Xovos tumanida Xitoylik investorlar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Soʻnggi yillarda Xovos tumanida investitsiya jozibadorligi tobora ortib bormoqda. Bu esa xorijiy davlatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli kompaniyalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkonini bermoqda.
Bugun Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xitoydan tashrif buyurgan va tumanda yirik ishlab chiqarish korxonasiga asos solgan tadbirkorlar bilan uchrashib, loyihani amalga oshirish taklif etilayotgan yer maydonida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qildi.
"Shun da steel" korxonasi tomonidan tumanda yana bir ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha istiqbolli loyiha taklif etildi. Ushbu tashabbus hududning sanoat salohiyatini rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tomonlar yaqin kunlarda ishni boshlashga kelishib olishdi. Shuningdek, infratuzilma (suv, elektr, yo‘l va gaz) bo‘yicha investorlarga kerakli yordamlar ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
🚀
Telegram🔵
Facebook📷
Instagram🎬
You tube