Ellikqal’a tumanidagi "Dumanqal’a" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Allabergan Madaminov o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, yillik 100 million so‘mdan ortiq daromad topayotgan faol tomorqa egalaridan biridir.
25 sotix yer maydonida mevali ko‘chatlar va poliz ekinlari parvarishlash orqali u nafaqat o‘z oilasi farovonligini ta’minlamoqda, balki qo‘shni mahalladoshlariga ham ish joyi yaratib bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2010-yildan beri ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Yil sayin tajribasi va hosildorlikni oshirishga e’tibor qaratgan.
Ayni paytda tadbirkor o‘z faoliyati orqali mahalladagi 12 nafar ishsiz fuqaroni doimiy va mavsumiy ishga jalb qilgan. Bu esa nafaqat u uchun, balki mahalladoshlari uchun ham muhim daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Madaminov Allabergan yerni tizimli sug‘orish, organik o‘g‘itlardan foydalanish va ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash orqali yuqori samaradorlikka erishganini ta’kidlaydi. U kelgusida o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, zamonaviy issiqxonalar qurish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida ham ish boshlashni rejalashtirmoqda.
Mahalla ahli uning ishchanligi va tashabbuskorligini yuqori baholab, boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatishmoqda.
Sayt Telegram Instagram Facebook