Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
74
466
7.6 k
Kirish qismi — dissertatsiya ishining ustuni

Dissertatsiyaning kirish qismi — bu butun ilmiy ishning yuzini belgilovchi asosiy bo‘limdir. Aynan kirish orqali sizning ishga bo‘lgan yondashuvingiz, dolzarblik darajasi va ilmiy salohiyatingiz baholanadi.

Kirish qismini yozishning 7 qoidasi:
1. Mavzu dolzarbligini raqam va misollar bilan asoslang.
(Misol: "Hozirda sohada 72% samaradorlik pasaygani aniqlangan...")

2. Ilmiy muammoni aniq ko‘rsating.
("O‘zbekistonda bu yo‘nalish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar yetarli emas...")

3. Mavjud bilimlar va kamchiliklarni tahlil qiling.
(Nimani o‘rganganlar? Nima hali aniqlanmagan?)

4. Maqsadni bitta aniq gap bilan yozing.
(Misol: "Tashkiliy jarayonlarni samaradorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.")

5. Har bir vazifani qadamma-qadam sanab bering.
(Misol: "1) Nazariy asoslarni o‘rganish; 2) Amaliy tahlil o‘tkazish; 3) Model ishlab chiqish...")

6. Ob'yekt va predmetni toza va aniq ajrating.
(Ob'ekt: umumiy soha. Predmet: bu sohada siz o‘rganayotgan narsa.)

7. Ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatni ochiq va kuchli ko‘rsating.
(Misol: "Birinchi marta O‘zbekiston sharoitida shunday mexanizm ishlab chiqildi...")

P.S. Kirish qismini shunday yozingki, uni o‘qigan odam: "Ha, bu ish kerak ekan!" desin.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
04/28/2025, 13:37
t.me/ilmiy_darajali_kadrlar/1228
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found