O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
13
UZ24 uz
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.47%
ER (semana)
6.17%
ERRAR (semana)

Oʻzgacha xabarlar

Rasmiy sayt — https://uz24.uz/uz

Instagram — https://instagram.com/uz24uz

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 4 212 resultados
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
1
IMG_3112.MP4
Navoiyda kuchli shamol sababli bolalar ko‘chma batuti uchib ketdi

Sodir bo‘lgan hodisada tungi yoritgich ustuni shikastlangan, hech kim tan jarohati olmagan va avtotransport vositalari zararlanmagan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 08:54
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududlarining I forumida ishtirok etadi

Tadbirlar doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 08:49
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
1
Farg‘onada 1-maydan ichimlik suvi tariflari oshiriladi

Viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun tasdiqlangan yangi tariflar:

Ichimlik suvi:

➖aholi uchun – 3 448 so‘m (QQS bilan);
➖byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 6 944 so‘m (QQS bilan).

Suvni oqizish xizmati:

➖aholi uchun – 728 so‘m (QQS bilan);
➖byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 1 736 so‘m (QQS bilan).

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 08:44
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
432
2024-yilda yo‘l harakati qoidalarini buzgan 3300 dan ortiq haydovchi sudlandi

O‘tgan yili O‘zbekistonda 3321 nafar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzish bo‘yicha sudlanib, ulardan 917 nafari ozodlikdan mahrum etildi. Bir yilda YTHlar oqibatida 2203 kishi halok bo‘ldi, 8901 kishi jarohatlandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 08:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
1
tayyor_1.mp4
Namanganda "Damas" haydovchisi 25 nafar bolani olib ketayotgan vaqtda to‘xtatildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 07:59
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
521
Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 07:11
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
305
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi

Fojia oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 07:05
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
Toshkentda qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in chiqdi. FVVga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib bordi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 06:49
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
1
274
Qozog‘iston hukumati 9-may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 06:04
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
2
2.2 k
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim bekor qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Tashqi ishlar vazirligi bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 05:59
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
107
28-aprel kuni ko’pchilik hududlarda havo harorati 38 darajadan issiq bo’lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
28.04.2025, 05:55
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
18
2
3.1 k
HAMAS 5 yilga o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi

HAMAS delegatsiyasi Qohiraga, Misr vositachiligida 18 oydan beri davom etayotgan urushni tugatish yo‘llarini muhokama qilish uchun yetib keldi. Muzokaralar davomida o‘t ochishni to‘xtatishga oid “yangi takliflar” ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Isroil talab qilayotgan HAMASning qurol-yarog‘larini topshirish masalasi muhokama qilinmaydi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 16:44
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
18
3
3.9 k
Rossiyada markaziy osiyolik migrant ota-onalar soni keskin ortdi

So‘nggi yetti yil ichida Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan migrant ota-onalar soni sezilarli darajada oshib, rossiyaliklardan tug‘ilgan bolalar ulushi esa har yili 3,1 foizga kamaygan.

Rossiya Fanlar akademiyasi Federal tadqiqot markazi olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yildan 2023-yilgacha Markaziy federal okrugda (ЦФО) barcha migrantlar orasida Markaziy Osiyodan kelgan ota-onalarning ulushi har yili o‘rtacha 30,1 foizga oshgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 14:00
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
12
2
3.7 k
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy portida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lib, jiddiy jarohatlar olgani va katta talafotlar ro‘y bergani munosabati bilan Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlat rahbari vafot etganlarning oilalariga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa tez orada shifo topishini tiladi.
27.04.2025, 13:33
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
18
2
3.8 k
Rossiya Ukraina bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyor — Peskov

26-aprel kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqda xabar berdi.

25-aprel kuni Vladimir Putin AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Vitkoffga Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirgan edi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu masalani ko‘p marta ta’kidlagan.

Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Ukrainani o‘t ochishni shartsiz to‘xtatishga chaqirdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 13:03
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
29
7
3.6 k
Buxoroda 20 yoshli talaba o‘zini o‘ldirdi

Talaba vafotidan oldin yozgan xatida hech kimni ayblamasligini va ota-onasidan kechirim so‘rashini bildirgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 12:37
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
8
5
3.5 k
Qo‘lbola usulda alkogol ishlab chiqarayotgan shaxs qo‘lga olindi

U.M. qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 952 dona qalbaki aksiz markalari, 4 232 dona QR-kod, turli nomdagi yorliqlar, 360 dona bo‘sh shisha idishlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa materiallar dalil sifatida olingan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 12:02
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
36
5
3.6 k
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

Tezkor harakatlar natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarilib, ota-onasiga topshirildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 11:30
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
3
3.8 k
Toshkentdagi maktablardan birida ikki o‘quvchi o‘rtasida janjal chiqdi

Janjal natijasida o‘quvchilardan biri tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatning og‘irligi aniqlanishi uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 11:15
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
13
3
3.7 k
Eron portida kuchli portlash yuz berdi

26-aprel kuni Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 750 dan ortiq inson turli darajada tan jarohatlari olgan. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, qurbonlar soni yana ko‘payishi mumkin.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 11:00
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
70
14
4.1 k
IMG_3908.MP4
Turkiyada o‘zbekistonlik enaga 2 yoshli bolani kaltakladi

Istanbulning Fotih tumanida o‘zbekistonlik bir ayol, o‘zbek oilasining farzandiga zo‘ravonlik qilgani sababli politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 10:30
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
13
4.1 k
27.04.2025, 10:30
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
26
12
4.2 k
Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva og‘ir judolikka uchradi

Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i Davlet Qilichev 26-aprel kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda xonandaning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Janoza bugun, 27-aprel kuni peshinda Toshkentdagi “Islom ota” masjidida o‘qiladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
27.04.2025, 09:56
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
4
4.9 k
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

Avtomobillarni ijaraga beruvchilar bilan muloqot qilinib, voyaga yetmaganlarga mashina berib yuborishning oqibatlari haqida ogohlantirildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 19:39
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
1
4.8 k
Toshkentda BYD piyodani urib ketdi

YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 19:29
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
2
4.5 k
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan agentlikning asosiy vazifalari belgilandi. Nizomda yangi bog‘ va tokzorlar barpo etish, meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy usulda saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish loyihalari uchun kreditlar ajratish nazarda tutilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 19:19
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
1
4.3 k
AQSh tariflari fonida O‘zbekiston davlat banklari uchun qayta moliyalash qimmatlashishi mumkin — Fitch

Biroq, agentlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va tashqi qarz olishning imtiyozli shartlari salbiy oqibatlarni yumshatishini qayd etdi.

Yana bir xatar dollarning mustahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yuqori dollarlashuvga ega mamlakatlarda aktivlar sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 19:01
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
2
4.0 k
Abdulaziz Al-Uvayshiq: “Saudiya Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor”

“To‘g‘ridan transport zanjiri yo‘qligiga qaramay, ikki mintaqa hamkorligining sezilarli taraqqiyotiga guvohmiz”, dedi Ko‘rfaz hamkorlik kengashi bosh kotibining siyosiy masalalar va muzokaralar bo‘yicha yordamchisi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 17:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
32
2
4.0 k
O‘zbekiston ochlik darajasi pastligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston 2021-2023 yillarda 21 ball bilan eng yaxshi natijalarni qayd etib, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yetakchilik qilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 17:32
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
21
3
3.9 k
O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Osiyo chempioni bo‘ldi

Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kungi dasturida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 17:18
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
11
6
3.9 k
IMG_6101.MP4
Surxondaryoda mashina haydab, YPXdan qochgan maktab o‘quvchisi ushlandi

Termiz shahrida hali voyaga yetmasdan turib, akasining Spark avtomobilida YPX xodimlaridan qochishga uringan 10-sinf o‘quvchisi to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarga chora ko‘rilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 16:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
4
3.7 k
Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tiliga moslashtirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston tomoni kompaniyaga may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan 1M AI Prompters onlayn ta’lim platformasida o‘quv kurslarini joylashtirishni taklif qilmoqda.

Meta, shuningdek, Llama modelini mamlakat davlat saytlariga integratsiya qilish hamda mutaxassislarni ochiq kodli dasturlar bilan ishlashga o‘rgatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 16:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
19
7
3.6 k
Saudiya Arabistoni Oʻzbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qoʻydi

Saudiya rasmiylari hozircha bu borada rasman izoh bermagan. Bu Haj mavsumida Haram hududiga noqonuniy kirishlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston fuqarolari uchun onlayn sayyohlik vizasini olish imkoni 2023-yil avgust oyida ochilgan edi. Koʻp martalik ushbu viza yil davomida Umra qilish hamda podshohlik boʻylab sayohat qilish imkonini beradi, narxi taxminan 130 dollar atrofida.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 16:05
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
34
13
3.7 k
Namanganda 14 yoshli bola telefon uchun onasi va buvisini kaltakladi

Namangan viloyatida 38 yoshli ayol yashash xonadonida 14 yoshli o‘g‘li bilan bolaning buzilgan uyali telefoni ta’mirga berilmay, oila a’zolari tomonidan tashlab yuborilganligi tufayli nizolashib, ona va o‘g‘il bir-birini urgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 15:58
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
36
3
3.8 k
“Menimcha, Krouford Madrimovga qarshi jangda mag‘lub bo‘lgandi” – Jahon chempioni Saul “Kanelo”

Boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares Terens Krouford va Isroil Madrimov o‘rtasidagi jangni esladi hamda ushbu bahsda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozonganligini aytdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 15:01
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
27
28
3.8 k
Olimlar Yer aylanishining g‘ayritabiiy tezlanishini qayd etdi – tadqiqot

Xalqaro Yer observatoriyasi (IERS) yana bir bor Yer aylanishining anomal tezlanishini qayd etdi. Buning oqibatida kun uzunligi rekord darajaga qisqargan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 14:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
3
3.6 k
Toshkentda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama qurilmalari olib tashlanmoqda

Xususan, Shayxontohur tumanida olib borilgan xatlov ishlarida qonun talablariga to‘g‘ri kelmaydigan reklama bannerlari bartaraf etilib, tadbirkorlarga tashqi yozuvlarda davlat tili talablariga amal qilish tushuntirildi.

Chilonzordagi asosiy ko‘chalarda simyog‘ochlar, piyodalar yo‘laklari hamda yo‘l bo‘yiga joylashtirilgan noqonuniy tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

Olmazorda tadbirkorlik binolarining peshlavhalari va reklama bannerlarida davlat tili talabi o‘rganilib, standartlarga javob bermaydigan va noqonuniy o‘rnatilgan qurilmalar olib tashlandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 14:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
11
4
3.6 k
Xususiy klinikalardagi o‘lim holatlari ko‘paygani yuzasidan SSVga so‘rov yuborildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorovga “Adolat” partiyasi deputati Gulnora Abduvohidova tomonidan xususiy tibbiyot muassasalarida noto‘g‘ri tibbiy muolajalar oqibatida fuqarolar salomatligiga jiddiy zarar yetishi va hatto o‘lim bilan yakunlanayotgan holatlar ko‘payib borayotgani bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 14:04
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
2
3.6 k
Turkiyada yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Kadikoy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 13:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
3.6 k
Aydar-Arnasoyda noqonuniy baliq ovlashga qarshi nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan 150 ga yaqin qayiqlar muhrlandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 13:29
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
4
3.6 k
“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

O‘serbay Qozoqboyev “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali direktorining tabiiy gaz hisobi va tijorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 13:01
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
22
1
4.1 k
SSKA Abbosbek Fayzullayevning transfer narxini belgiladi

Manbaga ko‘ra, SSKA safida porlayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevga ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. Moskvaliklar esa 21 yoshli yarim himoyachini 12 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayevning SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda u jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 12:25
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
20
15
3.8 k
IMG_5567.MP4
Prezident yordamchisi o‘zi nima ish qiladi? Bu savolga javob videoda.

U bir qarashda maydadek ko‘ringan ishlardan tortib, davlatning xalqaro maydondagi imijini ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonlarga mas’ul.

Qisqa vaqt ichida olis va yaqin qo‘shnilarimiz bilan yaxshi aloqalarni o‘rnatishda salmoqli ishlarni qilgan Saida Mirziyoyeva nafaqat kuchli ambisiyalari va shijoati, balki ayollik energiyasi va yumshoq diplomatiyasi bilan tanilishga ulgurdi.

Videotasvirlardan uning kerak joyda iroda va qat’iyat, o‘rni kelganda ayollik nazokatini ishga sola oladigan mahoratli rahbar ekanligini anglash qiyin emas.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 12:08
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
9
5
3.7 k
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirining jasadi topildi

Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi qurilishda 46 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan. Hozirda muhojirning o‘limi sabablari o‘rganish bo‘yicha tergov boshlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, obyektda betonchi bo‘lib ishlagan erkak taxminan 15 metr balandlikdan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 12:00
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
7
2
3.8 k
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 11:49
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
1
3.7 k
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

Yangilik migrant bolalarni “keyinchalik moslashishi va Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvini” ta’minlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 11:04
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
19
6
3.6 k
“Ayrimlar tovarlarni bojsiz olib kirishni kasbga aylantirgan”. BQ — bojxona me’yorlarini kuchaytirish sabablari haqida

Bojxona qo‘mitasi bojxona me’yorlarining kuchaytirilishini ayrim fuqarolar tovarlarni shaxsiy ehtiyoj bahonasida sotish uchun olib kirayotgani bilan izohladi. “Ular tovarlarni bojsiz olib kirishni o‘zlariga kasb qilib olgan”, deya vaziyatni ta’rifladi qo‘mita.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 10:39
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
8
1
3.4 k
Rossiyada ota-onasi fojiali halok bo‘lgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bildirilishicha, hozirda bola O‘zbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramog‘iga topshirilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 10:34
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
11
11
3.7 k
Sirg‘alida 1 mln. pora olgan inspektor 2 yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sud hujjatlariga ko‘ra, inspektor 2024-yil 26-avgust kuni fuqaro ustidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga undan 1 million so‘m talab qilgan. U fuqaroga pulni bermasa, ma’muriy qamoqqa olish bilan tahdid qilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 10:29
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
2
3.5 k
O‘zbekiston xalqaro arbitrajda Turkiya kompaniyasining $700 mlnlik da’vosini yutib chiqdi — Adliya vazirligi

Bursel Tekstil 2017-yilda xalqaro arbitrajga da’vo kiritib, hukumatni paxta narxlari va QQS bo‘yicha va’dalarni bajarmaganlikda ayblagan. Bu uchta to‘qimachilik fabrikasini bankrotlikka olib kelgani da’vo qilingan.

Arbitraj tribunali yetti yil davom etgan ish doirasida kompaniya da’volarini rad etib, O‘zbekiston tomonining arbitraj xarajatlarini qoplab berishni belgiladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 10:24
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
17
4
3.1 k
IMG_6093.MP4
Samarqandda ko‘p qavatli uyning tomida qurilish qilganlar ushlandi

Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida joylashgan 179-“A”-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilish aniqlangan.

Ushbu qurilish ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo‘lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, seysmik mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkinligi inobatga olinib, o‘zboshimchalik bilan olib borilayotgan qurilish bartaraf etilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 10:05
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
4
2
3.1 k
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

Amerika rahbari yana bir bor ta’kidladiki, agar Pekin evaziga “qandaydir muhim narsani taklif qilmasa”, Xitoy uchun tariflar pasaytirilmaydi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 09:58
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
9
4
3.5 k
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

Yangi usul 99 foiz aniqlikda ishlaydi. Hozirda u yakuniy sinov bosqichlaridan o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 09:14
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
6
3.7 k
Toshkent viloyatidagi gilam do‘konida yong‘in yuz berdi

Zangiota tumanida joylashgan gilam do‘koni yonib ketdi. Yong‘inga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Soat 10:09 da qurshab olingan yong‘in soat 10:38 da bartaraf etildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 09:11
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
2
3.3 k
Xivada “II Turkiy dunyo madaniyati forumi” va baxshichilik san’atiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Anjuman xalqimizning milliy o‘zligi va qadimiy madaniyatini ifodalovchi baxshichilik san’atini ilmiy-nazariy asosda o‘rganish, uni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 08:04
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
7
1
3.3 k
O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari Transafg‘on temir yo‘lini loyihalashda ishtirok etadi

Yangi transport yo‘lagi Janubi-Sharqiy Osiyo va MDH davlatlari, Xitoy va Yevropa o‘rtasida tranzit yo‘nalishlarini yaratadi. Transafg‘on temir yo‘li yuk tashish narxini 40 foizgacha kamaytirishi kutilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 07:59
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
14
2
3.3 k
O‘zbekiston birinchi chorakda 3,57 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston $3,57 milliardlik oltin eksport qildi, bu 2024-yil yanvar-mart oylaridan 34% ko‘p. Mamlakat eksportining 44 foizini qimmatbaho metallar tashkil etadi. Tekstil eksporti pasayishda davom etmoqda, meva-sabzavotniki esa keskin oshgan. Neft va gaz importi sezilarli kamaydi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 07:56
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
21
2
3.5 k
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun 4,9 mln yevro ajratadi

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish, ularni yanada samarali va shaffof qilishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirildi.

Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligidagi ushbu loyiha, ayniqsa, chekka hududlardagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi.

2029-yilgacha ming nafar xodim maxsus o‘qitiladi, 35 dan ortiq xizmat raqamlashtiriladi hamda 34 ta yangi xizmat burchaklari tashkil etiladi. Bu tashabbus «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, davlat boshqaruvini fuqaroga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 06:53
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
6
3.3 k
Shayxontohir umra firibgar_TELEGRAM.mp4
Toshkent shahrida fuqarolarni haj va umra safariga “Saudiya safari” degan nom ostida aldov yo‘li bilan yuborayotgan turfirma rahbari ushlandi

U navbatdagi mijozlaridan haj safariga yuborish va haj vizasini qilib berish evaziga 19 ming dollar olayotgan bo‘lgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 06:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
1
3.3 k
Samarqandda darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 06:15
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
3
3.9 k
O‘zbekistonda 3 oyda 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 06:12
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
2
3.7 k
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlar delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida buloqdan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
26.04.2025, 06:06
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
11
4.8 k
Prezident kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qondirish tartibini soddalashtirish va huquqiy asoslarini kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi

Qonun kreditorlarning garovdagi mulkka nisbatan ustuvor huquqlarini kafolatlash, suddan tashqari undiruv jarayonlarini soddalashtirish va amaliyotdagi muhim huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishni maqsad qiladi. Jumladan, endi kredit qarzi garov qiymatining 15%idan kam bo‘lsa va qarz kechikishi 3 oydan oshmasa, undiruv garovga qaratilmaydi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 19:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
16
2
4.1 k
fvv.mp4
Qoraqalpog‘istonda yolg‘iz yashovchi fuqaroning qon bosimi ko‘tarilib ketib, qo‘l va oyoqlari ishlamay qolgani sabab uyida qolib ketdi

Fuqaro eshigini ochmayotganligidan havotirlangan yaqin qarindoshining murojaatiga asosan FVB qutqaruvchilari eshikni ochib berdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 19:33
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
1
3.9 k
OTP Bank boshqaruvidagi barqarorlik va yangilanish

2025-yil 1-maydan boshlab OTP Bank Boshqaruv kengashi raisi va ijrochi direktor vazifalari ajratiladi. Shandor Chani strategik yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lib qoladi. Pyotr Chani esa bankning yangi boshqaruv raisi bo‘ladi.

Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ipoteka-bank-25-4-25

Telegram | Facebook | X | Instagram | Reklama
25.04.2025, 19:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3.8 k
O‘zbekiston 3 oyda xorijga 629,3 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan

Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 7,8 % ini tashkil etgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 19:02
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
1
3.6 k
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2025−2026-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishining 6% dan pastga sekinlashishini kutmoqda

Inflyatsiya Markaziy bank prognozidan biroz yuqoriroq — 8,4% gacha pasayishi mumkin. Ichki xatarlar esa budjet defitsiti va davlat qarzining oshishi bilan bog‘liq.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 18:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
11
1
3.4 k
O‘zbekiston Belgiya bilan Karimovaga tegishli 108 million dollar aktivlarini qaytarishni muhokama qildi

Bu mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti mexanizmlari orqali Oʻzbekistonga qaytarilishi va BMTning Oʻzbekistondagi loyihalariga yoʻnaltirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 18:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
8
3.5 k
Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor boʻldi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 18:04
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
29
7
3.4 k
O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi

Yanvar-mart oylarida mamlakatga $94,3 mlnlik tabiiy gaz yetkazib berilgan. Bu davrda Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi 8,5 baravardan ko‘proqqa — $38,5 mlngacha kamaydi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:45
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
12
2
3.2 k
Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik tikuvchi, modelchi va mijozlar vakillari uchun Turkiya davlatida ish o‘rinlarini taklif etmoqda

205 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi $647 – $820 ni (24 850 – 31 500 lira) tashkil etadi. Nomzodlarda Turkiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun aviabilet, ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari, yotoqxona, bir mahal ovqatlanish, kasbga yo‘naltirish, ichki transport va sug‘urta kabi imtiyozlar beriladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
3.3 k
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytarildi

Fuqaro M.T.ning Novosibirskda dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirildi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:35
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
1
3.2 k
Jizzax shahri uchun 22 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Joriy yil yakuniga qadar Jizzax viloyatiga tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yana 30 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:33
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
4
3.5 k
Mart oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi

2025-yil mart oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 8,5%ini tashkil etadi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:25
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
3.7 k
Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar tiklanmoqda

2025-yil 1-iyuldan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkent - Issiqko‘l - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 17:18
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
2
3.9 k
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilingan

Yana 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 15:57
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
2
3.4 k
305 million so‘mlik “iPhone”lar chegarada ushlab qolindi

Shaxsiy ko‘rik davomida fuqaroning tanasiga skotch yordamida o‘ralgan holda yashirilgan, bojxonaga og‘zaki tarzda bildirilmagan va deklaratsiyada qayd etilmagan 20 dona “iPhone 13 Pro” smartfonlari aniqlangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 15:49
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
1
3.2 k
O‘zbekistonda YI va BMTTD ko‘magida davlat xizmatlarini isloh qilishning yangi bosqichi boshlandi

Adliya vazirligi, YI va BMTTD davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 4,9 mln yevrolik loyihaning yangi bosqichini boshladi. 2029-yilgacha 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiyalash, 1000 nafar davlat xizmatchisini o‘qitish va mahallalarda 34 ta davlat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasini ochish rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 15:44
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
3
3.5 k
25 va 27—30-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli ayrim hududlarda sel xavfi eʼlon qilindi

➖ Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

➖ Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;

➖ Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

➖ Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

➖ Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

➖ Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

➖ Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

➖ Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 15:39
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
4
3
3.2 k
Jizzaxda hokimlik tasarrufida bo‘lgan 40 sotix yerni noqonuniy o‘zlashtirib olib, boshqa fuqaroga 205 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 15:37
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
1
3.5 k
Kolumbiya prezidenti giyohvandlikda ayblanmoqda

Kolumbiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Leyva prezident Petroni giyohvandlikda aybladi. Avvalroq Gustavo Petro Kolumbiyada kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan edi. Shu bilan birga, u ushbu dori turini taqiqlash sababini tushunmasligini ta’kidlagan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:50
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
3.5 k
Yashil texnologiyalar sohasida ekologik standartlarni joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi

Toshkentda “Ma’suliyatli biznes uchun ekologik vositalar” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirkorlik faoliyatida ekologik standartlarni amalda tatbiq etish, barqaror biznes modellarini rivojlantirish va yashil texnologiyalar sohasida xalqaro investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan joriy yildagi birinchi tadbirdir.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:45
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
80
13
3.4 k
Fonogrammadan foydalanish hukumat qarori bilan taqiqlandi

Shuningdek, ijodkorlarni “O‘zbekiston xalq artisti”, “Xizmat ko‘rsatgan artist” kabi faxriy unvonlarga tavsiya etishda, ularning jonli ijro etish mahorati birinchi navbatda inobatga olinadi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:40
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
5
3.3 k
Afg‘oniston “Hayraton – Mozori Sharif” temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligi “Hayraton – Mozori Sharif” temiryo‘l liniyasini ishlatish va saqlash bo‘yicha O‘zbekistonning «Sogdiana Trans» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomani ikki yilga uzaytirdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:35
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
2
3.2 k
Qirg‘izistonda xususiy harbiy kompaniya bilan aloqador rossiyalik siyosiy texnolog hibsga olindi

O‘tgan hafta Bishkekda hibsga olingan to‘rt nafar rossiyalik orasida Viktor Vasilyev — rossiyalik targ‘ibotchi va Afrikaga oid “Ulybayemsya i mashem” Telegram-kanali asoschisi ham bor.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:30
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
33
6
3.3 k
O‘zbekiston Shveysariyadan Gulnora Karimovaning muzlatilgan $95 mlnlik aktivlarini qaytarib oldi

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimovning qayd etishicha, bu mablag‘lar birinchi navbatda O‘zbekistonda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy fondga resurslarni taqsimlash strategiyasi qabul qilingach $182 mlnlik aktivlarning ikkinchi qismi o‘tkazilishini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 13:01
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
13
5
3.5 k
Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chirishni rejalashtirmoqda

Ta’kidlanishicha, Apple AQSh va Xitoy o‘rtasida davom etayotgan uzoq muddatli savdo urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 12:32
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
13
3
3.5 k
O‘zbekiston amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilishni tezlashtirishi kerak — XVJ

Xalqaro valyuta jamg‘armasi hukumatni xabardor qiluvchilarni himoya qilishga qaratilgan qonunni “imkon qadar tezroq” qabul qilishga chaqirdi.

Mart oyida prezident davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasini muhokamaga qo‘yish va 1-aprelgacha kiritishni topshirgandi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 12:05
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
16
6
3.5 k
“Dubayda o‘zbekistonliklar qonunbuzarliklari ortgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkin” — TIV vakili

Ushbu shaharda o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi pichoqvozlik ortidan 15 kishi qo‘lga olindi.

“O‘zbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, – deydi tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 11:50
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
1
3.3 k
Mart oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,3 mlrd dollarni tashkil etdi

TSAda eksport hajmi 8,1 mlrd dollarni (+24,4%) tashkil qildi. Eksport tarkibida tovarlar 6,4 mlrd dollarni, xizmatlar esa 1,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 11:37
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
3
3.4 k
Bugun Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi

Kubokda 26 mamlakatdan 100 dan ortiq gimnast ishtirok etmoqda.

Bugun saralash va ochilish marosimi, ertadan medallar uchun kurash boshlanadi. O‘zbekiston sharafini Taxmina Ikromova, Anastasiya Saranseva va guruh gimnastikachilari himoya qilmoqda.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 10:59
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
8
3.6 k
Surxondaryoda elektr ta’minoti korxonasi jarimaga tortildi

Denov elektr ta’minot korxonasi belgilangan texnik talablarga javob bermasdan hamda sertifikatlashtirmagan holda foydalanilganligi uchun 103 mln so‘m iqtisodiy sanksiya qo‘llangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 10:39
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
35
9
3.9 k
Qozog‘iston Rossiya hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston go‘yoki Rossiya bilan chegarada “mojaro yuz berishi ehtimoliga” hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirmoqda.

“Hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirish tashqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistika, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda”, – deya izoh berdi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 10:20
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
2
1
3.4 k
O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari "UNESCO"da taqdim etildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Alisher Salomov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 221-sessiyasi doirasidagi axborot sessiyalarida ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 10:02
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
6
2
3.3 k
O‘zbekistonda 1 kunda o‘rtacha 31,9 ming kishi temir yo‘l transportidan foydalanadi

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga oshgan, deb ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 09:39
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
4
4
3.4 k
Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Turizm qo‘mitasida “AirAsia X” aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan aviareyslarni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda joriy yil oktabr oyidan boshlab Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga uch marotaba muntazam parvozlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 09:34
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
10
2
3.3 k
O‘zbekiston amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilishni tezlashtirishi kerak — XVJ

Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi korrupsiya va qonunbuzarlikning boshqa shakllari to‘g‘risida xabar beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham tezroq qabul qilishga chaqirdi.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 09:29
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
5
1
3.3 k
To‘rtta viloyatda noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

Toshkent shahri, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida talablarga javob bermaydigan davlat xaridlari aniqlangan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 09:05
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
17
5
3.3 k
YTH oqibatida 1 nafar ayol vafot etgan

Ma'lum bo'lishicha, haydovchi YTHda 8 kishini urib yuborgan, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan, boshqa fuqarolar og'ir tan jarohatlari olgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 08:56
13
UZ24 uz
59 640 assinantes
1
3.2 k
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Xitoyning ulushi katta

2025-yil yanvar-mart oylarida jami 8,7 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ulardan yangi asosiy fondlarni yaratishga qaratilgan asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar 6,6 mlrd dollar yoki 85,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Telegram | Facebook | X | Instagram
25.04.2025, 08:41
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa