#Kitobxonlik_haftaligi
#Davra_suhbati
📚 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 3/6-4/1-3519-sonli xatiga asosan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan 21-27-aprel kunlari oʻtkazilayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida 22-aprel kuni kafedra oʻqituvchilari M.Abdusalomova, D.Allayarova, S.Gafurovalar "Kitob mutolaasi - maʼnaviy yetuklik kaliti" mavzusida Iqtisodiyot fakulteti talabalari oʻrtasida davra suhbati oʻtkazishdi.
💥 Tadbirda oʻzbek va rus adabiyotining eng sara asarlari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, talabalar oʻzlari oʻqigan asarlari haqida maʼlumotlar berishdi.
🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami