Izlanayotganlar uchun 3 oltin maslahat
Bitta mavzuni 3 manbada o‘qing.
Bir manba – tushuncha beradi. Ikkinchisi – tanqid qiladi. Uchinchi manba – sizga pozitsiya beradi.
Shunda siz yozgan har bir jumla ishonchli bo‘ladi.
Ilmiy savol berishni o‘rganing.
“Sarlavha” emas, “muammo” ustida o‘ylang.
Agar siz shunday deyishingiz mumkin bo‘lsa:
“Men bu muammoni mana bunday yondashuv asosida o‘rganmoqdaman.” — siz yo‘ldasiz.
Internetda “yo‘q” deb o‘ylagan mavzuni yana bir bor qidiring.
Google faqat kalit so‘zga ishlaydi.
Agar siz “tadbirkorlik va maktab” deb yozsangiz chiqmasa, “ta’limda tadbirkorlik”, “entrepreneurship in education” deb yozing — siz kutmagan manbalar ochiladi.
Izlanish bu – o‘rganish, o‘zgarish va qayta o‘rganish san’ati.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar