O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
IB
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
https://t.me/ibratnamdchti
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.89%
ER (semana)
19.69%
ERRAR (semana)

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali

Institut rektoriga murojaat uchun:

@rektorga_murojaat1_bot

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 4 292 resultados
Vido.
Muhammad Yusuf hotirasiga bagʻishlanadi.

✍️ O’lmas Samarqandiy

🎙️ Nodira


O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!
Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi Muhammadning yoniga-deya.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26819
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26816
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26813
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26815
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26814
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26818
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26817
#Dayjest #Muhammad_Yusuf

Oliy taʼlim muassasalarida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

➡️ Namangan davlat universiteti;

➡️ SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

➡️ Urganch davlat universiteti;

➡️ Qoʻqon davlat universiteti;

➡️ O‘zbekiston Milliy universiteti;

➡️ Andijon davlat pedagogika instituti;

➡️ Namangan davlat texnika universiteti;

➡️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➡️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➡️ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➡️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➡️ Qarshi davlat universiteti;

➡️ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➡️ Guliston davlat pedagogika instituti;

➡️ Navoiy davlat universiteti;

➡️ Namangan davlat chet tillari instituti;

➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➡️ Namangan davlat pedagogika instituti;

➡️ SamDU Urgut filiali;

➡️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

➡️ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➡️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➡️ Andijon davlat chet tillari instituti;

➡️ Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➡️ Termiz davlat universiteti;

➡️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

➡️ Termiz davlat pedagogika instituti;

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
26.04.2025, 20:25
t.me/ibratnamdchti/26812
Institut jamoasi sportda ham jips!

🏛Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

✅Do‘stona muhitda o‘tgan bahslar davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat va jamoaviy hamjihatlik namunalarini ko‘rsatishdi.

✅Sport sog‘liq garovi, jips jamoa esa yutuqlar kafolati!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 19:14
t.me/ibratnamdchti/26805
Muhammad Yusuf hotirasiga bagʻishlanadi.

🎙️Nodira


Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,

Tomiringga qoʻshib olishar uzib.

Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,

Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,

Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.

Balki sevgilingiz, balki singlingiz,

Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,

Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.

Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl…

Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,

Nima topding, aka, tuproqqa tushib?

Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,

Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,

Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?

“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”

Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 18:59
t.me/ibratnamdchti/26804
МАСТЕР-КЛАСС
#Факультет_языков_и_перевода 
#Кафедра_русского_языка_и_литературы 

➡️ В соответствии с указом Администрации Президента Республики Узбекистан от 26 февраля 2025 года "О реализации необходимых мер по подготовке педагогических кадров в учреждениях высшего образования Республики" и приказом ректора Наманганского государственного института иностранных языков имени Исхокхона Ибрата от 24 марта 2025 года № 34-А-О, в общеобразовательной школе № 1 Наманганского района преподавателями кафедры русского языка и литературы был организован мастер-класс.

➡️Проведение мастер-класса старшим преподавателем кафедры русского языка и литературы Р.М. Казаковой и преподавателем М.М. Абдусаматовым было направлено на повышение профессиональной компетентности педагогов общеобразовательной школы в области международных сравнительных исследований качества образования PISA и TIMSS. Особое внимание уделялось практическому применению заданий этих исследований в учебном процессе, а также формированию функциональной грамотности учащихся.

➡️Участники мастер-класса отметили актуальность предложенной темы, высокий уровень профессионализма ведущих и практическую значимость представленного материала. Было подчеркнуто, что полученные знания помогут:
• совершенствовать образовательные программы с учётом требований международных исследований;
• активнее внедрять в практику элементы формирующего оценивания;
• более целенаправленно развивать у школьников функциональную грамотность;
• готовить обучающихся к участию в диагностических и оценочных процедурах.


🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 15:06
t.me/ibratnamdchti/26799
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
Shoir xotirasi – qalblarda!

🏛 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi va koordinatorlari tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlab talabalar oʻrtasida viktorina tashkil etildi.

✍️ Viktorina davomida talabalar shoirning hayoti, ijodi, yodda qolgan misralari va asarlari haqida bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Viktorina nafaqat bilim, balki samimiy xotiralar va ilhomli ruh bilan oʻtdi.

Shoir ijodiga bo‘lgan ehtirom, yoshlar qalbida barhayot!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 14:03
t.me/ibratnamdchti/26792
Mahorat darslari - bilim, qiziqish va ilhom uyg‘unligi

🟢2024-yil 1-apreldagi PF–55-sonli Farmon va PQ–147-sonli Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti o‘qituvchilari tomonidan 2025-yil 26-aprel kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida mahorat darslari o‘tkazildi.

🟢Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari maktab o‘quvchilari uchun quyidagi mavzularda interaktiv dars mashg‘ulotlarini olib bordilar:
“Future in the Eyes of Youth” – Dildora Umarova
“Choosing the Right Career Path” – Mohira Tursunova
“Brain Boosting” – Nozima Xudjanazarova
“Describing People” – Maftuna Xoshimova
“Describing Places and Buildings” – Dilnoza Mashrabova
🟢Darslar davomida o‘quvchilar bilan tanishuv o‘yinlari, xotira mashqlari, “Kahoot” platformasida viktorinalar, “Speaking club” muloqotlari tashkil etildi. Shuningdek, kichik guruhlar bilan amaliy topshiriqlar bajarilib, bilimlar mustahkamlandi.

Ijod maktabi o‘quvchilari ushbu darslardan katta taassurot oldilar va yangi bilimlar bilan boyidilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 13:44
t.me/ibratnamdchti/26791
Hurmatli ustozlar!

Bugungi kunda yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tahdidi tobora dolzarb tus olyapti. Bu muammo faqat oilaning emas, balki ta’lim muassasalari va pedagoglarning ham jiddiy e’tiborida bo‘lishi zarur.

Siz – nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlod tarbiyasida asosiy rol o‘ynovchi insonlardansiz. Har bir o‘quvchingizning ruhiy holati, atrofidagi muhit va qiziqishlari sizning ko‘zingizdan chetda qolmasligi kerak.

Ogohlik – najotdir.
Farzandlarimizni bu illatdan asrashda birgalikda harakat qilaylik. O‘quvchilar bilan ochiq suhbatlar olib boring, ishonchli muhit yarating, profilaktik tadbirlarda faol ishtirok eting.

Ushbu videorolikni tomosha qiling va uni sinfdoshlaringiz, hamkasblaringiz bilan ulashing.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 11:59
t.me/ibratnamdchti/26781
Aziz yoshlar!

Hayotingizda tanlovlar ko‘p bo‘ladi. Har bir tanlov – kelajagingiz sari tashlangan qadamdir.
Giyohvandlik va psixotrop moddalar esa hayotni zabt etuvchi, kelajakni o‘g‘irlaydigan eng katta xatarlardan biridir.

Unutmang: Bir marotaba sinab ko‘rish – bir umr afsus chekishga sabab bo‘lishi mumkin.
Do‘st tanlang, lekin o‘zingizni yo‘qotmang.
Zamon sinovlarida sabrli bo‘ling, lekin najotni noto‘g‘ri yo‘llardan izlamang.

Siz – oilangiz, ustozlaringiz va jamiyat umidisiz.
Hayotingizni asrang, orzularingizni himoya qiling, sog‘lom hayot tarafdori bo‘ling!

Videoni ko‘ring va o‘z do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘ring. Ehtimol, bu kimningdir hayotini o‘zgartirar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 11:40
t.me/ibratnamdchti/26780
“Kasb va yoshlar”

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga muvofiq tasdiqlangan “2022–2026–yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur”ning 1-ilovasi 23-bandiga asosan, har yili 15-apreldan 15-mayga qadar respublikamizda “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi o‘tkazilishi belgilangan.

✈️Shu munosabat bilan, joriy yilning 25-aprel kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Talabalar amaliyoti bo‘limi tashabbusi bilan mazkur ochiq muloqot oyligi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda institutning bitiruvchi bosqich talabalari hamda maktab bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

✈️Tadbirda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi, Turaqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ham qatnashib, yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari, turizm va til sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✈️Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni oliy ta’limga yo‘naltirish va mehnat bozoriga mos tayyorlashga xizmat qilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 11:31
t.me/ibratnamdchti/26779
Yashillikka muhabbat — yurakdan!

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi institutda 10 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi.
Bu nafaqat go‘zallik, bu — mehr, g‘amxo‘rlik va qalbdan qadalanayotgan ezgulikdir.

Shukronamiz cheksiz — obod yurt, osoyishta hayot, sermazmun mehnat uchun!
Gullar ochilsin, yuraklar quvonchga to‘lsin!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 10:30
t.me/ibratnamdchti/26774
Goʻzallik urugʻi qadlandi...

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bugun ko‘ngillarga iliqlik baxsh etadigan ezgu ish amalga oshirildi - institut hududiga 10 mingdan ziyod gul ko‘chatlari ekildi!

🌺Bu tashabbus tajribali, g‘amxo‘r opalarimiz ishtirokida hayotga tatbiq etildi. Har bir ko‘chat — bu mehnat, mehr, tabiatga, Vatanga bo‘lgan muhabbat samarasidir. Institut hovlisi endi yanada fayzli, yanada go‘zal bo‘ladi!

🪻Shunday obod, chiroyli va tinch yurtda yashayotganimiz uchun Yaratganga shukrona deymiz. Har bir gul ochilishi — yuragimizdagi shukronalik, mehr va orzularning ifodasidir.

Kelajak bu — yashillik, go‘zallik, tinchlik va ezgulikda! Keling, bu tuyg‘ularni barobar ulashaylik!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 10:08
t.me/ibratnamdchti/26767
Hurmatli ota-onalar!

Farzandlarimizning buguni – bizning mas'uliyatimiz, kelajagi esa – bugungi e'tiborimizga bog‘liq.
Bugun dunyo bo‘ylab dolzarb bo‘lib borayotgan muammolardan biri bu – giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq tahdidlardir.

Farzandingiz kimlar bilan do‘stlashmoqda? Qayerda vaqt o‘tkazmoqda? Nimalarga qiziqmoqda? Bu savollar sizning doimiy e’tiboringiz markazida bo‘lishi kerak.

Ota-ona mehr-muhabbati, nazorati va suhbatlari – giyohvandlikka qarshi eng kuchli qalqon! Farzandlarimizni bu illatdan asraylik! Kelajagimizni sog‘lom avlod bilan barpo etaylik!

Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling va uni boshqalar bilan ham ulashing.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 09:53
t.me/ibratnamdchti/26766
“Uch avlod uchrashuvi – ilmga sadoqat ko‘prigi”

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Karimov Rivojiddin G‘ulomjonovich o‘zi ta’lim olgan Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda “Uch avlod uchrashuvi”da ishtirok etdi. Tadbirda ustozlar, o‘quvchilar va mahalla faollari ishtirokida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar bir necha chet tillarida savollar bilan chiqish qildilar, ustozlar esa rektor shaxsiga iliq tilaklar bildirdilar.

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida rektor tomonidan maktab kutubxonasiga 160 ta badiiy va ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktab bitiruvchi qizlarini oliy ta’limga, xususan, institutga jalb etish masalasi ham alohida ta’kidlandi.

Tadbir yoshlarga ilhom, ilmga esa mehr bag‘ishlovchi ibratli uchrashuv sifatida yodda qoldi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 08:47
t.me/ibratnamdchti/26765
👍📰📰📰📰📰📰📰📰
"IBRAT" gazetasi sahifasida yangilik!
2025-yil 22-aprel, 8-son

👍 "Insoniy go‘zallik mezoni" sarlavhali maqola Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Jalolova tomonidan yozilgan bo‘lib, unda axloq va estetikaning jamiyat hayotidagi o‘rni, go‘zallikning chin mohiyati, ta’limdagi estetik tarbiyaning ahamiyati yoritilgan.

👍 Maqolada insoniy fazilatlar – odob, halollik, hurmat, sadoqat va go‘zallikning uyg‘unligi hamda o‘qituvchining bu boradagi tarbiyaviy mas’uliyati haqida chuqur fikr yuritiladi.
O‘qing, o‘ylang va bahra oling!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 07:42
t.me/ibratnamdchti/26764
"Kelajakka qadam" dasturi tanishtirildi

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy va foydali uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martdagi 114-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut Talabalar amaliyoti bo‘limi boshchiligida o'tkazildi. Uchrashuvga “O‘zmilliybank” AJ Namangan filiali Kredit bo‘limi mutaxassisi I.Xolmirzayev tashrif buyurdi. U bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbatda bo‘lib, ularni “Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishtirdi. Mazkur dastur yoshlarning o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishlarida ko‘maklashish, qulay moliyaviy sharoitlar yaratish, ishga joylashishlariga yordam berish va mehnat bozoriga tayyor, malakali kadr sifatida yetishtirishni maqsad qilgan.

👀Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda, o‘zaro fikr almashish tarzida o‘tdi.

👀Tadbirda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi, Milliy bank, shuningdek, Turaqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlaridagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ham ishtirok etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 07:27
t.me/ibratnamdchti/26758
🟦🟦🟦🟦
📅 Bugun — 26-aprel.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

“Men O‘zbekistonman – tilim, dinim, el-yurtim bor...”
— bu misralar yuragimizga singib ketgan, xalqimiz qalbidan joy olgan Muhammad Yusuf ijodidan.

➡️Bugun biz Vatanga mehr, ona tiliga sadoqat va milliy g‘ururni ulug‘lagan shoirni hurmat bilan yod etamiz.
Uning har bir she’ri bizni asl qadriyatlar, halollik va odamiylik sari yetaklaydi.

Yodda va yurakda abadiy yashaysiz, Ustoz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 07:11
t.me/ibratnamdchti/26757
✍️Komil Xorazmiy

🎙 Nodira

Ne sabab o‘rtar ko‘ngulni har nafas bir olov-u dog‘?
Men-da dildorim emas, bu dardkim, andin bo‘lsa zog‘.

Ishqim ichra har zamon o‘z jonimni qilgay fido,
Bir visoling istarim, netay, agar yo‘qdur iloq.

Ko‘zlarim yong‘in ichinda, yondi qonga, to‘kdi yosh,
Yig‘lamoqdin bo‘ldi ko‘zmen jom-u tobardek miyoq.

Sabr aylab har shamol ichra yo‘limi qildim davom,
Vasl umidin cho‘qmadim, ko‘nglumda yonar charog‘.

Ne sabab har dam demak istar tilim g‘am dostonin,
Sukunat o‘rgatmayin ko‘nglumga bu nolalardag‘roq.

Ko‘nglida dard bor kishi har lahza dildor istamas,
Ko‘ngul ozoridur ishq, fursat topgan dilga dog‘.

Nega Xorazmiy bu g‘am ichra iztirobda har lahza?
Chunki u ko‘rmas visol, sabri-yu holi toq.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 06:52
t.me/ibratnamdchti/26756
❌🔤🔤🔤❌🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗓 KUN TARIXI — 26 APREL

1. Muhim voqealar:
➡️1986-yil – Chernobil AES falokati sodir bo‘ldi. Ukraina hududidagi bu portlash atom energetikasi tarixidagi eng yirik texnogen ofatlardan biri hisoblanadi. Natijada minglab odamlar hayotdan ko‘z yumdi yoki kasallikka chalinishdi.

➡️1937-yil – Ispaniya fuqarolar urushi davrida Gernika shahri bombardimon qilindi. Bu voqea Pablo Pikassoning mashhur “Gernika” asariga ilhom bo‘ldi.

➡️2005-yil – Bugungi sana Intellektual mulkni himoya qilish xalqaro kuni (World Intellectual Property Day) sifatida nishonlana boshlandi.


2. Mashhur tavalludlar:

➡️1954-yil – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan. Uning she’rlari xalq dardini, vatan tuyg‘usini, ona tiliga sadoqatni ifoda etgan. Bugun adabiyotimizda o‘ziga xos iz qoldirgan ijodkor xotirlanadi.
➡️121– Rim imperatori Mark Avreliy tug‘ilgan – faylasuf imperator sifatida tarixga kirgan.

➡️1963-yil – Amerikalik aktyor Jet Li (Li Lian Jie) tug‘ilgan.

3. Bayram va esda qolarli sana:
➡️Intellektual mulk kuni – Yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va ijod mahsullarini himoya qilishga bag‘ishlangan sana.

➡️Chernobil halokati xotirasi – Atrof-muhit va inson salomatligiga tahdid soluvchi yadro xavflarini eslatib turadi.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
26.04.2025, 03:59
t.me/ibratnamdchti/26755
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26751
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26749
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26752
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26750
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26754
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26753
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26747
#Koreyada_ taʼlim_ koʻrgazmasi

Toshkentda “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” koʻrgazmasi ochildi

Toshkent shahridagi Koreya taʼlim markazida “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” nomli koʻrgazmaning ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi oʻzaro hamkorlik, yosh avlodning doʻstlik va kelajakka qaratilayotgan oʻzaro hamjihatligi ikki davlatning umumiy manfaatlari yoʻliga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26745
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26746
25.04.2025, 19:01
t.me/ibratnamdchti/26748
Talabalar bilan innovatsion uslubda kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi

📖Kitobxonlik — insonning madaniy yuksalishi, fikrlash doirasining kengayishi va ijodiy qobiliyatlarining shakllanishida muhim omildir. Ayniqsa, talaba-yoshlar uchun kitob — bilim manbai, intellektual rivoj kalitidir. Shu maqsadda, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot - resurs markazida talabalar ishtirokida innovatsion uslubda kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

✅Tadbirni O'quv - uslubiy boshqarma boshlig‘i M. Qorabayev ochib berdi. U o‘z nutqida kitobxonlik madaniyatining ahamiyati, xorijiy adabiyotlarni o‘qish, tarjima asarlarning tahlili va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish borasida fikr bildirdi.

📖Tadbirning bosh maqsadi — talabalar o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Innovatsion yondashuv asosida tashkil etilgan tadbir davomida talabalar o‘qigan asarlari asosida viktorinalarda qatnashdi, savol-javoblarda faollik ko‘rsatdi, guruhli muhokamalarda erkin fikr almashdi.

✅Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari hamda institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida talabalarning kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishining ortib borayotgani, kelgusida bunday loyihalarda zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni kengroq qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
25.04.2025, 18:17
t.me/ibratnamdchti/26735
“Uch avlod, bitta ildiz – maktabdan boshlangan ilm va orzu yo‘li”

🟢 Ilm, mehnat va fidoyilik namunasi bo‘lgan shaxs – Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Karimov Rivojiddin G‘ulomjonovich ta’lim olgan maskan – Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

🟢Uchrashuvda o‘quvchilar rektor bilan chet tillarida ochiq muloqotga kirishdi, savollar berdi, orzulari bilan o‘rtoqlashdi. Ustozlari — birinchi muallimlari, dars bergan o‘qituvchilari esa rektor o‘zlarining darsxonasiga yuksak martabada qaytganidan g‘ururlanishlarini, o‘z shogirdlari bilan faxrlanishlarini bildirishdi. Tadbir davomida Rektor tomonidan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida maktab kutubxonasiga ilm-fan, til o‘rganish, adabiyot va tarbiyaga oid 160 ta noyob kitob tuhfa qilindi. Ushbu kitoblar maktab o‘quvchilari uchun yangi ufqlar ochish, orzularini yo‘naltirish va bilimga chanqoqlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil tanishing

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
25.04.2025, 16:45
t.me/ibratnamdchti/26734
25.04.2025, 16:45
t.me/ibratnamdchti/26725
25.04.2025, 16:38
t.me/ibratnamdchti/26717
25.04.2025, 16:38
t.me/ibratnamdchti/26721
25.04.2025, 16:38
t.me/ibratnamdchti/26722
25.04.2025, 16:38
t.me/ibratnamdchti/26723
25.04.2025, 16:38
t.me/ibratnamdchti/26715
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa