Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga belgilangan tartibda tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul qilingan shaxslar doktorant sifatida, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan shaxslar esa mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi shart.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida bajariladigan barcha jarayonlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Yagona elektron tizimdan ro'yxatdan o'tmasdan doktorlik dissertatsiyasi himoyasiga harakat qilmang.
P.S. "Erkin tadqiqotchi" degan huquqiy tushuncha mavjud emas.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar