#Yangi_tayinlov
Tuman hokimining tegishli qarori bilan Sayitbekov Ziyodbek Abdugapparovich 2025-yil 28-apreldan Xovos tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Z.Sayitbekov mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.
Ilgari Xovos tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nurmatov Isomiddin Nuriddinovich boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
🚀
Telegram🔵
Facebook📷
Instagram🎬
You tube