Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Xodim ta’tilda yoki kasallik ta’tilida bo‘lsa, uning mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Savol tahrirsiz berilmoqda:
Agar bola parvarishlaydigan xodimning o‘rnida ishlayotgan xodim ta’tilda bo‘lsa, yoki kasallik ta’tilida bo‘lsa uning mehnat shartnomasi ta’tilda bo‘lgan paytda bekor qilinadimi yoki ta’tilda bo‘lsa ham bekor qilinishi mumkinmi?"

⚡️ Mehnat kodeksining 158-moddasi 3-qismiga ko‘ra, bola parvarishlayotgan yoki uzoq muddatli ta’tilda bo‘lgan xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran uning o‘rnida vaqtincha ishlayotgan xodimning mehnat shartnomasi avtomatik ravishda bekor qilinadi.
⚡️ Bunda shartnoma 161-modda (ish beruvchining tashabbusi) asosida emas, balki 158-modda (muddatli shartnoma muddati tugashi) asosida bekor qilinadi.

Muhim eslatma!

Agar homilador xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan bo‘lsa, homiladorlik nafaqasi bo‘yicha ko‘rsatilgan tartibga rioya qilish lozim.
04/23/2025, 12:59
t.me/qqr_bantlik/3585
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found