O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
TI
🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning rasmiy kanali
https://t.me/tivmatbuot
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
-
ER (semana)
19.81%
ERRAR (semana)

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot X.com/AkhrorBurkhanov Fb.com/AkhrorBurkhanov Instagram.com/AkhrorBurkhan

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 96 resultados
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rtasidagi muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda boshlandi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, xususan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

@TIVmatbuot
23.04.2025, 09:28
t.me/tivmatbuot/434
Bugun Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Samarqand shahriga keldi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Samarqand qadimiy an’analar va do‘stona muloqot ruhi mujassam etilgan shahar sifatida ushbu muhim uchrashuvga munosib mezbonlik qilmoqda.

@TIVmatbuot
22.04.2025, 21:10
t.me/tivmatbuot/433
Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sizlarni chet elga chiqishdan oldin barcha zaruriy hujjatlar, qonuniy talablar va tashkiliy masalalarga to‘liq aniqlik kiritishga chaqiradi.

So‘nggi paytlarda ayrim fuqarolarimiz xorijga chiqishda turli muammolarga duch kelayotgani, ayniqsa hujjatlarda kamchiliklar, mehnat shartnomalarida noaniqliklar yoki xorijdagi noqonuniy faoliyatlar oqibatida murakkab holatlarga tushib qolayotgani kuzatilmoqda.

Shu boisdan, chet elga safar qilishdan oldin quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

❗️Borilayotgan mamlakatning vizasi, migratsiya tartib-qoidalari va boshqa qonunchilik talablarini diqqat bilan o‘rganing.

❗️Agar ishga borayotgan bo‘lsangiz, mehnat shartnomangizning qonuniy va rasmiy ekaniga ishonch hosil qiling.

❗️Xorijiy shaxslar yoki firmalar orqali taklif etilgan ish yoki o‘qish imkoniyatlarini rasmiy resurslar orqali tekshirib ko‘ring.

❗️Oila a’zolaringizni va yaqinlaringizni safaringiz haqida xabardor qiling hamda zarurat bo‘lsa, diplomatik vakolatxonalarimiz bilan bog‘lanish ma’lumotlarini oldindan bilib oling.

Tashqi ishlar vazirligi Sizning huquqlaringizni himoya qilish va xavfsizligingizni ta’minlash bo‘yicha doimiy ish olib boradi. Biroq, har bir fuqaroning ongli va mas’uliyatli yondashuvi – muhim kafolatlardan biridir.

O‘zbekiston fuqarosi xorijda ham o‘zining yurtiga munosib ravishda namuna bo‘lishi lozim.

@TIVmatbuot
21.04.2025, 16:23
t.me/tivmatbuot/432
📢 Eslatma!

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitini yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish 2025-yil 24-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar davom etadi.

🔗 Batafsil: https://gov.uz/oz/mfa/news/view/46250

***

📢 Reminder!

The accreditation of foreign media representatives at the Ministry of Foreign Affairs to cover the Second Summit of the “Central Asia – Gulf Cooperation Council” Dialogue will continue until 6:00 PM (Tashkent time) on April 24, 2025.

🔗 More information: https://gov.uz/en/mfa/news/view/46250

***

📢 Напоминание!

Аккредитация представителей зарубежных средств массовой информации для освещения второго саммита диалога «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива» продолжается до 18:00 (по ташкентскому времени) 24 апреля 2025 года.

🔗 Подробнее: https://gov.uz/ru/mfa/news/view/46250

Fa
cebook | YouTube | Instagram | X
20.04.2025, 11:11
t.me/tivmatbuot/431
Turkiyada odam savdosining navbatdagi qurboni qutqarildi

Doimiy ogohlantirishlarga qaramay, ayrim yurtdoshlarimizning begona va ishonchsiz shaxslarning va’dalariga ishonib, Turkiyada murakkab va xavfli vaziyatlarga tushib qolishi davom etmoqda.

2025-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa o‘rnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yo‘lga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi bo‘lib ishlash taklif etilgan.

Biroq Istanbulga yetib kelgach, N.A. uni Shanliurfa shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.

Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan mazkur holat bo’yicha ma’lumot kelib tushdi. Vakolatxona tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimizning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va O‘zbekistonga qaytarilishi ta’minlandi.

Bosh konsulxona yana bir bor yurtdoshlarimizni begona vositachilar orqali chet elga chiqmaslik, har qanday ish taklifini puxta o‘rganish va faqat rasmiy manbalar orqali ish izlashga chaqiradi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘l
ing!
19.04.2025, 11:19
t.me/tivmatbuot/430
BBC telekanalining suratga olish guruhi shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ular Navoiy viloyatida O‘zbekistonning yovvoyi tabiatiga bag‘ishlangan film suratga olmoqda.

Film respublikaning noyob qush turlarini saqlab qolish bo‘yicha ko‘rayotgan sa’y-harakatlari haqida hikoya qiladi.

Bu guruhning mamlakatga ikkinchi tashrifi bo‘lib, birinchi marotaba ular 2024-yil aprel oyida tashrif buyurishgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz bilan hamkorlikda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini mamlakatimizga muntazam ravishda taklif etib kelmoqda.

Ular O‘zbekistonning boy tabiati, qadimiy tarixi, betakror madaniyati hamda turli sohalardagi salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlamoqda. 2024-yil davomida Tashqi ishlar vazirligi huzurida qariyb ikki ming nafar xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

@TIVmatbuot
18.04.2025, 08:27
t.me/tivmatbuot/429
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Kuvaytga amalga oshirgan tashrifi samarali bo‘lib, yurtimiz va mintaqamiz manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan qator kelishuvlarga boy bo‘ldi.

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida TIV rahbari hamkasblari bilan atroflicha muzokaralar olib bordi, aniq tashabbuslar bo‘yicha fikrlar almashdi, 5-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Oliy darajadagi Sammitga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh A’lo Hazratlari va Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh Hazrati Oliylariga eng samimiy salomlarini yetkazib, barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun bor imkoniyatlar ishlatilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Kuvaytning turli tashkilotlari rahbarlari, Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi. Asosiy urg‘u iqtisodiy hamkorlikda erishilmagan ulkan salohiyatni birgalikda amalga oshirishga qaratildi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va strategik munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan intilishni hamda hozirgi kunda global o‘zgarishlar, geosiyosiy murakkab jarayonlar va yangi tahdidlar davrida mintaqalarimizning o‘zaro yaqinlashuvi nafaqat tabiiy, balki strategik zaruratga aylanayotganligini ko‘rsatdi.

@TIVmatbuot
16.04.2025, 23:57
t.me/tivmatbuot/427
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi S.S. Vatanga qaytarildi.

Aniqlanishicha, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. o‘zining qonuniy vasiylarining roziligisiz, Turkiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish maqsadida Istanbul shahriga kelgan. U O‘zbekistonlik tanishining tavsiyasi bilan Turkiyada tahsil olayotgan, A.D. ismli shaxs bilan bog‘langan.

Turkiyaga kelganidan so‘ng S.S. ni A.D. kutib olgan va unga bosim o‘tkazib, uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. Qarshilik qilgan taqdirda esa uni mahalliy jinoiy guruhlarga topshirish bilan qo‘rqitgan.

O‘z hayoti xavf ostida qolganini anglagan S.S. yordam so‘rab diasporamiz vakillariga murojaat qilgan. Faollar tomonidan Bosh konsulxonaga olib kelingan va mazkur fuqaroning holati o’rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.

⚖️ Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

✅ 2025-yil 14-aprel kuni Bosh konsulxona, “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan yurtdoshimizning Vatanga qaytishini tashkil etdi va u belgilangan tartibda davlat qaramog‘iga topshirildi.

O’zbekistonda S.S. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kutib olindi va hozirda uni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

‼️Bosh konsulxona fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni voyaga yetmagan farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga alohida e’tibor qaratishga chaqiradi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘
ling!
16.04.2025, 14:04
t.me/tivmatbuot/426
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi boshlanish arafasida.

@TIVmatbuot
16.04.2025, 11:41
t.me/tivmatbuot/425
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, doimo himoya qilib kelgan va bu faoliyati ustuvor bo‘lib qoladi.

Mazkur yo‘nalishda mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan.

Har bir holat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘riladi.

Tashqi ishlar vazirligi har oylik brifinglari orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni muntazam xabardor qilib kelmoqda.

Albatta, ushbu sohadagi barcha murojaat va so‘rovlarga vazirlik tomonidan o‘z vaqtida javoblar taqdim etiladi.

@TIVmatbuot
15.04.2025, 20:36
t.me/tivmatbuot/424
13-aprel kuni Expo 2025 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyonining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi!
*************
4月13日、EXPO2025大阪・関西万博において、ウズベキスタン館の開館式が行われました。
14.04.2025, 07:18
t.me/tivmatbuot/423
Berlinda yurtdoshlar yig‘ildi | Vatandoshlar forumi | Diplomatik Dayjest

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
14.04.2025, 06:02
t.me/tivmatbuot/413
📢 DIQQAT! OGOHLIK! 📢

🇹🇷 TURKIYADA YOLG‘ON ISH TAKLIFLARIGA ISHONMANG!

So‘nggi paytlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilib (asosan fuqarolarning tanish-bilishlari orqali), ularni aldash holatlari ko‘paymoqda. Ushbu shaxslar ishga joylashish, uy-joy va qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarimizni og‘ir ahvolga solmoqda.

⚠ Agar siz noqonuniy mehnat faoliyatini boshlasangiz yoki firibgarlar tomonidan aldansangiz, quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:

❌ Ish haqi va’da qilinganidan ancha kam to‘lanishi yoki umuman berilmasligi
❌ Ish sharoitlari og‘ir yoki yomon bo‘lishi
❌ Ish beruvchi tomonidan noqonuniy ekspluatatsiya va haqorat
❌ Turkiyada noqonuniy mehnat qilish oqibatida deportatsiya va jarimalar
❌ Turkiyaga kelganingizdan so‘ng, aeroportda kutib olish va’da qilinib, pulingiz o‘zlashtirilgandan keyin vositachining g‘oyib bo‘lishi

🟢 Yuqoridagi holatlarda vatandoshlarimiz va ish taklif qilgan shaxslar o‘rtasida hech qanday rasmiy hujjat mavjud bo‘lmaganligi sababli, firibgarlarni javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi.

📌 Turkiyada ishlash uchun chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnoma – ISH RUXSATNOMASIGA (Çalışma İzni) ega bo‘lishlari shart!

🔹 Ish izlash uchun faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (www.migration.uz) yoki litsenziyaga ega rasmiy agentliklarga murojaat qiling!
🔹 Turkiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelmang va ishonchsiz shaxslarga pul bermang!
🔹 Ish sharoitlari, ruxsatnomalar va maosh bo‘yicha rasmiy hujjat talab qiling!

🛑 O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling! Ishga faqat rasmiy yo‘llar bilan joylashing!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşi
ktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza
obuna bo‘ling!
12.04.2025, 15:39
t.me/tivmatbuot/412
Vashington shahrida O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv do‘stona muhitda va o‘zaro ishonch ruhida o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

#AQSh #Diplomatiya #StrategikSheriklik

@TIVmatbuot
10.04.2025, 06:10
t.me/tivmatbuot/411
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqidan:

✅ O‘zbekiston har qanday ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat diplomatiya va tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etishning qat’iy tarafdori;

✅ Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshlangan muzokaralar jarayoni o‘zining ijobiy natijasini beradi

✅ Falastin – Isroil nizosining yagona va adolatli yechimi “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir;

✅ Afg‘onistonning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

https://t.me/bakhtiyor_saidov/2564
7.04.2025, 15:43
t.me/tivmatbuot/403
Samarqand va Toshkent: global sammitlar uyi

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
5.04.2025, 19:58
t.me/tivmatbuot/402
"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси.

"Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде.

"We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1.04.2025, 16:37
t.me/tivmatbuot/400
⚡️⚡️ Нью-Йорк шаҳрининг машҳур "Таймс-сквер" майдонида Ўзбекистон ҳақидаги видеоролик намойиши йўлга қўйилди.
Мазкур лойиҳа Ўзбекистоннинг Нью-Йорк шаҳридаги Бош консулхонаси ташаббуси билан мамлакатимизнинг туризм салоҳиятини халқаро майдонда тарғиб қилиш мақсадида ташкил этилди.
Дунёнинг энг кўп ташриф буюрадиган жойларидан бири – "Таймс-сквер"даги иккита йирик экранда Ўзбекистондаги қадимий обидалар, тарихий шаҳарларимиз, мамлакатимиз табиатининг гўзаллиги ва маданий ранг-баранглигини ўзида акс эттирган видеолавҳалар намойиш этилмоқда. 
1.04.2025, 06:32
t.me/tivmatbuot/399
Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan barchani Ramazon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!
***
От имени коллектива Министерства иностранных дел искренне поздравляем всех с праздником Рамазан хайит!
***
On behalf of the team of the Ministry of Foreign Affairs, we sincerely congratulate everyone on Eid-ul-Fitr!

Facebook | YouTube | Instagram | X
30.03.2025, 05:22
t.me/tivmatbuot/398
Navro‘z ayyomi muborak!
21.03.2025, 07:14
t.me/tivmatbuot/396
Muhtasham Parij shahridagi koʻchalardan biriga Oʻzbekiston durdonasi va dunyoning eng tarixiy madaniyat markazlaridan biri Samarqand nomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan fransuz doʻstlarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bu shunchaki xaritadagi joy nomi emas, balki Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi chuqurlashib borayotgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va umumiy merosning qudratli ramzidir. Samarqand oʻzining boy tarixi, hayratlanarli meʼmorchiligi, bilim va savdo ruhi bilan azaldan Sharq va Gʻarb oʻrtasida koʻprik boʻlib kelgan.

Endi uning mazmun-mohiyatining bir qismi asrlar davomida san’at, madaniyat va diplomatiya mayoqchasi boʻlib kelgan Parijning qalbida yashaydi.

Bu koʻcha bizning mustahkamlanib borayotgan aloqalarimizni eslatib tursin va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yangi madaniy, iqtisodiy va diplomatik almashinuvlarni ilhomlantirsin.

***

We extend our sincere gratitude to our French friends for the decision to name a street in the magnificent city of Paris after Samarkand – the pearl of Uzbekistan and one of the world's most historic cultural centers.

This is more than just a name on a map. It is a powerful symbol of the deepening friendship, mutual respect, and shared heritage between Uzbekistan and France. Samarkand, with its rich history, stunning architecture, and spirit of knowledge and trade, has long been a bridge between East and West.

Now, a part of its essence will live in the heart of Paris, a city that has itself been a beacon of art, culture, and diplomacy for centuries.

May this street serve as a reminder of our growing ties and inspire new cultural, economic, and diplomatic exchanges between our nations.

***

Мы выражаем искреннюю благодарность нашим французским друзьям за решение назвать улицу в великолепном городе Париже в честь Самарканда – жемчужины Узбекистана и одного из самых исторически значимых культурных центров мира.

Это больше, чем просто название на карте. Это мощный символ углубляющейся дружбы, взаимного уважения и общего наследия между Узбекистаном и Францией. Самарканд, с его богатой историей, потрясающей архитектурой и духом знаний и торговли, долгое время служил мостом между Востоком и Западом.

Теперь часть его сущности будет жить в сердце Парижа – города, который сам на протяжении веков был символом искусства, культуры и дипломатии.

Пусть эта улица станет напоминанием о наших укрепляющихся связях и вдохновит на новые культурные, экономические и дипломатические обмены между нашими странами.


X | Facebook | Instagram | Telegram
13.03.2025, 19:13
t.me/tivmatbuot/395
O‘zbekiston va Fransiya: do‘stlik va hamkorlikning yangi davri. Parijga tarixiy davlat tashrifi fransuz hamkorlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Janobi Oliylari o‘rtasida iliq va samarali uchrashuvlar o‘tkazildi, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochgan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Delegatsiyalar O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish, qo‘shma investitsiya loyihalari, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish, sog‘liqni saqlash, energetika, infratuzilma, biznes, ta’lim, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalarga oid muhim hujjatlarni imzoladi.

Davlatimiz Rahbariga Fransiyaning oliy mukofoti – Faxriy legion ordeni topshirilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdig‘idir. Ushbu tashrif O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida ishonch, o‘zaro hurmat va barqaror kelajakka birgalikda intilishga asoslangan yangi, jadal bosqichning boshlanishini ko‘rsatadi.

🇺🇿🤝🇫🇷 Biz birgalikda kelajak avlodlar uchun yanada mustahkam hamkorlik qurmoqdamiz!

***

Uzbekistan and France: A New Era of Friendship and Cooperation. A historic state visit to Paris reaffirms our deep commitment to strengthening ties with French partners. Presidents H.E. Shavkat Mirziyoyev and H.E. Emmanuel Macron held warm and productive meetings, signed a Joint Declaration on Strategic Partnership, opening new opportunities for collaboration.

Delegations signed important documents on the creation of the Uzbek-French University, joint investment projects, visa exemptions for diplomatic passport holders, healthcare, energy, infrastructure, business, education, culture, and many more.

Another testament of the growing friendship between our nations is presenting to the President of Uzbekistan France’s Legion of Honor. This visit marks the beginning of a new, dynamic phase in Uzbek-French relations – one built on trust, mutual respect, and shared aspirations for the future.

🇺🇿🤝🇫🇷 Together, we are building a stronger partnership for generations to come!

***

Узбекистан и Франция: новая эра дружбы и сотрудничества. Исторический государственный визит в Париж подтверждает нашу глубокую приверженность укреплению связей с французскими партнерами. Президенты Е.П. Шавкат Мирзиёев и Е.П. Эммануэль Макрон провели теплые и продуктивные встречи, подписали Совместную декларацию об установлении стратегического партнерства, открывающую новые возможности для сотрудничества.

Делегации подписали важные документы о создании Узбекско-Французского университета, совместных инвестиционных проектах, взаимном освобождении владельцев дипломатических паспортов от визовых требований, здравоохранении, энергетике, инфраструктуре, бизнесе, образовании, культуре и многом другом.

Еще одним свидетельством растущей дружбы между нашими странами стало вручение Е.П. Президенту Узбекистана французского Ордена Почетного легиона. Этот визит знаменует начало нового, динамичного этапа узбекско-французских отношений, основанного на доверии, взаимном уважении и общих устремлениях к будущему.

🇺🇿🤝🇫🇷 Вместе мы строим прочное партнерство для будущих поколений!

X | Facebook | Instagram | Telegram
13.03.2025, 11:24
t.me/tivmatbuot/394
⚡️⚡️ АҚШдаги фуқаролар диққатига

Эслатиб ўтамиз 2020 йил 1 январдан бошлаб эски намунадаги паспортлар (нобиометрик) ўз кучини йўқотган.
Шу муносабат билан муддати ўтган ёки ўтмаган эски намунадаги паспорт эгалари Ўзбекистоннинг АҚШдаги ваколатхоналари (Элчихона ва Консулхона) орқали ватанга қайтиш учун Ўзбекистонга қайтиш гувоҳномасини расмийлаштиришлари керак.

Ўзбекистоннинг Нью-Йорк шаҳридаги Бош консулхонаси.

——————————-————-

Вниманию граждан Узбекистана находящихся в США

Начиная с января 2020 года паспорта старого образца (не биометрические) считаются недействительными.
В этой связи гражданам, которые имеют данные паспорта необходимо перед вылетом в Узбекистан обратиться в дипломатические учреждения Узбекистана (Посольство или Генконсульство) в США для получения сертификата на возвращение в Узбекистан

Генеральное консульство Узбекистана в Нью-Йорке.
13.03.2025, 07:17
t.me/tivmatbuot/384
📢 OGOHLANTIRISH 📢

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar davomida ayrim shaxslar aeroportlarda sizdan o‘z yuklarini O‘zbekistonga yetkazib berishni iltimos qilishi mumkin. Ular turli bahonalar bilan (masalan, og‘ir kasal qarindoshi borligi yoki yukni jo‘natish imkoniyati yo‘qligi) sizni ishontirishga harakat qilishadi.

Biroq, bunday va’dalarga ishonmang va begona yukni hech qanday holatda qabul qilmang!

O‘tgan yillarda bir necha O‘zbekiston fuqarolari aynan shunday vaziyatlarga tushib qolgan va noqonuniy yuklarni, jumladan narkotik moddalar va soxta hujjatlarni bilmasdan olib o‘tganlari uchun hibsga olingan:

1️⃣ 2023-yil – Istanbul aeroportida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxsning iltimosiga binoan yukni olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Biroq, chegarada tekshiruv vaqtida yuk ichidan katta miqdorda narkotik moddalar topildi. Natijada, u 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2️⃣ 2022-yil – Antaliya shahridan Toshkentga qaytayotgan yana bir fuqaro o‘ziga notanish kishining yukini olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Yuk tarkibida soxta pasport va noqonuniy hujjatlar borligi aniqlanib, fuqaro bir necha yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqida yurtimizdan kelgan blogger ham ogohlantir
di

🛑 Begona odamlarning yukini hech qanday holatda qabul qilmang!

Hurmatli fuqarolar! Sizning ehtiyotsizligingiz yoki begonalarga bo‘lgan ishonchingiz og‘ir jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shubhali iltimoslarga aldanmang va o‘z xavfsizligingizni himoya qiling!

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17
🤖 Telegram boti: 👉 t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna
bo‘ling!
10.03.2025, 05:03
t.me/tivmatbuot/382
Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

***

Happy International Women’s Day!

***

С Международным женским днем!

Facebook | YouTube | Instagram | X
8.03.2025, 05:40
t.me/tivmatbuot/380
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil fevral oyidagi faoliyati to‘g‘risida brifing.

@TIVMatbuot
7.03.2025, 16:13
t.me/tivmatbuot/379
Britaniyaning BBC telekanalida mashhur boshlovchi Nik Kvek ishtirokida O‘zbekistonda suratga olingan mashhur "Discovering The World’s Table" (Dunyo dasturxonini kashf qilish) ko‘rsatuvining yangi qismi premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Dasturda dunyoning turli mamlakatlaridagi oshxonaning qiziqarli xususiyatlari, mahsulotlari va eng yaxshi oshpazlari haqida hikoya qilinadi. Ilgari uning epizodlari Malayziya, Turkiya, Ozarbayjon va Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlarida suratga olingan.

2024-yil oktabr oyida BBCning suratga olish guruhi Toshkent, Sirdaryo viloyati va Samarqandga tashrif buyurdi. Jurnalistlar “Chorsu” bozoriga tashrif buyurib, o‘zbek oshxonasining eng sara namunalari bilan tanishdi, palov tayyorlash, non pishirish jarayonlarini o‘rgandi, shuningdek, taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy bilan suhbatlashdi.

Guruh Sirdaryo viloyatidagi poliz ekinlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaligida bo‘lib, ushbu mahsulotning turli navlari bilan yaqindan tanishdi. Dastur mualliflari Oʻzbekistonning meʼmoriy obidalari, diqqatga sazovor joylarini namoyish etish, Toshkent metropoliteni va Samarqanddagi mashhur tarixiy maskanlarni ziyorat qilishga ham eʼtibor qaratdi.

“Discovering The World’s Table” ko‘rsatuvini televizorda va Buyuk Britaniyadagi BBC onlayn xizmatida ko‘rish mumkin.

Telekanalning umumiy auditoriyasi bugungi kunda dunyo bo'ylab 450 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

@TIVMatbuot
5.03.2025, 13:10
t.me/tivmatbuot/378
Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida bo‘lgan yana 10 nafar fuqaromiz mazkur hafta davomida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi.

@TIVmatbuot
3.03.2025, 08:52
t.me/tivmatbuot/376
Ўзбекистон Республикаси фуқароси билан боғлиқ ОАВларида тарқатилган хабарларга оид.

Жорий йилнинг 26 февраль куни турли ижтимоий тармоқларда, “Литванинг Шяуляй шаҳрида жойлашган “Вишинский” меҳмонхонасида бир ўзбек икки нафар шахсни пичоқлади” дея тарқатилган маълумот бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз:

Элчихона томонидан Литванинг ваколатли идоралари билан олиб борилган ўрганишлар натижасида аниқлнишича, Шяуляй шаҳрида жойлашган “Вишинский” меҳмонхонасида Ўзбекистон фуқаролари билан боғлиқ бундай ҳолат юз бермаганлиги аниқланди.

Ҳурматли ОАВ вакиллари ва ватандошлар, Сизлардан тасдиқланмаган маълумотларни очиқ интернет тармоқлари орқали тарқатмасликни сўраб қоламиз!
27.02.2025, 17:44
t.me/tivmatbuot/374
AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar fuqarolarimiz 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keldi.

@TIVmatbuot
25.02.2025, 15:02
t.me/tivmatbuot/373
🇺🇿🤝🇸🇷

O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Nyu-York shahrida ikki mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari tegishli kommyunikeni imzoladilar.

@TIVma
tbuot
21.02.2025, 22:41
t.me/tivmatbuot/371
O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi uzoq yillardan buyon O'zbekiston fuqarolarining o'z vatanlariga xavfsiz deportatsiyasini ta'minlash maqsadida AQShning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O'rnatilgan amaliyotga ko'ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu-York-Toshkent yo'nalishi orqali qaytadi.

OAVda O'zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma'lumot berishni so'rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o'rnatilgan.

https://t.me/iadunyo_uz/38348
20.02.2025, 22:15
t.me/tivmatbuot/370
Hurmatli OAV vakillari,

Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari uyushmasi (UNA) “Sunʼiy intellekt asrida elektron trolling: oqibatlar va yechimlar” mavzusidagi onlayn seminarga taklif etmoqda.

Seminarda sunʼiy intellektning noto‘g‘ri xabarlar tarqalishiga taʼsiri, elektron trolling natijasida yuzaga keladigan xavfsizlik va ijtimoiy muammolar hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

https://us06web.zoom.us/webinar/register/WN_1igQwv7iTA24GHVlIwpp4w

Kuni: 23-fevral
Vaqti: 14:00 (Toshkent vaqti bilan)

Hurmat bilan,

TIV Matbuot xizmati
18.02.2025, 08:37
t.me/tivmatbuot/369
O'zbekiston-Kuvayt

"World Fact" orqali ikki davlat o'rtasidagi aloqalar haqidagi info-qo'llanma bilan tanishing.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
16.02.2025, 11:32
t.me/tivmatbuot/368
Diplomatik dayjestning yangi soni.

O‘tgan xafta ichida mamlakatimiz diplomatiyasiga oid yangiliklar bilan tanishing.

https://youtu.be/4W50UbGbhVE?si=L41y0R801LGuusmg
16.02.2025, 09:14
t.me/tivmatbuot/367
O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo'limi hayotidan bir kun

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
14.02.2025, 07:20
t.me/tivmatbuot/365
Diplomatlar Toshkentda Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo'ydi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
9.02.2025, 13:45
t.me/tivmatbuot/364
Жорий йил 7 феврал куни “Kun.uz” манбаси
орқали тарқалган хабар юзасидан
МУНОСАБАТ
Жорий йил 7 феврал куни “Kun.uz” манбаси орқали тарқалган интернет хабарга кўра 28 январ куни Қозон шаҳридаги Марказий бозорда Россия куч тузилмалари рейд ўтказиб, Ўзбекистон фуқароларига куч ишлатилган тўғрисида хабарга кўра 8 феврал куни эрталаб Ўзбекистон Республикаси Қозон шаҳридаги Бош консулхона томонидан Татаристон Республикаси Қозон шаҳридаги Марказий (маҳаллий аҳоли ўртасида «Колхозный» номланадиган) бозорига ташрифни амалга ошириб, у ердаги ватандошларимиз, шу жумладан жойлашган умумий овқатланиш жойи ходимлари ва бошқарувчилари билан суҳбат ўтказилди.
Умумий овқатланиш жойининг И. исмли бошқарувчиси томонидан берилган маълумотига кўра, мазкур хабар тарқалгандан сўнг ташриф буюрувчилар томонидан ушбу ҳолатга аниқлиқ киритиш юзасидан қизиқиш бўлаетгани ва Бош консулхона дипломатларига тасвирда кўрсатилган рейд Марказий бозорда содир бўлмагани ҳақида маълум қилди.
Жойига чиқиб ўрганилганда, мазкур бозорнинг 2та умумий овқатланиш нуқтасида Ўзбекистон фуқаролари фаолият олиб борилиши аниқланиб, тасвирдаги акс этилган хизмат хоналар (овқатни дастлабки тайерлов хона, ошпазхона) кўриниши солиштирилганда тўғри келмаслиги аниқланди.
Ўзбекистон Республикасининг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси РФнинг Волгабўйи федерал округи кирувчи ҳудудларида яшовчи ватандошларимизга консуллик-ҳуқуқий кўмак юзасидан қуйидаги телефон рақамлар орқали боғланиш мумкинлигини яна бир эътибор қаратади:
+7-993 420-05-69;
+7-843 526-55-63;
+7-843 526-55-64;
+7-843 526-55-65;
Telegram: t.me/KAZAN_MFA,
@kazan_mfa_uz
8.02.2025, 15:33
t.me/tivmatbuot/363
Бир неча дақиқа олдин Ўзбекистон Президентининг Малайзияга сўнгги 20 йил ичидаги илк расмий ташрифи якунига етди. Дипломатик тажрибам ва матбуот котиби сифатидаги фаолиятимга асосланиб айтишим мумкинки, икки мамлакат раҳбарлари ўртасидаги самимий муносабат ва норасмий мулоқот жуда ёрқин таассурот қолдирди.

Ушбу гўзал ва меҳмондўст мамлакат раҳбарияти Президентимиз билан самимий учрашувлар ўтказиш учун қатъий протокол қоидаларидан чекиниб, юксак ҳурмат ва ишонч намойиш этганига гувоҳ бўлдик.

Хусусан, Президентимизни кутиб олишга Малайзия парламенти спикери чиққани, малайзиялик ҳамкасбларимизнинг айтишича, ушбу мамлакат протокол амалиётида илгари кузатилмаган воқеа бўлди. Бундан ташқари, Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Президентимиз Шавкат Мирзиёевга бутун кун давомида, барча расмий тадбир ва учрашувларда ҳамроҳлик қилди. Ҳаттоки мулоқотни давом эттириш учун Ўзбекистон Президентига ажратилган қароргоҳга шахсан ташриф буюрди. Кейин улар биргаликда, бир машинада "Petronas" бош қароргоҳига йўл олишди, у ерда компания раҳбарияти билан учрашув ўтказишди.

Ўзбекистон Президенти шарафига уюштирилган расмий қабул маросимида Малайзия санъаткорлари ўзининг бой тарихи ва маданияти билан бир қаторда халқимизнинг куй-қўшиқлари, рақсларидан иборат концерт дастурини намойиш этгани ҳам алоҳида эътибор ифодаси бўлди.

Бундай норасмий ва самимий муносабат икки етакчи ўртасидаги яқин дўстликдан, Ўзбекистон ва Малайзия халқларининг бир бирига бўлган юксак ҳурмати, икки томонлама муносабатларнинг порлоқ истиқболидан далолат беради.

Считанные минуты назад завершился первый за последние 20 лет официальный визит Президента Узбекистана в Малайзию. Исходя из моей дипломатической практики и деятельности в качестве пресс-секретаря могу сказать, что теплое отношение и неформальное общение между лидерами двух стран произвели яркое впечатление.

Мы стали свидетелями того, как руководство этой прекрасной и гостеприимной страны отходило от строгих правил протокола в пользу искренних встреч с нашим лидером, демонстрируя высокое уважение и доверие.

Так, спикер парламента Малайзии вышел встречать главу нашего государства, что, по словам малайзийских коллег, случилось впервые в протокольной практике этой страны. Более того, Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим сопровождал Президента Шавката Мирзиёева на протяжении всего дня, на всех официальных мероприятиях и встречах. Он также лично посетил резиденцию, отведенную Президенту Узбекистана, для продолжения общения и затем они вместе, в одной машине направились в штаб-квартиру Petronas, где состоялась встреча с руководством этой компании.

Еще одним проявлением особого внимания стал тот факт, что на официальном приеме в честь Президента Узбекистана деятели искусства Малайзии помимо своей богатой истории и культуры представили концертную программу с песнями, музыкой и танцами нашего народа. 

Такое неформальное и теплое отношение демонстрирует тесную дружбу между лидерами двух стран, свидетельствует о высоком взаимном уважении между народами Узбекистана и Малайзии, многообещающем будущем двухсторонних отношений.

Facebook|Instagram|X
5.02.2025, 17:47
t.me/tivmatbuot/362
Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Janobi Oliylari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Tashrif davomida hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ko‘plab muhim hujjatlarga erishildi, jumladan:

✅ Oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va akademik-diplomatik va boshqa sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar;

✅ "Aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

✅ 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.

Rahbarlar quyidagilarni ta'kidladilar:

✅ So'nggi yillarda o'zaro savdo, investitsiya va qo'shma korxonalar hajmi sezilarli darajada oshdi;

✅ Malayziya kompaniyalari, jumladan, yuqori texnologiyalar, neft-kimyo va yashil energiya kabi yangi loyihalarning mustahkam portfeli shakllantirildi;

✅ Sun'iy intellekt, raqamlashtirish, "yashil" energetika, turizm va "aqlli" shaharlar iqtisodiy hamkorlikning asosiy ustuvor yo'nalishlaridir;

✅ 2025-2026-yillar O‘zbekiston-Malayziya sherikligining innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilindi;

✅ 2030-yilga borib oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 10 barobarga, investisiya portfelini esa 10 milliard dollarga yetkazish rejalashtirildi.

***

Following the results of the negotiations in Kuala Lumpur, President Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev and Prime Minister of Malaysia H.E. Anwar Ibrahim signed a Joint Statement on deepening bilateral cooperation towards a strategic partnership. During the visit, many important documents were signed covering various areas of cooperation, including:

✅ Agreements on cooperation in the field of higher education, healthcare, culture, academic-diplomatic cooperation, and others;

✅ Protocol on cooperation in the development of smart cities;

✅ Joint plan to deepen partnership in the fight against corruption for 2025-2026.

The Leaders emphasized that:

✅ Recently, the volumes of mutual trade, investment and joint ventures have increased significantly;

✅ A solid portfolio of new projects has been formed with Malaysian companies, including high technology, petrochemicals and green energy;

✅ Artificial intelligence, digitalization, green energy, tourism and smart cities are key priorities for economic cooperation;

✅ 2025-2026 is declared a period of innovative development for the Economic Partnership;

✅ By 2030, the volume of mutual trade is planned to increase 10-fold, and the investment portfolio to $10 billion.

***

По итогам переговоров в Куала-Лумпуре Е.П. Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Е.П. Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим подписали Совместное заявление об углублении двустороннего сотрудничества на пути к стратегическому партнёрству. Были подписаны важные документы, охватывающие различные сферы взаимодействия:

✅ Соглашения о сотрудничестве в области высшего образования, здравоохранения, культуры, судебно-экспертной деятельности, таможенных делах, академическо-дипломатического взаимодействия и др.;

✅ Протокол о сотрудничестве в сфере развития «умных» городов;

✅ Совместный план по углублению партнерства в борьбе с коррупцией на 2025-2026 годы.

Лидеры подчеркнули, что:

✅ В последние годы значительно увеличились объемы взаимной торговли, инвестиций и совместных предприятий;

✅ Сформирован солидный портфель новых проектов с малайзийскими компаниями, включая высокие технологии, нефтехимию и зеленую энергетику;

✅ Искусственный интеллект, цифровизация, зеленая энергетика, туризм и «умные» города — ключевые приоритеты экономического сотрудничества;

✅ 2025-2026 годы объявлены периодом инновационного развития Экономического партнёрства;

✅ К 2030 году объем взаимной торговли планируется увеличить в 10 раз, а инвестиционный портфель — до $10 млрд.

X | Facebook | Instagram | Telegram
5.02.2025, 16:58
t.me/tivmatbuot/352
Президент Шавкат Мирзиёев Куала-Лумпурда тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева торжественно встретили в Куала-Лумпуре

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4.02.2025, 18:16
t.me/tivmatbuot/342
Savol: O‘zbekiston 1-yanvar kuni BRIKS bo‘yicha hamkor davlatga aylandi. Mamlakatimizning ushbu assotsiatsiyadagi ishtirokidan qanday foyda kutilmoqda?

Javob: BRIKS ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va dinamik birlashmasi hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, bunday o‘zaro hamkorlik modeli BMTning markaziy rolini saqlab qolgan holda yanada adolatli dunyo tartibining yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.

BRIKS aʼzolarining aksariyati bizning anʼanaviy hamkorlarimizdir. Biz birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaymiz. BRIKS katta imkoniyatlarga ega ulkan bozordir. Uyushma aʼzolari bilan aloqalarning har tomonlama kengayishi xalqimiz farovonligini taʼminlashda ijobiy o‘rin tutadi.

Savol: Ikkinchi uchrashuvi Anqarada bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va Turkiya bilan uch tomonlama hamkorlik platformasini O‘zbekiston qanday baholaydi? Boshqa davlatlar bilan ham shunday uch tomonlama format yaratish yoki unga boshqa davlatlarni jalb qilish orqali Boku-Toshkent-Anqara formatini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqdami?

Javob: Biz ushbu platformani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun juda muhim maydon deb bilamiz.

Uchrashuv kun tartibi juda boy bo‘lib, hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. Barcha ishtirokchilar tomonidan mintaqaviy va global xarakterdagi dolzarb masalalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solishga kelishib oldik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.

Xabaringiz bor, birinchi uchrashuv 2022-yilda bo‘lib o‘tgan. Toshkentda hozirgisi ketma-ket ikkinchi va boshqa davlatlarni jalb qilish masalasi hali bu formatda kun tartibida emas.

@TIVmatbuot
1.02.2025, 13:57
t.me/tivmatbuot/341
Dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi sharhi:

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu videoga javoban qanday choralar ko‘rdi?

Javob: Javob berishni boshlashdan oldin media kun tartibini diplomatik kun tartibdan ajratish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Vaqti-vaqti bilan OAVlarining kun tartibida ba'zi voqealar yoki bayonotlar tufayli shovqinlar paydo bo'ladi. Lekin ular voqelikni to'g'ri aks ettira olmasligi, ba'zan esa uni juda buzib ko'rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Biz hamkorlikka doim ochiqmiz.

Videoning o‘ziga kelsak, albatta, qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qatʼi nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni taʼkidladi.

Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar tomonidan toʻqib chiqarilgani maʼlum boʻldi.

Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda.

Yana bir bor barchaga har qanday axborot materialini tarqatishda mas'uliyat bilan yondashish zarurligini eslatib o'tamiz. Tasdiqlanmagan manbalardan olingan kontentni targ‘ib qilishni nomaqbul deb hisoblaymiz.

Savol: 19 yanvar kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish haqidagi kelishuv kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bu boradagi pozitsiyasi qanday?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar almashinuvini olqishlaydi. Biz ushbu kelishuvlarni keskinlikni pasaytirish va mintaqada uzoq kutilgan tinchlikni ta'minlash yo'lidagi juda muhim ijobiy qadam sifatida qaraymiz.

Biz Qatar, AQSh va Misrning kelishuvga erishishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Biz barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chorlab qolamiz.

O‘zbekiston Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi.

@TIVmabtuot
1.02.2025, 13:57
t.me/tivmatbuot/340
Yaponiyalik taniqli qo'shiqchi va sozanda "O'zbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
30.01.2025, 09:10
t.me/tivmatbuot/339
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi Vazirlik huzuridagi Diplomatik servis xizmati bosh direktori o‘rinbosari O‘tkirbek Maratovich Hamdamovning bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi hamda uning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Facebook | YouTube | Instagram | X
27.01.2025, 19:17
t.me/tivmatbuot/338
Men O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman. 2024-yilda mamlakatimiz ushbu yo‘nalishda katta qadam tashladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qat’iy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, o‘tgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu bizga a’zolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.

Tez orada Tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.

JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir.

-
Я хочу коротко поделиться текущей ситуацией по вступлению Узбекистана во Всемирную торговую организацию (ВТО).

В 2024 году наша страна сделала большой шаг в этом направлении. Это стало возможным благодаря решительным экономическим реформам, проводимым Президентом Шавкатом Мирзиёевым.

В частности, в прошлом году были проведены два ключевых заседания Рабочей группы ВТО. Это позволило нам перейти к формированию основного документа членства – проекта Доклада Рабочей группы. Также завершились двусторонние переговоры с 15-ю странами, включая США, Китай и Японию. В результате в копилке Узбекистана уже 23 подписанных соглашения.

За короткий период принято 20 важных законов, чтобы сделать бизнес и конкуренцию более прозрачными.

В текущем году мы продолжим в том же темпе, чтобы в скором времени стать полноценным членом Организации. Это должно повысить инвестиционную привлекательность страны и способствовать вхождению узбекского бизнеса в региональные и глобальные цепочки добавленной стоимости.

Конечной целью участия в ВТО и усилий реформ главы государства является благосостояние наших людей, обеспечение их достойными рабочими местами, переход на более эффективное управление экономикой.
27.01.2025, 10:00
t.me/tivmatbuot/337
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa