Sun’iy intellekt qonun loyihasiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Biz tomonimizdan tashabbus huquqi asosida ishlab chiqilgan sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan loyiha yuzasidan bugun Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitamiz va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida davra suhbati o‘tkazdik.
Unda deputatlar, Bosh prokuratura, Raqamli texnologiyalar, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida so‘z olganlar sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishning dolzarb masala ekanligiga urg‘u berib, loyihani yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.