#Obodlik
Obod boʻlayotgan manzillar
Hozir eng chekka va olis manzillarda ham beqiyos oʻzgarishlar, yangilanishlar roʻy bermoqda. Mustahkam infratuzilma, zamonaviy qulayliklar, muhtasham imoratu inshootlar. Bularning barchasi, Davlat rahbarining saʼy-harakatlari, har sohani rivojlantirish maqsadida amal oshirayotgan islohotlari natijasi ekanligi shubhasiz.
Birgina misol, Toshkent tumani Oqibat mahallasida voyish usulida yangi tokzorlar barpo qilindi. Qariyb 500 metr piyodalar yoʻlakchasini soya-salqin qilib turgan soʻrilar, tuman markazi koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.
Markazda aholi dam olishi uchun oʻrnatilgan oʻrindiqlar, oʻrindiqlar atrofida barpo qilingan mavsumiy gullar kompozitsiyasi, 1,7 kilometr piyodalar yoʻlakchasi, shundan 850 metrdan ziyodi koʻzi ojizlar uchun terilgan maxsus yoʻlaklar, bularning barchasi koʻrkam va obod manzillarni koʻpaytirish hamda berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlar.
Qolaversa, tuman hokimligi binosi oldida, bir vaqtni oʻzida ikkita qulaylik yaratib beruvchi, yaʼni ham quyosh panel, ham soya beruvchi 107,0 kVt.lik quyosh panellar oʻrnatilib, tuman hokimligi tomonidan 195,3 ming kVt qoʻshimcha elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Biz soʻz bilan aytganda, xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchilik salohiyati koʻzgusi boʻlgan bunday xayrli ishlar tufayli manzillarimiz kundan-kun chiroy ochib, koʻchalari ravon, manzillar obod, koʻngillar munavvar boʻlmoqda.
📹Batafsil videolavhada.
✅
Telegram 💬
Facebook 📸
Instagram 📹
YouTube 🌍
Website