“Olimlar va fozillar — davlatchilikning tayanchi, adolatning nuri va yurtga baraka olib kiruvchi soyadir.”
Bugun — ilm, adolat va taraqqiyotni hayotining bosh tamoyiliga aylantirgan, jahon tarixida unutilmas iz qoldirgan buyuk sarkarda va dono davlat arbobi Amir Temurning tavallud topgan kuni. Uning merosi, donishmandligi va yurtparvarligi hali-hanuz xalqimizga yo‘l ko‘rsatib, ilhom bag‘ishlab kelmoqda.