#jarayon
Prezident stipendiyasiga nomzodlar suhbatdan o‘tmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining respublika bosqichi yakunlanmoqda.
5-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tanlov komissiyasining yig‘ilish bayoni bilan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab, tanlovning so‘nggi bosqichi (suhbat)ga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor suhbatdan o‘tkazilmoqda.
Jarayon avvalida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ushbu bosqichga yetib kelgan har bir nomzod ishtiroki g‘alabaga teng ekanligini ta’kidlab, barchaga omad tiladi. Shuningdek, suhbat jarayonlari yakunlangandan so‘ng, sovrindorlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanishi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanloviga jami 124 nafar talabgorlardan arizalar kelib tushgan.