Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Sheʼriyat gulshanida

📚O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo boshchiligida yosh ijodkor shoirlar hamda professor-oʼqituvchilar va talabalar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

🔷 Uchrashuvda Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabasi, shoir Akbarali Mirzayevning nashrdan chiqqan "Sen menga keraksan" nomli sheʼriy toʼplamini taqdimot marosimi oʼtkazildi.

🔷 Taqdimot davomida Iqbol Mirzo bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotgani haqida soʼzladi.

🔷 Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hamda yosh shoirlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi.
04/28/2025, 18:53
t.me/bagdodhayoti/1457
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found