitamiz? Va ularga qanchalik ishonamiz?

Shuning uchun haqiqat achchiq boʻlsa ham, u shunchaki ogʻizda qoladi. Yolgʻon esa hayotga aylanadi.

Kim haqiqat bilan yashashni bilmasa, yolgʻon ham unga foyda bermaydi

Yolgʻonning oldida ikki tanlov bor: uni yo qabul qilasan, yo unga qarshi kurashasan. Qabul qilsang – sen ham oʻyin qoidalarini oʻzlashtirgansan. Kurashsang – bunday qilayotgan yagona odam ekanligingni tushunasan.

Dunyoda “yolgʻon yutqazadi” degan yolgʻon bor. Faqat haqiqatni eslash lozim: yolgʻon hech qachon oʻzini yoʻqotmaydi, u shunchaki uslubini oʻzgartiradi. Shuning uchun ham uni yutish emas, uni tushunish kerak.

Oxirida baribir hammasi oddiy: haqiqatdan qochib boʻlmaydi, lekin yolgʻonni ham inkor qilib boʻlmaydi. Shunchaki, ular qaysi holatda qanchalik samarali ishlashini tushunish kerak.

Soul Rabels
2.04.2025, 00:03
t.me/soul_rebels/69
SO
Soul Rebel
67 assinantes
134
1.04.2025, 12:06
t.me/soul_rebels/67
SO
Soul Rebel
67 assinantes
134
1.04.2025, 12:06
t.me/soul_rebels/66
SO
Soul Rebel
67 assinantes
134
1.04.2025, 12:06
t.me/soul_rebels/65
SO
Soul Rebel
67 assinantes
134
1.04.2025, 12:06
t.me/soul_rebels/64
SO
Soul Rebel
67 assinantes
134
🎥 Mukammal boʻlmagan mukammallik: Gʻayritabiy filmlar haqida

Kino san’ati — bu haqiqat va hayol chegaralarini buzadigan, inson tafakkurining eng nozik qatlamlariga ta’sir qiladigan san’at. Ba’zan bunday filmlar mantiqiy boʻshliqlarga ega boʻlsa ham, ular mukammal, hech qanday xato yoki kamchilikni sezmaslik mumkin boʻlgan darajada chuqur tuziladi. Bu filmlar tamomila boshqa qoidalarga asoslangan: klassik hikoya qilish usullarini inkor etadi, tomoshabinning idrokini sinovdan oʻtkazadi va shunchaki oʻzining gʻayritabiyligi bilan yashaydi. Ushbu postda beshta shunday film tahlil qilamiz.

"Eternal Sunshine of the Spotless Mind" (2004)

Bu film hissiyotlarni parchalab, ularni qayta tiklashga urinadigan murakkab psixologik labirint. Muhabbatni unutish mumkinmi? Yoki esdaliklarning oʻzi sevgi va nafratni belgilovchi yagona omilmi? Joul va Klementinaning hikoyasi bu savollarga javob bermaydi, aksincha, yana koʻproq jumboqlar qoʻyadi. Syujet sodda koʻringani bilan (ikki sevishgan inson oʻzaro esdaliklarini oʻchiradi), filmning tuzilishi xaotik va izchil emas. Shu sababli u tomoshabinni yoʻqotib qoʻyadi va ayni paytda oʻziga bogʻlab qoʻyadi. Film inson qalbining mukammal boʻlmagan murakkabligiga bir nazar tashlashga imkon beradi.

"Mulholland Drive" (2001)

Devid Linchning bu filmi tush va reallik chegaralarini butkul yoʻq qiladi. Agar kutilmagan burilishlar sizga yoqsa, "Mulholland Drive" oʻzining noma’lumligi bilan sizni mahliyo qiladi. Syujet chigal, voqealar tartibi chalkash, qahramonlar esa goʻyo turli olamlarning maxluqlariga oʻxshaydi. Film nihoyasiga yetganda ham koʻplab savollar ochiqligicha qoladi. Reallik va hayolot bir-biriga aralashib ketgan bu dunyoda hech qanday aniq javob yoʻq. Bu filmda mukammallik shundaki, uning har bir kamchiligi ham rejaning bir qismiga oʻxshaydi.

"Stalker" (1979)

Tarkovskiy ijodi doimo savollar qoʻyadi va ularga javob izlashni tomoshabinning oʻziga qoldiradi. "Stalker" — bu dunyoning sirli va sirlangan manzarasi. Film faqat syujet emas, hissiyotlar orqali ham gapiradi. Har bir kadr uzoq va statik, lekin bu zeriktirmaydi, aksincha, ongda bir tush kabi muhrlanib qoladi. "Zona" nima? Unda haqiqatan ham insonning eng ichki tilaklari amalga oshadimi? Yoki bu shunchaki insonning oʻzini oʻzi aldashi uchun yaratilgan yolgʻon umidmi? Film oxirigacha jumboq boʻlib qolgan.

"Synecdoche, New York" (2008)

Bu filmning oʻzagini tushunish juda qiyin. Rejissyor Charli Kaufman oʻz qahramoni – teatr rejissyori Keyden Kotoning hayotini goʻyo bitta uzoq davom etuvchi sahnalashtirish sifatida koʻrsatadi. Odam oʻz hayotini nazorat qila oladimi? Yoki bizning hayotimiz shunchaki yozilgan ssenariymi? "Synecdoche, New York" filmida insoniy tajribani anglash va oʻlim oldidagi ojizlik o‘ta nozik tarzda ifodalanadi. Bu film hayotning oʻzi kabi mukammal emas, balki mukammal boʻlmagan mukammallik bilan yo‘g‘rilgan.

"The Holy Mountain" (1973)

Alejandro Xodorovskiyning bu filmi kino emas, balki vizual tajriba. Film tom ma’noda ongni yorib tashlaydi, uning ramzlari va syujeti haqiqiy dunyo mantiqiga mutlaqo mos kelmaydi. Har bir sahna ma’no va tushunchalar bilan boyitilgan, ammo ayni paytda ularni hech kim toʻliq tushuntirib bera olmaydi. Filmning harakati bir necha bosqichga boʻlingan va har biri o‘z ichida olamlarning yaratilishi va yoʻq boʻlishini aks ettiradi. Film oxirida hamma narsa shunchaki oʻyin ekani ayon boʻlganda, hayotning oʻzi ham bir spektakl ekanligi anglashiladi.

Gʻayritabiy filmlar mukammal boʻlmagan mukammallikning eng yorqin namunasidir. Ular inson ongini sinaydi, shubhalarni uygʻotadi va doimo savollar qoʻyadi. Bunday filmlar oddiy hikoyalar emas, balki tomoshabin bilan boʻladigan suhbatdir. Ular hikoyani tugatmaydi, aksincha, uning ichida yashashga majbur qiladi. Va balki aynan shuning uchun ham ularning mukammal boʻlmaganligi ularni mukammal qiladi.

Sizda mazkur filmlarga nisbatan qanday fikrlar bor? Izohlarda yozing!

Soul Rabel
s
1.04.2025, 12:06
t.me/soul_rebels/68
SO
Soul Rebel
67 assinantes
94
Quyosh bugun juda yorqin chiqdi.

Tong ufqida asta-sekin ko‘tarilgan quyosh, o‘zining haroratli nurlari bilan butun olamni yoritib, osmon gumbazida suzib yurgan yengil bulutlar orasidan mo‘ralab, yerni iliq bir nurga chulg‘adi.

Erta tongda yengil tumanga singib ketayotgan quyosh nurlari, o‘zining tabiiy haroratli jilosini beqaror atmosferaning nozik qatlamlari orqali sindirib, ko‘z ilg‘ay olmaydigan darajada mayin to‘lqinlar hosil qilgan holda, uzoq ufqlarga tarqala boshladi.

Saharning ilg‘ar chog‘ida, atmosferaning murakkab sinergetik o‘zgarishlari natijasida shakllangan optik difraksiya ta’sirida o‘zining dastlabki spektral uzatmalarini notekis taqsimlay boshlagan yorug‘lik manbai, havoning termodinamik tebranishlari sababli g‘ira-shira ko‘rinishda vujudga kelgan muhit orqali tarqalib, kutilmagan refraktiv burilishlar ila noma’lum yo‘nalishlarda sochilmoqda edi.

Soul rabels
28.03.2025, 18:22
t.me/soul_rebels/57
SO
Soul Rebel
67 assinantes
82
"Ommaviy MIYA YUVISH: Qanday qilib hamma aqldan ozdi?"

Men ilgari hamma ham aqldan ozmagan paytlarni eslayman. Balki... yo‘qdir? Yaxshi, eslash shart emas. Muhimi – bugungi kun. Bugun esa barcha rasmiy ravishda telba!

Trendlar orqali miyaning yo‘q qilinishi

Oldin odamlar kitob o‘qirdi. Keyin tezkor maqolalar o‘qiy boshlashdi. Keyin manbaasiz iqtiboslar yetib keldi. Hozir esa 30 soniyali video bor. Shunchaki tomosha qil, fikrlama. "O‘zingiz mustaqil o‘ylang" deyishgan odamlar hozir "Buni mendan boshqa hech kim bilmaydi" deb soxta faktlar tarqatib yuribdi.

Mashhur bo‘lish epidemiyasi

Avvallari odamlar qanday qilib sog‘lom bo‘lishni o‘ylardi. Endi esa "qanday qilib mashhur bo‘lishni" o‘ylayapti. "Mening gaplarim ahamiyatsiz" deb bilganlar, endi har kuni o‘z fikrini dunyo bilan bo‘lishayotganiga ishonib yashaydi. Hech kim eshitmasa ham – farqi yo‘q. Muhimi – like bosilganmi yo‘qmi. Aslida, "yashash" degani – algoritmlar seni targ‘ib qiladimi yoki yo‘qmi, shu xolos.

Odamlar orasidagi muloqot yo‘qolishi

Kimgadir qo‘ng‘iroq qildingmi? Qo‘rqinchli! Nega shunchaki yozmading?! Xabar yozdingmi? Nega reaksiya tashlamading?! Gaplashyapsanmi? Nega noto‘g‘ri so‘z ishlatding?! Sen qaysi tarafdasan? Sen dushmanmisan? Sen har doim bunday fikrlaysanmi?! Sen bizni yo‘q qilishni rejalayapsanmi?!

Kelajak: Har kim o‘zini robot deb biladigan dunyo

Tez orada biz butunlay suyuqlikka aylanamiz. Raqamli suyuqlikka. Fikrlar oddiy bo‘ladi: "Kim yutdi?", "Kim yo‘qoldi?", "Nima moda?", "Nima yo‘q?". Hech kim ortga qaramaydi. Hech kim oldinga ham qaramaydi. Hamma bir joyga qaraydi: ekran.

Qutulish mumkinmi?

Yo‘q. Endi juda kech.
...Agar shu matnni o‘qib, "ha, bu men haqimda emas" deb o‘ylayotgan bo‘lsang – tabriklayman. Sen allaqachon jarayonga tushib bo‘lding!

Soul Rabel
27.03.2025, 18:43
t.me/soul_rebels/56
SO
Soul Rebel
67 assinantes
85
Qoʻrqma

Sen ham his qildingmi? Barmoqlaring muzdek. Yurishing og‘ir. Bir joydan boshqa joyga emas, ichingdan ichingga siljiyapsan. Yo‘ling yo‘q. Hatto yurishing ham. Kechagina bor eding. Bugun esa… mavjudliging shubha ostida. Kimdir seni eslaydimi? Ko‘chalarda izlaring qolganmi? Yo‘q. Eshitishsa ham, anglamaydilar. Ko‘rishsa ham, tanimaydilar. Sen sukutga ko‘milib borayapsan.

Tovushing chiqmaydi. Tovushing yo‘q. Faqat og‘riq bor. Nafas olish va og‘riq. Nafas olish va yo‘qolish. Sen ortga qaytmoqchi bo‘lasan. Qayerga? O‘zingga. Lekin o‘zing qayerdasan? Sen hatto oldinga borolmaysan. Shu joyda qolishingni ham bilmayapsan. Yelkalaringni bosayotgan og‘irlikni sezyapsanmi? Kimdir seni bosib turgandek. Yo‘q, u yerda hech kim yo‘q. Hech kim bo‘lmagan va hech kim bo‘lmaydi ham. Demak, bu og‘irlik – sensan.

Kimdandir qutqarishni so‘rayapsan. Balki yordam berishlarini kutayotgandirsan. Balki kutmayapsan ham. Faqat shunchaki… ich-ichingdan bir hayqiriq chiqadi. Biroq u tovushga aylanmaydi. So‘zlarga bo‘linmaydi. U bo‘shliqday qattiq va sukunatday og‘ir. Kimdir seni chaqiryaptimi? Kimdir qo‘lini cho‘zmoqdami? Yo‘q.

Sukut sen bilan gaplashadi. U seni tinglaydi. Unga o‘rganib qolding. Odamlar esa hali ham harakatda. Sen esa joyingda. Nafasing bor. Nafasing hali bor. Balki shunchaki hushyorlikni yo‘qotishga harakat qilishing kerakdir. Qanday qilib? O‘zingdan butkul chiqib ketish kerakmi? Qandaydir eshik ochilishi kerakmi? Sen allaqachon ko‘rinmas devorlar ichidasan. Ularni buzishga kuching yetmaydi. Buzish kerakmi o‘zi? Yo‘q, bu devorlar ham – sensan.

Qutqar… Kim? Kimdan? Qaerdan? Bu so‘z nimanidir anglatadimi hali ham? Sen uni tushunasanmi? Sen baribir uni aytasan. Tovushsiz, so‘zsiz. Ichingdan. Qutqar… Sen hatto iltimos qilayotganingga ishonmaysan. Balki shunchaki jimlikni to‘ldirayotgan bo‘lishing mumkin. Ammo… Kimdir bormi? Kimdir… eshityaptimi? Kimdir… qutqara oladimi?

Yo‘q.

Soul Rabel
27.03.2025, 14:49
t.me/soul_rebels/55
SO
Soul Rebel
67 assinantes
76
Xudo hammani kechiradi, lekin Badjoni emas.

#mood #futbol

Soul Rabel
25.03.2025, 13:37
t.me/soul_rebels/54
SO
Soul Rebel
67 assinantes
71
Oxirgi katakda 9,223,372,036,854,775,808 dona guruch boʻlar ekan.

Bila bir soat vaqtim ketdi.
GURUUU
25.03.2025, 13:21
t.me/soul_rebels/53
SO
Soul Rebel
67 assinantes
78
24.03.2025, 20:05
t.me/soul_rebels/52
SO
Soul Rebel
67 assinantes
66
Ba’zan hayot shunchalik g‘amgin bir hikoyaga aylanadiki, u bilan kurashishning iloji qolmaydi. Ba’zan biz shunchalik o‘zimizni yo‘qotamizki, kim bo‘lganimizni ham unutamiz. Lekin qachondir, qandaydir onlarda, qalb tubida bir ovoz yangraydi: "Ozodlik". Biz bu so‘zni yuragimiz bilan his qilamiz, u bizning qonimizda o‘rmalaydi, nafasimizga singadi, o‘z-o‘zimizni unutgan paytimizda ham bizni tark etmaydi. Titanlar hujumi — bu shunchaki titanlarga qarshi kurash emas, bu so‘zsiz qichqiriq, ruh faryodi, odamzodning eng tub haqiqatlarini yirtib tashlab, bizga tik qarab turadigan oynadir.

Bu hikoya oddiy boshlanadi. Ota-ona qo‘llaridan uzilib ketgan bolakayning titrab turgan ko‘zlari, yana bir qadam tashlasa hayoti butkul o‘zgarishini bilmagan qizaloqning sokin nafas olishi, hayotning vahshiyligi qarshisida tilsiz qolgan bolakayning ichki faryodi. Eren, Mikasa, Armin. Ular bolaligidan qochish uchun emas, oldinga yurish uchun yashaydi. Ularning do‘stligi oddiy emas. Ular bir-biriga suyanib, yuragini ochishga qo‘rqadigan insonlar. O‘zlarining qo‘rqoq yuraklarini bir-biriga to‘liq ko‘rsata olmagan do‘stlar.

Lekin hayot ularni ayashni bilmaydi. Titanlar shunchaki dushman emas, ular umidni, orzularni, insoniylikni parchalab tashlaydigan ramzlar. Ularning changalida ezilgan tanalar, ko‘z oldimizda siqilgan inson hayotlari, onaning so‘nggi nafasi... Har safar kimdir o‘ladi. Har safar kimdir tirik qoladi. Va tirik qolganlarning dardi o‘lganlarnikidan battarroq bo‘ladi.

Eren bu haqiqatga bardosh bera olmadi. U doim aytdi: “Men hammasini yo‘q qilaman.” Ammo bu so‘zlarning ortida aslida bir narsa bor edi — ichki bo‘shliq. Odamning yuragi shunday yaralanganida, u sevgi va do‘stlikka ham toqat qilolmay qoladi. U borliqqa o‘zini qizg‘anishni bas qiladi, o‘zining azobidan boshqalarni ayamaydi. Erenga Mikasa kerak edi, lekin u Mikasadan uzoqlashishi kerak edi. Erenga Armin kerak edi, lekin u Arminning tushlarini yo‘q qilishga majbur edi. Chunki bu dunyo qutqarish uchun emas, yo‘q qilish uchun yaratilgan edi.

Sevgi esa og‘riqning eng nozik shaklidir. Mikasa Erenga shunchalik yaqin ediki, uni sevish bilan birga unga qasos ham olardi. U Erenni saqlab qolmoqchi edi, lekin Erenning o‘zi hech qachon o‘zini saqlab qolishni istamadi. Axir kimdir o‘zining dushmani bo‘lib qolganida, unga qanday mehr berish mumkin? Kimdir seni sevish kerakligini bilib turib, sevgini qabul qila olmasa, nima qilish mumkin? Mikasa sevgini qanday qabul qilishni o‘rganmagan edi. Eren esa sevgini rad qilishga mahkum edi. Ularning muhabbati bu dunyo uchun juda og‘ir edi. Ularning muhabbati yo‘qolishga mahkum edi.

Lekin biz hammamiz qaysidir ma’noda Erenga o‘xshaymiz. Biz hammamiz ozodlikni orzu qilamiz, lekin erkin bo‘lishga tayyor emasmiz. Biz hammamiz kimnidir sevamiz, lekin uni yo‘qotishdan qo‘rqamiz. Biz hammamiz kurashamiz, lekin kimdir qurbon bo‘lishi kerakligini bilamiz.

Va Eren qurbon bo‘ldi. Uning boshi Mikasaning qo‘lida qoldi. Uni o‘ldirgan inson, uni eng ko‘p sevgan inson edi. Fojiaviylikning eng cho‘qqisi shunda edi. Ba’zan odam o‘z sevgisini o‘ldirishga majbur bo‘ladi. Ba’zan biz o‘zimiz sevgan insonning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lamiz. Ba’zan eng chuqur muhabbat — bu ko‘z yoshlar bilan, qon bilan va so‘nggi nafas bilan yo‘g‘rilgan muhabbatdir.

Lekin oxirida nima o‘zgardi? Hech narsa. Odamlar yana bir-birini o‘ldirishni davom ettirdi. Urushlar tugamadi. Erenning orzusi oxirigacha amalga oshmadi. Dunyo hali ham yovuzlik bilan to‘lib-toshgan edi. Chunki muammo titanlarda emas edi. Muammo odamlarning yuragida edi.

Shuning uchun, bu hikoya bizga bir narsani o‘rgatadi: ozodlik hech qachon mukammal bo‘lmaydi. Sevgi hech qachon mukammal bo‘lmaydi. Hayot hech qachon mukammal bo‘lmaydi. Biz shunchaki kurashamiz. Biz shunchaki oldinga yuramiz. Har safar kimdir o‘ladi. Har safar kimdir tirik qoladi. Va tirik qolganlarning dardi o‘lganlarnikidan battarroq bo‘ladi.
24.03.2025, 19:44
t.me/soul_rebels/51
SO
Soul Rebel
67 assinantes
121
Multfilm va anime

Farqlay olmasangiz, muammo sizda (va ehtimol, miyangizda ham bir-ikki sim uzilgan)

Kimdir yana “Anime? Bu shunchaki multfilm” deb gapirdimi? Yaxshi, endi chuqur nafas oling, chunki men bunday odamga shafqat qilmayman. Multfilm va anime bir xil degan odamga suv bilan elektrni bir xil desa ham ishonib ketaverasiz. Multfilm – sizni baxtli qilish uchun yaratilgan; anime esa sizni hayotning tub tubiga olib tushib, u yerda necha kun chiday olishingizni tekshirish uchun mavjud.

Xo‘sh, boshladik. Multfilmlarning eng asosiy maqsadi – tomoshabinning yuziga shirin bir tabassum konditsioneri o‘rnatish. Siz Disney yoki Pixar filmlarini ko‘rasiz, kulasiz, hayot naqadar go‘zal ekanini his qilasiz, keyin ekran o‘chadi va siz qarzlaringiz borligini eslaysiz. Lekin hechqisi yo‘q, multfilm buni unutishga yordam beradi. Chunki unda hayot hamisha yorqin, muammolar faqat uch daqiqa davom etadi, va har qanday yovuzlik "do‘stlik kuchi" bilan yo‘q qilinadi.

Anime esa... Yo‘q, anime esa bunday emas. Anime – sizning psixikangizni chaynalgan qog‘ozdek bukib tashlaydi. Biror sevimli qahramonni yoqtirdingizmi? Zo‘r! U yaqinda o‘ladi. Hali ham xotirjam turibsizmi? Bo‘pti, butun oilasi ham yo‘q bo‘ladi. Yo‘q, bu yetarli emas! Uni o‘ldirgan odam – qahramonning eng yaqin do‘sti yoki sevgilisi bo‘lishi kerak. Endi, siz bir burchakda titrab o‘tiribsiz va hayotda nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilyapsiz.

Multfilmdagi dramatik lahzalar: Qahramon yiqiladi, lekin yonidan o'tayotgan tulkicha "Hechqisi yo‘q, do‘stim!" deb turg‘azib yuboradi.
Animedagi dramatik lahzalar: Qahramon yiqiladi, kameralar besh daqiqa davomida uning shafqatsiz o‘limini yaqin planda ko‘rsatadi, fon musiqasi esa yuragingizga shpritsdek uriladi.

Keyin esa vizual farqlar bor. Multfilmlar soddalashtirilgan, ko‘zlari katta, boshi dumaloq, hech kim hech qachon notabiiy harakat qilmaydi. Disney malikasi yutunsa ham, bu san’at darajasida nafis ko‘rinadi.
Anime esa har xil bo‘lishi mumkin: yoki mukammal detalizatsiyaga ega, yoki qahramonning yuz ifodalari shunchalik haddan tashqari bo‘ladiki, go‘yo qovun tushirib qo‘ygandek his qilasiz.

Multfilmlardagi janjal: “Men xafa bo‘ldim, sen noto‘g‘ri ish qilding.”
Animedagi janjal: “Mening ota-onamni sen o‘ldirding! Lekin biz do‘st bo‘lganmiz... yoki yo‘qmi?! Kim rost gapiryapti?! Men kimman?! YO‘Q, YAAAAAX!” (va hozir yoki portlash bo‘ladi, yoki kimdir aqldan ozadi.)

Va endi eng muhimi – auditoriya. Multfilmlar asosan bolalar uchun. Bolalar uchun muloyim, yoqimli bo‘lishi kerak. (Yoki ota-onalar "Bolam buni ko‘rib, yovuzlikni o‘rganmaydimi?" deb xavotirlanmasligi kerak.)
Anime esa... siz kattalar hayotiga tayyormisiz yoki yo‘qligingizni bilib olish uchun yaratilgan. Siz anime tomosha qilib, oddiy odamlarga bo‘lgan ishonchingizni butunlay yo‘qotishingiz mumkin. Chunki har qanday beg‘ubor kulgu ortida biror shafqatsiz fojia bor.

Shunday ekan, agar yana kimdir anime va multfilmni bir xil desa, unga jiddiy tikilib qarang va o‘zingizga savol bering: “Bu insonda miyani ishlatish qobiliyati bormi?” Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas. Chunki haqiqiy dunyoda "Lion King" va "Attack on Titan" bir xil toifada turmaydi.

Xulosa? Multfilm – sizning bolalik orzularingizni tirik saqlash uchun yaratilgan. Anime esa – ularni yo‘q qilish uchun. Va siz buni ko‘rib, hanuz hayotdan zavq olsangiz, tabriklayman – yoki siz ruhiy qahramonsiz, yoki allaqachon hissiyotlaringizni yo‘qotgansiz.
21.03.2025, 05:38
t.me/soul_rebels/50
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa