#Kinogid 🎬Dam olish kunlari "Inqiroz Sari" filmini tomosha qilishni taklif qilamiz 🍿✨
Ushbu film 2008-yildagi global moliyaviy inqirozni oldindan ilg‘agan bir guruh moliya mutaxassislari haqida. Ko‘pchilik bozordagi barqarorlikka ishonayotgan bir paytda, ular ko‘chmas mulk bozoridagi xavflarni chuqur tahlil qilib, qarama-qarshi yo‘nalishda moliyaviy qaror qabul qilishadi. Natijada, ular haq bo‘lib chiqadi va muhim yutuqlarga erishadilar.
Film bank tizimidagi mas’uliyatsizlik va chegarasiz foyda orttirishga bo‘lgan intilish qanday qilib butun dunyo iqtisodiyotini inqirozga olib kelganini yorqin namoyon etadi.
———
#Киногид 🎬На выходных предлагаем посмотреть фильм: "Игра на понижение" 🍿✨
Фильм о группе финансистов, которые предсказали финансовый кризис 2008 года и заработали на этом. Пока все верили в стабильность, они поставили против рынка недвижимости и оказались правы. Фильм показывает, как некомпетентность и жадность банковской системы привели к глобальному экономическому краху.