Shahrisabz shahrida "Besh tashabbus" olimpiadasining voleybol yo‘nalishi bo‘yicha sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.