Har yilgi qo‘shimcha tatillar kimlarga beriladi?
Ta’tillar masalasi kadroviklar ishidagi eng murakkab bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Mazkur postda har yilgi qo‘shimcha ta’tillar va ularga haq to‘lash masalalariga to‘xtalamiz.
Mehnat kodeksida 4 holatda qo‘shimcha ta’tillar berilishi nazarda tutilgan.
1. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga.
MK-481-modda 2. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga.
MK-483-modda 3. Tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga.
MK-220-modda4. Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda
beriladi.
Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi qanday bo‘ladi?
Mehnat kodeksining
222-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy
eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.
Qo‘shimcha savol tug‘ilishi tabiy ya’ni agar xodim qo‘shimcha ta’til beriladigan toifaning ikkitasiga tushsa, bunda ta’til berish qanday bo‘ladi degan mazmunda. Masalan xodimning asosiy yillik ta’tili 21 kunni tashkil qilsa, u tashkilotda 10 yildan buyon ishlayotgan bo‘lsa va jamoa shartnomasida qo‘shimda 5 kun ta’til berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xodimga mehnat ta’tili qanday hisoblanadi?
Asososiy yillik ta’til 21 kun + MK-220-moddasibilan 10 yil ishlagani uchun 4 kun + jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’til 5 kun jami 30 kun ta’til hisoblanadi.
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, ta’tilning umumiy kuni 56 kalendar kundan o‘tib ketmasligi kerak.
MK 222-moddasi 2-qismiga ko‘ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.