Xotirjamlik – ichki qudratning eng baland cho‘qqisi.
Bir paytlar menda ham xotirjamlik yo‘q edi. Har bir holatga shoshilinch reaksiya bildirar, ichimda notinchlik kechardi. Xotirjam insonlarga havas bilan qarardim.
Bugun esa... xotirjammanki, har kuni shukr qilaman.
Xotirjamlik bu – qo‘l qovushtirib o‘tirish emas. Bu – harakat qilgan holda ham yurakda osoyishtalikni saqlash. Tashqi olamda nima bo‘lishidan qat’i nazar, ichki dunyoda tinchlik topish.
Ilmda, ishda, hayotda xotirjamlik – eng katta yordamchimiz.
Agar bugun xotirjammisiz – shukr qiling.
Agar hali bu holatga yetmagan bo‘lsangiz – xafa bo‘lmang, u sizga tomon yo‘l olib kelmoqda.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar