O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
IS
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.86%
ER (semana)
52.86%
ERRAR (semana)

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

https://uzconsulate.taplink.ws/

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 169 resultados
91
175
12 k
DIQQAT!

#Rasmiy_xabar

2025-yil 23-aprel kuni Istanbul shahrida yashagan yurtdoshimiz yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanimizga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh rahmat qilsin.
24.04.2025, 15:06
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2401
12
6
3.5 k
Bugun 24 aprel kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
24.04.2025, 08:25
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2400
57
275
22 k
#rasmiy_xabar

TURKIYANING ISTANBUL SHAHRIDAGI SODIR BO’LGAN ZILZILA HAQIDA

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 23 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Silivri tumani (Istanbul viloyati)da 6,2 ballli yer qimirlashi qayd etildi. Epitsentr Marmara dengizi hududida, shahar markazidan taxminan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Zilzila Istanbulning barcha tumanlarida hamda qo‘shni viloyatlarda, jumladan Izmirda ham his etildi. Ko‘plab aholi binolardan chiqib, ochiq joylarda to‘plangan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lumotiga ko‘ra, jiddiy vayronagarchilik yoki halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Bir fuqaro binodan chiqib ketish paytida jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Asosiy silkinishdan so‘ng bir necha aftershoklar kuzatildi, ulardan eng kuchlisi 5,3 magnitudada bo‘lgan. Hokimiyatlar aholini zarar ko‘rgan binolarga kirmaslikka va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda.

Istanbul gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila natijasida hech kim halok bo‘lmagan.
151 nafar fuqaro qo‘rquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonalarda davolanmoqda. Ularga hech qanday hayotiy xavf yo‘q.
Shuningdek, Fatih tumanida tashlandiq bino qulab tushgan, ammo hodisa oqibatida hech kim jabr ko’rmagan.

Bosh konsulxona mahalliy favqulodda xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Qo‘shimcha ma’lumot kelib tushgan taqdirda, Bosh konsulxona belgilangan tartibda darhol ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining
Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
23.04.2025, 16:07
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2399
#Rasmiy_xabar

TURKIYANING ISTANBUL SHAHRIDAGI SODIR BO’LGAN ZILZILA HAQIDA

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 23 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Silivri tumani (Istanbul viloyati)da 6,2 ballli yer qimirlashi qayd etildi. Epitsentr Marmara dengizi hududida, shahar markazidan taxminan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Zilzila Istanbulning barcha tumanlarida hamda qo‘shni viloyatlarda, jumladan Izmirda ham his etildi. Ko‘plab aholi binolardan chiqib, ochiq joylarda to‘plangan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lumotiga ko‘ra, jiddiy vayronagarchilik yoki halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Bir fuqaro binodan chiqib ketish paytida jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Asosiy silkinishdan so‘ng bir necha aftershoklar kuzatildi, ulardan eng kuchlisi 5,3 magnitudada bo‘lgan. Hokimiyatlar aholini zarar ko‘rgan binolarga kirmaslikka va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda.

Istanbul gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila natijasida hech kim halok bo‘lmagan.
151 nafar fuqaro qo‘rquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonalarda davolanmoqda. Ularga hech qanday hayotiy xavf yo‘q.
Shuningdek, Fatih tumanida tashlandiq bino qulab tushgan, ammo hodisa oqibatida hech kim jabr ko’rmagan.

Bosh konsulxona mahalliy favqulodda xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Qo‘shimcha ma’lumot kelib tushgan taqdirda, Bosh konsulxona belgilangan tartibda darhol ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining
Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
23.04.2025, 16:06
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2398
96
111
8.0 k
DIQQAT!

Bugun Istanbul shahri va unga yaqin hududlarda yer silkinishi kuzatildi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi barcha vatandoshlarimizni osoyishta bo‘lishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiradi.

Barchangizga tinchlik va omonlik tilaymiz. Alloh O‘z panohida asrasin.
23.04.2025, 13:19
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2397
Repostar
22
11
3.1 k
🇺🇿 🇹🇷
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23-25-aprel kunlari Turkiya Respublikasiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida:

✅Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi “Anitkabir” ziyorati
✅Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv
✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi
✅Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Gyoktash bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
22.04.2025, 22:36
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2396
14
27
3.0 k
‼️MUHIM OGОHLANTIRUV‼️

So‘nggi paytlarda Turkiyada yashash (ikamet izni) va mehnat qilish ruxsatnomalari (çalışma izni)ni rasmiylashtirish, mamlakatga kirish taqiqini bekor qilish hamda jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq firibgarlik holatlari keskin ortmoqda.

Ko‘p hollarda konsalting firmalari (danışmanlık şirketleri) yuqoridagi masalalarni hal qilishga va’da berib, yurtdoshlarimizning katta miqdordagi pullarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirmoqda.

❗ E’tiborga molik jihati shundaki, jabrlanuvchilar ushbu shaxslar bilan yozma shartnoma yoki hujjatlashtirilgan kelishuvlar tuzmaganliklari bois, qonuniy tartibda o‘z mablag‘larini qaytarib ololmayapti.

🚨 Eng xavotirli jihatlardan biri — ayrim firibgarlarning ilgari Turkiyadan deportatsiya qilingan va kirish taqiqi qo’yilgan O‘zbekiston fuqarolarini boshqa davlatning qalbaki pasportlari orqali mamlakatga olib kirishga urinish holatlaridir. Bu esa o’z o’rnida yurtdoshlarimizni murakkab va jinoiy javobgarlikka olib keladigan vaziyatlarga solmoqda.

Shuningdek, ayrim shaxslar “GÖÇ idorasi (Migratsiya xizmati)dagi jarimangizni o‘rningizga to‘lab beramiz” degan va’dalar bilan pullarni o‘zlashtirish holatlari ham aniqlanmoqda. Ular jabrlanuvchilarni “o‘zingiz borsangiz ushlanib qolasiz” degan yolg‘onlar bilan qo‘rqitib, ularni mablag‘larini o’zlashtirmoqda.

❗ Hurmatli yurtdoshlar!
Bosh konsulxona sizlarni:
✅ Noqonuniy va ishonchsiz vositachilardan ogoh bo‘lishga
✅ Har qanday huquqiy masalalarda faqat rasmiy idoralarga murojaat qilishga chaqiradi.

‼️ Eslatma:
Qonunni buzgan holda Turkiyaga kirishga urinish yoki noqonuniy vositachilarga murojaat qilish — og‘ir huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
21.04.2025, 09:20
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2395
32
36
4.2 k
Turkiyada odam savdosining navbatdagi qurboni qutqarildi

Doimiy ogohlantirishlarga qaramay, ayrim yurtdoshlarimizning begona va ishonchsiz shaxslarning va’dalariga ishonib, Turkiyada murakkab va xavfli vaziyatlarga tushib qolishi davom etmoqda.

2025-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa o‘rnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yo‘lga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi bo‘lib ishlash taklif etilgan.

Biroq Istanbulga yetib kelgach, N.A. uni Shanliurfa shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.

Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan mazkur holat bo’yicha ma’lumot kelib tushdi. Vakolatxona tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimizning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va O‘zbekistonga qaytarilishi ta’minlandi.

Bosh konsulxona yana bir bor yurtdoshlarimizni begona vositachilar orqali chet elga chiqmaslik, har qanday ish taklifini puxta o‘rganish va faqat rasmiy manbalar orqali ish izlashga chaqiradi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
18.04.2025, 09:58
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2394
39
83
4.5 k
‼️MUHIM OGОHLANTIRUV‼️

Joriy yil 13 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi tomonidan Istanbul metropolitenida ruxsatsiz tarzda turk fuqarosi bo‘lgan ayolni suratga olish holati aniqlangan. Ushbu harakat ayol tomonidan huquq-tartibot organlariga ma’lum qilinganidan so‘ng fuqaro qo‘lga olingan, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Natijada:
• fuqaroning Turkiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomasi (Çalışma izni) bekor qilindi;
• unga nisbatan ma’muriy jazo va majburiy deportatsiya choralari ko‘rilmoqda;
• ushbu harakat shaxsiy hayot daxlsizligini buzish sifatida baholangan.

Bosh konsulxona aralashuvi natijasida mazkur fuqaroga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lmagan chora korilishiga erishildi.

‼️ESLATMA: Turkiya qonunlariga ko‘ra, boshqa shaxsni, ayniqsa ayollarni, ularning roziligisiz suratga olish yoki videoga tushirish qat’iyan man etiladi va bu jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, Turkiyada bo‘lishingiz davomida mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya qiling. Begona shaxslarni ularning ruxsatisiz suratga va videoga olish yoki ularga noqulaylik tug‘diruvchi harakatlar sizga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

🛑 Huquqiy muammolarga yo‘liqmaslik uchun harakatlaringizda ehtiyotkor bo‘ling.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
17.04.2025, 09:46
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2393
11
2
1.8 k
Ertaga 17 aprel kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
16.04.2025, 17:27
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2392
32
48
5.6 k
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi S.S. Vatanga qaytarildi.

Aniqlanishicha, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. o‘zining qonuniy vasiylarining roziligisiz, Turkiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish maqsadida Istanbul shahriga kelgan. U O‘zbekistonlik tanishining tavsiyasi bilan Turkiyada tahsil olayotgan, A.D. ismli shaxs bilan bog‘langan.

Turkiyaga kelganidan so‘ng S.S. ni A.D. kutib olgan va unga bosim o‘tkazib, uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. Qarshilik qilgan taqdirda esa uni mahalliy jinoiy guruhlarga topshirish bilan qo‘rqitgan.

O‘z hayoti xavf ostida qolganini anglagan S.S. yordam so‘rab diasporamiz vakillariga murojaat qilgan. Faollar tomonidan Bosh konsulxonaga olib kelingan va mazkur fuqaroning holati o’rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.

⚖️ Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

✅ 2025-yil 14-aprel kuni Bosh konsulxona, “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan yurtdoshimizning Vatanga qaytishini tashkil etdi va u belgilangan tartibda davlat qaramog‘iga topshirildi.

O’zbekistonda S.S. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kutib olindi va hozirda uni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

‼️Bosh konsulxona fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni voyaga yetmagan farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga alohida e’tibor qaratishga chaqiradi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
16.04.2025, 13:07
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2391
25
31
4.3 k
‼️ MUHIM ESLATMA ‼️

Agar siz turistik yoki boshqa maqsadlarda Turkiyaga kelgan bo‘lsangiz, quyidagi TAVSIYALARGA qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:

⚠️ OGOH BO‘LING:
• 📄 Fuqarolik pasportingizni begona shaxslarga bermang;
• 💱 Pulingizni faqat rasmiy pul ayirboshlash maskanlarida (Döviz) almashtiring;
• 💰 Yirik miqdordagi pullar va qimmatbaho buyumlarni jamoat joylarida ko‘z-ko‘z qilmang;
• 📵 Begona shaxslarga telefoningiz yoki SIM-kartangizni (hatto qisqa vaqtga) bermang;
• 🚫📲 Hech qachon o‘zingizning nomingizdan begona shaxslarga SIM-karta olib bermang;
• 👮‍♂️ Agar hujjatlaringiz yoki mol-mulkingizni yo‘qotsangiz yoki o‘g‘irlatib qo‘ysangiz — zudlik bilan eng yaqin politsiya bo‘limiga yoki xizmatdagi politsiya xodimiga murojaat qiling yoki 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

🧠 ESDA TUTING:
• 🗣️ Politsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tarjimon yoki himoyachisiz ko‘rsatma berishga majbur emassiz;
• ⚖️ Siz hech qachon o‘zingizning aybsizligingizni isbotlashga majbur emassiz;
• ☎️ Agar qo‘lga olingan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasiga xabar berish huquqiga egasiz.

‼️ MUHIM:
• 🆓 Jinoyat yoki huquqbuzarlik qurboniga aylangan bo‘lsangiz, Turkiya Jinoyat-protsessual kodeksining 202-moddasiga muvofiq, surishtiruv va tergov jarayonida sizga BEPUL TARJIMONLIK XIZMATI taqdim etiladi.

❌ IMZO QO‘YMANG:
• 📄❓ Tushunmagan matnga ASLO imzo qo‘ymang;
• 🛑 Turk tilini bilmasligingiz — politsiya tomonidan shikoyatingizni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.

🏬 E’TIBOR BERING:

Agar yirik savdo markazlarida jinoyat yoki huquqbuzarlik holatiga duch kelsangiz, markazning xususiy qo‘riqlash xizmati (Özel Güvenlik) vakillari sizning talabingiz asosida politsiyaga xabar berishi SHART.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
16.04.2025, 09:34
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2390
Repostar
14
2
1.6 k
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashdik.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarning istiqbollari hamda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdik.

Davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari va strategik sheriklik doirasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning samarali ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini yanada kuchaytirishga e’tibor qaratdik.

Shuningdek, hududlar va tarmoqlararo savdo-iqtisodiy, investisiya loyihalari hamda o‘zaro madaniy-gumanitar tadbirlar salmog‘ini kengaytirish, bu borada qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo’yish masalalarini muhokama qildik.

#senat
#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
15.04.2025, 16:09
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2386
Repostar
2
1.7 k
15.04.2025, 16:09
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2387
Repostar
2
1.7 k
15.04.2025, 16:09
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2388
Repostar
1
1.7 k
15.04.2025, 16:09
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2389
21
31
2.5 k
‼️ RASMİY MUNOSABAT ‼️

📅 2025-yil 13-aprel kuni Turkiya OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi o‘z turmush o‘rtog‘ini iqtisodiy muammolar sababli o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.

🔹 Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, fuqaroning yaqin qarindoshi — xususan, holasi bergan ma’lumotlariga tayangan holda quyidagilarni ma’lum qiladi:

⚖️ Haqiqatan ham, vatandoshimiz mazkur voqea yuzasidan gumonlanuvchi sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

📌 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
▪️ Vafot etgan Turkiya fuqarosi spirtli ichimlik iste’mol qilgan;
▪️ U o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘iga nisbatan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib kelgan.

👥 Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgan. Dastlabki tergovga ko‘ra, marhum ayolni bo‘g‘ayotgan paytda orqa tomondan pichoq bilan jarohatlangan. Bu esa uni boshqa shaxs tomonidan pichoqlangan bo‘lishi ehtimolini istisno etmaydi.

✅ Hozirda vatandoshimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko’rsatilmoqda va unga advokat biriktirilgan.

Mazkur holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
15.04.2025, 10:51
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2385
26
5
1.5 k
AJDODIMNI O‘RGANAMAN!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952–2015)

Qisqacha tarjimai hol:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - yirik zamonaviy islom olimi, mufassir va jamoat arbob. 1952-yilda Andijon viloyatida tavallud topgan. Misrdagi Al-Azhar universitetini tamomlagan. 1980–1990-yillarda Sovet Ittifoqi Musulmonlari diniy boshqarmasi raisi o‘rinbosari, so‘ngra raisi bo‘lgan. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasiga rahbarlik qilgan. U butun umrini xalqni islomga da’vat qilish, diniy-ma’rifiy ishlarga bag‘ishlagan. 2015-yilda vafot etgan.

Mashhur asari:
Tafsiri Hilol – Qur’oni Karimning zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjimasi va keng izohli tafsiri bo‘lib, xalq orasida eng ko‘p o‘qiladigan diniy asarlardan biridir.
Bundan tashqari, “Islom aqidasi”, “Iymon”, “Qiyomat va Oxirat”, “Sahih Hadislar Silsilasi”, “Muhammad sollallohu alayhi vasallam – eng buyuk inson” kabi o‘nlab jildli asarlari bor.

Iqtibos:
“Qur’onni o‘qish – bu Alloh bilan suhbatdir. Tafsirini o‘rganish esa – hayotni to‘g‘ri tushunishdir.”

🔗 Batafsil
15.04.2025, 10:33
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2384
12
1.1 k
AJDODIMNI O’RGANAMAN!

Ahmad Yassaviy (1103–1166)

Qisqacha tarjimai hol:
Ahmad Yassaviy - buyuk turk tasavvufiy mutafakkiri, shoir va murshid. Yassaviy tariqatining asoschisi. U Sayramda tug‘ilgan, Yassida (hozirgi Turkiston) yashagan. Uning g‘oyaviy va ruhiy ta’siri nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun turkiy islom olamida chuqur sezilgan. Talabalariga ilohiy muhabbat, poklik va xalq xizmatini o‘rgatgan.

Mashhur asari:
“Devoni hikmat” - tasavvufiy ruhda yozilgan she’rlar to‘plami bo‘lib, xalq orasida keng tarqalgan va ruhiy-ma’naviy tarbiyada asrlar davomida qo‘llanilgan.

Iqtibos:
“Ko‘ngilni sinma, ko‘ngilda Xudo bor;
Ko‘ngilni ag‘darma, ko‘ngilda payg‘ambar.”

🔗 Batafsil
14.04.2025, 07:43
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2383
12
3
1.4 k
AJDODIMNI O‘RGANAMAN
Usta Olim Komilov (1875–1953)

Qisqacha tarjimai hol:
Usta Olim Komilov - mashhur o‘zbek sozandasi, bastakor va san’at targ‘ibotchisi. U 1875-yilda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. XX asr boshida o‘zbek musiqiy merosini saqlash va rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.

Mashhur asari yoki faoliyati:
Usta Olim Komilov xalq kuylarini, xususan, maqom ijrochiligini saqlab qolgan, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. U 1932-yilda Parijda o‘tkazilgan xalq ijodiyoti festivalida ishtirok etib, o‘zbek musiqasini jahon sahnasiga olib chiqqan.

Iqtibos:
“San’at - bu xalqning qalbi, uning tarixini tinglovchiga yetkazadigan eng go‘zal tovushdir.”

🔗 Batafsil
13.04.2025, 07:37
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2382
14
164
87 k
📢 DIQQAT! OGOHLIK! 📢

🇹🇷 TURKIYADA YOLG‘ON ISH TAKLIFLARIGA ISHONMANG!

So‘nggi paytlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilib (asosan fuqarolarning tanish-bilishlari orqali), ularni aldash holatlari ko‘paymoqda. Ushbu shaxslar ishga joylashish, uy-joy va qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarimizni og‘ir ahvolga solmoqda.

⚠ Agar siz noqonuniy mehnat faoliyatini boshlasangiz yoki firibgarlar tomonidan aldansangiz, quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:

❌ Ish haqi va’da qilinganidan ancha kam to‘lanishi yoki umuman berilmasligi
❌ Ish sharoitlari og‘ir yoki yomon bo‘lishi
❌ Ish beruvchi tomonidan noqonuniy ekspluatatsiya va haqorat
❌ Turkiyada noqonuniy mehnat qilish oqibatida deportatsiya va jarimalar
❌ Turkiyaga kelganingizdan so‘ng, aeroportda kutib olish va’da qilinib, pulingiz o‘zlashtirilgandan keyin vositachining g‘oyib bo‘lishi

🟢 Yuqoridagi holatlarda vatandoshlarimiz va ish taklif qilgan shaxslar o‘rtasida hech qanday rasmiy hujjat mavjud bo‘lmaganligi sababli, firibgarlarni javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi.

📌 Turkiyada ishlash uchun chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnoma – ISH RUXSATNOMASIGA (Çalışma İzni) ega bo‘lishlari shart!

🔹 Ish izlash uchun faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (www.migration.uz) yoki litsenziyaga ega rasmiy agentliklarga murojaat qiling!
🔹 Turkiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelmang va ishonchsiz shaxslarga pul bermang!
🔹 Ish sharoitlari, ruxsatnomalar va maosh bo‘yicha rasmiy hujjat talab qiling!

🛑 O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling! Ishga faqat rasmiy yo‘llar bilan joylashing!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
12.04.2025, 10:17
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2381
12.04.2025, 08:40
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2380
9
1.3 k
AJDODIMNI O’RGANAMAN

Xoja Muhammad Porso (1356–1420)

Qisqacha tarjimai hol:
Xoja Muhammad Porso - mashhur naqshbandiy shayxi, alloma va mutasavvif. Buxoroda tavallud topgan, Xoja Bahouddin Naqshbandning eng yetuk shogirdlaridan bo‘lgan. U ilm, ruhiy tarbiya va jamiyat islohoti masalalarida chuqur fikrlar bildirgan.

Mashhur asari:
“Risolayi qudsiyya” - Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyillarini tushuntiruvchi eng muhim manbalardan biri.

Iqtibos:
“Ko‘ngilni poklasang, har bir so‘z zikr, har bir nafas ibodat bo‘lur.”

🔗Batafsil
12.04.2025, 08:34
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2379
25
24
2.3 k
Trabzon va Buxoro – endilikda birodar shaharlar!

Turkiyaning go‘zal Qora dengiz bo‘yidagi shahri Trabzon va O‘zbekistonning qadimiy madaniyat markazi Buxoro o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi.

Ushbu hamkorlik ikki shahar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tarix, turizm, ta’lim va savdo sohalarida yangi loyihalarga yo‘l ochiladi.

Buxoro va Trabzon — tarix va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik!
11.04.2025, 10:37
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2377
23
2.3 k
11.04.2025, 10:37
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2378
Repostar
36
14
1.4 k
❗️Агар мен Амир Темур даврида дунёга келганимда, у қилган ишларни қила олмаган бўлардим. Агар у менинг давримда дунёга келганида эди, у мендан каттароқ ишларни қилган бўлар эди - Мустафо Камол Отатурк.

👉https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
10.04.2025, 10:45
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2376
15
3
1.5 k
AJDODIMNİ O’RGANAMAN

ABDULLA AVLONIY (1878–1934)

Qisqa tarjimai hol:
Abdulla Avloniy — ma’rifatparvar, jadid adibi, pedagog, noshir va ijtimoiy faol. U Toshkentda tug‘ilgan. “Jamiyatni isloh qilish uchun avvalo insonni tarbiyalash lozim”, degan g‘oyani ilgari surgan. Avloniy Turkiston jadidchiligining asoschilaridan biri bo‘lib, yangi usul maktablarini tashkil etishda, milliy matbuotni rivojlantirishda va teatr san’atini shakllantirishda katta hissa qo‘shgan.

Mashhur asari:
“Turkiy guliston yoxud axloq” – yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan, axloqiy qadriyatlar, milliy g‘urur va insoniylik masalalarini ko‘taradigan muhim asar.

Iqtibos:
“Millatni saodatga yetkazmoqchi bo‘lsak, avvalo uning qalbini poklamoq, axloqini to‘g‘rilamoq kerak.”

🔗 Batafsil
10.04.2025, 07:22
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2375
14
2
1.5 k
Ertaga 10 aprek kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
9.04.2025, 18:25
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2374
Repostar
15
2
1.5 k
Numan Kurtulmush: Bugun O'zbekiston jadal rivojlanmoqda va uning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda

Turkiya Buyuk millat majlisi raisi "Dunyo" AA muxbiri savollariga javob berdi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
9.04.2025, 07:37
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2373
17
12
2.7 k
9 aprel – buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun ulug‘ ajdodimiz, jahongir va adolat timsoli Amir Temur tavallud topgan sana. 1336-yilning 9-aprelida Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan Sohibqiron, o‘zining dono siyosati, kuchli irodasi va adolatli boshqaruvi bilan yurtimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlandi.

Amir Temur nafaqat ulkan saltanat barpo etgan, balki ilm-fan, me’morchilik va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning jasoratli yurishlari, dono maslahatlari va “Temur tuzuklari” kabi bebaho merosi bugungi avlod uchun ham ibrat manbaidir.

Iqtibos:
“Kuch – adolatda. Adolat esa – davlatning tayanchi.”

Bugun ham Sohibqironning merosi yuragimizda, ezgu ishlarda va yosh avlod tarbiyasida barhayot!
9.04.2025, 07:17
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2372
17
3
1.5 k
Ajdodimni o’rganaman!

Abu Lays as-Samarqandiy
(944 — 1003)

Qisqa tarjimai hol:
Movarounnahrda yashagan mashhur hanafiy faqih va mufassir. “Faqih ul-Mashriq” (Sharq faqihi) laqabi bilan tanilgan. Fiqh, tafsir va axloq ilmlarida chuqur ilm egasi bo‘lgan.

Mashhur asari:
Tanbeh ul-g‘ofilin — axloqiy-ma’rifiy mavzulardagi nasihatlar to‘plami.

Iqtibos:
“Taqvo - bu faqat haromdan tiyilish emas, balki shubhali narsalardan ham yiroq turishdir.”

🔗 Batafsil
8.04.2025, 12:32
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2371
Repostar
14
1
1.4 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеяси доирасида Туркия Республикаси Буюк миллат мажлиси Раиси Нуман Куртулмуш бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

В рамках программы 150-й юбилейной Ассамблеи Межпарламентского союза Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Великого национального собрания Турецкой Республики во главе с его председателем Нуманом Куртулмушем.

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7.04.2025, 14:13
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2370
24
1
1.4 k
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonovning Turkiya Respublikasi sog'likni saqlash vaziri Kemal Memisho'g‘li bilan uchrashuvi o’tkazildi.

Muzokaralar davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va qo'shma istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
7.04.2025, 09:14
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2369
17
20
4.1 k
Abdulla Oripov
ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to’tining holi
O‘zgalarni taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to’ti bo‘lib qolaman!
7.04.2025, 08:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2368
6
2
1.4 k
Ajdodimni o‘rganaman

Abdulla Oripov (1941–2016)

Qisqacha tarjimai hol:
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 1941-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, mustaqillik davrining ramziy shoirlaridan sanaladi. 2016-yilda vafot etgan.

Mashhur asari:
“Munojot” — inson, xalq, vatan va yaratuvchiga muhabbat bilan to‘la chuqur falsafiy she’riy to‘plam.

Iqtibos:
“Ey Vatan, agar sendan ayrilmoq bo‘lsa jon,
Men yashashdan ko‘ra o‘lishni tanlayman, onam!”

🔗 Batafsil
7.04.2025, 08:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2367
18
4
1.7 k
Ajdodimni o‘rganaman

Usmon Nosir (1912–1944) – o‘zbek adabiyotining porloq iste’dod egalardan biri, yurakka yaqin she’rlari, adolat va vatanparvarlik ruhi bilan tilga tushgan shoir.

Qisqacha tarjimai holi:
Usmon Nosir 1912-yilda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan. 1930-yillarda u adabiyotga kirib keladi va tez orada she’rlari bilan tanila boshlaydi. 1937-yilda “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinadi. Qattiq qiynoqlar ostida hayotining ko‘p qismini surgunda o‘tkazadi. 1944-yilda Magadanda nohaq qatl etiladi.

Mashhur asari:
“Quvg‘in” – shoirning hayoti va qismati bilan chambarchas bog‘liq, yuraklarni larzaga soluvchi asar. Unda insoniy g‘urur, muhabbat va ozodlikka intilish mujassam.

Iqtibos:
“Men seni sevardim yuragim bilan,
Toki yuragim ham seni tark etdi…”

🔗 Batafsil
6.04.2025, 12:08
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2366
20
9
1.7 k
6.04.2025, 12:04
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2365
16
3
1.4 k
Ajdodimizni o’rganamiz

Burhoniddin Marg‘inoniy (1138–1197)
Buyuk fiqh allomasi, hanafiy mazhabining zabardast vakili.

Qisqacha tarjimai hol:
Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda tahsil olib, hanafiy fiqhining eng chuqur bilimdonlaridan biriga aylangan. U yaratgan “Al-Hidoya” asari islom huquqi tarixida eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar asrlar davomida fiqhni o‘rgatuvchi madrasa va ilmiy doiralarning asosiy kitobi bo‘lib kelgan.

Mashhur asari:
“Al-Hidoya” — hanafiy fiqhi asoslarini chuqur sharhlagan ulug‘ asar.

Iqtibos:
“Fiqh — bu insonning Allohning amr va taqiqlarini dalil bilan bilishidir.”

🔗 Batafsil
5.04.2025, 10:56
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2364
7
1.7 k
1.04.2025, 13:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2363
6
1.4 k
1.04.2025, 13:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2362
13
6
1.3 k
Navro‘z bayrami keng nishonlandi!

2025 yil 21 mart kuni Turkiyada Navro‘z bayrami munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Turk Dunosi mahallasida Turkiy davlatlar vakillari va “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” hamkorligida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta madaniy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari va Turkiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz faol qatnashdi.

TÜGVA markaziy binosida, O‘zbekiston yoshlarining iftor dasturi va Navro‘z bayrami do‘stona va iliq muhitda o‘tdi. Bosh konsulxona vakillari hamda taniqli jurnalistlar yoshlarimizga o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.

Bahçeşehir universitetida o‘zbek talabalarining tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda esa palov, somsa, chuchvara, milliy liboslar va raqslar mehmonlarga namoyish etildi.

Bandirma Onyedı Eylul universitetida “Uniway Club” o’zbekistonlik talabalar klubi tomonidan tashkil etilgan Navro‘z tadbiri keng jamoatchilik e’tiborini tortdi va ijobiy fikrlar bilan qarshi olindi.

Mazkur tadbirlar o‘zbek milliy qadriyatlarini namoyon etib, madaniy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbirda o‘zbek milliy liboslari, taomlari, urf-odatlarini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar va konsert dasturlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
1.04.2025, 13:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2360
6
1.4 k
1.04.2025, 13:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2361
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2358
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2359
Repostar
15
6
1.5 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев, Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон ва Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров уч мамлакат давлат чегаралари туташган ҳудудда Дўстлик стеласини тантанали равишда очдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон и Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров торжественно открыли стелу Дружбы в районе стыка государственных границ трех стран.

#Mirziyoyev #marosim #Tojikiston #Qirgiziston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2353
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2357
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2354
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2355
Repostar
6
1.5 k
31.03.2025, 17:35
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2356
Repostar
26
1
1.4 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған телефон орқали мулоқотда Рамазон ҳайити муносабати билан бир-бирларини самимий қутладилар.

В ходе телефонного разговора Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган обменялись теплыми поздравлениями в связи с праздником Рамазан хайит.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
31.03.2025, 07:41
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2352
40
8
1.7 k
RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Barcha yurtdoshlarimizni muqaddas Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bu qutlug‘ ayyom barchamizga sog‘lik-salomatlik, xonadonlarimizga fayzu baraka, tinchlik va totuvlik, mehr-oqibat hamda farovonlik olib kelsin.

Yurtimizda va xorijdagi yurtdoshlarimiz o‘rtasida do‘stlik, ahillik va hamjihatlik yanada mustahkam bo‘lishini tilaymiz.

Ramazon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!

Fursatdan foydalanib, 2025-yil 31-mart kuni bayram munosabati bilan Bosh konsulxona yopiq bo‘lishini va fuqarolar qabuli 1-aprel kuni odatdagi tartibda davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
30.03.2025, 07:58
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2351
15
1.3 k
HAR KUNI BIR AJDODIMIZ
Mavlono Lutfi (1366–1465)

Qisqacha tarjimai hol:
Mavlono Lutfi — XIV–XV asrda yashagan mashhur turkiy adib, mutafakkir va tilshunos. U 1366-yilda Xorazmda tug‘ilgan. Samarqand va Hirotda tahsil olgan. Temuriylar davrida faoliyat yuritgan, Alisher Navoiydan avval yashab, turkiy adabiyot taraqqiyotiga asos solgan salmoqli shaxsdir. Lutfi asarlari yuqori badiiylik va chuqur ma’naviyat bilan ajralib turadi.

Mashhur asari:
Gul va Navro‘z — ramziy muhabbat orqali ijtimoiy va axloqiy g‘oyalarni ifodalagan she’riy asar.

Iqtibos:
“Til odamni hurmatli qiladi, so‘z esa uni elga tanitadi.”

🔗 Батафсил
27.03.2025, 14:42
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2350
18
2
1.6 k
HAR KUNI BIR AJDODIMIZ

Xo‘ja Ahror Vali (1404–1490)

Qisqacha tarjimai hol:
Xo‘ja Ahror Vali — yirik tasavvuf arbobi, naqshbandiya tariqatining atoqli namoyandasi. U 1404 yilda Toshkent yaqinidagi Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand, Hirot, Buxoro kabi shaharlarda faoliyat yuritgan. Naqshbandiya tariqatini keng yoygan, siyosiy hayotda ham faol bo‘lgan. Uning ijtimoiy adolat, halollik va xalq xizmatiga doir qarashlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Mashhur asari:
"Volidiya" ("Otaga bagʻishlov") boʻlib, uni oʻz otasi iltimosiga koʻra yozgan.

Iqtibos:
“Haq yo‘lida xizmat qilgan kishining har nafasini Alloh maqbul qiladi.”

🔗 Batafsil
26.03.2025, 15:51
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2349
7
3
1.6 k
Ertaga 27 mart kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
26.03.2025, 15:04
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2348
15
1
1.9 k
Najmiddin Kubro (1145–1221)
Xorazm viloyatining Khiva shahrida tug’ilgan va hozirgi Turkmanistonning Ko‘hna Urganch mintaqasida vafot etgan.
Najmiddin Kubro — tasavvufdagi yirik mutafakkir, “valiylar sultoni” degan unvon bilan tanilgan. U “Kubraviyya” tariqatiga asos solib, ko‘plab muridlar va valiylarni yetishtirgan. Mo‘g‘ullar Urganchga bostirib kirganida xalqni tark etmay, shahid bo‘lgan.

Mashhur asari:
“Favoih al-jamal va fawatih al-jalal” — bu asarda ruhiy poklanish, ilohiy ishq va tasavvufiy kamolot yo‘llari bayon etilgan.

Iqtibos:
“Qalb oynadir – uni pokla, toki Unda Haq aks etsin.”

🔗 Batafsil
25.03.2025, 09:54
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2347
12
1.7 k
📜 Har kungi ajdodlar
Jahon otin Uvaysiy (1780–1845)
Marg‘ilonda tug‘ilgan, o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakilasi, tasavvufiy g‘oyalarga boy she’rlari bilan tanilgan shoiradir. Uvaysiy xonim diniy-ma’rifiy va axloqiy mavzularda yozgan g‘azallari orqali o‘z davrida ayol shoiralar orasida yuksak o‘rin egallagan.

Uning ijodiy merosi:
– Devoni Uvaysiy – g‘azal, muxammas va ruboiylardan iborat.
– Ijodida Allohga muhabbat, sabr, tavakkul, nafs bilan kurash kabi tasavvufiy tushunchalar asosiy o‘rinda.

Unutilmas so‘zlari:
“Ishq bu – yurakda yonar yong‘in, ammo jismni emas, nafsni kuydiradi.”

🔗 Batafsil
24.03.2025, 09:29
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2346
Repostar
14
3
1.7 k
#vatandoshdan_qutlov

🔤🔤🔤🔤🪷🔤🔤
🔤🔤✅🌹🔤😴 ❕

👍 QADRLI VATANDOSHIM!

🍃"NAVRO'Z" UMUMXALQ BAYRAMI MUBORAK BO'LSIN!

Turkiyadan vatandoshimiz qutlaydi!

✈️Kanalga ulanish:
https://t.me/vatandoshlar_fond

Bizni kuzatib boring.
📱Facebook | 🌐Instagram |
📹YouTube | 🌐Web-site
23.03.2025, 18:34
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2345
Repostar
7
1
1.6 k
#vatandoshdan_qutlov

🔤🔤🔤🔤🪷🔤🔤
🔤🔤✅🌹🔤😴 ❕

👍 QADRLI VATANDOSHIM!

🍃"NAVRO'Z" UMUMXALQ BAYRAMI MUBORAK BO'LSIN!

Turkiyadagi vatandoshlar jamoat birlashmalari rahbarlari qutlaydi!

✈️Kanalga ulanish:
https://t.me/vatandoshlar_fond

Bizni kuzatib boring.
📱Facebook | 🌐Instagram |
📹YouTube | 🌐Web-site
23.03.2025, 18:34
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2344
30
13
1.7 k
✨ Assalomu alaykum!
Hurmatli yurtdoshlar!

Barchamiz uchun qadrli va aziz boʻlgan Navroʻz bayrami bilan muborakbod etamiz!

Navroʻz – asrlar davomida xalqimiz qalbida umid, mehr-muhabbat va hamjihatlik tuygʻularini uygʻotib kelgan. Barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxt va fayzli turmush tilaymiz.

Qalblaringizdan shodlik, yurtimizdan tinchlik arimasin!
21.03.2025, 10:14
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2343
24
26
2.4 k
RASMIY XABAR

O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1977 yilda tug‘ilgan R. N. odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanib, Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. U xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yo‘lida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.

‼️ Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar bo‘linmalariga murojaat qilishlari so’raladi.

⚖️ Jinoyat uchun jazolanish muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
20.03.2025, 18:13
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2342
37
92
4.5 k
DIQQAT! Oʻzbekiston fuqarolari e’tiboriga!

Hurmatli fuqarolar!

So‘nggi kunlarda Istanbul shahrida turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani sababli, Bosh konsulxona sizni ehtiyotkorlikka chaqiradi.

‼️Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda «provosatsion postlar» joylashtirgan 261 kishini aniqlagan va 37 kishini hibsga olgan. Shu sababli, sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz.

🔴 Xavfsizligingizni ta’minlash uchun quyidagilarga amal qiling:
✅ Har qanday norozilik namoyishlari, mitinglar va ommaviy yig‘inlardan uzoqroq bo‘lish;
✅ Odam gavjum joylarga bormaslik va harakatlanish yo‘nalishingizni oldindan rejalashtirish;
✅ Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, provokatsion xabarlar joylashtirmaslik va tarqatmaslik;
✅ Rasmiy xabarlarga e’tibor berish va vaziyat bo‘yicha yangiliklarni kuzatib borish;
✅ Favqulodda holatlarda Bosh konsulxona bilan bog‘lanish.

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!

Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim! Iloji boricha ehtiyot bo‘ling va huquq-tartibot idoralarining ko‘rsatmalariga rioya qiling.
20.03.2025, 15:16
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2341
25
8
4.1 k
Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2025-yil 21-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan yopiq bo‘lishini maʼlum qilamiz.

Shu munosabat bilan fuqarolarning qabuli 24 mart kuni odatdagi tartibda boshlanishini eslatib o’tamiz.
19.03.2025, 13:32
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2340
7
3
1.9 k
Sulton Uvaysiy (1780–1845)

📌 Qisqacha tarjimai hol:
Sulton Uvaysiy – o‘zbek adabiyotining yirik vakili, shoir va mutafakkir ayol. U Xorazmda tug‘ilib, ijodiy faoliyatini asosan shu yerda olib borgan. Uvaysiy Ko‘histoniydan ta’lim olib, sufiylik ta’sirida shakllangan. U she’riyatida ayollarning ruhiyati, muhabbat, sabr, vafo, iymon kabi mavzularni keng yoritgan.

📖 Mashhur asari:
📜 “Devon” – Sulton Uvaysiyning she’riy to‘plami bo‘lib, unda lirika, g‘azal va muxammaslar katta o‘rin tutadi.

🖋 Iqtibos:
“Bu ishq aro go‘zal, yomon yo‘q ekan,
Sevgida g‘ayrdan amon yo‘q ekan.”

🔗 Batafsil
18.03.2025, 19:23
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2339
8
1.8 k
📢 2025-yil 18-mart kuni ham xuddi shu joyda va shu vaqtda sayyor qabul tashkil etiladi
18.03.2025, 09:59
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2338
21
6
1.8 k
DIQQAT! O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim e’lon! 🇺🇿🇧🇬

Hurmatli Bolgariyada yashovchi O‘zbekiston vatandoshlari!

📢 2025-yil 17-mart kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha
📍 Sofiya shahridagi “Marinela” mehmonxonasida

O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, Anqaradagi elchixonasi hamda Migratsiya agentligining Turkiya vakolatxonasi vakillari ishtirokida sayyor uchrashuv tashkil etilmoqda.

📌 Ushbu uchrashuv davomida siz quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin:
✔️ Konsullik hujjatlari va xizmatlari
✔️ Migratsiya va yashash bilan bog‘liq savollar
✔️ Fuqarolik va pasport bilan bog‘liq masalalar
✔️ Qonuniy huquqlaringiz va boshqa dolzarb mavzular

Sizning murojaatlaringizga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish va zarur huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

✅ Barcha yurtdoshlarimizni mazkur uchrashuvga taklif qilamiz!
17.03.2025, 15:46
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2337
16
3
1.7 k
📜 Imom Moturudiy – aqoid ilmining yirik imomlaridan biri

🔹 Ismi va hayoti
Imom Abumansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturudiy (873–944) Samarqand shahrida tug‘ilgan. U hanafiy mazhabiga e’tiqod qilgan va aqoid ilmida Moturudiya maktabini barpo qilgan.

📖 Eng mashhur asarlari:
✅ «Kitob at-tavhid» – aqoid va kalom ilmi bo‘yicha asosiy manbalardan biri.
✅ «Ta’vilot ahl as-sunna» – Qur’on tafsiri bo‘lib, tafakkur va mantiqiy dalillarga asoslangan.

🗣 Iqtibos:
“Ilm va tafakkur insonni haqiqatga yetaklaydi. Har bir ishda adolat va aniqlik bo‘lishi kerak.”

Batafsil
17.03.2025, 08:32
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2336
13
1
1.5 k
Abdulhamid Cho‘lpon – Millat qalbining shoiri

📜 Qisqacha tarjimai hol
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon (1897–1938) – oʻzbek milliy uygʻonish davrining eng yorqin vakillaridan biri, taniqli shoir, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi. Andijonda tugʻilgan Choʻlpon oʻz sheʼr va asarlari bilan xalqni milliy uygʻonish, hurriyat va taraqqiyot sari chaqirdi.

📖 Mashhur asari: “Kecha va kunduz” romani
Bu roman oʻzbek adabiyotida milliy uygʻonish va erk uchun kurash mavzusini yorqin aks ettirgan asar sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

🖋 Iqtibos:
“Adabiyot yashasa, millat yashaydi.”

🔗 Batafsil
16.03.2025, 09:05
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2335
5
1
1.3 k
Abu Muhammad Abdulloh ad-Dorimiy – Samarqandning ulug‘ muhaddisi

📜 Qisqacha tarjimai hol
Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy (797–869) – taniqli muhaddis va faqih. Samarqandda tug‘ilgan. Ilm olish uchun Xuroson, Iroq, Shom va Hijoz kabi islom olamining ko‘plab shaharlariga safar qilgan. Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Ma‘in kabi buyuk muhaddislardan hadis rivoyat qilgan va ularning ilmiy majlislarida qatnashgan.

📖 Mashhur asari: “Sunan ad-Dorimiy”
Ushbu asar hadis ilmida eng ishonchli va moʻtabar toʻplamlardan biri hisoblanib, hadislarni mavzularga qarab tartiblagan muhim manba sifatida tanilgan. Bu asar islom ulamolari tomonidan keng foydalaniladi.

🖋 Iqtibos:
“Ilmni talab qilish – dunyo va oxiratda eng foydali amaldir.”

🔗 Batafsil
14.03.2025, 16:01
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2334
3
1.6 k
12.03.2025, 20:33
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2333
25
3
1.6 k
Joriy yilning 12-mart kuni Istanbulda Turk davlatlari tashkiloti (TDT) Kotibiyati shtab-kvartirasi oldida maxsus bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir tashkilotning yangilangan bayrog‘iga rasmiy o‘tish jarayonining yakunlanganini ifodaladi. Marosimda tashkilotga a’zo davlatlarning yuqori martabali vakillari, jumladan, bosh kotib Kubanychbek Omuraliyev, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya tashqi ishlar vazir o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
12.03.2025, 20:33
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2332
14
3
1.7 k
Ahmad Yugnaki – Adolatni Ulug‘lagan Donishmand

📜 Qisqacha tarjimai hol
Ahmad Yugnaki (XII asr) – o‘zbek adabiyoti tarixida adolat va axloqiy poklikni ulug‘lagan mutafakkir shoir. U hozirgi Samarqand viloyati hududidagi Yugnak qishlog‘ida tug‘ilgan va o‘zining nodir asarlari orqali ilm-ma’rifat va insoniy qadriyatlarni targ‘ib qilgan.

📖 Mashhur asari: “Hibbatul-haqoyiq”.

🖋 Iqtibos:
“Kimki ilm izidan borsa, u zulmat ichra yorug‘lik topadi.”

Ahmad Yugnaki o‘z asarlari orqali insonlarni adolat, halollik va bilim sari yetaklagan.

🔗 Batafsil
12.03.2025, 08:08
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2331
Repostar
42
33
1.8 k
☄️ 🇹🇷Turkiyaning eng yirik futbol klublaridan biri "Galatasaray" rahbari Dursun O'zbek: "Ota-bobolarim asli 🇺🇿O'zbekistonlik".
➡️https://t.me/Turkiyadagi_elchixona
11.03.2025, 09:46
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2330
11
3
1.9 k
Abu Iso Muhammad at-Termiziy – hadisshunoslik yulduzi

📜 Qisqacha tarjimai hol
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824–892) – buyuk muhaddis, islom olamining yetuk allomalaridan biri. U O‘zbekistonning Termiz shahrida tug‘ilgan. Ilm olish maqsadida Makkaga, Madinaga, Kufa va Bag‘dodga safar qilgan, hadis ilmi bo‘yicha yetuk ulamolar bilan suhbatlar qilgan.

📖 Mashhur asari: “Jome’ at-Termiziy”
Bu asar islom olamidagi oltita eng nufuzli hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi. At-Termiziy hadislarni tasniflash va ularning ishonchliligini baholash metodlarini ishlab chiqishda katta hissa qo‘shgan.

🖋 Iqtibos:
“Kimki hadis ilmini o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo uni yodlashi, so‘ngra tushunishi lozim.”

🔗 Batafsil
11.03.2025, 09:00
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2329
17
6
2.2 k
Mahmud Koshg‘ariy – turkiy tilshunoslik asoschisi

📜 Qisqacha tarjimai hol
Mahmud Koshg‘ariy (1029–1101) – buyuk turkiy olim, tilshunos, etnograf va geograf. U Qashg‘ar yaqinidagi Barsxon shahrida tug‘ilgan. Ilm izlab Movarounnahr va Bag‘dodga safar qilgan, u yerda turkiy tillarni chuqur o‘rgangan.

📖 Mashhur asari: “Devonu lug‘otit-turk”
Bu asar ilk turkiy lug‘at bo‘lib, unda turkiy qabilalar tili, shevalari va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Asar Bag‘dodda yozilgan va xalifa Ma’munga taqdim etilgan.

🖋 Iqtibos:
“Kimki turkiy tilni bilmasa, u menda ilmu donish yo‘q, desin.”

🔗 Batafsil
10.03.2025, 08:28
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2328
35
139
8.9 k
📢 OGOHLANTIRISH 📢

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar davomida ayrim shaxslar aeroportlarda sizdan o‘z yuklarini O‘zbekistonga yetkazib berishni iltimos qilishi mumkin. Ular turli bahonalar bilan (masalan, og‘ir kasal qarindoshi borligi yoki yukni jo‘natish imkoniyati yo‘qligi) sizni ishontirishga harakat qilishadi.

Biroq, bunday va’dalarga ishonmang va begona yukni hech qanday holatda qabul qilmang!

O‘tgan yillarda bir necha O‘zbekiston fuqarolari aynan shunday vaziyatlarga tushib qolgan va noqonuniy yuklarni, jumladan narkotik moddalar va soxta hujjatlarni bilmasdan olib o‘tganlari uchun hibsga olingan:

1️⃣ 2023-yil – Istanbul aeroportida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxsning iltimosiga binoan yukni olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Biroq, chegarada tekshiruv vaqtida yuk ichidan katta miqdorda narkotik moddalar topildi. Natijada, u 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2️⃣ 2022-yil – Antaliya shahridan Toshkentga qaytayotgan yana bir fuqaro o‘ziga notanish kishining yukini olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Yuk tarkibida soxta pasport va noqonuniy hujjatlar borligi aniqlanib, fuqaro bir necha yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqida yurtimizdan kelgan blogger ham ogohlantirdi

🛑 Begona odamlarning yukini hech qanday holatda qabul qilmang!

Hurmatli fuqarolar! Sizning ehtiyotsizligingiz yoki begonalarga bo‘lgan ishonchingiz og‘ir jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shubhali iltimoslarga aldanmang va o‘z xavfsizligingizni himoya qiling!

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17
🤖 Telegram boti: 👉 t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
9.03.2025, 21:03
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2327
18
5
2.2 k
Abdulla Qodiriy (1894–1938) – o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri, yozuvchi, dramaturg va tarjimon. U “jadid adabiyoti”ning yetakchilaridan bo‘lib, o‘z asarlarida milliy uyg‘onish, erkinlik va ijtimoiy adolat masalalarini ko‘targan.

Mashhur asari:
“O‘tkan kunlar” – o‘zbek adabiyotidagi ilk tarixiy roman bo‘lib, XIX asrdagi Buxoro amirligi hayotini aks ettiradi va sevgi, sadoqat, adolat mavzularini yoritadi.

Iqtibos:
“Millat taraqqiy etsin desang, avvalo, yoshlarni tarbiya qil.”

🔗 Batafsil
9.03.2025, 12:57
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2326
Repostar
14
1.4 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8.03.2025, 11:56
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2325
Repostar
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram
8.03.2025, 11:55
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2324
23
20
3.8 k
Odam savdosidan ehtiyot bo‘ling! ⚠️

📢 Soxta ish takliflari, yirik daromad va’dalari, begona odamlarning shubhali takliflari – bularning barchasi odam savdosining alomatlari bo‘lishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Anqaradagi Elchixonasi konsullik bo’limi, Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi, ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari fevral oyida Konya va Denizli viloyatlarida bir nechta odam savdosi qurbonlarini qutqardi. Bunday noqonuniy ishlarni amalga oshirayotgan guruhlar faoliyatiga chek qo’yish ishlar jadal olib borilmoqda.

Odam savdosidan qanday himoyalanish mumkin?

✅ Ish takliflarini tekshiring. Rasmiy litsenziyaga ega bo‘lmagan firmalarga ishonmang.
✅ Shaxsiy hujjatlaringizni begonalarga bermang. Pasport, ID-karta yoki boshqa hujjatlaringizni hech kimga topshirmang.
✅ Chet elga chiqishdan oldin manzilingizni yaqinlaringizga ayting. Do‘stlaringiz va oilangiz sizning qayerdaligingizni bilib tursin.
✅ Begona shaxslar bilan ehtiyot bo‘ling. Internet orqali tanishgan insonlarga tezda ishonmang.
✅ Favqulodda vaziyatda kimga murojaat qilishni biling. Agar o‘zingiz yoki yaqinlaringiz xavf ostida bo‘lsa, mahalliy huquq-tartibot idoralariga yoki diplomatik vakolatxonalarimizga murojaat qiling.

📞 Yordam kerakmi?
➤ IIV 1102 ishonch telefoni

➤ Bosh konsulxona +90 553 541 17 17

❗️ Xavfsizligingizni ta’minlang, yaqinlaringizni ogohlantiring!
🔄 Ushbu postni ulashing – bu kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin!

Bosh konsulxona rasmiy kanali
7.03.2025, 19:38
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2323
9
1.7 k
6.03.2025, 15:04
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2321
43
9
1.7 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasidan mamlakatimizga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchi Ufuk Ulutashdan ishonch yorlig’ini qabul qilib oldi.
6.03.2025, 15:04
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2320
10
1.7 k
6.03.2025, 15:04
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2322
12
1
1.8 k
Mahmudhoja Behbudiy – jadidchilik harakatining yetakchisi

📜 Mahmudhoja Behbudiy (1875–1919) – O‘zbekistonning mashhur jadid olimi, yozuvchi, publitsist va dramaturg. U Turkiston jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lib, milliy ta’lim, matbuot va teatr rivojiga katta hissa qo‘shgan.

📖 Mashhur asari: “Padarkush” – Behbudiyning ilk o‘zbek dramaturgiyasi namunasi bo‘lib, unda johillik va eski qarashlarning jamiyatga zararli ta’siri tasvirlangan.

🖋 Iqtibos:
“Dunyo taraqqiy etar ekan, biz ham yangicha fikrlashimiz, ilm bilan qurollanishimiz lozim.”

🔹 Mahmudhoja Behbudiy o‘z hayotini ilm-ma’rifat va milliy uyg‘onish yo‘lida baxsh etgan fidoyi insonlardan biridir. Uning orzusi – Turkiston xalqlarining bilimli, taraqqiyparvar va erkin bo‘lishi edi.

🔗 Batafsil
6.03.2025, 11:41
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2319
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mahmudxoʻja_Behbudiy
6.03.2025, 11:40
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2318
Mahmudhoja Behbudiy haqida 10 ta muhim ma’lumot

1️⃣ Ilk o‘zbek dramaturgi – U “Padarkush” dramasini yozib, o‘zbek teatr san’atining asoschilaridan biri bo‘ldi.

2️⃣ Matbuot asoschisi – Behbudiy 1913-yilda Turkistonning ilk jadidcha gazetalaridan biri bo‘lgan “Samarqand” gazetasini chiqardi.

3️⃣ Jadid maktablarini ochgan – U eski usuldagi madrasalar o‘rniga yangi, dunyoviy fanlarni o‘rgatuvchi maktablarni ochishga harakat qilgan.

4️⃣ Qatag‘on qurboni – 1919-yilda sho‘ro hukumati tomonidan “xoin” sifatida ko‘rilib, Qo‘qonda qatl etilgan.

5️⃣ Sayohatga katta e’tibor bergan – U haj safariga borib, yo‘lda Istanbul, Misr, Hindiston kabi mamlakatlarni kezib, u yerdagi ta’lim tizimlarini o‘rgangan.

6️⃣ “Millat uyg‘onsa, davlat ham uyg‘onadi” degan g‘oyani ilgari surgan – Uning asosiy maqsadi xalqni o‘qitish va zamonaviy fikrlashga undash bo‘lgan.

7️⃣ Arab, fors, rus va fransuz tillarini bilgan – U ilm olish uchun bir necha tillarni o‘rganib, dunyo adabiyoti va ilm-fanidan xabardor bo‘lgan.

8️⃣ Qalam bilan kurashgan – U Turkiston xalqining erkinligi va taraqqiy etishi yo‘lida maqolalar, asarlar yozgan.

9️⃣ “Tarbiya yo‘q joyda taraqqiyot bo‘lmaydi” degan fikrni ilgari surgan – U ma’rifat va ta’limni asosiy qurol deb bilgan.

🔟 Bugungi kunda xotirasi abadiylashtirilgan – O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Behbudiyga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar, haykallar va xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Uning faoliyati bugungi kunda ham yosh avlodga katta saboq va ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.
6.03.2025, 11:40
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2317
30
5
1.8 k
Hoja Bahouddin Naqshband (1318–1389) – buyuk tasavvuf allomasi, Naqshbandiya tariqatining asoschisi. U Buxoroda tug‘ilib, yoshligidan diniy va tasavvufiy ilmlarni o‘rganib, avliyo Shamsiddin Kulol va Xoja Ali Romitaniy kabi mashhur shayxlarning ta’limini olgan. Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyili – “Xilvat dar anjuman” (“Yolg‘izlik olomon ichida”) bo‘lib, bu kishi dunyoviy hayotda faol bo‘lish bilan birga Allohni doimo yodda tutishi lozimligini ta’kidlaydi.

Mashhur asari:
Bahouddin Naqshbandning o‘z qalamiga mansub mustaqil asarlari deyarli yetib kelmagan, ammo uning hikmat va ta’limotlari shogirdlari tomonidan “Maqomoti Bahouddin Naqshband” va boshqa manbalarda qayd etilgan.

Iqtibos:
“Dil ba yoru, dast ba kor” – Ya’ni, qalb Alloh bilan, qo‘l esa mehnat bilan band bo‘lsin.

🔗 Batafsil
5.03.2025, 09:30
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2315
Repostar
84
10
2.0 k
4-mart - 🇹🇷🇺🇿 diplomatik munosabatlari o'rnatilgan kun qutlug' bo'lsin!
***
4 Mart - 🇺🇿🇹🇷 diplomatik ilişkilerinin tesis edildiği gün kutlu olsun!
4.03.2025, 13:05
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2313
16
3
2.2 k
Muhammad Rizo Ogahiy (1809–1874) – taniqli shoir, tarixchi va tarjimon. U Xiva xonligida tug‘ilib, butun umrini ijod va ilm yo‘lida o‘tkazgan. Ogahiy she’riyatda lirika, tarixiy asarlar va tarjima ishlariga katta hissa qo‘shgan.

📖 Mashhur asari: “Riyoz ad-davla”

💡 Iqtibos:
“Agar yaxshi kishi bo‘lsang, do‘st orttir, agarki yomon bo‘lsang, dushman yetarlidir.”

🎤 Ogahiy qalamiga mansub to‘rtlik:
Zohid, saning osmoni davron bo‘lg‘ay,
Dunyo g‘amidin ko‘ngling obodon bo‘lg‘ay.
Oshiq ko‘ngli faqat g‘am ila to‘lg‘ay,
Ne qilsin, hamdam unga paykon bo‘lg‘ay.

📌 Ogahiy o‘z davrining ma’rifatparvar shoirlaridan biri bo‘lib, u she’rlari orqali adolat va ilmni ulug‘lagan.

🔗 Batafsil
4.03.2025, 08:46
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2312
Horazmiy haqida post
Qisqa tarjimai hol
Mashxur asari
İqtibos
4.03.2025, 05:49
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2311
27
1
1.9 k
Zulfiya Isroilova (1915–1996) – o‘zbek adabiyotining yirik vakilasi, shoira, jamoat arbobi. U Toshkentda tug‘ilgan va ijodining boshidanoq ayollik go‘zalligi, ona-Vatanga muhabbat, hayotning mazmuni haqida she’rlar yozgan. Zulfiya o‘zining lirik va ta’sirli she’rlari bilan o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin egallagan. U “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.

📚Mashhur asari:
“Hayot varaqalari” nomli she’riy to‘plam.

💬 Iqtibos:
“Meni odamlarga bog‘lab turgan rishta – muhabbat.”

She’ridan parcha:

Men osmonni yaxshi ko‘raman,
Ko‘klam kabi tiniq bo‘lganda.
Men quyoshni yaxshi ko‘raman,
Barchaga birdek nur sochganda.

🔗 Batafsil
3.03.2025, 10:40
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2310
20
50
10 k
📢 FOYDALI MA’LUMOT! 📢

Bosh konsulxonaga ayrim shaxslar va xizmat ko‘rsatish stollari sudlanmaganlik (adli sicil kaydı), nikohda turmaganlik (bekarlık belgesi), tug‘ilganlik qaydi va boshqa ma’lumotnomalarni my.gov.uz sayti orqali olib berish bahonasida vatandoshlarimizdan asossiz ravishda juda yuqori narxlarda xizmat haqi talab qilayotganligi haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda.

Shu munosabat bilan my.gov.uz saytidan olinadigan barcha hujjatlar Istanbul Bosh konsulxonasi tomonidan rasmiylashtirilishi va ushbu xizmat umumiy 80 AQSh dollarini (hujjatni talab qilish – 40$, tasdiqlash – 40$) tashkil etishini eslatib o’tamiz.

⚠️ Noto‘g‘ri vositachilarga murojaat qilish nimaga olib kelishi mumkin?

❌ Ortiqcha va asossiz moliyaviy xarajatlar;
❌ Ishonchsiz shaxslarga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish xavfi;
❌ Soxta yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar sababli qonuniy muammolarga duch kelish.

📌 Muhim eslatma!

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari barcha konsullik xizmatlarini faqat Bosh konsulxona orqali olishlari mumkin!
🔹 Hujjatlaringizni rasmiy manbalar orqali mustaqil tayyorlab, vositachilarning ortiqcha xizmatlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

🛑 Ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymang! Firibgarlarga aldanmang!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17
🤖 Telegram boti: t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
1.03.2025, 13:19
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2309
26
63
3.2 k
Hurmatli vatandoshlar!

Sizni Yangi O‘zbekiston tarixiy loyihalaridan biri — “Yangi Toshkent” qurilishida ishtirok etishga taklif etamiz!

O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu ulkan loyiha doirasida xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun 10 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qurilish sohasida tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi 38 yo‘nalish bo‘yicha ishga qabul qilinadi:

🔹 Betonchi
🔹 Suvoqchi
🔹 Santexnik
🔹 Elektrik
🔹 G‘isht teruvchi
🔹 Hamda boshqa qurilish mutaxassislari

Ish haqi 8-15 million so‘m miqdorida belgilanib, barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

O‘z yurtingizga qaytib, oila davrasida ishlash va munosib daromad topish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha ma’lumot olish va ishga joylashish uchun xorijdagi yurtdoshlarimiz 0 800 0000 1176 raqamiga va mamlakatimizdagi yurtdoshlarimiz 1176 murojaat qilishlari mumkin.

🔗 Bosh konsulxonamizning rasmiy telegram kanali
28.02.2025, 13:00
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2308
13
1
1.6 k
Ali Qushchi: Sharq ilmining porloq yulduzi

Ali Qushchi (1403–1474) – buyuk astronom va matematik bo‘lib, Samarqandda tug‘ilgan. Ulug‘bekning shogirdi sifatida ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Keyinchalik Istanbulga borib, ilmiy faoliyatini Usmonlilar saroyida davom ettirgan.

📚Mashhur asari: “Risola fi al-Hisab” – matematikaga oid muhim risolasi bo‘lib, hisob-kitoblar va algebra asoslarini o‘z ichiga oladi.

💬 Iqtibos:
“Ilmning asl mohiyati – haqiqatga yetishish va odamzod aqlini yoritishdir. Kishi ilm bilan mashg‘ul bo‘lar ekan, u har doim savol berishi va javob izlashga intilishi lozim.”

🔗Batafsil
28.02.2025, 09:48
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2307
53
17
2.4 k
Aziz vatandoshlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Muqaddas Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.

Turkiya Diyanet ishlari boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilgi diniy taqvimga asosan Turkiyada ham Ramazon oyi 1-mart, shanba kuni boshlanadi.
27.02.2025, 18:25
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2306
16
26
4.9 k
‼️ OGOH BO‘LING! ‼️

So‘nggi vaqtlarda Turkiya hududida ayrim toifadagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga yirik pul mablag‘lari evaziga AQShga doimiy yashashga yuborish, shuningdek, Yevropa mamlakatlarining vizalarini rasmiylashtirib berishni va’da qilish orqali firibgarlik jinoyatlarining sodir etilishi holatlari ko‘paymoqda.

Bu toifadagi shaxslarga ishongan fuqarolarimiz jiddiy muammolarga duch kelib, ularning ko‘rsatmasi bilan turli xorijiy davlatlarga, asosan Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lishmoqda.

Izoh: Kuni-kecha AQShga ketish ilinjida firibgarlar tuzog‘iga tushib, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan yana bir ayol vatandoshimiz Bosh konsulxona yordamida O‘zbekistonga yuborildi.

🚨 Noqonuniy migratsiyaning jiddiy oqibatlari:

❌ Pul mablag‘laringizni firibgarlar o‘zlashtirib yuborishi;
❌ Hujjatlaringizning noqonuniy yo‘l bilan olib qo‘yilishi;
❌ Chet elda hujjatsiz qolib, huquqiy muammolarga duch kelish;
❌ Jinoiy javobgarlikka tortilish;
❌ Deportatsiya yoki uzoq muddatli taqiqlarga uchrash.

📌 Muhim eslatma!

🔹 AQShga yoki Yevropa mamlakatlariga qonuniy yo‘l bilan chiqish uchun faqat rasmiy vakolatli idoralarga murojaat qiling!
🔹 Hech kimga vizani yoki AQShga noqonuniy o‘tishni va’da qilib, pul talab qilayotgan shaxslarga ishonmang!
🔹 Shaxsiy hujjatlaringizni begona odamlarga topshirmang!

🛑 O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling! Faqat qonuniy yo‘llar bilan harakat qiling!

📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
📞 Telefon: +90 (553) 541 17 17

🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
27.02.2025, 12:53
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2305
14
4
1.9 k
27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutashdan ishonch yorliq nusxalarini qabul qildi.
27.02.2025, 12:38
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2304
67
6
2.1 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
26.02.2025, 18:59
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2303
41
12
2.1 k
Bugun 26 fevral kuni O’zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyatining Kadikoydagi ofisida shunday maslahatlashuv tashkil etilgan.
26.02.2025, 13:57
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2302
22
3
1.8 k
Ertaga 27 fevral kuni soat 10:00 - 13:00 da “ADS Hukuk” advokati Erdem Atmaja Bosh konsulxona binosida vatandoshlarimiz uchun bepul yuridik maslahat beradi.
26.02.2025, 13:39
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2301
17
1
1.8 k
🇺🇿 Erkin Vohidov (1936–2016) – o‘zbek shoiri, dramaturg va jamoat arbobi. Uning ijodi milliy g‘urur, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari bilan boy.

📚 Eng mashhur asarlari: “Til va el”, “Ruhim”, “Qudratimsan, istiqlol”.

💬 Iqtibos:
Mening bitmas tuganmas boyligim bor
U ham bo‘lsa, ona tilim, ona xalqim!

📌 Erkin Vohidovning she’rlari xalq ongini uyg‘otgan, erkinlik va mustaqillikka chorlagan buyuk asarlardir!

Batafsil
26.02.2025, 13:38
t.me/istanbul2020boshkonsulxona/2300
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa