Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
14
Tomorqa – daromad manbai


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botirali Shodiev, mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyat partiya tashkiloti xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda aholi tomorqalaridan foydalanish, tomorqa madaniyatini yuksaltirish masalalari bilan tanishdi.

Deputat Oqdaryo tumanining Po‘latdarxon mahallasi, Jo‘raboy qishlog‘idagi Gulchehra Solieva xonadonida bo‘lib, issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan faoliyatini ko‘zdan kechirdi Ayni kunlarda bu yerda dunyoning turli davlatlaridan keltirilgan anvoyi gullar parvarishlanib, aholi xonadonlari, tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazib berilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Shodiev, Gulchehra Solieva tajribasini ommalashtirish yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot o‘rnida:

G.Solieva xonadonida 4 sotix issiqxonada gul yetishtirilmoqda. Oilaning barcha a’zolari doimiy ish bilan band.
04/25/2025, 16:58
t.me/shodiyev_botirali/485
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found