Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
3
892
Xovos tumani IIB boshlig'ining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, Xovos tumani IIB boshlig'i, podpolkovnik Avazbek Turakulov boshchiligida navbatdagi qabul tashkil etildi. Fuqarolar tomonidan yo'l belgilari o'rnatish, tergov va boshqa hayotiy masalalari bilan murojaat qilindi.

Qabul davomida masʼullar tomonidan asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilandi va tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan holda ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi qabullar aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish, yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

📲Rasmiy sahifalarimiz:
🚀Telegram🔵Facebook📷Instagram🎬You tube
04/27/2025, 12:38
t.me/xovosovozi/4324
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found