Aholi xonadonlarini muqobil energiya manbalari bilan ta'minlash holati ko‘zdan kechirildi
Bugun Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev Sharqobod mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlariga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni o‘rgandi.
Ma'lumki, muqobil energiyadan foydalanish davr talabi. Har tomonlama maqbul bo‘lgan bu tizimning ommalashuvi davlatga ham, jamiyatga ham, aholiga ham foydali bo‘ladi.
O‘rganish davomida, tumanda qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanish uchun qator imtiyozlar joriy qilingan bo‘lsa-da, odamlarda quyosh panellari samaradorligiga nisbatan ishonchsizlik borligi ta'kidlandi.
Shuning uchun, mas'ullarga aholi o‘rtasida quyosh panellarining eng muhim afzalliklari, har bir iste’molchining o‘z energiya manbai bo‘lishi, oilalarning energiya to‘lovlari uchun ketadigan xarajatini shu orqali kamaytirish lozimligi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifasi yuklandi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
🚀
Telegram🔵
Facebook📷
Instagram🎬
You tube