Turp ekish, uni parvarishlashga oid muhim va istiqbolli tavsiyalar
🌱Turp – qisqa muddatda yetilib, yaxshi hosil beruvchi qishloq xo‘jalik ekini hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – sovuqqa chidamliligi va qisqa muddatda o‘sishi hisoblanadi. Ekish uchun quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
➖Markaziy hududlar: 1-15 avgust,
➖Shimoliy hududlar: 25 iyul–10 avgust,
➖Janubiy hududlar: 20 avgust–20 sentyabr.
🌲Turp urug‘i sochma yoki qator qilib ekiladi. Egatlar orasidagi masofa – 70 sm, urug‘ni yerga tushirish chuqurligi – 1,5 sm bo‘lishi kerak. Har bir sotix yerga 50–60 g urug‘ sarf qilinadi. Urug‘lar qo‘lda sepilib, usti yopiladi.
Parvarishlash va sug‘orish
⌛Turp o‘z vaqtida sug‘orilsa, yaxshi hosil beradi. Sug‘orish:
➖Urug‘ unib chiqquncha 1 marta,
➖Unib chiqqanidan keyin har 7–10 kunda amalga oshiriladi.
💧Turp namlikni yaxshi ko‘radi, lekin ortiqcha sug‘orishdan saqlanish lozim. Sug‘orishlar orasida tuproq qurib, yuzasi yengil qotib qolishi lozim. Tuproqni yumshatish har bir sug‘orishdan keyin amalga oshiriladi.
🔝U tez o‘suvchi ekin bo‘lgani sababli, uni o‘g‘itlashda azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarga e’tibor qaratiladi. Unib chiqqandan keyin 1 hafta o‘tgach: azotli o‘g‘it (ammiakli selitra) beriladi. Keyingi davrda fosfor va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llaniladi.
🌐
Website 💬
Telegram 💬
Facebook 📺
YouTube 📷
Instagram